We are pleased to inform you that the Research Support Center "Innovative Academy RSC" has organized the Republican Conference "Young Scientists". This is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research.

Published: 2025-11-07

"VAZIRLIK VA IDORALARDA ICHKI AUDIT JARAYONLARI VA NAZORAT OBYEKTLARI BILAN TANISHISH (QISHLOQ XO’JALIGI VAZIRLIGI MISOLIDA)

Maqolada O'zbekiston Respublikasining Qishloq xo'jaligi vazirligi misolida ichki audit jarayonlari va nazorat obyektlari tahlil qilinadi. Qishloq xo'jaligi sohasidagi nazorat va audit faoliyatining ahamiyati, samaradorligi va ularning strategik roli ko‘rib chiqiladi. Ichki audit jarayonlari muhim boshqaruv vositasi sifatida, vazirliklar va idoralarda moliyaviy resurslar, xatarlarni boshqarish, operatsion samaradorlik va shaffoflikni ta'minlash uchun qanday amalga oshirilishi lozimligi haqida batafsil ma'lumot berilgan.

Mardona Azizova

4-8

2025-11-06

РЕВОЛЮЦИЯ В МЕНЕДЖМЕНТЕ: ТРАНСФОРМАЦИОННОЕ ВЛИЯНИЕ ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА НА ПРОЦЕСС ПРИНЯТИЯ РЕШЕНИЙ, ЭФФЕКТИВНОСТЬ, ОТНОШЕНИЯ С СОТРУДНИКАМИ И ЭТИКУ В СОВРЕМЕННЫХ ОРГАНИЗАЦИЯХ

Появление искусственного интеллекта (ИИ) ускорило глубокую трансформацию управленческих практик в современных организациях. В своей сути искусственный интеллект представляет собой совокупность вычислительных технологий, позволяющих машинам воспроизводить когнитивные функции, традиционно присущие человеческому интеллекту. К таким функциям относятся обучение, рассуждение, решение проблем и принятие решений. Применение ИИ в организациях выходит за рамки автоматизации рутинных задач, охватывая также расширенную аналитику, улучшение управления взаимоотношениями с клиентами и повышение стратегических возможностей руководства. Интеграция технологий искусственного интеллекта, таких как машинное обучение, обработка естественного языка и предиктивная аналитика, радикально изменяет управленческие процессы, требуя переосмысления существующих управленческих парадигм.

Зиёда Мирхамдамова , Машхура Абдуолимова

9-13

2025-11-06

«НАВИГАЦИЯ В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВОГО СДВИГА: АНАЛИЗ ВЛИЯНИЯ ЦИФРОВОЙ ТРАНСФОРМАЦИИ НА ПРОЦЕССЫ УПРАВЛЕНИЯ В БИЗНЕСЕ»

Цифровую трансформацию можно определить как интеграцию цифровых технологий во все аспекты бизнеса, коренным образом меняющая способы работы организаций и предоставления им ценности. Эта трансформация не ограничивается только внедрением новых технологий; Он включает в себя культурный сдвиг, который вынуждает организации постоянно бросать вызов статус-кво, экспериментировать и становиться более гибкими в реагировании на меняющуюся динамику рынка. Важность цифровой трансформации в современном управлении бизнесом заключается в ее способности повышать операционную эффективность, стимулировать инновации и, в конечном итоге, способствовать развитию новых бизнес-моделей. По мере того, как организации ориентируются во все более сложной и конкурентной среде, внедрение цифровых технологий становится решающим фактором повышения организационной устойчивости и обеспечения долгосрочной устойчивости.

Исмоил Йулошов , Абуллох Зоиров

14-18

2025-11-06

QORIN O’ZANINING BARIANT ANATOMIYASI

Qorin o’zanini turli tarmoqlanishi bilish u qon bilan taminlaydigan meda, taloq, meda osti bezi sohasida o’tkaziladigan jarrohlik amaliotida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan asoratlarni oldini olishga yordam beradi.

Q.S. SHeraliev

19

2025-11-06

O'ZBEKISTONDA KEKSALARNI IJTIMOIY QO'LLAB-QUVVATLASH TIZIMI TARIXI

Mazkur maqolada O'zbekistonda keksalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimining shakllanishi va rivojlanish  haqida soz yuritilgan. Shuningdek, hozirgi kunda keksalarni ijtimoiy himoya qilish tizimining samaradorligi, mavjud muammolar va ularni hal etish yo'llari haqida fikr yuritiladi.

