We are pleased to inform you that the Research Support Center "Innovative Academy" has organized the Republican Conference "Science and Innovation". This is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research.

Published: 2026-02-10

O‘RTA OSIYO RIVOJLANGAN O‘RTA ASR MADANIYATLARI

Rivojlangan o‘rta asrlar davri O‘zbekiston tarixida Somoniylar davlati tashkil topishidan boshlanib, to temuriylar davlati inqirozgacha (IX-XVIasr) davom qiladi. Bu davrni ijtimoiy va iqtisodiy, siyosiy va madaniy jihatdan ikkita taraqqiyot va bitta inqiroz bosqichiga bo‘lish mumkin. Birinchi taraqiyot bosqichi IX-XIII asr boshlarini o‘z ichiga oladi. Bu davr madaniy hayoti islom mafkurasi asosida  shaklanib, o‘ziga xos madaniy rivojlanish kuzatiladi. Markazlashgan davlat tashkil qilinib, unda avval somoniylar (IX-X ), so‘ng esa, uning hududlari uchta turkiy davlatlar qoraxoniylar, g‘aznaviylar va saljuqiylar o‘rtasida (XI asrda) taqsimlanib, bu hududlarning katta qismida XII asr o‘rtalarida buyuk Xorazmshohlar davlati tashkil topadi.

Xayrulloxon Madiyev, Saidjaxon Qodirjonov

4-5

2026-02-09

GLOBAL AXBOROT OQIMI SHAROITIDA YOSHLAR ONGINI GʻOYAVIY MANIPULYATSIYALARDAN SAQLASH VA MAFKURAVIY BARQARORLIKNI SHAKLLANTIRISH

Ushbu tezis global axborot oqimi kuchaygan sharoitda yoshlar ongini gʻoyaviy manipulyatsiyalardan himoyalashning nazariy-uslubiy asoslarini tahlil qiladi. Tadqiqotda kontent tahlili, qiyosiy yondashuv va konseptual modellashtirish qoʻllanadi. Yangilik axborot xavflari tipologiyasi, individual-media savodxonlik indikatorlari va institutlararo profilaktika mexanizmlarini yagona tizim sifatida asoslashdan iborat.

Shohnoza Xaytboyeva

6-9

2026-02-09

МОДДИЙ МАНФААТ ВА МАЪНАВИЙ ҚАДРИЯТЛАР ЎРТАСИДАГИ ЗИДДИЯТ: ИЖТИМОИЙ-ФАЛСАФИЙ ТАҲЛИЛ

Ушбу мақолада замонавий жамиятда моддий манфаат ва маънавий қадриятлар ўртасидаги зиддият ижтимоий-фалсафий нуқтаи назардан таҳлил қилинган. Бозор иқтисодиёти, глобаллашув ва истеъмол маданияти шароитида моддий манфаатларнинг устуворлашуви инсон маънавий онги ва ахлоқий қадриятлар тизимига салбий таъсир кўрсатаётгани очиб берилган. Мақолада моддий манфаат ва маънавий қадрият тушунчаларининг моҳияти, улар ўртасидаги зиддиятнинг сабаблари ҳамда ижтимоий-ахлоқий оқибатлари атрофлича ёритилган. Шунингдек, жамият тараққиётида моддий ва маънавий омиллар ўртасидаги мувозанатни таъминлашнинг ижтимоий-фалсафий механизмлари асосланган.

Алишер Равшанов

10-13

2026-02-09

TRANSCHEGARAVIY SUV RESURSLARI MUAMMOSINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI

Mazkur maqolada Markaziy Osiyo mintaqasida transchegaraviy suv resurslaridan foydalanishning siyosiy-huquqiy asoslari, mintaqa davlatlari o‘rtasidagi manfaatlar muvozanati, suv diplomatiyasining rivojlanish tendensiyalari hamda suv xavfsizligini ta’minlash mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, Amudaryo va Sirdaryo havzalari misolida suv taqsimoti muammolari va ularni hal etish bo‘yicha institutsional mexanizmlar yoritiladi.

