Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Молодые ученые». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2025-08-21
Статьи
THE ROLE OF EMPLOYEE EVALUATION, MOTIVATION, AND EMPOWERMENT IN ENTERPRISE MANAGEMENT SYSTEMS
In today’s rapidly changing economic environment, where market volatility, digitalization, and global competition are defining characteristics, the formation of an effective enterprise management system requires a human-centered approach. This article examines the significance of employee evaluation, motivation, and empowerment in shaping sustainable and adaptive management systems. Drawing on a case study of Mukhtorjon Avto Tex Trans, the analysis highlights the impact of employee performance assessments and the application of motivational and empowerment theories. The study emphasizes that motivation diagnostics and empowerment mechanisms are integral components of modern management, contributing not only to operational efficiency but also to long-term organizational resilience and innovation.
2025-08-20
BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINING NUTQINI OʻSTIRISH METODIKASI
Ushbu tezisda boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutqini oshirishda o’qish turlaridan foydalanish yoritib berilgan. Tezis davomida o’qish turlarini boshlang’ich sinf o’quvchilariga to’g’ri qo’llash yuqori samaradorlikka olib kelishi ochib berilgan.
2025-08-20
DAVLAT XARIDLARIDA INSOFSIZ IJROCHILAR TUSHUNCHASI
Ushbu tadqiqot ishida “insofsiz ijrochi” tushunchasi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Insofsiz ijrochilar reestrini yuritish tartibi milliy va ilg‘or xorijiy tajriba asosida qiyoslanadi. “Insofsiz ijrochi” tushunchasining huquqiy tabiati turli olimlarning qarashlariga ko‘ra ochib beriladi. Shuningdek, davlat xaridlari jarayonida insofsiz ijrochilar reestrini yuritish zaruriyati va ijobiy natijalari xususida so‘z boradi.
2025-08-20
UCHINCHI RENESSANS POYDEVORINI QURISH JARAYONIDA YOSHLARDA VATANPARVARLIK TUYG‘ULARINI YUKSALTIRISHNING ZAMONAVIY AHAMIYATI
Ushbu maqolada Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish jarayonida yosh avlodda vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishning ijtimoiy-falsafiy ahamiyati tahlil etilgan. Milliy g‘oya va qadriyatlar, ta’lim tizimidagi islohotlar, madaniy merosni asrab-avaylash hamda global jarayonlarda milliy o‘zlikni mustahkamlash omillari yoritilgan. Shuningdek, yoshlarda milliy g‘urur va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishning zamonaviy metodlari ilmiy asoslangan.
2025-08-20
O‘ZBEK VA TURK TILLARIDA SIFAT DERIVATSIYASI
Til va madaniyat o‘rtasidagi aloqadorlikning dolzarblashuvi, milliy madaniyatning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatib berish, milliy o‘zlikni anglash, milliy qiyofani aks ettirishda milliy boyligimiz sanalmish o‘zbek tili va bu tilda so‘zlashuvchi kishilar o‘rtasidagi muloqot shakllarining ifodalanish tarzini tadqiq etishga katta ehtiyoj seziladi. Turkiy tillar oilasiga kiruvchi ikki til, yani o‘zbek va turk tillarining qiyosiy morfologiyasini o‘rganishni masad qildik.
2025-08-20
LUQMON BO‘RIXONNING “IMOM MOTURUDIY” ROMANI HAQIDA BA’ZI MULOHAZALAR
O‘zbekiston zamini asrlar davomida ko‘plab buyuk allomalarni yetishtirgan muqaddas maskandir. Ular orasida ilohiyot, kalom va tafsir ilmlarining mashhur namoyandasi, Imom Abu Mansur Moturidiy alohida o‘rin egallaydi. Uning boy ilmiy merosi nafaqat O‘rta asr musulmon dunyosida, balki bugungi kunda ham islom tafakkuri, aqidaparastlikka qarshi ilmiy yondashuvning asosi sifatida baholanishi bejiz emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Mashhur mutafakkir va ilohiyotshunos Imom Abu Mansur Moturidiy tavalludining 1150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi farmon imzolanganliig ham bevosita ilm-fan, din va ma’naviyat uyg‘unligining ifodasi sifatida katta e’tiborga loyiqdir [1].
