Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2025-12-27
Статьи
AXBOROT TEXNALOGIYALARIDAN FOYDALANISHDA ETIK ME’YORLAR VA MEDIYA MADANIYATI
Zamonaviy dunyoda axborot texnologiyalari (AT) hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Internet, ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochta va mobil ilovalar orqali odamlar kunlik faoliyatini olib boradi, bilim oladi, ish yuritadi va muloqot qiladi. Shu bilan birga, axborot texnologiyalaridan foydalanishning ijtimoiy va axloqiy jihatlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot texnologiyalari faqat texnik vosita bo‘lib qolmay, u insonning shaxsiy, ijtimoiy va madaniy qadriyatlarini ham aks ettiradi.
2025-12-26
ONLAYIN O’QITISHDA VIDEO DARS VA INTERAKTIV KONTENTLARNI TAHLIL QILISH: TALABALARDA TANQIDIY FIKIRLARNI KUCHAYTIRISH
Mazkur maqolada onlayn ta’lim jarayonida video darslar va interaktiv kontentlardan foydalanishning pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda raqamli ta’lim vositalarining talabalarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi. Video darslar va interaktiv topshiriqlarni uyg‘unlashtirish orqali talabalarning mustaqil tahlil qilish, muammolarni baholash va xulosa chiqarish qobiliyatlarini kuchaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi.
2025-12-26
O‘ZBEKISTONDA INTERNET MADANIYATI VA YOSHLAR MEDIA SAVODXONLIGI DARAJASINING IT PLATFORMALAR ORQALI TAHLILI
Ushbu ilmiy maqolada O‘zbekistonda internet madaniyati va yoshlar mediya savodxonligi darajasi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda IT platformalar misolida tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida yoshlarning internetdan foydalanish madaniyati, axborotni qabul qilish va tanqidiy baholash ko‘nikmalari, ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri hamda dezinformatsiya muammolari o‘rganildi. Shuningdek, IT platformalarning yoshlar mediya savodxonligini shakllantirishdagi o‘rni, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Maqola natijalari yoshlar orasida sog‘lom axborot muhitini shakllantirish zarurligini asoslab beradi.
2025-12-26
RAQAMLI O`QUV RESURSLARIDA AXBOROTNINGISHONCHLILIGINI TEKSHIRISH ALGORITMLARINI ISHLAB CHIQARISH
Mazkur maqolada raqamli o‘quv resurslarida taqdim etilayotgan axborotlarning ishonchliligini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqiladi. Axborotni baholash mezonlari tahlil qilinib, uning haqqoniyligi, aniqligi va dolzarbligini tekshirishga mo‘ljallangan algoritmik yondashuvlar yoritiladi. Shuningdek, sun’iy intellekt va mashinaviy o‘rganish texnologiyalariga asoslangan axborot ishonchliligini tekshirish algoritmlarining ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati asoslab beriladi.
2025-12-26
MEDIYA MATNLARNI AVTOMATIK TAHLIL QILISHDA NLP (NATURAL LANGUAGE PROCESSING) TEXNOLOGIYALARINING IMKONIYATLARI
Ushbu maqolada mediya matnlarni avtomatik tahlil qilish jarayonida NLP (Natural Language Processing – tabiiy tilni qayta ishlash) texnologiyalarining imkoniyatlari yoritib beriladi. NLP yordamida katta hajmdagi yangiliklar, ijtimoiy tarmoq postlari, maqolalar va sharhlar qisqa vaqt ichida avtomatik tahlil qilinadi. Tadqiqotda matnni tokenlash, lemmatizatsiya, kalit so‘zlarni ajratish, sentiment (ijobiy, salbiy, neytral) tahlili, mavzuni aniqlash hamda yolg‘on axborotni aniqlash kabi NLP usullarining mediya sohasidagi ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, ushbu texnologiyalarning mediasavodxonlikni oshirish, axborot oqimini nazorat qilish va auditoriya fikrini tahlil etishdagi roli tahlil qilinadi. Annotatsiyada NLP texnologiyalarining mediya matnlarni tezkor, aniq va samarali qayta ishlashdagi ustunliklari ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beriladi.