Risolat Tursunova

20-22

2025-11-06

GULLARNING O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA ATMOSFERA IFLOSLANISHINING TA’SIRI

Mazkur ishda atmosfera ifloslanishining gul o‘simliklari o‘sishi va rivojlanish jarayonlariga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — havodagi zararli moddalar (karbonat angidrid, azot oksidlari, chang, tutun, kimyoviy chiqindilar)ning o‘simlik fiziologiyasi, barg tuzilishi va gullash bosqichiga qanday ta’sir ko‘rsatishini tahlil qilishdan iborat. Tajriba davomida atmosfera ifloslanishi yuqori bo‘lgan hududlarda va toza muhitda o‘stirilgan gullar (atirgul, xrizantema, pelargoniya)ning tashqi ko‘rinishi, barg rangi, gullash davomiyligi hamda fotosintez faoliyati solishtirildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, iflos havo o‘simliklarning o‘sish sur’atini pasaytiradi, barglar yuzasida chang qatlami hosil qilib, gaz almashinuvni qiyinlashtiradi va gullash muddatini qisqartiradi. Tadqiqot natijalari ekologik holatni yaxshilash, yashil hududlarni ko‘paytirish hamda o‘simliklar orqali havo sifatini tabiiy yo‘l bilan tiklash zarurligini ko‘rsatadi.

Asem Kuandikova

23-25

2025-11-06

ВАРИАНТНАЯ АНАТОМИЯ ФОРМИРОВАНИЯ АРТЕРИАЛЬНОЙ ЛАДОННОЙ ДУГИ

Артериальное кровоснабжение кисти осуществляется локтевыми и лучевыми артериями, ветви которых соединяясь образуют поверхностную и глубокую ладонные артериальные дуги. От этих дуг отходят общие ладонные пальцевые артерии, которые соединяются у основания пальцев и затем делится на собственные пальцевые артерии кровоснабжающие пальцы.

К.С. Шералиев

26

2025-11-06

KORPORATIV AXBOROT TIZIMLARINI ELEMENTLARINI INTERGATSIYA MASALALARI

Ushbu maqolada korporativ axborot tizimlarining (KAT) elementlarini integratsiya qilish masalalari, ularning samarali ishlashini ta’minlash, tizimlararo ma’lumot almashish va boshqaruv jarayonlarini optimallashtirish yo‘llari tahlil qilinadi. Korxona faoliyatida KAT elementlarini integratsiya qilishning texnologik, tashkiliy va iqtisodiy jihatlari o‘rganiladi. Shuningdek, zamonaviy korporativ tizimlarda integratsiya vositalari va metodologiyalarining afzalliklari, tizimlararo interfeys va protokollar, ma’lumotlar bazasini birlashtirish usullari ko‘rib chiqiladi.

Нуритдин Рахимов

27-30

2025-11-06

KO‘KRAK BEZI SAROTONIDA QONNING MORFO-FIZIOLOGIK, BIOKIMYOVIY VA SITOGISTOLOGIK KO‘RSATKICHLARINI O‘RGANISH

Mazkur maqolada ko‘krak bezi saratoni bilan og‘rigan bemorlarning qon tizimidagi morfo-fiziologik, biokimyoviy va sitogistologik o‘zgarishlar tahlil qilindi. Tadqiqotda qon hujayralarining shakl va miqdor o‘zgarishlari, oqsil, ferment va gormonlar miqdorining buzilishi hamda to‘qima tuzilmasidagi patologik jarayonlar o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, saraton jarayonida eritrotsitlar sonining kamayishi, leykotsitlar sonining o‘zgarishi, biokimyoviy parametrlar – xususan, umumiy oqsil, ALAT, ASAT, glyukoza darajasining o‘zgarishi kuzatilgan. Bu ko‘rsatkichlar kasallikning og‘irlik darajasini baholashda muhim diagnostik ahamiyatga ega.

Davron Xayitov , Guzal Jafarova

35-37

2025-11-07

KORROZION JARAYONLARDA ORGANIK INGIBITORLARNING SAMARADORLIGINI O‘RGANISH

Ushbu maqolada po‘lat metallining kislotali muhitda korroziyaga uchrashi jarayonini sekinlashtirishda organik ingibitorlarning ta’siri o‘rganildi. Turli tuzilishga ega organik birikmalarning sirt bilan o‘zaro ta’siri, adsorbsion xususiyatlari va himoya samaradorligi tahlil qilindi. Modellash asosida aniqlanishicha, amin va triazol guruhli ingibitorlar po‘lat sirtida barqaror himoya qatlami hosil qilib, korroziya tezligini sezilarli darajada kamaytiradi.

