"Yangi O'zbekiston pedagoglari axborotnomasi" is an open access, peer-reviewed international journal that publishes original research and review articles related to diverse areas. The main objective is to offer an intellectual platform to the international scholars and it aims to promote interdisciplinary studies in applied sciences. All manuscripts must be prepared in Uzbek, English or Russian languages and subject to a rigorous peer-review process.
Published: 2025-12-06
Articles
O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGIDA FOLKLORIZMLARNING O‘RGANILISHI
Mazkur maqolada milliy adabiyotga xos xalq og‘zaki ijodining beqiyos ijobiy o‘rni, ijodkorlarning folklor namunalaridan foydalanish mahorati, folklorizmlarning tadqiqi masalalari va o‘zbek adabiyotshunosligida folklorizmning jiddiy o‘rganilishi kabi zaruriy masalalar yoritilgan.
2025-12-05
IELTS XALQARO TEST TIZIMI VA UNING MAKTAB O‘QUVCHILARIGA INGLIZ TILINI O‘QITISHDAGI AHAMIYATI
Maqolada IELTS xalqaro test tizimining maktab o‘quvchilariga ingliz tilini o‘qitish jarayoniga ta’siri va ahamiyati tahlil qilinadi. IELTS va CEFR standartlari o‘rtasidagi muvofiqlik ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, IELTS talablarining o‘qitish metodikasiga ta’siri (kommunikativ yondashuv, tanqidiy fikrlash) asoslanadi va maktab o‘quvchilarini ushbu talablarga tayyorlashdagi asosiy muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltiriladi.
2025-12-05
FANDA METOD VA METODOLOGIYA TUSHUNCHALARINI O'QITISHDA “KEYS-STADI” METODINING AHAMIYATI
Ushbu maqolada ta'lim jarayonida metod va metodologiya tushunchalarini o'qitishda "keys-stadi" metodidan foydalanishning samaradorligini o'rganishga bag'ishlangan
2025-12-08
ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ХИЗМАТЛАРИ ФАОЛИЯТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
Мақолада ички ишлар органлари ҳуқуқбузарликлар профилактикаси хизматлари фаолиятини такомиллаштириш хусусида фикр юритилиб, мазкур фаолиятни янада самарали ташкил этишга оид таклифлар ҳамда тавсиялар билдирилган.
2025-12-08
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI MURAKKAB MASALALAR YECHISHGA O‘RGATISH METODIKASI
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini murakkab matematik masalalarni yechishga o‘rgatishning samarali metodikasi, pedagogik yondashuvlar va amaliy tavsiyalar keltiriladi. Maqola o‘qituvchilar, metodistlar va pedagogik ish bilan shug‘ullanuvchilar uchun qo‘llanma vazifasini bajaradi
2025-12-08
GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASHISHNING USULLARI VA METODOLOGIYASI
Ushbu ilmiy-huquqiy maqola giyohvandlikka qarshi kurashishning Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan asosiy usullari va metodologiyasini tahlil qiladi. Tadqiqotda jinoiy-huquqiy taʼsir, profilaktika, davlat nazorati va ijtimoiy reabilitatsiya kabi kompleks choralar koʻrib chiqilgan. Jinoyat Kodeksi va “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonun misolida amaldagi mexanizmlar baholanib, kurashish samaradorligini oshirish boʻyicha aniq huquqiy takliflar ishlab chiqilgan.
2025-12-10
MORAL ISSUES AND MOTIVE OF LONELINESS IN "KITE RUNNER" AND "THOUSAND SPLENDID SUNS" BY KHALED HOSSEYNI
This article explores the themes of moral dilemmas and the motive of loneliness in Khaled Hosseini's “The Kite Runner” and “A Thousand Splendid Suns”. The paper analyzes how loneliness is not merely an emotional state but a driving force behind the characters' moral choices and actions. In “The Kite Runner”, Amir's internal struggle with guilt and the loneliness he experiences as a result of his betrayal of Hassan becomes central to his journey of redemption. In “A Thousand Splendid Suns”, the loneliness of Mariam and Laila, shaped by societal oppression and personal trauma, motivates their moral decisions, leading to acts of self-sacrifice and solidarity. The article argues that in both novels, loneliness acts as a catalyst for personal growth, moral reckoning, and the pursuit of redemption. Through a close examination of Hosseini's characters, the paper highlights how loneliness can push individuals to confront their past, rebuild relationships, and ultimately find meaning in their lives.
2025-12-10
THE WOMEN CHARACTERISTICS IN ENGLISH AND UZBEK LITERATURE (SIMILARITIES AND DIFFERENCES)
This article provides a comparative analysis of women’s characteristics in English and Uzbek literature across various historical periods. It examines how female characters have been portrayed, how cultural, religious, and social contexts have shaped their identities, and what similarities and differences can be observed between the two literary traditions. The study highlights the evolution from traditional, idealized female roles to more independent, psychologically complex, and socially active portrayals.