Elyor Maxammadiyev

14-16

2026-02-09

METACOGNITIVE GRAMMAR AWARENESS AS A TOOL FOR DEVELOPING COMMUNICATIVE ACCURACY

This thesis examines metacognitive grammar awareness as a pedagogical tool for enhancing communicative accuracy in second and foreign language learning. Drawing on established theories of metacognition [1], communicative competence [2], and form-focused instruction [3], the study synthesizes empirical findings demonstrating that learners’ explicit awareness of grammatical forms, combined with strategic regulation of language use, contributes to measurable gains in accuracy. Research in second language acquisition indicates that metalinguistic awareness supports noticing of linguistic features [4], promotes self-monitoring [5], and enhances the effectiveness of corrective feedback [6]. The analysis integrates findings from classroom-based intervention studies and theoretical frameworks in applied linguistics to argue that metacognitive grammar instruction bridges the gap between explicit knowledge and communicative performance.

Isomova Feruza Nizom qizi

17-21

2026-02-09

NOSTEROID YALLIG‘LANISHGA QARSHI DORILAR (NSAID):TA’SIR MEXANIZMI VA NOJO‘YA TA’SIRLARI

Ushbu maqolada nosteroid yallig‘lanishga qarshi dorilar (NSAID)ning farmakologik xususiyatlari, ta’sir mexanizmi hamda nojo‘ya ta’sirlari yoritilgan. NSAIDlarning asosiy ta’siri siklooksigenaza (COX) fermentini inhibitsiya qilish orqali prostaglandinlar sintezini kamaytirish bilan bog‘liq. Maqolada COX-1 va COX-2 fermentlarining fiziologik ahamiyati, selektiv va noselektiv NSAIDlar farqi, shuningdek, ularning me’da-ichak tizimi, buyraklar va yurak-qon tomir tizimiga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Bundan tashqari, NSAIDlarni qo‘llashda ehtiyot choralariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Mazkur maqola tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan.

P. Maxmudova, A. Turg‘unov

22-24

2026-02-09

МУҢЛЫҚ-ЗАРЛЫҚ» ДӘСТАНЫНЫҢ СЮЖЕТЛИК СТРУКТУРАСЫ: ХРОНОТОП ҲӘМ САЛЫСТЫРМАЛЫ ТАЛЛАЎ

Эпикалық шығармаларға тән тийкарғы белгилердиң бири – ўақыт пенен кеңисликтиң (хронотоп) шәртли ҳәм символлық сыпатта берилиўи. «Муңлық-Зарлық» дәстанында хронотоп анық тарийхый дәўирди белгилеўден гөре, эпикалық дәслепки ўақытты моделлестириўге бағдарланған. Сюжетлик дүзилис болса халықаралық фольклорлық мотивлердиң миллий контексттеги синтезин қурайды.

Гаўҳар Базарбаева

25-26

2026-02-09

RAQAMLI TIBBIYOT VA TIBBIY TEXNOLOGIYALAR TASNIFI

Ushbu  maqolada zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimida keng joriy qilinayotgan raqamli tibbiyot va tibbiy texnologiyalarning tasnifi, ularning amaliy qo‘llanilishi hamda tibbiyot jarayonlariga ta’siri batafsil yoritiladi. Raqamli texnologiyalarning tibbiyotga kirib kelishi diagnostika, davolash, profilaktika va reabilitatsiya jarayonlarining aniqligi, tezligi va sifatini sezilarli darajada oshirmoqda. Maqolada raqamli tibbiyotning asosiy yo‘nalishlari – telemeditsina, elektron sog‘liqni saqlash mobil tibbiyot , sun’iy intellekt, klinik axborot tizimlari, robototexnologiya, tibbiy ma’lumotlarni katta hajmda qayta ishlash, nosimmetrik monitoring kabi sohalar bo‘yicha ilmiy tasnif beriladi.

Mirzabek Bafoyev

27-30

2026-02-09

1970-90-ЙИЛЛАРДА ЖИЗЗАХ ВИЛОЯТИДА МАКТАБГАЧА ВА МАКТАБ ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИ ФАОЛИЯТИ

Жиззах вилояти 1973 йилда мустақил маъмурий бирлик сифатида ташкил этилганидан сўнг, вилоятда таълим тизимини шакллантириш ва ривожлантириш масаласи давлат сиёсати даражасидаги устувор йўналишлардан бирига айланди. Шу йилларда жамоат таълими соҳасида республика миқёсида бўлган каби Жиззах вилоятида ҳам мактаблар сонини кўпайтириш, саводсизликни тугатиш, ўқитувчи кадрлар етишмовчилигини бартараф этиш вазифалари кун тартибида турган.