Sohibjon Xalilov , Mehribon G’aniyeva , Dilafruz Olimboyeva , Rayhona Karimova

38-40

2025-11-07

SUVNING KIMYOVIY TARKIBI VA TOZALASH TEXNOLOGIYALARI

Ushbu maqolada suvning kimyoviy tarkibi, ifloslanish manbalari va tozalash texnologiyalarining ilmiy asoslari tahlil qilingan. Suvda uchraydigan asosiy ionlar, gazlar va organik moddalar haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, suvni tozalashda qo‘llaniladigan koagulyatsiya, filtratsiya, adsorbsiyon, xlorlash, ozonlash va biologik tozalash jarayonlarining kimyoviy tenglamalari keltirilgan.

Z.M. Berdiyeva, Amirxon Ramazonov

41-42

2025-11-07

XALILA DÁWLETNAZAROV SHÍǴARMALARÍNDA EVFEMIZMLEDIŃ STILLIK QOLLANÍLÍWÍ

Bul maqalada Xalil Dáwletnazarov shıǵarmalarında evfemizmlerdiń tillik hám stillik mánisi qarastırıladı. Evfemizmler kórkem shıǵarmanıń ekspressivligin arttırıw, qaharmanlardıń oy-pikirin obrazlı jetkeriw, sonday-aq ómir júzindegi awır temalardı jumsartıp kórsetiw maqsetinde qollanıladı. Maqalada ádebiy mısallar arqalı evfemizmlerdiń ózgeshelikleri tallanadı hám olardıń tildiń rawajlanıwına qosqan úlesi kórsetiledi

Gúlshad Qurbaniyazova

43-45

2025-11-07

MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTON AHOLISINING TURAR JOY BILAN TA’MINLANISHIDAGI TARIXIY O‘ZGARISHLAR

Mazkur maqolada O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng aholini turar joy bilan ta’minlash borasida amalga oshirilgan tarixiy islohotlar, uy-joy qurilishi sohasidagi iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar tahlil qilingan. Mustaqillikning dastlabki yillarida uy-joy fondini xususiylashtirish, ipoteka tizimini joriy etish va qishloq joylarda namunaviy uylar qurish siyosati mamlakatda aholining turmush darajasini yaxshilashga xizmat qilgani yoritilgan. Shuningdek, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” hamda “Arzon uy-joy” dasturlari doirasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli qurilish ishlari tahlil qilinadi. Maqolada uy-joy siyosatining O‘zbekistonning yangi urbanizatsiya siyosati va ijtimoiy barqarorlikka ta’siri ham yoritilgan.

Mubina Sayidakbarova

46-49

2025-11-07

“YASHIL KIMYO” MAKTAB LABARATORIYALARIDA EKOLOGIK XAVFSIZ TAJRIBALAR

Yashil kimyo – bu oddiygina laboratoriya tajribasidan tashqariga chiqib, kelajak avlodlar uchun toza va xavfsiz muhit yaratish harakatidir. Maktablarda bunday yondashuvni joriy etish orqali biz o‘quvchilarni nafaqat ilm-fan, balki mas’uliyatli fuqarolik yo‘liga boshlaymiz.Yashil kimyo nafaqat bugungi ekologik muammolarga yechim, balki o‘quvchilarda atrof-muhitga ongli yondashuvni shakllantiruvchi vositadir.

Zurafo Ziyadullayeva

50-52

2025-11-10

NISHON TUMANIDA XOTIN-QIZLARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISH VA ISH BILAN TA’MINLASH BORASIDA OSHIRILGAN ISHLAR NATIJALARI

Maqolada O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng Nishon tumanida xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish, bandlikni oshirish va ularni iqtisodiy faol hayotga jalb etish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar tarixiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. 1991–2025 yillar oralig‘ida ijtimoiy siyosatning huquqiy bazasi, mahalla instituti faolligi, “Ayollar daftari” va “Faol xotin-qizlar” dasturlarining joriy etilishi, shuningdek, bandlik markazlari faoliyati tuman miqyosida qanday natija bergani raqamlar, iqtiboslar va tahlillar asosida yoritiladi.

Amir Musurmonov

53-55

2025-11-10

XXI ASR O‘ZBEK NASRIDA MINI ROMAN JANRI XUSUSIYATLARI (“NA’MATAK’’) MINI ROMANI MISOLIDA

Maqolada XXI asr o‘zbek nasrida mini roman janrining  xususiyatlarini iste’dodli ijodkor Ulug‘bek Hamdam ijodida uchraydi. Ulug‘bek Hamdamning “Na’matak’’ mini romanida: roman tushunchasiga ta’rif, asardagi voqealar, asar mazmuni, o‘zbek adabiyotshunosligida roman tushunchasi hamda romanga xos xususiyatlar haqida fikr yuritilgan.