2025-08-20
СПОСОБЫ УВЕЛИЧЕНИЯ ДОХОДА ОТ БАНКОВСКИХ ДЕПОЗИТОВ
В статье рассматриваются банковские кредиты и их роль в экономике. Проанализировано, что банковские кредиты играют ведущую роль в экономике, так как играют первостепенную роль в формировании и развитии производственного процесса физических и юридических лиц различных отраслей, служат основой совершенствования процессов собственного развития и капитала банка.
2025-08-20
ULUG‘BEK HAMDAMNING “YO‘L” ROMANIDA RUHIYAT TALQINI
Adabiyot turfa xil olamni, insonning ruhiy-ma’naviy qiyofasini talqin etar ekan, uning zamirida shaxs qismati, taqdiri, hayoti uzviy birlikda o‘z ifodasini topadi. Bu esa, har qanday badiiy asardagi qahramonlar olamini, ruhiy qiyofasini yuzaga chiqaradi. Ana shu xususiyatlarning yaxlitligi obrazlar olami, uning o‘ziga xosliklarini ham namoyon etadi.
2025-08-20
O‘TKIR RESPIRATOR INFEKSIYA (ORI) BILAN KASALLANGAN BOLALARDA IMMUN TIZIMI FAOLIYATINING O‘ZGARISHLARI
Mazkur maqolada o‘tkir respirator infeksiya (ORI) bilan kasallangan bolalarda immun tizimi faoliyatida kuzatiladigan o‘zgarishlar ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqot Toshkent viloyatidagi shifoxonalarda kuzatilgan 2–10 yosh oralig‘idagi bolalar ishtirokida olib borildi. Immunologik tekshiruvlar natijasida T-limfotsitlar soni va ularning subpopulyatsiyasi, immunoglobulinlar miqdori hamda fagotsitar faollik darajasida sezilarli o‘zgarishlar aniqlangan. ORI kechishida CD4+/CD8+ indeksining buzilishi, IgA darajasining pasayishi va fagotsitoz faolligining susayishi asosiy markerlar sifatida namoyon bo‘ldi. Tadqiqot natijalari ORI bilan kasallangan bolalarda nafaqat simptomatik, balki immun tizimining kompensator imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlovchi kompleks terapiya zarurligini asoslaydi. Ushbu yondashuv bolalarda infeksiya qaytalanishini kamaytirish va surunkali respirator patologiyalar rivojlanishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
2025-08-20
KO‘RUV REKLAMA MATNLARI TAHLILI
Ushbu maqolamizda ko‘ruv reklama matnlarining xususiyatlari aniqlandi, til birliklarining reklamada tutgan o‘rni ko‘rib chiqildi. Ko‘ruv reklama matnlari tajribalar asosida o‘rganildi. Reklama uchun til birliklari eng muhim vosita ekanligini dalillashga harakat qilindi.
2025-08-21
FILM ADAPTATSIYASINING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI: TOLKIEN ASARLARI MISOLIDA
Ushbu maqola J.R.R. Tolkien asarlarining film adaptatsiyalaridagi lingvopoetik xususiyatlarini, xususan, Piter Jekson tomonidan suratga olingan “Uzuklar hukmdori” va “Hobbit” trilogiyalarini tahlil qiladi. Tolkien ijodida filologik asos, boy poetik tuzilmalar va yaratilgan tillar muhim o‘rin tutadi. Tadqiqot ushbu xususiyatlarning kino adaptatsiyasida qanday o‘zgarganini, yo‘qolganini yoki yangi shaklda namoyon bo‘lganini ko‘rib chiqadi. Adaptatsiya nazariyasi, stilistik tahlil va tanlangan dialoglari bilan yaqindan tanishish asosida film til yo‘qotishlarini qanday qoplagani va poetik ohangni qanday saqlab qolganini yoritadi.
