We are pleased to inform you that the Research Support Center "Innovative Academy" has organized the Republican Conference "Science and Innovation". This is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research.

Published: 2025-10-10

TIL O‘ZLASHTIRISHDA IJTIMOIY VA KOGNITIV OMILLARNING TA’SIRI

Ushbu tezisda dunyo miqyosida til o‘zlashtirishga oid yirik nazariyalar haqida so‘z boradi. Eve Clarkning interaksion-kognitiv yondashuvi esa zamonaviy tadqiqotlardandir. Bolalarda til shakllarining o‘zlashtirilishida ijtimoiy va kognitiv omillar alohida ahamiyatga ega.

Nafisa Arolova

4-6

2025-10-09

MATEMATIKA O‘QITISH METODIKASIDA INNOVATSION YONDASHUVLARNING O‘RNI

Bugungi davr ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash nafaqat fanlarni chuqurroq o‘rganishga, balki o‘quvchilarning mantiqiy, ijodiy va tanqidiy tafakkurini rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Matematika – aniq fan sifatida raqamlar, qonuniyatlar va mantiqiy tushunchalar asosida shakllanadi. Zamonaviy ta’lim tizimi esa matematika o‘qitish metodikasini yangicha yondashuvlar bilan boyitishni talab etadi. Innovatsion texnologiyalar ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarda bilimga qiziqish uyg‘otish, ularni mustaqil izlanishga va amaliyotga tayyorlashga yordam beradi. Shu sababli matematika o‘qitish metodikasida innovatsion yondashuvlarni qo‘llash bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biridir.

Goʻzal Seytmuradova

7-8

2025-10-09

SHOLINI YETISHTIRISHGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR VA ULARNING HOSILDORLIKKA TA’SIRI

Sholi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, jumladan, O‘zbekistonda ham muhim oziq-ovqat ekini sifatida keng yetishtiriladi. Sholini samarali yetishtirish jarayonida iqlim, tuproq, suv resurslari, agrotexnik tadbirlar va biologik omillar muhim rol o‘ynaydi.

Gulnoraxon Po‘latova

9-11

2025-10-09

ZAMONAVIY TAFSIRLARNING PAYDO BO‘LISHI

Ushbu maqolada zamonaviy tafsirlarning paydo bo‘lishi, ularning shakllanishiga sabab bo‘lgan ijtimoiy, siyosiy va ilmiy omillar tahlil qilinadi. Qur’on tafsirining klassik va zamonaviy yo‘nalishlari o‘rtasidagi farqlar, yangi tafsir uslublarining paydo bo‘lishi hamda ularning musulmon jamiyatlaridagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy tafsirlarning diniy-ma’naviy hayotga ta’siri va ularning bugungi kunda tutgan o‘rni haqida fikr yuritiladi.

Fotimaxon Sodiqova

12-14

2025-10-09

HAYNRIX HAYNE LIRIKASI VA UNING O'ZBEK ADABIYOTIDAGI TALQINI

Ushbu maqola nemis romantizmi vakili Haynrix Haynening (1797-1856) lirik poeziyasini va uning o'zbek adabiyotida qabul qilinishi hamda talqin etilishini tahlil qilishga bag'ishlangan. Maqolada nemis shoirining romantik lirikasi, uning ironiya va kechinma motivi, shuningdek, milliy va jahon adabiyoti kontekstida o'zbek shoiru tarjimonlarining Hayne she'riyatiga munosabati hamda tarjima tajribalari tahlil qilinadi.