Темурбек Султанов

31-32

2026-02-09

ISMOIL GASPRINISKIY GʻOYALARI -JADIDCHILIK HARAKATI SHAKLLANISHIDA

Ushbu ilmiy maqola Ismoil Gasprinskiyning g'oyalari va ularning jadidchilik harakati shakllanishidagi hal qiluvchi rolini kompleks tahlil qilishga bag'ishlangan. Maqolada Gasprinskiyning ma'rifatparvarlik, til birligi, ta'lim islohotlari va madaniy uyg'onishga doir qarashlari chuqur o'rganilib, uning "Usul-i jadid" maktablari va "Terciman" gazetasi orqali bu g'oyalarni amaliyotga tatbiq etish yo'llari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, uning fikrlarining Rossiya imperiyasidagi turkiy-musulmon jamoalari orasida jadidchilik harakati paydo bo'lishi va rivojlanishiga qanday ta'sir ko'rsatgani, uning g'oyalari jadidlar tomonidan qanday qabul qilinib, moslashtirilgani yoritiladi. Tadqiqot Gasprinskiyning mintaqaviy va umumbashariy ma'rifatparvarlik harakatidagi doimiy ahamiyatini tasdiqlaydi.

Visolabonu Abdugʻaniyeva

33-35

2026-02-09

TASHQI SIYOSATDA PARLAMENTLARNING HUQUQIY ROLI

Ushbu maqolada parlamentning davlatning tashqi siyosatidagi roli qanchalik muhim ekanligi xorijiy davlatlar parlamentlari bilan solishtirgan holda tahlil qilingan.

Sardorbek Azamov

36-37

2026-02-09

RAQAMLI MARKETING SOHASIDA KONTENTGA ASOSLANGAN STRATEGIYALARNING SHAKLLANISHI: JORIY TRENDLAR VA KELGUSIDAGI SALOHIYAT

Mazkur ilmiy maqola raqamli marketing muhitida kontent strategiyalarining evolyutsion rivojlanishini kompleks tahlil qilish, shuningdek, sohada shakllanayotgan dolzarb tendensiyalar hamda istiqboldagi rivojlanish imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqot doirasida kontent strategiyalarining tarixiy shakllanish bosqichlari, ularning zamonaviy raqamli ekotizimdagi amaldagi holati hamda kelgusidagi transformatsion yo‘nalishlari tizimli ravishda o‘rganiladi. Shu bilan birga, maqolada raqamli marketingda yuzaga kelayotgan yangi paradigmalar va strategik yondashuvlarning amaliyotda samarali joriy etilishi mexanizmlari ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beriladi hamda ularning biznes subyektlari faoliyatiga ta’siri chuqur tahlil qilinadi.

Ulugbek Mamadjonov , Boburjon Xidirov

38-42

2026-02-09

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR OTA-ONALARI BILAN ISHLASHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalar ota-onalari bilan ishlashda pedagogik texnologiyalarning ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida ota-onalar bilan samarali pedagogik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ta’lim-tarbiya jarayoniga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, pedagogik texnologiyalarning imkoniyati cheklangan bolalarning psixologik rivojlanishi, ijtimoiy moslashuvi va ta’lim natijalarini yaxshilashdagi o‘rni ilmiy manbalar asosida asoslab berilgan. Maqola natijalari ota-onalar bilan ishlashda pedagogik texnologiyalarni tizimli va maqsadga yo‘naltirilgan holda qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi.

Muhayyo Xudayberdiyeva

43-45

2026-02-09

PRACTICAL APPLICATION AND CHALLENGES OF THE ESCROW SYSTEM IN CIVIL LEGISLATION

This article examines theoretical and practical problems associated with the application of the escrow system in civil legislation. While the escrow institution is widely used in international commercial practice, its successful implementation in national legal systems presents a number of difficulties. Within the framework of the research, the experience of legal regulation of the escrow system in various countries was analyzed, as well as the possibilities and obstacles to applying this institution in the civil legislation of Uzbekistan. The article analyzes the legal construction of the escrow mechanism, its impact on contractual and property relations, as well as features of application in dispute situations. The research results show that effective application of the escrow system requires creating a separate legislative base, regulating the activities of escrow agents, and improving dispute resolution mechanisms. The conclusion provides practical recommendations for implementing the escrow institution adapted to the civil legislation of Uzbekistan.