2025-08-21
AI TEXNOLOGIYALARI - TAHLILIY IMKONIYATLAR ESHIGI
AI texnologiyalari faqat tasvir emas, balki vaqt qatlamidagi ma’lumotlar bilan ishlash, yoki bir-biriga bog‘liq ko‘p o‘lchovli datasetlarni integratsiya qilishda ham yordam beradi. Misol uchun, zararkunanda populyatsiyasining kelgusi haftalardagi dinamikasini oldindan aytish uchun rekurrent neyron tarmoq (RNN) yoki lSTM modellaridan foydalanish mumkin – bunda hozirgi momentdagi entomologik holat, ob-havo prognozi, agrotexnik chora-tadbirlar kiritilib, model keyingi trendni bashorat qiladi. Ba’zi tajribalarda AI asosida sintez qilingan shunday bashorat modeli uch oygacha oldindan zararkunanda rivojlanishini 90 %ga yaqin aniqlikda to‘g‘ri taxmin qilgani qayd etilgan (bu borada AI texnologiyalari agronomik qarorlar qabul qilishda kuchli vosita sifatida ko‘rilmoqda).
2025-08-21
GLOBALLASHUV SHAROITIDA TA’LIMNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI
Globallashuv zamonaviy dunyoda axborot almashinuvini tezlashtirib ta’lim ahamiyatini oshirdi. Mediata’lim insonlarni axborotlar oqimini tanib olish, ularni tanqidiy baholash va foydali maʼlumotlarni ajratib olish qobiliyatiga ega qiladi. Zamonaviy sharoitda nafaqat taʼlim tizimining, balki butun jamiyatning rivojlanishida muhim rol oʻynaydi. Biroq, globallashuv jarayonlari mediata’limni rivojlantirishda yangi imkoniyatlar bilan birga bir qator muammolarni ham keltirib chiqardi. Ushbu maqolada globallashuv sharoitida mediata’limni rivojlantirishning dolzarb masalalari, muammolari va istiqbollari tadqiq etiladi. Globallashuv zamonaviy dunyoda axborot almashinuvini tezlashtirib, ta’limning ahamiyatini oshirdi. Insonlarni axborotlar oqimini tanib olish, ularni tanqidiy baholash va foydali maʼlumotlarni ajratib olish qobiliyatiga ega qiladi.
2025-08-21
RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINING AKMEOLOGIK POZITSIYASINI RIVOJLANTIRISH
Ushbu tezisda raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining akmeologik pozitsiyasini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Akmeologik pozitsiya — pedagogning kasbiy o‘sish, shaxsiy yetuklik va ijodiy salohiyatni ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi faol hayotiy pozitsiyasi sifatida talqin qilinadi. Bu esa bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining professional tayyorgarlik darajasini oshirish va ta’lim sifati yaxshilanishiga xizmat qiladi.
2025-08-21
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ НА УРОКАХ РУССКОГО ЯЗЫКА
В данной статье рассматриваются возможности использования цифровых технологий на уроках русского языка. Анализируются современные цифровые инструменты, которые помогают повысить эффективность учебного процесса, развивать мотивацию студентов и формировать их языковую компетенцию. Особое внимание уделяется роли интерактивных платформ, мультимедийных ресурсов и онлайн-сервисов в обучении.
2025-08-21
O‘ZBEKISTONDA AXBOROT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH YO‘NALISHLARI
Bugungi kunda axborot olish va uzatish jarayoni keskin o‘zgarib bormoqda. Har bir inson nafaqat axborot iste’molchisi, balki uning tarqatuvchisiga ham aylanmoqda. Shuning uchun axborot madaniyati – bu faqatgina matnlarni tushunish emas, balki ularning qayerdan kelganini, qanday maqsadda tarqatilganini va qanday ta’sir ko‘rsatishini anglashdir.