Malohat Rahmonova

15-18

2025-10-09

“SHAJARAYI TURK” ASARIDAGI ETNONIMLARNING LINGVISTIK-SEMANTIK TAHLILI

Mazkur maqolada Abulgʻozi Bahodirxonning “Shajarayi turk” asaridagi etnonimlar lingvistik va semantik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda asarda uchraydigan etnonimlar ikki asosiy guruhga – oʻz qatlamga mansub va oʻzlashma etnonimlarga ajratilib, ularning shakllanishi, semantik asoslari hamda tarixiy-lingvistik xususiyatlari yoritilgan. Maqolada etnonimlarning morfemik tuzilishi, fonetik oʻzgarishlari va semantik motivatsiyasi misollar asosida izohlanadi. “buzuq”, “uch oʻq”, “turqaq”, “xalaj” kabi oʻz qatlamga mansub etnonimlar tarixiy voqealar, ijtimoiy hodisalar va joy nomlari bilan bogʻlanib tahlil etilgan. Shuningdek, “doʻrman”, “burchigin”, “niyrun”, “barlas”, “arlat” kabi oʻzlashma etnonimlarning moʻgʻul tili bilan bogʻliqligi va ularning maʼno qatlamlari ilmiy jihatdan izohlangan. Shuningdek, etnonimlarning etnotoponimlar bilan uzviy bogʻliqligi va ularning xalq tarixiy xotirasini aks ettiruvchi vosita sifatidagi roli alohida taʼkidlangan.

Kamola Abduvaliyeva

19-24

2025-10-10

ВЛИЯНИЕ ЛЕЧЕНИЯ ЭКСТРАПИРАМИДНЫХ РАССТРОЙСТВ НА ПСИХОТИЧЕСКУЮ СИМПТОМАТИКУ ПРИ ПРИЕМЕ АНТИПСИХОТИКОВ

Экстрапирамидные расстройства (ЭПР) являются частыми побочными эффектами терапии антипсихотическими препаратами, особенно типичными нейролептиками. Развитие паркинсонизма, акатизии, дистоний и поздней дискинезии может существенно влиять на приверженность лечению и клиническое течение психических расстройств. Целью работы является анализ влияния терапии экстрапирамидных нарушений на выраженность психотической симптоматики у пациентов, получающих антипсихотики. Рассматриваются современные подходы к коррекции ЭПР, включая применение антихолинергических средств, β-блокаторов и атипичных антипсихотиков, а также их возможное влияние на продуктивную симптоматику. Особое внимание уделено риску усиления или маскировки психотических проявлений при неадекватной коррекции побочных эффектов. Полученные данные подчеркивают необходимость комплексного и индивидуализированного подхода к лечению экстрапирамидных расстройств для оптимизации психиатрической терапии и улучшения качества жизни пациентов.

Маъруф Тилавов

25-26

2025-10-10

SOVET DAVRIDA ANGREN SHAHARINING SANOATLASHUVI AHOLI ETNIK TARKIBIGA TA’SIRI.

Sovet davrida mamlakatimizning tabiiy boyliklarni o‘zlashtirish maqsadida juda ko‘plab geologik qidiruv ishlari amalga oshirildi. O‘tgan asrning 30-yillariga kelib, geologlar Toshkent vohasining Ohangaron havzasida Markaziy Osiyodagi eng yirik ko‘mir konlarini aniqlashdilar.

Xolbek Sulaymanov

27-29

2025-10-10

MARKAZIY OSIYODA SUV TANQISLIGI SHAROITIDA BARQAROR SUG‘ORISH TIZIMLARINI JORIY ETISH

Ushbu maqolada Markaziy Osiyoda suv tanqisligi muammosi sharoitida barqaror sug‘orish tizimlarini joriy etish zarurati tahlil qilinadi. Suv resurslarining kamayishi, iqlim o‘zgarishi va qishloq xo‘jaligida suvdan samarasiz foydalanish natijasida mintaqada hosildorlik pasaymoqda. Maqolada asosiy e’tibor suvni tejaydigan texnologiyalar — tomchilatib sug‘orish, yomg‘irlatib sug‘orish, qayta ishlangan suvdan foydalanish va raqamli monitoring tizimlariga qaratilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, bunday texnologiyalarni joriy etish nafaqat ekologik, balki iqtisodiy barqarorlikni ham ta’minlaydi.

Y.B. Yusupov

30-34

2025-10-10

КЛИНИКО-ЛАБОРАТОРНАЯ ОЦЕНКА ГЕМАТОЛОГИЧЕСКИХ, БИОХИМИЧЕСКИХ И КОАГУЛЯЦИОННЫХ ИЗМЕНЕНИЙ У ПАЦИЕНТОВ С ИШЕМИЧЕСКОЙ БОЛЕЗНЬЮ СЕРДЦА И АРТЕРИАЛЬНОЙ ГИПЕРТЕНЗИЕЙ.