Samariddin Iskandar ogli Mukhammadiyev

46-50

2026-02-09

ФИЗИОЛОГИЧЕСКИЕ ИЗМЕНЕНИЯ СЕРДЕЧНОГО ВЫБРОСА ПРИ УВЕЛИЧЕНИИ МАССЫ ТЕЛА

Избыточная масса тела является значимым фактором риска для сердечно-сосудистой системы. Она вызывает увеличение сердечного выброса за счёт повышения метаболической потребности тканей, увеличения объёма циркулирующей крови и активации компенсаторных механизмов сердца, таких как рост ударного объёма и частоты сердечных сокращений. Длительное воздействие ожирения может приводить к структурным и функциональным изменениям миокарда, включая гипертрофию левого желудочка и нарушение диастолической функции. Эти изменения повышают риск развития сердечной недостаточности, артериальной гипертензии и других сердечно-сосудистых осложнений. Современные методы диагностики, включая эхокардиографию и импедансную кардиографию, позволяют своевременно выявлять изменения сердечного выброса и оценивать степень кардиальной адаптации. Понимание физиологических и патофизиологических механизмов изменений сердечного выброса при ожирении имеет важное значение для профилактики сердечно-сосудистых заболеваний и разработки индивидуальных лечебных стратегий.

Шахина Розикова, Ситора Нуриддинова, Барно Урокова, Озода Алимова

51-54

2026-02-09

MAKTOBGACHA TA’LIMDA STEAM TEXNOLOGIYASINI INSON MARKAZLI JORIY ETISHNING ILMIY AHAMIYATI

Ushbu maqola maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyasini inson markazli joriy etishning ilmiy ahamiyatini ochib beradi. Toshkent shahrida 120 nafar 5–6 yoshli bola ishtirokida o‘tkazilgan 12 haftalik eksperiment natijasida kreativ fikrlash, hamkorlikda muammo yechish va emotsional ifoda ko‘nikmalari aniqlandi.

Xusnida Israilova, Gulsanam Tursunaliyeva

55-56

2026-02-09

BANK KREDITLARI TARKIBINING (ISTE’MOL VA INVESTITSION KREDITLAR) IQTISODIY O‘SISHGA DIFFERENSIAL TA’SIRI

Mazkur tezisda bank kreditlari tarkibining — iste’mol kreditlari va investitsion (ishlab chiqarish) kreditlarning — iqtisodiy o‘sishga differensial ta’siri strukturaviy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Xalqaro moliyaviy institutlar, xususan World Bank, International Monetary Fund va Bank for International Settlements ma’lumotlari asosida kredit tarkibining YaIM o‘sishi, mehnat unumdorligi va investitsion faollikka ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan kreditlar uzoq muddatda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlasa, iste’mol kreditlari qisqa muddatli talabni rag‘batlantiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi.

Shahnoza Yusupi

57-60

2026-02-10

THE ROLE OF FINANCIAL MANAGEMENT IN SUSTAINABLE ECONOMIC DEVELOPMENT

This thesis examines the role of financial management in promoting sustainable economic development, focusing on public financial management, corporate financial governance, green finance, and financial system stability. Drawing on empirical evidence from international organizations and peer-reviewed studies, the paper analyzes how effective budgeting, fiscal discipline, capital allocation, risk management, and sustainable finance instruments contribute to long-term economic growth, environmental protection, and social inclusion. The findings confirm that sound financial management practices improve macroeconomic stability, increase investment efficiency, reduce corruption risks, and mobilize resources for sustainable development goals (SDGs).

Zhao Yatian

61-65

2026-02-10

TARBIYA VA AXLOQNING FALSAFIY ASOSLARI: TAFTAZONIY MEROSI MISOLIDA

Mazkur maqolada o‘rta asr islom falsafasi vakili Sa’d ad-Din at-Taftazaniyning tarbiya, axloq va inson kamolotiga oid qarashlari ijtimoiy-falsafiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Taftazoniy asarlarida tarbiya tushunchasining aql va nafs muvozanati, ilm va amal birligi hamda axloqiy fazilatlar bilan uzviy bog‘liqligi yoritiladi. Shuningdek, uning tarbiyaviy maktabi jamiyat barqarorligi va ma’naviy taraqqiyotning muhim omili sifatida baholanib, zamonaviy davr bilan bog‘liq holda tahlil qilinadi.