2025-08-22
COMPARATIVE LEXICAL-SEMANTIC AND STRUCTURAL ANALYSIS OF UZBEK AND ENGLISH PROVERBS WITH RELIGIOUS AND SPIRITUAL COMPONENTS
The article explores the comparative lexical-semantic and structural features of Uzbek and English proverbs that contain religious and spiritual components. Proverbs are an essential part of linguistic and cultural heritage, reflecting the moral, ethical, and spiritual worldview of a nation. The study examines how sacred concepts, religious values, and spiritual beliefs are encoded in proverbs of both languages, highlighting similarities and differences shaped by historical, cultural, and religious backgrounds. Lexical-semantic analysis focuses on religious terminology, metaphors, and symbolic elements, while structural analysis considers syntactic patterns, stylistic devices, and figurative expressions. The research also addresses how these proverbs influence cultural identity and interethnic communication. The findings contribute to cross-cultural linguistics, translation studies, and the understanding of intercultural pragmatics.
2025-08-22
QARAQALPAQ BALALAR ÁDEBIYATINDAǴI TÁRBIYALIQ MOTIVLER
Bul maqalada qaraqalpaq balalar ádebiyatında tárbiyalıq motivlerdiń tutqan ornı hám áhmiyeti talqılanadı. Atap aytqanda, poeziya, xalıq qosıqları hám házirgi zaman balalar shayırlarınıń dóretpelerinde ata-anaǵa húrmet, miynet súyiwshilik, hadallıq, tábiyatqa muhabbat, doslıq hám iygilik ideyaları qalay sáwlelengenine dıqqat awdarıladı. Qosıq mısalları arqalı tárbiyalıq motivlerdiń balalar sana-sezimine tásir etiwdegi áhmiyeti kórsetiledi. Sonday-aq, ádebiy dereklerde ushırasatuǵın pedagogikalıq hám ruwxıy kózqaraslardıń jas áwladtı kámil insan etip tárbiyalawdaǵı ornı kórsetiledi.
2025-08-22
COMPLEX COMPOUNDS AND LIGANDS: TYPES OF INTERACTIONS
This article provides a comprehensive overview of complex compounds, focusing on the roles of central atoms, ligand types, and the interaction mechanisms leading to complex formation. The discussion covers electrostatic and donor–acceptor interactions, the chelate effect with polydentate ligands, and the structural diversity of mono- and polynuclear complexes. Practical applications in catalysis, medicine, and biological systems are highlighted, making the article relevant for both academic and applied chemistry studies.
2025-08-22
IRSIY KASALLIKLARNING TURLARI
Maqolada irsiy kasalliklarning kelib chiqish sabablari, ularning asosiy turlari va ilmiy ahamiyati tahlil qilindi. Monogen, poligen, xromosomal va mitoxondrial kasalliklarning o‘ziga xos xususiyatlari misollar yordamida yoritildi. Shuningdek, zamonaviy genetika fanida erta tashxislash va davolash usullarining rivojlanishi qayd etildi.
2025-08-23
THE GROWING TENDENCY OF CHOOSING LIFE ABROAD: MOTIVATIONS, OPPORTUNITIES AND CHALLENGES
In recent decades, global migration has become one of the most significant social phenomena shaping the 21st century. An increasing number of individuals from various countries are choosing to live abroad in search of better educational opportunities, improved living standards, financial stability, and cultural diversity. This study explores the underlying motivations behind the growing trend of migration, focusing on both opportunities and challenges faced by people who settle abroad. The research employs a qualitative approach based on secondary data analysis, academic sources, and international migration reports. Results indicate that while migration provides access to quality education, employment, and cross-cultural experiences, it also creates challenges such as cultural adaptation, language barriers, discrimination, and psychological issues like homesickness. The discussion emphasizes the dual nature of migration: although it creates promising prospects for personal and professional growth, it requires strong resilience and support systems. The paper concludes that policymakers should address migration challenges by creating sustainable integration policies, and individuals should be prepared for both advantages and struggles of living abroad.
2025-08-25
ЁҚИЛҒИ-ЭНЕРГЕТИКА СОҲАСИДА ДАВЛАТ МУЛКИНИ ХУСУСИЙЛАШТИРИШ ЖАРАЁНИДА ПРОКУРОР НАЗОРАТИНИ АМАЛГА ОШИРИШНИНГ АЙРИМ МУАММОЛАРИ
Мазкур тезисда ёқилғи-энергетика соҳасида давлат мулкини хусусийлаштириш жараёнида прокурор назоратини амалга оширишдаги айрим муаммолар, уларнинг сабаб ва оқибатлари таҳлил қилинган, шунингдек, муаллиф томонидан ушбу соҳада прокурор назоратни такомиллаштиришга қаратилган таклиф ва тавсиялар илгари сурилган.