2025-12-10
BOLALARDA MATNNI TUSHUNISH JARAYONIDA VIZUAL FIKRLASH XARITALARINING (MIND MAP) TA’SIRI
Ushbu maqolada bolalarda matnni tushunish jarayonida vizual fikrlash xaritalarining (Mind Map) ahamiyati va samaradorligi yoritiladi. Mind Map — o‘quvchilarga matndagi asosiy g‘oyalarni aniqlash, ularni tartibga solish va munosabatlarini ko‘rsatish imkonini beradigan vizual vosita sifatida tushuntiriladi. Tadqiqot davomida Mind Map texnikasining nazariy asoslari, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida qo‘llash mexanizmi va amaliy natijalari tahlil qilindi. Mazkur strategiya matnni tushunish darajasini oshirish, bolalarning mustaqil fikrlash va o‘z-o‘zini baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tajribalar orqali Mind Map qo‘llashning afzalliklari va dars jarayonida uchraydigan qiyinchiliklar aniqlanib, metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.
2025-12-10
YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA RAQAMLASHTIRILGAN MA’MURIY XIZMATLARNING HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI VA BOSHQARUV MODELI
Ushbu maqolada yo‘l harakati xavfsizligi sohasida ma’muriy xizmatlarni raqamlashtirishning dolzarbligi, mavjud tashkiliy-huquqiy muammolar, normativ baza talablari va ularni modernizatsiya qilish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Shuningdek, elektron davlat xizmatlari, avtomatlashtirilgan nazorat tizimlari, ma’lumotlar integratsiyasi va YHXB faoliyatida raqamli boshqaruv mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi. Maqolada shuningdek raqamli infratuzilmani mustahkamlash, axborot xavfsizligini ta’minlash va fuqarolarga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi va ularning samaradorligi oshiriladi.
2025-12-12
DAVLAT APPARATI FAOLIYATINING ASOSIY PRINSIPLARI
Ushbu maqolada davlat apparati faoliyatining – qonuniylik, demokratizm, hokimiyatlarning bo‘linishi, javobgarlik, shaffoflik va oshkoralik, davlat apparatining yagonaligi, professionalism hamda maqsad va vazifalarning umumiyligi prinsiplari haqida fikrlar ilgari surilgan.
2025-12-15
VOYAGA YETMAGANLARGA JINSIY TAJOVUZ SODIR ETUVCHI SHAXSLAR(PEDOFILLAR)NI NAZORAT QILISH MEXANIZMLARI: AQSH TAJRIBASI
Mazkur maqolada voyaga yetmaganlarni zo‘rlash yoki nomusiga tegish jinoyatlarini sodir etuvchi shaxslar, jumladan pedofillarni nazorat qilishning huquqiy, tashkiliy va amaliy mexanizmlari AQSH tajribasi misolida kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda pedofiliya tushunchasining ilmiy-huquqiy mazmuni, jinsiy jinoyat sodir etuvchi shaxslarni aniqlash, ro‘yxatga olish, probatsiya va postpenitensiar nazorat qilish, elektron monitoring hamda reabilitatsiya choralarining samaradorligi yoritilgan. AQSHda joriy etilgan Sex Offender Registration and Notification Act (SORNA), Megan’s Law kabi huquqiy mexanizmlar hamda Bureau of Justice Statistics ma’lumotlari asosida pedofillarni nazorat qilish tizimining amaliy natijalari tahlil qilingan. Shuningdek, jamoatchilik ishtirokidagi profilaktika, bolalar xavfsizligini ta’minlash va takroriy jinoyatlarni oldini olishda ilg‘or xorijiy tajribani milliy amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish sohasida ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
2025-12-15
5E MODELI VA INTERFAOL TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TABIIY FANLARNI O‘QITISHNING O‘QUVCHILAR ILMIY IJODIY SALOHIYATIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada 5E modeli (Engage, Explore, Explain, Elaborate, Evaluate) asosida tabiiy fanlarni o‘qitishning samaradorligi, xususan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ilmiy-ijodiy salohiyatini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotda interfaol texnologiyalar — raqamli laboratoriyalar, simulyatsiyalar, STEAM yondashuvi, kuzatuv, tahlil va ijodiy fikrlash kompetensiyalariga ta’siri o‘rganildi. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” g‘oyasi asosida, ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlar joriy etishning ilmiy-amaliy ahamiyati yoritildi. Xorijiy tadqiqotlar, jumladan J. Bybee (2014), A. Wilson (2020), va OECD (2022) tomonidan keltirilgan 5E modelining o‘quvchilarda analitik va kreativ fikrlashni rivojlantirishdagi natijalar tahlil qilindi.