Сердечно-сосудистые заболевания (ССЗ) по-прежнему занимают лидирующее место среди причин смертности и стойкой утраты трудоспособности во всём мире. Согласно отчёту ВОЗ (2023), более 18,6 миллиона человек ежегодно умирают от последствий ССЗ, а по данным GBD, артериальная гипертензия (АГ) остаётся основным модифицируемым фактором риска ишемической болезни сердца (ИБС), инсульта и хронической сердечной недостаточности. Распространённость АГ превышает 1,28 миллиарда человек, причём в более чем 40% случаев она сочетается с другими метаболическими нарушениями, включая дислипидемию и гипергликемию (3,7).

Жахонгир Шарипов , Гаухар Жарилкасинова

35-37

2025-10-10

КЛИНИКО-ЛАБОРАТОРНЫЕ ОСОБЕННОСТИ ТЕЧЕНИЯ РЕВМАТИЗМА У ПАЦИЕНТОВ С МЕТАБОЛИЧЕСКИМ СИНДРОМОМ

Ревматизм (острая ревматическая лихорадка) представляет собой системное воспалительное заболевание соединительной ткани, развивающееся преимущественно после стрептококковой инфекции и характеризующееся поражением сердца, суставов, сосудов и нервной системы. В последние годы особое внимание уделяется сочетанию ревматических заболеваний с метаболическими нарушениями, прежде всего с метаболическим синдромом (МС), который рассматривается как комплекс взаимосвязанных факторов — висцерального ожирения, инсулинорезистентности, артериальной гипертензии, гипергликемии и дислипидемии.

И.X. Xaджиматовa , M.Ш. Kaримов

38-39

2025-10-10

THE PHENOMENON OF SYNONYMY IN UZBEK AND ENGLISH

Synonymy is one of the most significant lexical-semantic phenomena in linguistics. It refers to the existence of two or more words with similar or identical meanings within a given language. Synonymy plays an essential role in enriching the vocabulary of a language, enhancing stylistic diversity, and allowing speakers to express subtle shades of meaning. The study of synonymy is particularly important in comparative linguistics because it highlights both universal and language-specific features. This paper aims to analyze the phenomenon of synonymy in Uzbek and English, providing theoretical foundations, examples, and a comparative perspective.

Sa’dullayeva Sabina Rustam qizi

40-41

2025-10-10

ПОВЫШЕНИЕ ПОЗНАВАТЕЛЬНОЙ АКТИВНОСТИ УЧАЩИХСЯ НА ЗАНЯТИЯХ ПО РУССКОМУ ЯЗЫКУ

В статье рассматриваются педагогические условия и методы, способствующие повышению познавательной активности учащихся на уроках русского языка. Автор отмечает, что применение интерактивных технологий, игровых и проектных методов обучения способствует развитию творческого мышления, самостоятельности и устойчивого интереса к предмету.

Шодии Хасановой

42-43

2025-10-10

O‘ZBEKISTONDA ZIYORAR TURIZMINI TASHKIL QILISHNING ISTIQBOLLI YO’NALISHLARI

O‘zbekistonda ziyorat turizmini tashkil etishning istiqbolli yo‘nalishlari, ularni rivojlantirish omillari hozirgi kunda dolzarb hisoblanadi. Mamlakatning boy tarixiy-madaniy merosi, diniy qadriyatlari va geografik joylashuvi ziyorat turizmini rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi. Tadqiqotda Samarqand, Buxoro, Termiz, Toshkent, Xorazm va Farg‘ona vodiysi yo‘nalishlarining o‘ziga xos ziyorat maskanlari va ularning iqtisodiy hamda ma’naviy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, “halol turizm” konsepsiyasini joriy etish, raqamli texnologiyalarni keng qo‘llash, infratuzilmani modernizatsiya qilish va mahalliy aholini turizm jarayonlariga jalb etish masalalari alohida tahlil qilingan.

Niginabonu Mustafoyeva

44-46

2025-10-10

YOSHLAR ORASIDA ZIYORAT TURIZMINI TARG‘IB ETISHNING INNOVATSION SHAKLLARI

Yoshlar orasida ziyorat turizmini targ‘ib etishning zamonaviy va innovatsion shakllari yoritilgan. Ziyorat turizmi nafaqat diniy e’tiqod, balki milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy qadriyatlarni yosh avlodga yetkazish vositasi sifatida tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada raqamli texnologiyalar, gamifikatsiya, virtual haqiqat (VR), kengaytirilgan haqiqat (AR), mobil ilovalar, madaniy-ma’rifiy dasturlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali ziyorat turizmini targ‘ib etish usullari keng yoritiladi.