2025-08-25
GEOGRAFIYA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY VA INNOVATSION TA’LIM MUHITINI TASHKIL ETISH
Ushbu maqolda innovatsion o‘qitish usullarini ta’lim muassasalarida qo‘llashning nazariy va uslubiy jihatlari ko‘rib chiqilib, geografiya fanini o‘qitishda simulyatsion modellashtirish, kadr texnologiyasidan foydalanishning muhim xususiyatlari va imkoniyatlari ochib berilgan.
2025-08-25
O‘ZBEKISTON UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA CLIL YONDASHUVI ORQALI FANLARARO INTEGRATSIYANI RIVOJLANTIRISH VA O‘QUVCHILARDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI
Ushbu tezisda O‘zbekiston umumta’lim maktablarida CLIL (Content and Language Integrated Learning) yondashuvining fanlararo integratsiyani rivojlantirishdagi o‘rni hamda o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. CLIL nafaqat ingliz tilini samarali o‘rganishga, balki o‘quvchilarni turli fanlar mazmunini uyg‘unlashtirgan holda anglashga undaydi. Bu jarayon o‘z navbatida ularning ijodiy tafakkuri, tahliliy yondashuvi va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Maqolada O‘zbekiston ta’lim tizimidagi mavjud islohotlar, davlat hujjatlari va xalqaro tajribalar asosida CLILning tanqidiy fikrlashni shakllantirishdagi metodik imkoniyatlari ochib beriladi.
2025-08-26
ХОРИЖИЙ ДАВЛАТЛАР ТАЖРИБАСИДА АХБОРОТ ХАВФСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШНИНГ ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРИ
Мақолада Германия, Россия ва Эстония мисолида ахборот хавфсизлигини таъминлаш бўйича ҳуқуқий асослар таҳлил қилинган. Германияда қабул қилинган NetzDG қонуни ижтимоий тармоқларда ноқонуний контентни чеклаш механизмларини жорий этгани, Россиядаги қонунчилик ўзгаришлари рақамли суверенитетни мустаҳкамлашга хизмат қилгани ва Эстония Жиноят кодексида касбий ҳамда хизматга оид махфий маълумотларни ошкор қилиш жиноят сифатида белгилангани ёритилган. Муаллиф ушбу тажрибалар миллий қонунчиликни такомиллаштириш учун муҳим аҳамият касб этишини таъкидлайди.
2025-08-26
TURIZMNING IQTISODIY RIVOJLANISHDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI
Ushbu maqolada turizmning global miqyosdagi iqtisodiy rivojlanishda tutgan o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda turizmning byudjet daromadlarini oshirish, bandlikni ta’minlash, infratuzilmani rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga ijobiy ta’siri haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, turizmning multiplikativ ta’siri hamda ijobiy va salbiy jihatlari izohlanadi. Maqolada turizmning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va madaniy jarayonlarga qo‘shayotgan hissasi ham yoritiladi. Xulosa qismida esa barqaror rivojlanish, ekologik muhofaza va mahalliy manfaatlarni himoya qilish turizm siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari sifatida ko‘rsatib o‘tiladi.
2025-08-26
HUJJATLI KINO ORQALI MILLIY O‘ZLIKNI IFODALASH: QORAQALPOQ TAJRIBASI
Mazkur maqolada hujjatli kino milliy o‘zlikni ifodalash vositasi sifatida tahlil qilinib, Qoraqalpoq tajribasi misolida etnografik marosimlar, ekologik fojealar va tarixiy merosning aks ettirilishi o‘rganiladi. Tadqiqotda “Juwapkershiligi sheklengen jigitler”, “Ajinyaz”, “Tıǵın”, “Kurort”, “Urı” va “Qońsılar” kabi filmlar misol qilib keltirilib, ular orqali xalqning qadimiy an’analari hamda madaniy ildizlari hujjatlashtirilganligi ko‘rsatiladi. Shuningdek, hujjatli filmlarning yosh avlodda milliy g‘urur va madaniy merosga hurmat tuyg‘usini shakllantirishdagi o‘rni ham yoritilgan. Natijada, Qoraqalpoq hujjatli kino maktabi milliy identitetni mustahkamlash va uni xalqaro miqyosda tanitishda muhim strategik vosita ekanligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.