Nigora Ummatova

56-58

2025-11-10

BADIIY MATNDA CHEGARALANGAN LEKSIK BIRLIKLARNING BADIIY-ESTETIK VAZIFASI (SH.BOSHBEKOV ASARLARIDAGI SHEVAGA XOS VA DAG‘AL SO‘ZLAR MISOLIDA)

Badiiy matnda shevaga xos so‘zlarning badiiy-estetik vazifasi, poetik qimmati alohida ahamiyatga ega. Ushbu maqolada ijodkorning individual-badiiy uslubini shakllantirishda va asar tilining o‘ziga xosligini ta’minlashda noadabiy qatlamga mansub birliklarning o‘rni xususida fikr yuritiladi.

Gavhar Andaniyazova

59-62

2025-11-10

AXBOROT IZLASH TIZIMLARIDA INDEKSLARNI SIQISH, ZIPLOVCHI YOKI ARXIVLOVCHI DASTURLAR BILAN ISHLASH

Mazkur maqolada axborot izlash tizimlarida indekslarni siqish jarayonining nazariy va amaliy jihatlari hamda ziplovchi (arxivlovchi) dasturlarning ishlash algoritmlari o‘rganilgan. Maqolada katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlovchi izlash tizimlarida xotira sig‘imini tejash, qidiruv tezligini oshirish va ma’lumotlarni samarali saqlash maqsadida qo‘llaniladigan siqish algoritmlarining turlari, ularning afzalliklari va cheklovlari tahlil qilingan.

Anora Allanazarova

63-67

2025-11-10

ПРОФИЛАКТИЧЕСКИЙ УЧЕТ В СИСТЕМЕ ПРЕДУПРЕЖДЕНИЯ ПРАВОНАРУШЕНИЙ

Статья посвящена комплексному анализу правовых оснований постановки на профилактический учет лиц, ранее совершивших преступления, в соответствии с законодательством Республики Узбекистан. Исследуются нормы Закона Республики Узбекистан № ЗРУ-371 от 14.05.2014 «О профилактике правонарушений», определяющие категории лиц, подлежащих профилактическому учету, основания и процедуры их постановки на учет, а также сроки учета и основания снятия с него. Методология исследования основана на формально-юридическом, сравнительно-правовом и системном методах анализа нормативных актов. Результаты показывают, что профилактический учет является ключевым механизмом индивидуальной профилактики правонарушений, направленным на предупреждение рецидивной преступности. Выявлены особенности правового регулирования профилактического учета различных категорий лиц и сформулированы предложения по совершенствованию законодательства в данной сфере.

Рахимжон Наимов

68-72

2025-11-10

BOLALARDA TUG‘MA POLIDAKTILIYANING KELIB CHIQISH SABABLARI VA GENETIK OMILLAR

Tug‘ma polidaktiliya bu bolalarda barmoqlarning ortiqcha son bilan rivojlanishidan iborat bo‘lgan irsiy tabiatli anatomik anomaliya bo‘lib, inson embrional rivojlanishining dastlabki bosqichlarida yuzaga keladi. Ushbu kasallik asosan genetik mutatsiyalar, xromosoma o‘zgarishlari yoki irsiy sindromlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Polidaktiliya mustaqil holatda ham, boshqa tug‘ma nuqsonlar yoki sindromlarning tarkibiy qismi sifatida ham uchraydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bunday holatlar autosom-dominant yoki autosom-retsessiv tarzda irsiylanadi, ayrim hollarda esa yangi genetik mutatsiyalar natijasida paydo bo‘ladi. Genetik omillar bilan bir qatorda ekologik muhit, ona organizmidagi metabolik buzilishlar, embriogenezga ta’sir etuvchi infektsiyalar ham muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada tug‘ma polidaktiliyaning etiologiyasi, genetik mexanizmlari, irsiylanish turlari, tashxislash va oldini olish usullari keng yoritilgan. Maqola pediatriya, genetika, ortopediya va embriologiya sohalarida tadqiqot olib boruvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