Niginabonu Mustafoyeva

47-49

2025-10-10

ЙЎҚ ҚИЛИШ БЕЛГИЛАНГАН МОЛ-МУЛКЛАРДАН ИККИЛАМЧИ ХОМ АШЁ СИФАТИДА ҚАЙТА ФОЙДАЛАНИШНИНГ ҲУҚУҚИЙ ВА АМАЛИЙ ЖИҲАТЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ МАСАЛАЛАРИ

Мазкур тезисда ижро иши юритиш жараёнида суд қарорига асосан йўқ қилиниши белгиланган мол-мулклардан иккиламчи хом ашё сифатида қайта фойдаланишнинг ҳуқуқий ва амалий жиҳатларини такомиллаштириш масалаларига тўхталиб ўтилиб, бу борада амалдаги қонунчиликни такомиллаштириш, бу борадаги халқаро тажрибани миллий қонунчилик ва миллий ижро тизимига жорий этиш, шу билан бирга, йўқ қилиниши белгиланган мол-мулкнинг келгуси тақдирини ҳал этиш борасида қонунчиликка киритилиши кўзда тутилаётган ўзгаришлар хусусидаги таклифлар ҳақида фикр юритилган.

Достонжон Қулмаматов

47-54

2025-10-10

KRIPTOVALYUTALAR VA ULARNING IQTISODIYOTGA TA’SIRI

Ushbu maqolada kriptovalyutalarning global moliya tizimidagi o‘rni va ularning milliy iqtisodiyotga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot davomida raqamli aktivlarning iqtisodiy o‘sish, inflyatsiya, soliqqa tortish va moliyaviy barqarorlikka bo‘lgan ta’sir mexanizmlari o‘rganildi. Shuningdek, O‘zbekiston misolida kriptovalyuta bozorini tartibga solish masalalari va amaldagi huquqiy bazaning ahamiyati yoritildi.

Jasur Xushvaqtov

55-56

2025-10-10

TALABANING OʻZ-OʻZINI BOSHQARISH KOʻNIKMALARI

Zamonaviy ta'lim tizimida mustaqil ta'lim olish va samarali oʻqish talabalardan oʻz vaqtini, faoliyatini, hissiyotlarini boshqara olishni talab etadi. Tadqiqotda oʻz-oʻzini boshqarish tushunchasi, uning asosiy tarkibiy qismlari-maqsad qoʻyish, rejalashtirish, nazorat, baholash va refleksiya jarayonlari yoritiladi. Bundan tashqari, ushbu koʻnikmalarning shakllanishiga ta'sir etuvchi omillar, shu jumladan, shaxsiy motivatsiya, muhit, oʻzini anglash darajasini va pedagogik yondashuvlar tahlil qilindi. Shuningdek oʻz-oʻzini boshqarishni shakllantirishda psixologik yondashuvlarning oʻrni va samaradorligi haqida ham fikr yuritiladi. Tezisda talabalar duch keladigan asosiy muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar ham berilgan.

Ozoda Anvarjanova

57-58

2025-10-10

ХОРИЖИЙ МАМЛАКАТЛАР ҚОНУНЧИЛИГИГА КЎРА ЖИНОЯТ ТУФАЙЛИ ЕТКАЗИЛГАН ЗАРАРНИ ҚОПЛАШНИНГ ҲУҚУҚИЙ ТАРТИБГА СОЛИНИШИ

Мақолада хорижий мамлакатлар қонунчилигида жиноят туфайли етказилган зарарни қоплашнинг ҳуқуқий тартибга солиниши таҳлил қилинган. Англо-америка ва романо-герман ҳуқуқий оилаларида жабрланувчиларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилишнинг турли механизмлари, жумладан, деликт ҳуқуқи, фуқаролик даъволари, давлат кафолатлари ва компенсация фондлари қиёсий ўрганилган. Шунингдек, суд амалиётида зарарни қоплашнинг хусусиятлари, унинг моддий ва маънавий шакллари ҳамда прецедент ҳуқуқи асосида вужудга келган қоидалар ёритилган. Тадқиқотда халқаро тажрибалардан келиб чиқиб, миллий қонунчиликни такомиллаштириш учун илмий таклиф ва тавсиялар ишлаб чиқилган.