2025-12-16
KIBERJINOYATLAR VA ULARNING MAHALLA DARAJASIDA PROFILAKTIKASI: AXBOROT SAVODXONLIGI VA INTERNET XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH
Maqolada kiberjinoyatlar va ularning mahalla darajasida oldini olish muammosi tahlil qilingan. Internetdan keng foydalanish bilan birga, kiberfiribgarlik, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash va kiberbulling holatlari ortayotgani qayd etilgan. Muallif mahalla darajasida axborot savodxonligini oshirish, internet xavfsizligi bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish va profilaktika inspektorlarini raqamli xavfsizlik yo‘nalishida tayyorlash zarurligini ta’kidlaydi
2025-12-16
YUZ-JAG‘ JARROHILIGIDA TRAXEYANI INTUBATSIYA QILISH USULLARINI TANLASH.
Yuz-jag‘ jarrohligida traxeyani intubatsiya qilishning to‘g‘ri usulini tanlash bemor xavfsizligini ta’minlash va jarrohlik amaliyotini uzluksiz olib borishning eng muhim bosqichlaridan biridir. Bu sohada yuz, jag‘, bo‘yin va nafas yo‘llarining anatomik xususiyatlari, shuningdek travma yoki shish tufayli nafas yo‘llarining torayishi intubatsiya jarayonini murakkablashtiradi. Shu bois, anesteziolog bemorning yoshi, umumiy holati, patologiya turi, operatsiya hajmi va kutilayotgan qiyinchiliklarni hisobga olgan holda mos usulni tanlashi zarur.Fibriooptik intubatsiya, retro-mandibulyar yondashuv orqali intubatsiya, videolaringoskopiya, submandibulyar yoki nazotraxeal intubatsiya kabi usullar turli klinik vaziyatlarda samarali qo‘llaniladi. Har bir usulning o‘z afzalliklari va xavf omillari mavjud bo‘lib, ularni chuqur tahlil qilish bemorda asoratlarni oldini olishga yordam beradi.
2025-12-17
KIBERXAVFSIZLIK VA TIBBIY MA’LUMOTLARNI HIMOYA QILISH
Ushbu maqolada tibbiy ma’lumotlarni raqamli muhitda himoya qilishning zamonaviy usullari, xususan, kiberxavfsizlikning asosiy tamoyillari, shifrlash texnologiyalari, autentifikatsiya mexanizmlari hamda sog‘liqni saqlash tizimlarida uchraydigan kiberxavflar tahlil etiladi. Maqolada shaxsiy sog‘liq ma’lumotlarining maxfiyligi, yaxlitligi va mavjudligini ta’minlashning dolzarb masalalari yoritilib, elektron tibbiy kartalar, telemeditsina platformalari va ma’lumotlar bazalarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot, shuningdek, xalqaro standartlar va huquqiy me’yorlarning tibbiy axborotni himoya qilishdagi o‘rnini ochib beradi hamda samarali xavfsizlik strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar beradi..
2025-12-18
TARBIYA FANIDA KALOM ODOBINING MA’NAVIY-PEDAGOGIK PARADIGMASI: HADISLAR ASOSIDA AXLOQIY QARORLAR VA KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISH
Ushbu maqola Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining kalom (so‘zlashish) odobiga oid pedagogik qarashlarini tahlil qiladi. Tadqiqotda so‘z odobi orqali bolaning axloqiy qarorlarini qabul qilishi, kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishi va ijtimoiy-emotsional o‘sishi jarayoni o‘rganiladi. Shayxning fikrlariga muvofiq, tilning har bir harakati inson ruhiy salomatligi va axloqiy pozitsiyasini aks ettiradi. Hadislar asosida so‘z odobining tarbiyaviy ahamiyati, pedagogik yondashuvlar va zamonaviy metodikalar bilan uyg‘unligi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari yosh avlodda og‘zaki muloqot madaniyati, tinglash va so‘zga mas’uliyat kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi
2025-12-19
QISHLOQ XO‘JALIGI TERMINLARI VA LINGVOMADANIY BIRLIKLAR.
Ushbu maqola lingvokulturologiya fanining mohiyatini, xususan, til va madaniyatning o‘zaro aloqasi hamda til birliklarida milliy-madaniy xususiyatlarning aks etishini ko‘rib chiqildi. Shuningdek, maqolada badiiy matn shunchaki voqea bayoni emas, balki xalqning milliy-madaniy qadriyatlari, urf-odatlari va dunyoqarashini o‘zida mujassam etgan "tirik oyna" ekanligi ta'kidlanadi. Yozuvchi qo‘llagan tasviriy vositalar (o‘xshatishlar, metaforalar, maqol va iboralar) asarning badiiyligini oshirish bilan birga, unga chuqur milliy-madaniy mazmun bag‘ishlashi va bunday matnlarning o‘zbek millatining tafakkur tarzini avloddan-avlodga yetkazuvchi bebaho meros sifatida lingvokulturologik nuqtai nazardan tadqiq etilishi zarurati asoslanadi
2025-12-22