2025-12-26
MAKTAB O‘QUVCHILARIDA RAQAMLI MADANIYATNI SHAKLLANTIRISH: IT VOSITALARI ORQALI SAMARALI MEDIYA TA’LIM
Ushbu maqolada zamonaviy ta'lim tizimida raqamli madaniyatni shakllantirishning ahamiyati, IT texnologiyalari va mediya ta'lim vositalari yordamida o'quvchilarni raqamli muhitda samarali faoliyat yuritishga tayyorlash masalalari ko'rib chiqilgan. Maqolada raqamli savodxonlik, axborot xavfsizligi, tanqidiy fikrlash va mediya kontentlarni baholash ko'nikmalarini rivojlantirishning amaliy usullari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida maktab o'quvchilarida raqamli madaniyatni shakllantirishda duch kelinadigan muammolar va ularni bartaraf etish yo'llari ko'rsatilgan. Shuningdek, mediya ta'limning turli shakllari, pedagogik texnologiyalar va zamonaviy raqamli vositalardan foydalanish tajribasi o'rganilgan.
2025-12-29
CHATPGT KABI TIL MODELLARI YORDAMIDA MEDIYA SAVODXONLIK KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Mazkur maqolada zamonaviy sun’iy intellekt texnologiyalaridan biri bo‘lgan ChatGPT kabi til modellari yordamida media savodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Media makonida noto‘g‘ri axborot, feyk xabarlar va manipulyativ kontentning ko‘payib borayotgani sharoitida tanqidiy fikrlash va axborotni tahlil qilish ko‘nikmalarining ahamiyati oshib bormoqda. Maqolada til modellari yordamida axborotni tekshirish, tahlil qilish va baholash imkoniyatlari, ularning ta’lim jarayonidagi o‘rni hamda ijobiy va salbiy jihatlari tahlil qilingan.
2025-12-29
VIRTUAL O‘QUV MUHITLARIDA MEDIYA SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI YONDASHUVLARI
Ushbu maqolada virtual o‘quv muhitlarida mediya savodxonlikni rivojlantirishning dolzarbligi, uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati hamda samarali yondashuvlari yoritilgan. Axborotni tanqidiy tahlil qilish, ishonchli manbalarni aniqlash, raqamli xavfsizlikni ta’minlash va media mahsulotlar yaratish orqali o‘quvchilarda ongli axborot iste’moli ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Maqola ta’lim oluvchilar va pedagoglar uchun amaliy ahamiyatga ega.
2025-12-29
KIBERXAVFSIZLIK SAVODXONLIGI VA MEDIYA ISTE’MOLI MADANIYATINING O’ZARO BOG’LIQLIGI
Bugungi globallashuv va raqamlashtirish davrida axborot inson hayotining eng muhim resurslaridan biriga aylandi. Internet, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn axborot platformalari va raqamli ommaviy axborot vositalari orqali insonlar soniyasiga ulkan hajmdagi ma’lumotlarni qabul qilmoqda va tarqatmoqda. Bu jarayon jamiyatning axborot bilan ishlash tezligi va ko‘lamini keskin oshirdi, shuningdek, axborotga bo‘lgan ehtiyojni yanada kuchaytirdi. Biroq axborot oqimining haddan tashqari ko‘pligi uning sifati va ishonchliligini baholash masalasini dolzarb muammoga aylantirdi.Raqamli muhitda foydalanuvchilar nafaqat foydali va ishonchli axborot, balki yolg‘on xabarlar, manipulyativ materiallar, ekstremistik g‘oyalar, kiberfiribgarlik va shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashga qaratilgan tahdidlarga ham duch kelmoqda.