Фурқатбек Абдуфаттохов

59-63

2025-10-10

VERTIKAL SHPINDELLI PAXTA TERISH APPARATLARIDA FRIKSION YURITMA PARAMETRLARINING PAXTA TERISH DARAJASIGA TA’SIRINI TAHLIL QILISH

Vertikal shpindelli paxta terish apparatining terish darajasiga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri sifatida, shpindelning nominal burchak tezligini ta’minlash uchun uni aylantiruvchi tasmani taranglashga xizmat qiluvchi prujinalarning montaj uzunligini me’yorida saqlash zarurligi tahlil qilingan.

Sh.A. Yusupov

64-67

2025-10-10

KOVUL O‘SIMLIGINI MIKROKLONAL KO‘PAYTIRISH: ADABIYOTLAR SHARHI

Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi — kovul (Asparagus officinalis L.) o‘simligini in vitro sharoitda mikroklonal ko‘paytirish texnologiyasini ishlab chiqish va optimallashtirish, ya’ni qisqa vaqt ichida genetik jihatdan bir xil, sog‘lom va yuqori adaptatsiya qobiliyatiga ega o‘simlik namunalarini olishdir.

Tuygul Boboyeva

68-69

2025-10-10

IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB NUTQ O‘STIRISH FANIDAN MAVJUD DASTUR VA DARSLIKNING AQLI ZAIF O‘QUVCHILAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada Ixtisoslashtirilgan maktab aqli zaif o‘quvchilar nutqini rivojlantirishda datur va darslik tahlili nihoyatda ahamiyatli ekanligi, Davlat ta’lim dasturida belgilangan talablar va mavzular aqli zaif o‘quvchilarning ta’lim sharoitiga mos ekanligi ochib berilgan

Mahliyo Xolmonova

70-75

2025-10-10

OKSITOTSIN PEPTIDINING AHAMIYATI

Ushbu maqolada oksitotsin gormonining molekulyar tuzilishi, organizmdagi sintezi va turli biologik funksiyalari batafsil tahlil qilinadi. Oksitotsinning nafaqat inson fiziologiyasiga, balki turli hayvonlarda uchraydigan muvofiq neyropeptidlar bilan bog‘liq evolyutsion jihatlariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqotlar oksitotsinning homeostazni tartibga solish, stressga javob qaytarish, qon bosimini pasaytirish va immun tizimining yallig‘lanish mediatorlarini kamaytirish kabi ta’sirlarini namoyon qilgan. Shuningdek, oksitotsinning markaziy asab tizimida xotira shakllanishi, o‘rganish jarayonlari va ijtimoiy xulq-atvorni shakllantirishdagi roli muhokama qilinadi.   

Farida Qoʻchqorova , Malika Mannonova

76-80

2025-10-10

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TARKIBIDAGI ELEMENTLARNING TIRIK ORGANIZMLAR UCHUN AHAMIYAT

Oziq-ovqat texnologiyasi amaliy xarakterga ega fan sohasi bo’lib, ovqatlanish Mahsulotlari ishlab chiqarish usullarini o’rganish bilan shug’ullanadi. Zamonaviy Oziq-ovqat sanoati o’ziga xos ajoyib texnologiya, jihoz va uskunalarga ega o’nlab Tarmoqlarni qamrab oladi. Bu tarmoqlarning korxonalarida don, un, yorma, omixta Yem, non, makaron,qandolat, moy va yog’lar, shakar, go’sht, sut, konservalangan Mahsulotlar, spirt, pivo va inson ovqadanishi uchun zarur bo’lgan boshqa oziq-ovqat Mahsulotlarini ishlab chiqarilmoqda

Farida Qoʻchqorova , Bobur Xolmuradov

81-84

2025-10-10

SUD-HUQUQ TIZIMIDA SHAXS ERKINLIGI VA BURCH TUSHUNCHASINING AXLOQIY ASOSLARI

Ushbu ilmiy tezisda sud-huquq tizimida shaxs erkinligi va burch tushunchalarining axloqiy-falsafiy asoslari chuqur tahlil qilingan. Shaxs erkinligi va burch kategoriyalarining dialektik birligi, ularning sud-huquq tizimidagi amaliy ko‘rinishlari axloqiy imperativlar nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi.