Begoyim Axadova, Yorqinoy Nasriddinova

73-78

2025-11-10

BOLALARDA COVID‑19 INFEKTSIYASINING KLINIK KECHISHI VA POST-COVID SINDROMINING XUSUSIYATLARI

Bolalarda COVID‑19 infeksiyasi odatda engil kechsa-da, ayrim hollarda surunkali simptomlar va post‑COVID holatlari aniqlanmoqda. Ushbu maqolada pediatrik yoshdagi bemorlarda infektsiyaning klinik kechishi, simptomlarning xususiyatlari, post‑COVID sindromining paydo bo‘lishi va uning epidemiologik ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi. Statistik ma’lumotlar asosida, 0‑17 yoshdagi bolalar orasida uzoq muddatli simptomlar nisbatan kam uchrashi masalan, AQShda 2022 yilda taxminan 1,3 % “Long COVID” holatlari aniqlangani qayd etilgan.  Shu bilan birga, Shvetsiyada o‘tkazilgan yirik kohort tadqiqotida 162 383 bolada faqat 0,2 % holatlarda post‑COVID-19 holati belgilangan.  Klinik kechishda eng ko‘p uchragan simptomlar orasida charchoq, bosh og‘rig‘i, hissiy diqqat markazini yo‘qotish va nafas qisilishi qayd etilgan.  Maqolada, bolalarda post‑COVID sindromi xavfini oshiruvchi omillarI yuqori yosh, qiz bolalar, allergik kasalliklar va og‘ir kechgan COVID‑19 bosqichlari ko‘rib chiqiladi. Pediatrik amaliyotda ushbu holatni erta aniqlash, monitoring qilish, zamonaviy reabilitatsiya va qo‘llab‑quvvatlash strategiyalarini ishlab chiqish zarurligi ta’kidlanadi.

Sarvarbek Abduqoxxorov , Oxunjon G’aniyev

79-81

2025-11-10

MUSTАQILLIK DАVRIDА О‘ZBEKISTОN BАNK TIZIMINING SHАKLLАNISHI VА RIVОJLАNISH TАRIХI

Mаzkur mаqоlаdа mustаqillik yillаridа О‘zbekistоn Respublikаsi bаnk tizimining shаkllаnish jаrаyоni, uning bоsqichmа-bоsqich rivоjlаnishi, islоhоtlаr nаtijаsidа mоliyаviy tizimdа yuz bergаn о‘zgаrishlаr, milliy vаlyutаning jоriy etilishi, tijоrаt bаnklаri fаоliyаtining kengаyishi hаmdа zаmоnаviy rаqаmli bаnk tizimigа о‘tish jаrаyоnlаri hаqidа sо‘z yuritilаdi.

Mаrvаridbоnu Kоmilоvа

82-84

2025-11-10

O’ZBEKISTONDA TARIXIY OBIDALARNI TA’MIRLASH VA SAQLASH BO’YICHA DAVLAT SIYOSATI TARIXI

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining tarixiy obidalarni ta’mirlash va saqlash bo‘yicha davlat siyosati keng yoritilgan. Maqolada 1990–2017-yillar oralig‘ida mamlakatda madaniy merosni muhofaza qilish, yodgorliklarni restavratsiya qilish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va bu sohada amalga oshirilgan islohotlar haqida batafsil so‘z yuritiladi. Shuningdek, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning amaliy ahamiyati va uning ijrosi tahlil qilinadi. Maqolada O‘zbekistonning madaniy merosini asrashda davlat va jamoatchilik hamkorligi, shuningdek, xalqaro tashkilotlarning roli alohida yoritilgan.

Sojida Salihova

85-87

2025-11-10

O‘ZBEKISTONDA AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH TIZIMINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH TARIXI (1991–2025)

Ushbu maqolada mustaqillik yillarida O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining shakllanish bosqichlari, davlat siyosatida ijtimoiy barqarorlik va inson manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi islohotlar tahlil qilinadi. 1991–2025-yillar davomida ijtimoiy sohada amalga oshirilgan dasturlar, qonunlar, ijtimoiy yordam mexanizmlari hamda pensiya, nafaqa va bandlik tizimining bosqichma-bosqich yangilanishi tarixiy asosda yoritilgan.

Abduqodir Abdurahmonov

88-90

2025-11-10

O‘T O‘CHIRUVCHILAR KIYIMINI ISHLAB CHIQARUVCHI KORXONA LOYIHASI

Ushbu maqolada o‘t o‘chiruvchilar kiyimini ishlab chiqaruvchi korxona loyihasi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Voxidjon Xomidov , Gulnoza Muxtorova

91-94

2025-11-10

О‘ZBEKISTОNDА IJTIMОIY АDОLАT TАMОYILLАRINING TАRIXIY EVОLYUTSIYАSI (1991–2025)

Ushbu mаqоlаdа 1991–2025-yillаr mоbаynidа О‘zbekistоndа ijtimоiy аdоlаt tаmоyillаrining shаkllаnishi, rivоjlаnishi vа аmаliyоtdа jоriy etilish jаrаyоni tаhlil qilinаdi. Mustаqillik yillаridаn bоshlаb mаmlаkаtdа insоn huquqlаri, ijtimоiy tenglik, fuqаrоlаrning mаnfааtlаrini himоyа qilish vа ulаrni ijtimоiy qо‘llаb-quvvаtlаsh bоrаsidа оlib bоrilgаn islоhоtlаrning bоsqichmа-bоsqich evоlyutsiyаsi yоritilgаn. Shuningdek, “Yаngi О‘zbekistоn” dаvridа “Insоn qаdri uchun” tаmоyili аsоsidа аmаlgа оshirilаyоtgаn kоnstitutsiyаviy, iqtisоdiy vа ijtimоiy о‘zgаrishlаrning mаzmun-mоhiyаti tаhlil qilinib, О‘zbekistоnning ijtimоiy аdоlаtgа аsоslаngаn dаvlаt sifаtidа shаkllаnish jаrаyоni yоritilаdi. Mаqоlа yаkunidа mаmlаkаtdа ijtimоiy аdоlаt tаmоyillаrining huquqiy, iqtisоdiy vа mа’nаviy pоydevоri mustаhkаmlаnib, uning xаlq mаnfааtlаrigа xizmаt qiluvchi ijtimоiy tizim sifаtidаgi аhаmiyаti аsоslаb berilgаn.