2025-12-29
RAQAMLI AXBOROT OQIMLARI SHAROITIDA MEDIA SAVODXONLIKNI OSHIRISHDA SUNʼIY INTELLEKTNING ROLI
Mazkur maqolada raqamli axborot oqimlari keskin jadallashgan sharoitda media savodxonlikni oshirish masalasi va bu jarayonda sunʼiy intellekt (SI) texnologiyalarining o‘rni tahlil qilinadi. Axborotning tezkor tarqalishi, soxta xabarlar (feyk nyus), manipulyativ kontent va algoritmik filtrlash kabi omillar jamiyatda tanqidiy fikrlashni kuchaytirishni talab etmoqda. Maqolada media savodxonlik tushunchasi, uning tarkibiy qismlari, raqamli muhitdagi muammolar hamda sunʼiy intellekt asosidagi yechimlar aniq va tushunarli tarzda yoritiladi. Shuningdek, taʼlim tizimida va kundalik hayotda SI vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va xulosalar beriladi.
2025-12-29
TERMINOLOGICAL ACCURACY AS A KEY FACTOR IN TRANSLATING TECHNICAL TEXTS: PROBLEMS AND SOLUTIONS
Technical translation is a highly specialized process that requires terminological accuracy to ensure the correct transmission of scientific and technical concepts. This article examines terminological accuracy as a key factor in translating technical texts and analyzes major problems such as terminological inconsistency, polysemy, homonymy, neologisms, and the lack of standardized terminology. The study highlights the essential role of terminographic resources, specialized dictionaries, corpora, and terminology management systems in improving translation quality. The article also proposes practical solutions, including the development of translator competence, the application of corpus-based methods, and the implementation of unified terminology databases. The findings demonstrate that terminological precision significantly enhances clarity, reliability, and functionality in technical translation.
2025-12-29
THE IMPORTANCE OF INTEGRATION OF LISTENING AND SPEAKING SKILLS IN TEACHING ENGLISH AS A FOREIGN LANGUAGE
This study examines the effectiveness of integrating listening and speaking skills in teaching English as a foreign language in Uzbekistan. It emphasizes that these two skills are essential for real-life communication and cannot be separated from each other. The research highlights the use of information-gap tasks as an interactive method to engage students, motivate participation, and simulate authentic communication situations. The study argues that integrated teaching helps learners develop communicative competence, manage cognitive processes during speaking and listening, and apply the language effectively in everyday contexts.
2025-12-29
TEACHING ENGLISH THROUGH GAME-BASED LEARNING METHODS
This article explores the pedagogical effectiveness of game-based learning (GBL) in teaching English to learners of different ages. It examines how games enhance vocabulary retention, grammar acquisition, pronunciation, listening comprehension, speaking fluency, and communicative competence. The article discusses theoretical foundations of GBL, including constructivist theory, socio-cultural theory, and motivation theory. It classifies different types of classroom games, both physical and digital, and outlines strategies for their effective implementation. Challenges such as classroom management, preparation time, and technological limitations are discussed along with suggested solutions. The article concludes that GBL is a dynamic and interactive method that improves language learning while fostering motivation, social skills, and learner autonomy.
2025-12-29
THE EXPLORATION OF AI-ASSISTED WRITING TOOLS AND THE IMPACT OF CHATGPT ON PUPIL'S WRITING SKILLS
The rapid integration of artificial intelligence (AI) into school education has transformed traditional approaches to writing instruction. Among AI-assisted writing tools, ChatGPT has emerged as a widely used generative language model capable of supporting pupils in idea generation, feedback reception, revision, and editing. This article explores the impact of ChatGPT on school pupils’ writing skills, with a particular focus on prompt-based learning, automated feedback, revision practices, and ethical considerations. Drawing on recent discussions of AI robo-tools and writing analytics, debates on the future of writing, and critical perspectives on motivation and cognitive development, the study highlights both the pedagogical benefits and potential drawbacks of AI-assisted writing at the school level. The article argues that when guided through carefully designed prompts and teacher mediation, ChatGPT can function as a supportive scaffold for developing writing skills rather than a replacement for pupils’ independent thinking.