Murodulla Tilovov

85-89

2025-10-13

EUPHEMISMS IN MEDIA REPRESENTATIONS OF DIPLOMATIC COMMUNICATION

This article investigates the role of euphemisms in media representations of diplomatic communication, focusing on how journalistic discourse reframes sensitive political issues. Euphemisms are frequently employed by the media when reporting on diplomatic negotiations, conflicts, or international crises to soften negative connotations and preserve neutrality. By analyzing newspaper articles, online reports, and televised broadcasts, the study demonstrates how euphemistic choices influence public perception of diplomatic events. Expressions such as “peacekeeping mission,” “humanitarian intervention,” and “collateral damage” are shown to reshape controversial actions into more acceptable narratives. From a linguopragmatic perspective, euphemisms function not only as stylistic devices but also as strategic communicative tools aligning with media ideology and political agendas. The findings emphasize the importance of euphemistic framing in shaping collective understanding of diplomacy and highlight the subtle power of language in international media discourse.

Dadamirzayeva Mokhidil Gulomjon qizi

90-93

2025-10-13

O‘ZBEK ADABIYOTIDA BADIIY VAQT VA MAKON TUSHUNCHASINING NAZARIY ASOSLARI

Adabiyotshunoslikda badiiy vaqt va makon tushunchalari muhim nazariy kategoriyalar sifatida alohida o‘rin egallaydi. Ular asar badiiy tizimini, voqealar rivoji va personajlar dunyoqarashini belgilovchi asosiy omillardandir. M.M. Baxtinning xronotop haqidagi qarashlari bu tushunchalarning ilmiy-nazariy asosini yaratgan. Badiiy vaqt va makon o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ular adabiy matnning estetik yaxlitligini ta’minlaydi. O‘zbek adabiyotida bu masala, ayniqsa, tarixiy, falsafiy va ijtimoiy ruhdagi asarlar tahlilida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, zamonaviy yozuvchilarning asarlarida badiiy vaqt va makon talqini insonning ichki kechinmalari bilan chambarchas bog‘liqdir.

Maftuna Komilova

94-95

2025-10-13

TIZIMLILIK VA FAOLIYAT TAMOYILLARI ASOSIDA TALABALARDA DAVLAT TILIDA ISH YURITISH MALAKASINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI

Bugungi ta’lim tizimida davlat tilida ish yuritish madaniyatini shakllantirish — oliy ta’lim muassasalarining eng muhim vazifalaridan biridir. Talaba o‘z kasbiy faoliyatida nafaqat mutaxassislik bilimlariga, balki rasmiy uslubda muloqot qilish, hujjatlarni to‘g‘ri tuzish, yozma nutqni davlat tili me’yorlariga mos olib borish ko‘nikmalariga ham ega bo‘lishi lozim. Shu sababli ta’lim jarayonida tizimlilik va faoliyat tamoyillari asosida ishlab chiqilgan pedagogik texnologiyalarni qo‘llash dolzarb masalaga aylangan.

Sherzod Karimjonov

96-98

2025-10-13

ИССЛЕДОВАНИЕ НА ОБОГАТИМОСТЬ УПОРНОЙ ЗОЛОТОМЫШЬЯКОВОЙ РУДЫ МЕСТОРОЖДЕНИЯ КОКПАТАС

Золото - важнейший вид стратегической продукции производимой в Узбекистане, который является одной из крупнейших горнодобывающих стран мира. В настоящее время все большее внимание уделяется добыче и переработке упорных сульфидных золотосодержащих руд, так как легко перерабатываемых окисленных руд в Республике ограниченное количество. Сульфидные руды составляют основной запас месторождения Кокпатас.

Г. К. Салижанова, М.А. Абдумуминова

99-100

2025-10-13

BOLALARNI SOG‘LIG‘IGA ZARAR YETKAZUVCHI AXBOROTDAN HIMOYA QILISH: MILLIY MODELNING HUQUQIY-ME’YORIY TAHLILI VA AMALIY TAKLIFLAR

Maqolada “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning (2017) mazmun-mohiyati, 2019–2023 yillardagi o‘zgartirishlar integratsiyasi hamda institutlararo hamkorlik mexanizmlari tahlil qilinadi. Axborot mahsulotining yoshga oid tasnifi (“0+”, “7+”, “12+”, “16+”, “18+”), ekspertiza tartibi, profilaktika va nazorat vositalari huquqiy nuqtai nazardan yoritiladi. Yakunda raqamli muhitda ijro va profilaktikani kuchaytirish bo‘yicha takliflar beriladi.