Shukurulloh Farruhov

95-98

2025-11-10

KONSTITUTSIYA – XALQ ERKINLIGI VA ADOLAT POYDEVORI

Konstitutsiya davlat bilan shaxs o‘rtasidagi o‘zaro huquqlar va burchlar belgilab olingan o‘ziga xos ahdnoma desak ham mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki Konstitutsiyamizning 19-moddasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar, deb mustahkamlab qo‘yilgan. Shu ma’noda Asosiy qomusimizda davlat o‘ziga bir qator o‘ta muhim majburiyatlarni olganki, unga ko‘ra davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi, davlat fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta’minlaydi, davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi.

Muxlisa Mamirova, Saida Rahimjonova

99-103

2025-11-10

MASOFAVIY TALIMDA TALABALAR PSIXOLOGIK FAROVONLIGINI MONITORING QILISH USULLARI VA TAVSIYALAR

Masofaviy ta'limni afzal ko'rgan talabalar, u yuzma-yuz ta'limni to'liq o'rnini bosishi mumkinligiga ishongan holda, ularning ushbu ta'lim shakligamunosabatiga ta'sir qiluvchi bir qator psixologik xususiyatlarga ega va masofaviyta'lim yuzma-yuz ta'limni to'liq almashtira olmaydi, deb hisoblaydigan talabalardan farq qiladi. yuz o'rganish. Bugungi kunda zamonaviy dunyoda ta'limning turlishakllari mavjud: kunduzgi, kunduzgi masofaviy ta'lim, kunduzgi va sirtqi, sirtqi,sirtqi ta'lim va masofaviy ta'lim. Masofaviy ta'limning turli modellari mavjud bo'lib,ular nafaqat o'qituvchi va talaba o'rtasidagi o'zaro ta'sir shaklida, balki o'quvjarayonini tashkil etishning turli xil yondashuvlarida ham farqlanadi.

Muqaddas Mirzakarimova, Abduqunduz Xalimjanov

104-106

2025-11-10

QANDLI DIABET PATOGENEZI

Ushbu maqolada qandli diabetning (QD) rivojlanish mexanizmlari, insulin sekretsiyasi va ta’sirining buzilishi, gormonal disbalans hamda metabolik o‘zgarishlar yoritilgan. 1-tur va 2-tur diabetning asosiy patogenetik omillari, ularning molekulyar mexanizmlari va klinik ahamiyati tahlil qilingan. Patogenezni chuqur o‘rganish kasallikni erta aniqlash va davolash strategiyalarini yaxshilashga yordam beradi.

Sevinchbonu Qodirova

107-108

2025-11-10

KUZGI BUG‘DOY O‘SIMLIGI BALANDLIGIGA EKISH USULI VA O‘G‘ITLASH TIZIMLARINING TA’SIRI

Ushbu maqolada olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijasida ikki xil ekish usuli, mineral o‘g‘itlar me’yori hamda ildizdan tashqari qo‘llanilgan temir tarkibli qo‘shimcha o‘g‘itlarning kuzgi bug‘doy o‘simligi balandligiga ijobiy ta’siri o‘rganildi.