Shahzoda Eshpoʻlatova

66-68

2026-02-10

YAPON TILINI O‘QITISHDA CLIL YONDASHUVINING LINGVODIDAKTIK ASOSLARI

Ushbu tezis yapon tilini o‘qitishda CLIL (Content and Language Integrated Learning) yondashuvining lingvodidaktik asoslarini nazariy-metodik jihatdan yoritadi. CLIL sharoitida tilni o‘zlashtirish fan mazmunini egallash bilan bir vaqtda kechadi; shu sababli leksik-grammatik birliklar yodlash obyekti bo‘lib qolmay, kontentni anglash va ifodalash vositasiga aylanadi. Tezisda yapon tilining uch yozuv tizimi (hiragana, katakana, kanji), uslubiy iyerarxiya (oddiy uslub va keigo), hamda pragmatik me’yorlarning CLIL dars dizaynida qanday integratsiyalanishi tahlil qilinadi. Scaffolding orqali til yuklamasini boshqarish, akademik-kasbiy diskursni shakllantirish va integrallashgan baholash mezonlarini qo‘llash CLILning tayanch lingvodidaktik mexanizmlari sifatida asoslanadi. Natijada CLIL yapon tilini o‘qitishda “tilni o‘rganish”ni “til orqali kasbiy vazifani bajarish” bilan bog‘lab, kommunikativ kompetensiyani mazmunli faoliyat orqali barqaror rivojlantirishi ko‘rsatib beriladi.

Sevara Oqilova

69-71

2026-02-10

YAPON TILINI O‘QITISHDA CLIL YONDASHUVINING LINGVODIDAKTIK ASOSLARI

Ushbu tezis yapon tilini o‘qitishda CLIL (Content and Language Integrated Learning) yondashuvining lingvodidaktik asoslarini nazariy-metodik jihatdan yoritadi. CLIL sharoitida tilni o‘zlashtirish fan mazmunini egallash bilan bir vaqtda kechadi; shu sababli leksik-grammatik birliklar yodlash obyekti bo‘lib qolmay, kontentni anglash va ifodalash vositasiga aylanadi. Tezisda yapon tilining uch yozuv tizimi (hiragana, katakana, kanji), uslubiy iyerarxiya (oddiy uslub va keigo), hamda pragmatik me’yorlarning CLIL dars dizaynida qanday integratsiyalanishi tahlil qilinadi. Scaffolding orqali til yuklamasini boshqarish, akademik-kasbiy diskursni shakllantirish va integrallashgan baholash mezonlarini qo‘llash CLILning tayanch lingvodidaktik mexanizmlari sifatida asoslanadi. Natijada CLIL yapon tilini o‘qitishda “tilni o‘rganish”ni “til orqali kasbiy vazifani bajarish” bilan bog‘lab, kommunikativ kompetensiyani mazmunli faoliyat orqali barqaror rivojlantirishi ko‘rsatib beriladi.

Sevara Oqilova

72-74

2026-02-10

JIZZAX SHEVASIDA UCHRAYDIGAN LEKSIK BIRLIKLARNING SEMANTIK TAHLILI

Mazkur maqolada Jizzax viloyati shevasida uchraydigan leksik birliklar semantik jihatdan tahlil qilinadi. Hududiy shevaga xos so‘z va iboralarning ma’nosi, ularning adabiy til bilan o‘xshash va farqli tomonlari yoritiladi. Jizzax shevasidagi ayrim leksik birliklar misolida ularning ma’no qatlamlari ochib beriladi.

Sevinch Muyassarova

75-77

2026-02-10

РАЗВИТИЕ СОЦИАЛЬНЫХ НАВЫКОВ УЧАЩИХСЯ ПОСРЕДСТВОМ ТЕХНОЛОГИЙ КОЛЛАБОРАТИВНОГО ОБУЧЕНИЯ НА УРОКАХ ИНОСТРАННОГО ЯЗЫКА

Формирование учебного процесса на основе подхода коллаборативного обучения в современных условиях не только повышает качество обучения, но и играет исключительную роль в развитии социальных навыков, которые сегодня признаются актуальными на мировом уровне. В связи с этим в данной тезисе раскрывается значимость технологий коллаборативного обучения, а их развивающие характеристики представлены в виде таблицы. Также приведены конкретные примеры и практические рекомендации.