2025-12-29
PAPER-BASED VERSUS COMPUTER-DELIVERED IELTS: EFFECTS OF TEST MODE ON WRITING QUALITY, TIMING, AND COGNITIVE LOAD
This article examines the effects of test delivery mode such as paper-based IELTS and computer-delivered IELTS on candidates’ academic writing performance. With the increasing global shift toward digital assessment, understanding how test mode influences writing quality, time management, and cognitive load has become essential for ensuring test fairness and validity. The study focuses primarily on IELTS Academic Writing Task 2, as it carries greater weighting in the overall writing score and requires complex cognitive and linguistic processing. Additionally, it learns how differences in writing medium, such as handwriting versus typing, on-screen editing, and visual interface design, affect candidates’ planning strategies, revision behavior, and language production. Drawing on theories of cognitive load and mode effect in language testing, the study argues that computer-delivered testing may alter attentional resources, either facilitating performance through efficient editing tools or increasing cognitive demands for candidates with limited digital literacy.
2025-12-29
AKTYORNING HAYOTIDA ETYUDNING O‘RNI
Mazkur maqolada aktyorlik san’atida etyudning tutgan o‘rni har tomonlama tahlil qilinadi. Jumladan, etyudning aktyorning kasbiy shakllanishi, ijodiy tafakkuri, psixologik tayyorgarligi hamda sahnaviy tabiiylikni ta’minlashdagi ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot davomida etyud aktyor uchun ijodiy laboratoriya vazifasini bajarishi, obraz yaratish jarayonida ichki kechinmalar va tashqi ifoda uyg‘unligini ta’minlashi asoslab beriladi. Shuningdek, etyud orqali aktyorda tasavvur, emotsional xotira, jismoniy plastika va sahnaviy muloqot ko‘nikmalari shakllanishi ilmiy-nazariy jihatdan izohlanadi. Maqola xulosalarida etyudning faqat o‘quv jarayonida emas, balki professional aktyor faoliyatida ham uzluksiz ijodiy zarurat ekani ta’kidlanadi.
2025-12-29
IQTISODIYOTNI RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA ELEKTRON TIJORATNI BOSHQARISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘NALISHLARI
Elektron tijorat sohasiga nisbatan samaradorlik deganda bozorda savdo operatsiyalari maqsadlariga erishishda tadbirkorlik subyektlarining elektron tijorat texnologiyalari, texnikasi va qoidalariga ehtiyojlariga rioya etilishini anglatuvchi kategoriya tushuniladi.
2025-12-29
СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ИССЛЕДОВАНИЯ БАКТЕРОФАГОВ В МИКРОБИОЛОГИИ
Развитие современной микробиологии все более отчетливо демонстрирует, что изучение бактериальных сообществ невозможно без глубокого понимания роли бактериофагов — вирусов, специфически инфицирующих бактерии. Долгое время бактериофаги рассматривались преимущественно как вспомогательный объект исследования, однако накопленные за последние десятилетия научные данные убедительно показали, что именно они являются одним из ключевых факторов, определяющих динамику, структуру и эволюцию микробных экосистем.
2025-12-29
ELEKTRON TO‘LOV TIZIMLARINING XAVFSIZLIGI
Mazkur ilmiy maqolada elektron to‘lov tizimlarining xavfsizligi tushunchasi va uning raqamli iqtisodiyotdagi ahamiyati yoritiladi. Elektron to‘lovlar hajmining oshishi bilan axborot xavfsizligiga bo‘lgan talab kuchaymoqda. Maqolada elektron to‘lov tizimlarida yuzaga keladigan asosiy xavf-xatarlar tahlil qilinadi. Zamonaviy xavfsizlik texnologiyalarining ishlash mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Elektron to‘lovlarda ma’lumotlarni himoyalash usullari yoritib beriladi. Foydalanuvchi va moliyaviy tashkilotlarning xavfsizlikdagi o‘rni ochib beriladi. Tadqiqot natijalari elektron to‘lov tizimlarining ishonchliligini oshirishga xizmat qiladi.