2025-08-26
DIGITAL ADDICTION AND ITS IMPACT ON YOUTH PSYCHOLOGY
This article examines the phenomenon of digital addiction and its psychological effects on youth. It discusses how excessive use of the Internet, social media, mobile devices, and online games affects students’ mental health, social relationships, and academic performance. The paper also explores the social consequences of digital addiction, including isolation, reduced face-to-face communication, and emotional instability. Finally, the article highlights strategies for prevention and management, such as parental control, media literacy, personal discipline, and psychological support, emphasizing the importance of balanced and responsible technology use.
2025-08-27
YANGI O‘ZBEKISTONDA XAVFSIZLIKNING HUQUQ ASOSLARI
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida xavfsizlik masalalarining huquqiy jihatdan mustahkamlanishi tahlil qilingan. Unda davlat xavfsizligi, jamoat xavfsizligi hamda axborot xavfsizligiga doir normalarning konstitutsiyaviy asoslari yoritilib, milliy va xalqaro xavfsizlik tamoyillari bilan uyg‘unligi ochib berilgan. Shuningdek, yangi konstitutsiyaviy islohotlarning fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat barqarorligi va davlat manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyati asoslab berilgan.
2025-08-27
TAJRIBAVIY GIPOTIREOZDA TUXUMDONLARDAGI MORFOLOGIK O‘ZGARISHLAR
Mazkur tadqiqot tajribaviy gipotireoz sharoitida tuxumdonlarda kuzatiladigan morfologik o‘zgarishlarni aniqlashga qaratildi. Gipotireoz – qalqonsimon bez faoliyatining susayishi natijasida organizmda metabolik jarayonlarning buzilishi bilan kechuvchi kasallik bo‘lib, uning salbiy oqibatlari ko‘plab organ va tizimlarda namoyon bo‘ladi. Reproduktiv tizim, xususan, tuxumdonlar qalqonsimon bez gormonlariga sezgir bo‘lib, ularning yetishmovchiligi follikulogenez, ovulyatsiya va steroid gormonlar sekresiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot davomida laboratoriya hayvonlarida gipotireoz sun’iy ravishda induksiya qilindi va tuxumdonlar gistomorfologik usullar yordamida o‘rganildi. Olingan natijalarda tuxumdonlarning umumiy hajmi va massasi kamaygani, follikulalar soni va diametrining pasayishi qayd etildi. Ayniqsa, o‘suvchi follikulalarning soni nazorat guruhiga nisbatan kamaygan bo‘lsa, atretik follikulalar soni ortgani kuzatildi. Stromal to‘qimalarda fibroz jarayonlar, qon tomirlarida degenerativ o‘zgarishlar va qisman sklerotik elementlarning ko‘payishi aniqlangan. Ushbu o‘zgarishlar tuxumdonlarning normal funksiyasini susaytiradi va reproduktiv salohiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
2025-08-28
CHIMBOY TUMANI SUG’ORILADIGAN TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY HOSSALARI
Maqolada Chimboy tumani hududi degradatsiyaga uchragan yerlarining agrokimyoviy holati tog’risida ma’lumotlar keltirilgan. Yaʻni tuproq tarkibidagi gumus, umumiy va harakatchang shakldagi azot, forfor va kaliy miqdori va shu bilan birga noaʼnaviy oʻgʻitlar qoʻllash orqali tuproq unumdorligi va ekinlar mahsuldorligini oshirish muhimligi ko’rsatilgan.