ABDUJALIL MUXTOROV

101-104

2025-10-13

T VA B LIMFATSITLAR VA ULARNING SUB- POPULYATSIYASI

Ushbu maqolada T va B limfotsitlar hamda ularning subpopulyatsiyalari haqida batafsil ilmiy tahlil beriladi. Immun tizimning asosiy hujayralari bo‘lgan T-limfotsitlar hujayraviy immunitetni, B-limfotsitlar esa gumoral immunitetni ta’minlaydi. Maqolada T-limfotsitlarning asosiy subpopulyatsiyalari — helper (Th), sitotoksik (Tc), regulyator (Treg) va xotira hujayralari hamda B-limfotsitlarning plazma hujayralari va xotira B-hujayralari kabi turlari ilmiy asoslangan holda yoritiladi. Shuningdek, limfotsitlarning immun javob shakllanishidagi o‘rni, klinik ahamiyati va immunopatologik jarayonlardagi roli keng tahlil qilinadi.

Iroda Ziyodullayeva

105-109

2025-10-13

THE ROLE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN ENHANCING ENGLISH LANGUAGE TEACHING

This paper explores the transformative role of Artificial Intelligence (AI) in enhancing English Language Teaching (ELT). The integration of AI technologies such as speech recognition, automated writing assessment, and adaptive learning platforms enables personalized, efficient, and engaging teaching environments. AI-driven applications not only support teachers in classroom management and feedback delivery but also empower learners to take greater control over their learning progress. The study concludes that AI can optimize instructional practices, foster learner autonomy, and improve the overall quality of English language education when integrated thoughtfully into pedagogy.

Sevara Abrayeva

110-113

2025-10-13

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA BOYLIK KONSEPTINING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu tezisda “boylik” konsepti va uni ifoda etgan leksik birliklar ingliz va o`zbek tillari misolida ko`rib chiqamiz. Ma`lumki, kontseptni o'rganish uning asosini ajratib ko'rsatish bilan boshlanadi va kontseptning asosi uni nomlovchi va kalit so'zning (leksemaning) semantikasini aks ettiruvchi barcha unsurlarda ustun turadi. Natijada boylik konseptining ijtimoiy, ma’naviy va iqtisodiy qirralari ochib beriladi.

Guzal Maxamadiyeva

114-115

2025-10-13

BOYLIK LEKSEMALARINI IFODALAGAN INGLIZ VA O`ZBEK MAQOLLARINING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

Ushbu tezisda ingliz va o‘zbek tillarida “boylik” konseptining lingvokulturologik jihatdan ifodalanishi tahlil qilinadi. Maqollar orqali xalq dunyoqarashi, qadriyatlari hamda iqtisodiy va axloqiy tushunchalarning til orqali aks etishi ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, har ikki tilda boylik nafaqat moddiy ne’mat, balki ma’naviy to‘kislik timsoli sifatida ham qaraladi.

Guzal Maxamadiyeva

116

2025-10-13

MELATONIN UYQU JARAYONLARINI TARTIBGA SOLUVCHI TABIIY MODDA.

Ushbu maqolada melatonin gormonining inson organizmidagi biologik ritm va uyqu jarayonlarini tartibga solishdagi o‘rni ilmiy jihatdan yoritilgan. Melatoninning epifiz bezida ishlab chiqarilishi, u qanday omillar ta’sirida faoliyat ko‘rsatishi, va uni sun’iy ravishda qo‘llashning afzalliklari hamda ehtiyot choralariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, uyqu buzilishlari va biologik soat buzilishi kabi holatlarda melatoninning samaradorligi tahlil qilinadi..

Bobur Xolmuradov , Xumora Abdusalomova

117-118

2025-10-13

O’ZBEK XALQ ERTAKLARIDA DIALEKTIZMLARNING ISHLATILISHI

Mazkur maqolada o‘zbek xalq ertaklarida shevalarning, ayniqsa, “g” tovushining ishlatilish xususiyatlari tahlil qilinadi. Hududiy lahja va shevalar ertak matnlarida qanday fonetik o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi, bu o‘zgarishlar orqali mintaqaviy nutq madaniyatini aniqlash yo‘llari ko‘rib chiqiladi.