Мадина Маликова

78-80

2026-02-10

LEGAL AND ECONOMIC MECHANISMS FOR INVESTOR PROTECTION IN DEVELOPING ECONOMIES

This thesis analyzes the legal and economic mechanisms for investor protection in developing economies under conditions of institutional transformation and market volatility. It examines constitutional guarantees, investment legislation, international investment agreements, judicial protection, and regulatory oversight, alongside macroeconomic stabilization tools and economic incentives. The study argues that effective investor protection requires an integrated model combining legal certainty, institutional efficiency, and economic stability to ensure sustainable capital inflows.

Mambetova Zulfiya Sultanbekovna

81-84

2026-02-10

2,5-BIS(ALKILTIO)-1,3,4-TIADIAZOL HOSILALARINI SINTEZI VA ULARNING ANTIMIKROB FAOLLIGINI O‘RGANISH

Ushbu ishda 2,5-dimerkapto-1,3,4-tiadiazol asosida yangi 2,5-bis(alkiltio)-1,3,4-tiadiazol hosilalarini sintez qilish, ularning tuzilishini spektral usullar bilan tasdiqlash hamda mikroorganizmlarga qarshi antimikrob faolligini baholash maqsad qilingan. Sintez jarayoni ishqoriy muhitda tiol guruhlarning deprotonlanishi va keyinchalik alkilgalogenidlar bilan S-alkillanish reaksiyasi orqali amalga oshirildi. Natijada 2,5-bis(etiltio)-, 2,5-bis(propiltio)-, 2,5-bis(butiltio)- hamda 2,5-bis(benziltio)-1,3,4-tiadiazol hosilalari olindi. Olingan birikmalarning tuzilishi IR va UB-spektral tahlillar yordamida tasdiqlandi. Biologik sinovlar broth microdilution metodi asosida olib borilib, Staphylococcus aureus va Escherichia coli shtammlariga nisbatan MIC qiymatlari aniqlandi. Eng yuqori antimikrob faollik 2,5-bis(etiltio)- va 2,5-bis(benziltio)- hosilalarida kuzatildi. Olingan natijalar 2,5-joylashuvdagi substituentlarning tabiati tiadiazol hosilalarining biologik faolligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi.

Fazliddin Jololiddinov, Islombek Gʻanijonov

85-86

2026-02-10

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA SOGʻLOM OVQATLANISH

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanish bolalarning jismoniy, aqliy va ruhiy rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, 3–7 yosh davri bolaning o‘sishi eng faol bo‘ladigan bosqichlardan biri bo‘lib, aynan shu davrda to‘g‘ri va muvozanatli ovqatlanish kelgusidagi sog‘liq holatini belgilab beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar organizmi energiya, oqsil, yog‘, uglevod, vitamin va mineral moddalarga bo‘lgan ehtiyoji bilan ajralib turadi. Shu sababli maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ovqatlanish tizimi ilmiy asosda, sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya qilgan holda tashkil etilishi lozim.

Matluba Abedova

87-88

2026-02-11

PSYCHOLOGICAL NATURE OF VIRTUAL COMMUNICATION

The rapid development of our society, the volume of information that needs to be assimilated, and a number of other factors require the maximum use of human abilities in educating students. The current conditions of intensive use of educational technologies as a means of communication, knowledge, information acquisition, and networking determine the need for analytical reading, the sequence and logic of educational information, and the acquisition of communicative competence. Intensive educational technologies of teaching are aimed not only at the formation of competencies in the student in a short period of time, but also at overcoming psychological problems in the process of forming the student's communicative competence.

Sayitova Umida Hikmatillo kizi

89-90

2026-02-11

ZULFIYAXONIM BUYUK QALB EGASI

O’zbek she’riyatining yorqin namoyondasi Zulfiyaxonim yorqin xotirasiga bag’ishlanadi. Zulfiyaxonim ijodi haqida psixologlarning fikr va mulohazalari.

Durdona Ro‘ziboyeva

91-92

2026-02-11

FOYDALI BAKTERIYALARNI INSON UCHUN AHAMIYATI VA FOYDALARI HAQIDA

Bakteriyalar ko‘pincha faqat kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlar sifatida talqin qilinsa-da, aslida inson organizmi va sog‘lig‘i uchun muhim “foydali” bakteriyalar ham mavjud. Ushbu maqolada foydali bakteriyalarning turlari, inson ichak mikrobiomida tutgan roli, immunitetga ta’siri, oziq-ovqat hazmida ishtiroki va sog‘lom ovqatlanish hamda profilaktika jihatlaridagi o‘rni ilmiy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot metodologiyasi adabiyot sharhi (narrativ review) uslubida tashkil etildi. Maqsad – foydali bakteriyalarning ahamiyatini chuqur tahlil qilish va o‘zbek tilidagi manbalar asosida xulosa ishlab chiqish. Natijada, foydali bakteriyalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni yo‘qotish omillariga qarshi chora-tadbirlar muhim ekani aniqlanadi. Bu maqola mikrobiologiya, immunologiya, diyetologiya hamda sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha amaliy tadqiqotchilar uchun manba bo‘lishi mo‘ljallangan.