2025-12-29
AXBOROT ISTE’MOLI MADANIYATI VA MEDIASAVODXONLIK ASOSIDA ZAMONAVIY FUQARO MODELINI SHAKLLANTIRISH
Bu maqolada axborot iste’moli madaniyati va mediasavodxonlik tushunchalari talaba yondashuvi asosida tahlil qilinadi. Raqamli axborot oqimi keskin kuchaygan hozirgi sharoitda fuqarolarning axborotni ongli ravishda qabul qilishi, tahlil qilishi va baholashi zamonaviy fuqaro modelining muhim belgisi sifatida qaraladi. Maqolada mediasavodxonlikning shaxsiy mas’uliyat, ijtimoiy barqarorlik va fuqarolik faolligini oshirishdagi o‘rni ochib berilgan.
2025-12-29
MEDIA MANIPULYATSIYA VA PROPAGANDA VOSITALARINING PSIXOLOGIK TA'SIRI
Ushbu maqolada media savodxonlik tushunchasi, uning mazmuni va zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Ayniqsa, media manipulyatsiya hodisasining mohiyati, uning inson tafakkuriga ta’siri hamda axborot oqimida tanqidiy fikrlashning o‘rni yoritilgan. Maqola yoshlarning raqamli muhitda to‘g‘ri axborot tanlovi qilish, manipulyatsiyaga berilmaslik va ongli qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
2025-12-29
RAQAMLI IQTISODIYOT IMKONIYATLARI VA MUAMMOLARI
Maqolada raqamli iqtisodiyotning mazmun-mohiyati, uning zamonaviy iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni va ahamiyati talabalik tahlili asosida yoritilgan. Raqamli texnologiyalarning iqtisodiy jarayonlarga joriy etilishi natijasida yuzaga kelayotgan asosiy imkoniyatlar hamda dolzarb muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali barqaror va raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish masalalari yoritib beriladi.
2025-12-29
AXBOROT JAMIYATIDAGI O'RNI VA AHAMIYATI
Axborot jamiyatidagi o'rni va ahamiyati mavzusi zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ajralmas qismi sifatida muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada axborot jamiyatining asosiy tamoyillari, uning tashkil etilishi va rivojlanishi jarayonida axborotning roli tahlil etiladi. Axborot texnologiyalarining tezkor rivojlanishi va globalizatsiya jarayonlari axborot jamiyatining shakllanishiga ta'sir ko'rsatmoqda. Maqolada axborotning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi ta'siri, shuningdek, axborot xavfsizligi masalalari ham ko'rib chiqiladi. Axborot jamiyatining barqaror rivojlanishi uchun ta'lim, innovatsiyalar va raqamli iqtisodiyotning ahamiyati alohida ta'kidlanadi. Shuningdek, axborot almashinuvi va kommunikatsiya vositalarining roli, shaxsiy va jamoaviy taraqqiyotga qo'shgan hissasi ham o'rganiladi. Maqola yakunida axborot jamiyatining kelajagi va uning istiqbollari haqida fikrlar bildiriladi.
2025-12-29
VIRTUAL VA KENGAYTIRILGAN HAQIQAT TEXNOLOGIYALARI
Mazkur maqolada virtual haqiqat (Virtual Reality – VR) va kengaytirilgan haqiqat (Augmented Reality – AR) texnologiyalarining mohiyati, rivojlanish bosqichlari hamda ularning ta’lim, tibbiyot, sanoat, arxitektura va kundalik hayotdagi qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu texnologiyalarning afzalliklari, mavjud muammolari va kelajakdagi rivojlanish istiqbollari ilmiy manbalar asosida yoritib beriladi. Maqola zamonaviy raqamli texnologiyalarning jamiyat hayotiga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan.