Aziz Nurbekov , Dilnoza Begimqulova

109-113

2025-11-10

TILNING JAMIYAT TARAQQIYOTI VA SHAXS MA’NAVIY KAMOLOTIDAGI O‘RNI

Til – insoniyat tarixida eng muhim vositalardan biridir. U nafaqat muloqot vositasi, balki jamiyatning madaniyati va taraqqiyoti darajasini belgilovchi ko‘rsatkichdir. Til orqali inson o‘z fikrini ifodalaydi, bilim oladi, hissiyotlarini boshqalarga yetkazadi. Shu bois, til jamiyat hayotida asosiy ijtimoiy muhitni shakllantiruvchi omillardan biri hisoblanadi. Insonning ma’naviy va intellektual rivojlanishi bevosita til bilan bog‘liq. Til – fikrni shakllantirish, dunyoqarashni kengaytirish va ijtimoiy faoliyatni boshqarish vositasidir. Masalan, ona tili orqali bola so‘z boyligini oshiradi, jamiyatning qadriyatlari, urf-odatlari, tarixiy tajribalari bilan tanishadi. Shu bilan birga, til shaxsning o‘zini ifodalash qobiliyatini rivojlantiradi, kreativ fikrlash va tanqidiy tafakkurga asos yaratadi. Til boy bo‘lgan shaxs jamiyatda o‘z o‘rnini topadi va faol ishtirok etadi. Jamiyat taraqqiyoti tilning rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir. Til nafaqat madaniyat va ilm-fan taraqqiyotining ko‘zgusi, balki jamiyatning umumiy intellektual darajasini belgilovchi vositadir. Yaxshi rivojlangan til tizimi jamiyat a’zolarining bilim darajasini oshiradi, ular o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlaydi va ijtimoiy birdamlikni shakllantiradi. Tarixdan ma’lumki, har bir yuksak madaniyatli jamiyat o‘z tilini rivojlantirishga alohida e’tibor bergan. Shu bilan birga, tilning erkin va to‘g‘ri ishlatilishi ijtimoiy adolat, madaniy uyg‘unlik va ilmiy taraqqiyotning asosiy kafolatidir.

Sayyora Xaqnazarova

114-116

2025-11-10

MEHNATNI BOSHQARISHNING MAZMUNI VA TASNIFLANISHI

Mehnatni boshqarish shunday tashkil etiladiki, unda ish beruvchining har qanday masalani hal qilishdagi qarori xodim uchun foydali bo‘lishi zarur. Shunda, xodimga ish haqi faqat bajargan ishida qarab to‘lanadi: u qanchalik yaxshi bajarilsa, ish haqi miqdori shunchalik yuqori bo‘ladi. Ma’lum bo‘lishicha, xodimning shaxsiy manfaatlariga erishish jamoa va ijtimoiy manfaatlarga erishilgandagina yuzaga keladi.

Feruza Odilova

116-119

2025-11-10

IQLIM O’ZGARISHI SHAROITIDA SUG’ORISHSIZ USULDA O’STIRILADIGA EKINLARNING BARQARORLIGINI O’RGANISH

Mazkur maqolada iqlim o‘zgarishi sharoitida sug‘orishsiz (lalmikor) dehqonchilikda ekinlarning o‘sish, rivojlanish va hosildorlik ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi. Iqlim o‘zgarishining tuproq namligi, yog‘ingarchilik miqdori va harorat rejimiga ta’siri o‘rganilgan. Lalmikor yerlar uchun mos ekin turlari, ularning agrotexnik tadbirlari va barqaror hosil yetishtirish yo‘llari yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, qurg‘oqchilikka chidamli navlardan foydalanish, minimal ishlov berish texnologiyalarini joriy etish va tuproq namligini tejovchi usullar (mulchalash, chigitni chuqur ekish va boshqalar) ekinlarning iqlim o‘zgarishiga moslashuvini oshiradi.

Rislig‘oy Abduraxmonova , Shoira Isaqova

120-125

2025-11-10

O’SIMLIK DAVRIDAGI O’ZINI-O’ZI ANGLASHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI: O’ZINI QADRLASH VA UNGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

Ushbu tezisda  bugungi kunga voyaga yetayotgan bizning kelajagimiz bo’lmish yosh avlodning ya’ni o’smir bolalarning o’zini o’zi anglashda,o’zlarini anglash uchun ularga qaratilgan chora tadbirlarga hamda ularning psixologiyasiga,ongiga ta’sir etuvchi omillarga bag’ishlanadi.Tadqiqotning maqsadi o’smir yoshlar bu davrda o’zini hatti harakatlarini nazorat qilishi ,kimligini tushunishi,kelajakdagi hayot yo’lini anglay olishi hamda albatta ularning ota onalariga, yuklatilgan vazifalariga bag’ishlanadi. O’smirlik davrida tengdoshlarning ham o’rni juda muhim.Do’stlar va sinfdoshlarning fikri ota-onanikidan ham kuchliroq ta’sir ko’rsatishi mumkin.Agar u yaxshi muhitga tushsa ijobiy xususiyatlarni o’zlashtiradi,lekin salbiy muhitga tushsa turli muammolar paydo bo’lishi ehtimoldan xoli emas.Shunday ekan ularni hech qachon nazoratsiz qoldirmaslik kerak.