2025-08-28
ALISHER NAVOIY ASARLARIDA INSONPARVARLIK G‘OYALARI
Ushbu maqolada Alisher Navoiy asarlarida insonparvarlik g‘oyalari yoritilgan. Shoir ijodining asosiy tamoyillari sifatida adolat, saxiylik, ilm-ma’rifat, mehr-oqibat, halollik va vafodorlik masalalari tahlil qilingan. Tadqiqot davomida Navoiy asarlarida inson qadr-qimmati, ma’naviy barkamollikka intilish, jamiyat oldidagi mas’uliyat kabi g‘oyalar markaziy o‘rin egallashi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, Navoiy merosining bugungi kunda ham tarbiyaviy va ma’naviy jihatdan dolzarbligi asoslab berilgan.
2025-08-28
ZAMONAVIY O‘ZBEK NASRIDA SHAXS VA JAMIYAT MUAMMOSI
Ushbu maqolada zamonaviy o‘zbek nasrida shaxs va jamiyat muammosining badiiy ifodasi tahlil qilingan. Asosiy e’tibor shaxsning ichki kechinmalari, erkinlikka intilishi, jamiyatdagi ijtimoiy adolatsizliklarga qarshi kurashi va o‘zligini anglash jarayoniga qaratilgan. Shuningdek, Erkin A’zam, Tog‘ay Murod, Isajon Sulton, Xurshid Do‘stmuhammad kabi yozuvchilarning asarlaridan misollar keltirilib, ularning shaxs va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyatlarni qanday badiiy tasvirlagani ko‘rsatib berilgan. Maqola shaxsning jamiyat oldidagi mas’uliyati, axloqiy tanlovlari va insoniy qadr-qimmatini saqlash muammosini ham yoritadi.
2025-08-28
ТИЖОРАТ БАНКЛАРИНИНГ ҚИММАТЛИ ҚОҒОЗЛАР БОЗОРИДАГИ ОПЕРАЦИЯЛАРИНИНГ НАЗАРИЙ ЁНДАШУВЛАР
Халқаро банк тизимида операциялар орқали олинувчи даромад манбаини асосий улуши қимматли қоғозлар бозори орқали келади. Жаҳон амалиётида банкларнинг қимматли қоғозлар бозори орқали топаётган даромадлари йилдан-йилга ўсиш тенденциясини сақлаб қолган. Қимматли қоғозлар бозорида банкларнинг фаол иштирокини кенгайтириш молиявий хизматлар турини диверсификация қилишга ва инвестицион муҳитни яхшилашга хизмат қилади. Ўзбекистонда қабул қилинган 2022-2026 йилларга мўлжалланган тараққиёт стратегияси доирасида банк тизимида хусусий сектор улушини 60 фоизга етказиш, фонд бозори айланмасини 7 млрд. АҚШ долларига етказиш белгилангани.
2025-08-28
TIJORAT BANKLARNING FOND BOZORI ORQALI INVESTITSION JOZIBADORLIGINI OSHIRISHDAGI MUAMMOLAR
O’zbekiston qimmatli qog’ozlar bozorida samarali faoliyat yuritish uchun qulay sharoitlar mavjudligiga qaramay, ko’pgina tijorat banklari davlat moliya bozorining eng muhim segmentini intiluvchanliksiz o’zlashtirishmoqda, vaholanki, ushbu bozorning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini ishga solish milliy iqtisodiyotini jadal rivojlanishiga ulkan hissa qo’shgan bo’lar edi. Alohida olingan bank institutlarining ushbu yo’nalishdagi passivligi sabablarini anglab etish uchun qimmatli qog’ozlar bozorining turli yo’nalishi va darajasida tijorat banklarining faolligini to’htatib turgan muammolar va qiyinchiliklarni yaxshi bilish zarur.