Nasiba Raimnazarova

119-121

2025-10-13

«NAN, DUZ» KONCEPTLERINIŃ METOFORIZACIYASI

Ilimpaz Sh.Abdinazimov óziniń  «Lingvokulturologiya» atlı qollanbasında metaforalarǵa ayırıqsha dıqqat awdarǵan [1]. Sońǵı  jıllarda atap aytqanda XX ásir aqırlarına kelip  metafora biz oylaǵannan kóre quramalıraq qubılıs ekenligi málim bola basladı. Ol til, mádeniyat, ilim-pán, turmıs, pútkil álem quramına sińip ketken. Sonday-aq, metaforalar biliw universaliyası esaplanıp, házirgi waqıtta ilimpazlar dúnyanıń metaforalıq kartinasın adam genezisi, ulıwma, insaniyat mádeniyatı menen baylanıstırıwǵa urınıwların bayqawǵa boladı. Basqasha aytqanda, prototiptiń ózi metaforalıq xarakterde bolǵan, protokommunikaсiya da (qarım-qatnas) metaforalıq basqıshta júz bergen.

Rano Tursımuratova

122-123

2025-10-13

СУЩНОСТЬ И КЛАССИФИКАЦИЯ ИНВЕСТИЦИОННЫХ ПРОЕКТОВ

В тезисе раскрывается экономическая сущность инвестиционного проекта как ограниченного во времени и ресурсах комплекса мероприятий, направленного на создание, модернизацию или приобретение активов ради получения коммерческого, социального и/или экологического эффекта. На основе анализа классических и современных подходов предлагается целостная классификационная рамка, учитывающая цели и масштабы проектов, характер участия инвестора, источники финансирования, степень взаимозависимости, сроки реализации, отраслевую и территориальную специфику, риск-профиль, а также тип оцениваемого эффекта. Обсуждаются методологические основания оценки эффективности в логике национальных методических рекомендаций и международной практики: NPV, IRR, PI, дисконтированный срок окупаемости, анализ чувствительности, сценарный подход и элементы реальных опционов. Показано, что корректная классификация повышает качество инвестиционных решений, делает сопоставимыми проекты с различной структурой денежных потоков и рисков и служит базой для выбора инструментов финансирования и механизмов управления.

Нигина Бахтиярова

124-126

2025-10-13

“VITIS VINIFERA L. O‘SIMLIGI VA UNING KIMYOVIY TARKIBI”

Mazkur ilmiy ishda Vitis vinifera L. o‘simligining biologik xususiyatlari, morfologik tuzilishi, kimyoviy tarkibi va inson salomatligidagi ahamiyati o‘rganilgan. Tadqiqot davomida uzum tarkibidagi biofaol birikmalar vitaminlar, organik kislotalar, flavonoidlar, antosianinlar, terpenlar hamda efir moylarining foydali xususiyatlari tahlil qilindi. Mahalliy uzum navlarining kimyoviy tarkibini aniqlash, ularning farmakologik imkoniyatlarini baholash va amaliy ahamiyatini yoritish ushbu ishning asosiy maqsadini tashkil etadi.

Murodjon Ma’murov

127-129

2025-10-13

OPYEKTGA YO’NALTIRILGAN DASTURLASH ASOSLARIDA INTERFEYSLAR

Ushbu mustaqil ishda obyektga yo‘naltirilgan dasturlash (OOP) tamoyillari va ularning muhim tarkibiy qismi — interfeyslar haqida so‘z yuritiladi. Maqolada interfeyslarning mohiyati, ularning dasturlashdagi vazifasi, sinflar bilan o‘zaro farqlari hamda turli dasturlash tillarida qo‘llanish usullari yoritilgan. Interfeyslarning dastur arxitekturasida abstraksiya, polimorfizm va modullikni ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, real hayotdagi misollar orqali interfeyslar yordamida standartlashtirilgan, kengaytiriluvchan va ishonchli tizimlar yaratish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Alisher Ismailov , Madina Mahmudova

130-134

2025-10-13