2025-12-29
RAQAMLI DIPLOMATIYA VA XALQARO ALOQALAR: ZAMONAVIY TASHQI SIYOSATNING YANGI YO‘NALISHI
Mazkur maqolada raqamli diplomatiya tushunchasi, uning shakllanish bosqichlari hamda xalqaro aloqalardagi o‘rni chuqur tahlil qilinadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida diplomatik faoliyatda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar, davlatlar o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlarga raqamli vositalarning ta’siri yoritib beriladi. Shuningdek, raqamli diplomatiyaning afzalliklari, muammolari va kelajak istiqbollari tahliliy yondashuv asosida ko‘rib chiqiladi.
2025-12-29
SUNʼIY INTELLEKT ASOSIDA KADRLARNI TANLASH TIZIMLARI
Ushbu maqolada kadrlar siyosatida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarini qo‘llashning nazariy va amaliy asoslari tadqiq etiladi. Tadqiqotda nomzodlarni saralashda qo‘llaniladigan avtomatlashtirilgan tizimlar, ularning samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI), algoritmik xolislik masalalari va rekruting jarayonini optimallashtirish usullari tahlil qilingan. Maqola davomida SI tizimlarining an’anaviy usullardan afzalliklari va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlar ilmiy nuqtayi nazardan yoritilgan.
2025-12-29
KATTA MA’LUMOTLAR VA ULARNI BOSHQARISH TIZIMLARI
Ushbu maqolada katta ma’lumotlar (Big Data) nazariyasi, uning asosiy xususiyatlari, arxitektura va qayta ishlash jarayonlari, zamonaviy boshqaruv tizimlari (Hadoop, Spark, NoSQL va boshqalar), xavfsizlik va maxfiylik muammolari hamda amaliy qo‘llanish sohalari tahlil qilinadi. Maqola oxirida kalit so‘zlar va ilmiy-adabiyotlar (manbalar) ro‘yxati berilgan.
2025-12-29
INTERNETDA XAVFSIZ XULQ-ATVOR VA TALABALARNING MEDIA SAVODXONLIGI
Menimcha, oliy ta’lim talabalarining raqamli muhitdagi xavfsiz xulq-atvori va media savodxonligini o‘rganish, shunchaki texnik masala emas, balki shaxsiy mas’uliyat va milliy manfaatlar bilan bog‘liq fundamental vazifadir. Mazkur maqolada men talabalarni kiber-tahdidlardan himoya qilishning huquqiy va amaliy mexanizmlarini tahlil qildim. Shuningdek, dezinformatsiya va manipulyatsiyaga qarshi kurashda tanqidiy fikrlashning yetakchi rolini asoslab berdim. Men hisoblaymanki, O‘zbekiston Respublikasining tegishli farmonlari va qonunlariga tayangan holda, yoshlarimizning raqamli madaniyatini shakllantirish bo‘yicha tizimli yondashuv zarur.
2025-12-29
YOSHLAR ORASIDA IT SOHASIGA QIZIQTIRISHNI OSHIRISH YOʻLLARI
Ushbu ilmiy ishda yoshlar orasida axborot texnologiyalariga qiziqishni oshirish imkoniyatlari, zamonaviy ta’lim tizimida IT sohasining ahamiyati hamda raqamli ko‘nikmalarni shakllantirishga doir amaliy yondashuvlar yoritilgan. Asarda yoshlarning dasturlash, raqamli savodxonlik va zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar chuqur tahlil qilingan. IT infratuzilmasini rivojlantirish, amaliy darslar, loyihalar, hackathonlar, mentorlik tizimi va xususiy sektor bilan hamkorlik kabi yo‘nalishlarning yoshlarni motivatsiya qilishdagi roli ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, IT mutaxassislari bilan uchrashuvlar, o‘qituvchilarning malakasini oshirish, ota-onalarning qo‘llab-quvvatlashi, o‘quvchilar uchun qulay raqamli muhit yaratish kabi chora- tadbirlarning samaradorligi ham yoritilgan. Tadqiqot natijalari sifatida yoshlar orasida ITga qiziqishni kuchaytirish uchun ta’lim muassasalari, jamiyat va texnologik markazlarning hamkorlikda kompleks yondashuvi zarurligi asoslab berilgan. Ushbu ish axborot texnologiyalariga bo‘lgan talab ortib borayotgan hozirgi davrda yoshlarning raqamli kompetensiyasini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
2025-12-29
AXBOROT MADANIYATI VA MEDIASAVODXONLIK
Ushbu maqolada axborotlashgan jamiyat sharoitida axborot madaniyati va mediasavodxonlik tushunchalarining mazmuni, ahamiyati hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni keng yoritilgan. Axborot oqimining ortib borishi natijasida yuzaga kelayotgan feyk yangiliklar, axborot manipulyatsiyasi va axborot xavfsizligi muammolari tahlil qilinadi. Maqolada axborot madaniyatining asosiy tarkibiy qismlari, mediasavodxonlikning vazifalari, yoshlar ongida tanqidiy fikrlashni shakllantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, axborot tahdidlaridan himoyalanish yo‘llari va axborotdan ongli foydalanish zarurati asoslab berilgan.