Shaxnozaxon Musakova , Sarvinoz Qobiljonova

93-97

2026-02-11

TALABALAR JAMOASIDA GURUH SARDORINING BOSHQARUV ROLI: REFLEKSIYA VA IJTIMOIY XULQ-ATVOR OMILLARI

Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida amal qilayotgan guruh sardori talabalarda salbiy refleksiya shakllanishiga ta’sir etuvchi omil sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ushbu institutsional rolning talabalar ijtimoiy-psixologik rivojlanishida salbiy holatlarni qanday rag‘batlantirishini aniqlash hamda uni muqobil boshqaruv modellari bilan almashtirish imkoniyatlarini asoslashdan iborat. Tadqiqotda institutsional, ijtimoiy-psixologik va korrupsiyaga qarshi tizimli tahlil usullaridan foydalanildi. Natijada guruh sardori doirasida norasmiy vakolatlarning shakllanishi mikro-korrupsion xatti-harakatlar uchun qulay muhit yaratishini hamda talabalar ongida salbiy refleksiv qarashlarni mustahkamlashini ko‘rsatilgan. Tadqiqot yakunida ushbu institutni bekor qilish va shaffof, zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Texron Murodov

98-104

2026-02-11

ЁШЛАР ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРИ ПРОФИЛАКТИКАСИ МИЛЛИЙ ТИЗИМИНИ МОДЕРНИЗАЦИЯ ҚИЛИШ ДАВР ТАЛАБИДИР

Тезисда 2026 йил 5 январдаги ПҚ–1-сон қарор доирасида ёшлар ҳуқуқбузарликлари профилактикасини анъанавий “реактив” моделдан (ҳодисадан кейин жазолаш) проактив, рискка асосланган ва “илмий хулоса—тавсия—натижа” логикасига ўтказишнинг назарий-амалий асослари ёритилади. Рақамли трансформация ва жамоа-оила-таълимга таянган ижтимоий профилактика, шунингдек ресторатив механизмлар институционал самарадорликни ошириш воситалари сифатида асосланади.

Алишер Хурсандов

105-114

2026-02-11

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA KORXONA BOSHQARUV TIZIMINI MODERNIZATSIYA QILISH

Mazkur tezisda raqamli transformatsiya sharoitida korxona boshqaruv tizimini modernizatsiya qilishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Axborot texnologiyalari (IT), biznes jarayonlarni avtomatlashtirish, ERP, CRM va raqamli platformalarning boshqaruv samaradorligiga ta’siri xalqaro va milliy manbalar asosida yoritiladi. Shuningdek, sanoat 4.0 konsepsiyasi, ma’lumotlarga asoslangan boshqaruv (data-driven management) hamda raqamli infratuzilmaning tashkilot faoliyatiga integratsiyasi ilmiy manbalarga tayangan holda asoslanadi.

Alisher Muratov

115-119

2026-02-11

TA’LIMDA GAMIFIKATSIYA: MOTIVATSIYANI OSHIRISH YO’LLARI

Ushbu maqolada zamonaviy ta’limda gamifikatsiyaning o’rni va ahamiyati, uning o’quv motivatsiyasiga ta’siri hamda KAHOOT o’yinli platformasi va undan foydalanish tizimlari xususida so’z boradi.

Gulhayo Nurmuhammadova

120-121

2026-02-11

YANGI O‘ZBEKISTONDA PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH: MUAMMOLAR VA SAMARALI YECHIMLAR

Mazkur maqolada Yangi O‘zbekistonda professional ta’lim tizimining bugungi holati, unda mavjud muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil etilgan. Shuningdek, kasb-hunar ta’limini tashkil etish jarayonidagi dolzarb masalalar, ta’lim sifatini oshirish mexanizmlari va mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashning ustuvor yo‘nalishlari yoritilgan.