2025-08-29
TASHQI IQTISODIY OPERATSIYALARDA VALYUTA TAVAKKALCHILIKLARINI BOSHQARISH USULLARI
Tashqi iqtisodiy faoliyatda valyuta kurslarining o‘zgarishi eng muhim moliyaviy xatarlar sirasiga kiradi. Kurslarning keskin tebranishi korxonalarga moliyaviy yo‘qotishlar keltirib chiqarishi, raqobatbardoshlikni pasaytirishi hamda xalqaro bitimlarda beqarorlikka sabab bo‘lishi mumkin. Shu bois valyuta tavakkalchiliklarini samarali boshqarish tashqi iqtisodiy aloqalarda moliyaviy barqarorlik va uzoq muddatli o‘sishni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada valyuta tavakkalchiliklarini boshqarishning asosiy usullari – tabiiy xedjing, forvard shartnomalari, opsionlar, svoplar va diversifikatsiya strategiyalari yoritiladi.
2025-08-29
O‘ZBEKISTONDAGI MILLIY MADANIY MARKAZLAR
O‘zbekiston – tarixan ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali jamiyatdir. Hozirgi kunda mamlakat hududida 135 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi (Davlat statistika qo‘mitasi, 2023). Millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va fuqarolik birdamligi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, milliy madaniy markazlar mamlakat ijtimoiy-madaniy hayotida beqiyos ahamiyat kasb etadi. Ular milliy identifikatsiyani saqlash, turli millat vakillarini jamiyatga integratsiyalash, yoshlar ongida bag‘rikenglikni shakllantirish va xalqaro madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishda muhim rol Asosiy qism
2025-08-31
TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA ILG’OR ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYA, JAHON TAJRIBASI VA KREATIV YONDASHUV
Ushbu metodik qo‘llanma zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish orqali o‘quvchilarning bilim olish faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha ilmiy-uslubiy yondashuvlarni o‘z ichiga oladi. Qo‘llanmada chet tillarni, xususan, fransuz tilini o‘qitishda interfaol metodlar, strategiyalar, grafik tashkilotchilar va kreativ yondashuvlarning afzalliklari yoritilgan. Shuningdek, ta’lim-tarbiya sifatini oshirishda multimedia materiallari, texnologik xaritalar va innovatsion pedagogik g‘oyalardan foydalanishning usullari batafsil bayon etilgan. Ushbu metodik qo‘llanma ta’lim jarayonida ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va o‘qituvchilar malakasini oshirishga ko‘maklashadi.
2025-08-31
QAYTA TIKLANADIGAN XOM ASHYOLARDAN BIOPLASTMASSA OLISH TEXNOLOGIYASI
Ushbu maqolada qayta tiklanadigan xom ashyolardan, jumladan, kraxmal, sellyuloza, sut kislotasi va o‘simlik moylaridan bioplastmassa olish texnologiyasi tahlil qilindi. Mavzuning dolzarbligi plastmassa chiqindilarining global ekologik muammoga aylangani va neftga qaramlikni kamaytirish zarurati bilan izohlanadi. Tadqiqotda ilmiy adabiyotlar tahlili, eksperimental yondashuv va solishtirma tahlil metodlari qo‘llanildi. Natijalarda bioplastmassa ishlab chiqarishning asosiy bosqichlari, texnologik afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, O‘zbekiston sharoitida tatbiq etish istiqbollari yoritildi. Tadqiqot natijalari ekologik xavfsiz, iqtisodiy samarali va qayta tiklanadigan manbalarga asoslangan bioplastmassa ishlab chiqarish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
2025-08-31
13–14 YOSHLI VOLEYBOLCHILARDA O‘YIN CHIDAMKORLIGINI ERTA YOSHDAN BOSHLAB RIVOJLANTIRISH USTUVORLIGI
Voleybolda o‘yin chidamkorligini erta yoshdan boshlab rivojlantirish ustuvorligiga qaratilgan metodikasi ishlab chiqildi. Bu metodikani 13–14 yoshli voleybolchi qizlar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlar uchun tuzilgan, ammo umumiy yondashuv boshqa yosh guruhlari uchun ham moslashtirilishi mumkin. Voleybolda o‘yin chidamkorligini erta yoshdan rivojlantirish muhim hisoblanadi. Erta yoshdagi voleybolchi sportchilarda o‘yin davomida yuqori darajada jismoniy va ruhiy barqarorlikni, ya’ni o‘yin chidamkorligini shakllantirish va bosqichma-bosqich rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
2025-08-31