2025-12-29
RAQAMLI MARKETINGDA SUNIY INTELEKTNING RO’LI
Ushbu maqolada raqamli marketing jarayonlarida sun’iy intellektning tutgan o‘rni va uning soha rivojiga ko‘rsatadigan ta’siri yoritilgan. Sun’iy intellektning katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish, reklama kampaniyalarini optimallashtirish, mijozlar bilan avtomatlashtirilgan muloqotni tashkil etish hamda kontent yaratish jarayonidagi imkoniyatlari batafsil tushuntiriladi. Shuningdek, sun’iy intellektning raqamli marketingga olib kirayotgan afzalliklari bilan birga, ma’lumotlar xavfsizligi, kadrlar yetishmasligi va texnologiyaga yuqori investitsiya kabi cheklovlari ham ko‘rib chiqiladi. Maqola yakunida sun’iy intellektning marketing sohasidagi kelajak istiqbollari haqida xulosa berilgan.
2025-12-29
YOSHLAR VA MEDIA SAVODXONLIGI FEYK XABARLARGA QARSHI QALQON
Bugungi kunda axborot oqimi shunchalik tezlashdiki, inson har kuni minglab ma’lumotlar bilan to‘qnashkeladi. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarning faolfoydalanuvchilari bo‘lgan yoshlar uchun haqiqat vauydirmani ajratish borgan sari qiyinlashib bormoqda. Feyk xabarlar — bu shunchaki xato ma’lumot emas, balki jamiyatda vahima uyg‘otish, insonlar onginimanipulyatsiya qilish va noto‘g‘ri qarorlar qabulqildirishga qaratilgan quroldir.
2025-12-29
MAKTAB DARSLIKLARIDAGI AYRIM FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR TAHLILI
Ushbu maqolada frazeologik birliklar mazmuni, tuzilishi va ularning til tizimidagi oʻrni yoritiladi. Frazeologizmlar nutqqa obrazlilik, ifodaviylik va emotsional rang-baranglik beruvchi barqaror iboralar sifatida tahlil qilinadi. Maqolada ularning turlari, xalqning dunyoqarashi va madaniyatini aks ettirishdagi ahamiyati koʻrsatib beriladi. Shuningdek, maktab darsliklaridagi frazeologik birliklar izohlanib, ularning nutqni boyitishdagi roli ochib beriladi.
2025-12-29
O’YIN ASOSIDAGI TA’LIM TEXNALOGIYALARINING LUG’AT BOYLIGINI OSHIRISHDAGI SAMARADORLIGI
Mazkur maqolada ingliz tilini o‘qitish jarayonida o‘yin asosidagi ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning o‘quvchilarning lug‘at boyligini oshirishdagi samaradorligi tahlil qilinadi. Hozirgi globallashuv sharoitida chet tillarini, xususan ingliz tilini puxta o‘zlashtirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqot davomida o‘yin metodlarining o‘quvchilarning faolligi, motivatsiyasi va leksik kompetensiyasiga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotda sifat va miqdoriy metodlardan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, o‘yin asosidagi ta’lim texnologiyalari an’anaviy metodlarga nisbatan lug‘atni o‘zlashtirishda yuqori samaradorlikka ega. Maqolada o‘qituvchilar uchun amaliy tavsiyalar ham berilgan.