Qaljan Ayimbetova

122-124

2026-02-11

ALISHER NAVOIY: ILM VA HUNARNI ULUG’LASH- TARAQQIYOT POYDEVORI

Mazkur maqolada buyuk mutafakkir, davlat arbobi, ikki tilli zullisonayn shoir, jahon tarixida eng ko’p so’z ishlatgan qalam soxibi Alisher Navoiyning ilm hamda hunarning inson shaxsi kamol topishidagi o’rni, komil insonni shakllantirishdagi yetakchi mezon sifatidagi ahamiyati haqida qarashlari  uning g’azal, ruboiy va mashhur dostonlari misolida tahlil  etiladi.

Gulchehra Hamdamova

125-128

2026-02-11

MARKAZIY BANKNING VALYUTA REZERVLARINI BOSHQARISH VA IQTISODIY XAVFSIZLIK MARKAZIY BANK MISOLIDA

Ushbu maqolada markaziy bankning valyuta rezervlarini boshqarish mexanizmlari va ularning iqtisodiy xavfsizlikka ta'siri O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki misolida tahlil qilingan. Tadqiqot davomida valyuta rezervlarining tarkibi, boshqarish strategiyalari va xavflarni minimallashtirish usullari o'rganilgan. Empirik ma'lumotlar asosida valyuta rezervlarining optimal tuzilishi va diversifikatsiya tamoyillari tahlil qilingan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, samarali rezerv boshqaruvi mamlakatning tashqi zarbalarга chidamliligini oshiradi va makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlaydi.

Asadbek Davronov, J. Bo’riyev

129-138

2026-02-11

BOLA SHAXSINI RIVOJLANISHIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR

Mazkur  maqolada bola shaxsining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, irsiy omillar, biologik rivojlanish, oila muhiti, tarbiya jarayoni, ta’lim muassasalaridagi pedagogik faoliyat hamda ijtimoiy muhitning bolaning shaxs sifatida shakllanishidagi ahamiyati yoritib beriladi. Shuningdek, bolaning aqliy, jismoniy, ma’naviy-axloqiy va psixologik rivojlanishida ijtimoiy munosabatlar hamda tarbiya jarayonining uzviy bog‘liqligi ochib beriladi. Maqola ta’lim sohasi mutaxassislari, pedagoglar va ota-onalar uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Nargizaxon Otaqo'ziyeva , Sayyoraxon Abduraxmonova

139-141

2026-02-11

OLIY TA’LIMDA AKADEMIK ERKINLIK VA UNING TALABALAR KREATIVLIGIGA TA’SIRI

Zamonaviy oliy ta’lim tizimi global transformatsiya jarayonini boshidan kechirmoqda. Bugungi kunda mehnat bozori faqatgina nazariy bilimlarga ega mutaxassislarni emas, balki noodatiy vaziyatlarda kreativ yechim topa oladigan, intellektual jihatdan mustaqil kadrlarni talab qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish bilan birga, talabalarda tanqidiy fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan

Xusnola Xosilova

142-144

2026-02-11

O‘ZBEK ADABIYOTIDAGI EKOLOGIK METAFORALARNING LINGVISTIK VA KOGNITIV TAHLILI

Ushbu maqolada o‘zbek adabiyoti namunalarida qo‘llanilgan ekologik metaforalarning kognitiv modellari va lingvopoetik xususiyatlari tadqiq etiladi. Tadqiqotda badiiy matnlarda tabiat hodisalari, flora va fauna obrazlarining inson ruhiy holati va ijtimoiy jarayonlarni ifodalashdagi o‘rni kognitiv metafora nazariyasi asosida yoritilgan. Maqolada Alisher Navoiy, Oybek va zamonaviy o‘zbek nasri vakillari asarlaridagi ekometaphoralarning semantik ko‘chish mexanizmlari tahlil qilinadi.

Nafisaxon Maxkamova

145-146

2026-02-12

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA MAJBURIYLIK MA’NOSINING IFODALANISHI

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida majburiylik ma’nosining grammatik va leksik vositalar orqali ifodalanishi qiyosiy-semantik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda modallik kategoriyasining nazariy asoslari, majburiylikning semantik turlari hamda uning sintaktik realizatsiyasi o‘rganiladi. Natijada har ikki til tizimida majburiylikning ifodalanishidagi umumiy va farqli jihatlar aniqlanib, ularning tarjima va til o‘qitish jarayonidagi ahamiyati asoslab beriladi.

Saddaf Juraev

147-148

2026-02-12