Rohila Alimova , Abduqunduz Xalimjanov

126-129

2025-11-10

DUNYODA MAYMUN CHECHAGI KASALLIGINING TAHLILIY KO‘RSATKICHLARI VA KASALLIKNI OLDINI OLISHGA QARATILGAN TADBIRLAR

Yer yuzida Maymun chechagi kasalligi mamlakatlardagi tarqalishi bo‘yicha kasallanish va o‘lim holatlari ifodalangan. Ushbu kasallikni tarqalishini oldini olishdagi bajarilayotgan chora-tadbirlar va e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan jihatlar keltirilgan.    

Gulnora Bazarova

130-132

2025-11-10

ASQAD MUXTOR ASARLARINI OʻRTA VA OLIY TA'LIMDA OʻQITISH MUAMMOLARI

Ushbu maqolada Asqad Muxtor asarlarini oʻrta va oliy taʼlimda oʻqitish jarayonida uchraydigan asosiy muammolar tahlil qilinadi. Xususan, asarlarning murakkab badiiy-falsafiy mazmuni, zamonaviy o‘quvchi va talabalarning dunyoqarashi hamda savodxonlik darajasidagi tafovutlar, o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi va malakasidagi yetishmovchiliklar muammo sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, Asqad Muxtor ijodining o‘ziga xos uslubi hamda badiiy qatlamini ta’lim jarayoniga moslashtirish uchun zamonaviy yondashuvlar, interfaol metodlar va innovatsion texnologiyalardan foydalanish zarurligi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Asqad Muxtor asarlarini zamonaviy ta’lim metodlari asosida o‘qitish o‘quvchi va talabalar tafakkurini boyitish, tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi aniqlanadi.

Zuxra Jumanazarova

133-135

2025-11-10

ASSESSING SPEAKING SKILLS: TIL O’RGANUVCHILAR NUTQINI BAHOLASH TAMOYILLARI VA AMALIY YONDASHUVLAR

This research paper examines the theoretical and practical aspects of assessing speaking skills in the context of modern foreign language teaching. Speaking is recognized as a core component of communicative competence, and its accurate assessment plays a significant role in evaluating learners’ linguistic development. The study discusses the foundations of speaking assessment, including fluency, lexical resource, grammatical accuracy, pronunciation, and interactive communication. Various assessment models such as formative and summative assessment, CEFR-based criteria, and analytic rubrics are analyzed in depth. Moreover, the paper explores diverse test formats used in international examinations (IELTS, TOEFL, Cambridge) and highlights the advantages of communicative and technology-enhanced assessment approaches. The findings emphasize that reliable and valid assessment of speaking skills requires standardized criteria, authentic tasks, and integration of assessment into the learning process. The study concludes that systematic evaluation of oral proficiency not only identifies learners’ current abilities but also guides effective teaching strategies and supports continuous language improvement.

Rayxona Ochilova

136-140

2025-11-10

EARLY DIAGNOSIS OF BREAST CANCER: MODERN APPROACHES AND CLINICAL ANALYSIS (BASED ON DATA FROM ANDIJAN REGION)

Breast cancer (BC) remains the most common malignant tumor among women worldwide and is one of the leading causes of cancer-related deaths. According to the World Health Organization (WHO), over 2.3 million women are diagnosed with breast cancer each year, and more than 680,000 deaths are attributed to the disease globally. Early detection of breast cancer significantly increases survival rates, with up to 90% of patients surviving at least five years when diagnosed at Stage I or II, compared to only 25–30% when diagnosed at later stages.

Muhtarova Rayhona

141-145

2025-11-10

РЕКЛАМА ДИСКУРСИДА ПЕРЛОКУТИВ ЭФФЕКТГА ГЕНДЕР ЁНДАШУВ

ушбу мақолада реклама дискурсида перлокутив таъсирнинг ўрни, яратувчилар  тақдим қилаётган маҳсулот ёки хизматнинг гендер хусусиятлари алоҳида ёндашувни талаб қилиши хусусида фикр юритилган.

Зиёда Мадумарова

146-147

2025-11-10

ЭФФЕКТИВНОСТЬ ИНСТИТУЦИОНАЛЬНЫХ РЕФОРМ В ПРОЦЕССЕ ПРИВЛЕЧЕНИЯ ИНОСТРАННЫХ ИНВЕСТИЦИЙ В ЭКОНОМИКУ УЗБЕКИСТАНА

В статье анализируется эффективность институциональных реформ, проведённых в Республике Узбекистан в процессе привлечения иностранных инвестиций. Рассмотрены основные направления правовых, административных и экономических преобразований, включая закон «Об инвестициях и инвестиционной деятельности», внедрение системы «единого окна», цифровизацию государственных услуг и либерализацию валютного режима. Сделан вывод о положительном влиянии институциональных реформ на инвестиционный климат страны и предложены меры по дальнейшему его совершенствованию — развитие региональных инвестиционных центров, цифровизация управления и внедрение ESG-принципов.

Сардор Ирмухамедов

31-34

2025-11-06