2025-12-29
O‘ZBEK MIFOLOGIYASIDA OSMON JISMLARI QADIMIY DUNYOQARASHNING IN’IKOSI SIFATIDA
Ushbu maqolada o‘zbek mifologiyasida osmon jismlari qadimgi xalqlarning dunyoqarashini aks ettirishdagi roli tahlil qilinadi. Quyosh, Oy va Yulduzlar obrazlari orqali xalqning tabiat hodisalari va koinot haqidagi tasavvurlari, shuningdek, bu tasavvurlar orqali shakllangan e’tiqodiy qarashlar o‘rganiladi.
2025-12-29
“SPEAKING CLUB” VA UNING YUQORI BOSQICH TALABALARI UCHUN TA’SIRI
Ushbu maqolada “Speaking Club” (nutq klubi) formatining katta yoshdagi talabalar (senior students) uchun ta’limiy va kommunikativ salohiyati tahlil qilinadi. Nutq klublari chet tilini o‘rganishda, ayniqsa og‘zaki nutqni rivojlantirish, tanqidiy fikrlash, pragmatik kompetensiya va ijtimoiy muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishda samarali metod sifatida qaraladi. Tadqiqotda mavjud ilmiy adabiyotlar tahlili, metodologik yondashuvlar hamda amaliy natijalar asosida speaking club formatining afzalliklari va uni oliy ta’lim muassasalarida joriy etish istiqbollari yoritilgan.
2025-12-29
MAKTABLARDA INGLIZ TILI ZAMONLARINI O‘QITISHDAGI MUAMMOLAR
Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida ingliz tili zamonlarini o‘qitish jarayonida uchraydigan muammolar yoritib berilgan. Ingliz tili grammatikasining murakkab bo‘limlaridan biri bo‘lgan fe’l zamonlarini o‘zlashtirishda o‘quvchilarning duch keladigan qiyinchiliklari, ushbu qiyinchiliklarning sabablari hamda ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Maqolada zamonlarni o‘qitishda nazariya va amaliyot o‘rtasidagi muvozanat, kommunikativ yondashuvning ahamiyati, shuningdek zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
2025-12-29
БОДРИНГНИ КЕЛИБ ЧИҚИШ ТАРИХИ, ШИФОБАХШЛИГИ ВА ЕТИШТИРИШ ТЕХНОЛОГИЯСИ
Бодринг (Cucumis sativus L.) дунёдаги энг қадимий ва кенг тарқалган сабзавот экинларидан бири ҳисобланади. Унинг тарқалиш тарихи ва ҳозирги ҳолати қуйидагича:
2025-12-29
DUNYONING YANGI SIYOSIY TARTIBOTI KONTURLARI
Bugungi kunda zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimida kechayotgan chuqur va ko‘p qatlamli transformatsiya jarayonlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, dunyoning yangi siyosiy konturlari shakllanishining konseptual va amaliy jihatlarini ochib beradi. Tadqiqotda sovuq urushdan keyingi davrda yuzaga kelgan geosiyosiy noaniqlik, kuchlar muvozanatining izdan chiqishi hamda globallashuv jarayonlarining siyosiy makonga ta’siri tizimli yondashuv asosida o‘rganiladi. Xususan, terorrizm, ekstremizm, gibrid va axborot tahdidlarining siyosiy barqarorlikka ta’siri ham yangi siyosiy konturlarni belgilovchi asosiy omillar sifatida asoslab beriladi. Shuningdek dunyoning yangi siyosiy konturlari shakllanishi sharoitida davlatlar suverenitetini ta’minlash, milliy manfaatlarni muvozanatli himoya qilish hamda samarali xalqaro hamkorlik mexanizmlarini rivojlantirish barqaror siyosiy taraqqiyotning hal qiluvchi sharti hisoblanadi.
2025-12-29
