«Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar: Muammolar va yechimlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-11-07
Статьи
QISHLOQ XO‘JALIGIDA BARQAROR RIVOJLANISHGA O‘TISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
barqaror qishloq xo‘jaligi - bu iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy resurslardan oqilona foydalanish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlovchi tizimdir. Aholi sonining o‘sishi bilan birga qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talab ortib borayotgani sababli suv va agrokimyoviy vositalardan haddan tashqari foydalanish salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Ushbu maqolada barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish yo‘nalishlari, AKT imkoniyatlaridan samarali foydalanish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash masalalari tahlil qilinadi.
2025-11-06
BLOCKCHEYN TEXNALOGIYASI TUSHUNCHASI VA BLOKCHEYN ASOSIDAGI HUQUQIY XIZMATLAR
Ushbu maqolada blokcheyn texnologiyasining mohiyati va uning huquqiy xizmatlarda qo‘llanilishi yoritiladi. Blokcheyn — markazlashmagan ma’lumotlar tizimi sifatida — yuridik jarayonlarda shaffoflik, ishonchlilik va o‘zgarmaslikni ta’minlaydi. Tadqiqot davomida blokcheyn asosidagi huquqiy xizmatlarning turlari, xususan smart-shartnomalar, dalillarni blokcheynga joylashtirish va davlat boshqaruvida undan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu texnologiyaning huquqiy muammolari, xalqaro me’yoriy tajribalar va tartibga solish mexanizmlari ham ko‘rib chiqiladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, blokcheyn huquq sohasida ishonchni oshirish va inson omilini kamaytirish orqali yuridik xizmatlarning sifatini oshiradi. . Shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish, davlat va xususiy sektor hamkorligini rivojlantirish, kadrlar tayyorlash va fuqarolarni xabardor qilish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
2025-11-07
SHARQ MADANIYATINI O‘RGANISHDA ARAB TILINING ROLI
Ushbu maqola «Sharq madaniyatini o‘rganishda arab tilining roli» mavzusiga bag‘ishlangan. Unda arab tilining tarixiy rivojlanishi, uning madaniyat, ilm‑fan va gumanitar sohalardagi o‘rni, hamda ayniqsa yoshlar va ta’lim sohasida gumanitar fanlar kontekstida tutgan ahamiyati ko‘rib chiqiladi.
2025-11-10
BOSHQARUV VA MENEJMENTNING ADEKVAT IQTISODIY ASOSI
Menejmentning maqsadlari va vazifalari ishlab chiqarish va tijorat ko‘lamlarini o‘sishi va rivojlanganligi sari uzluksiz ravishda murakkablashadi. Bajarilagan vazifalar va mo’ljallangan maqsadlarga erishilganligi bozorda baholanadi.
2025-11-10
IDIOMALARNING ZAMONAVIY INGLIZ TILIDAGI O‘ZGARISHLARI VA YANGILANISHI
Ushbu maqolada muallif ingliz tilidagi o ‘zgarishlari va yangilanishini tahlil qilgan va misollar bilan dalillab ilmiy qarashlari bilan asoslagan.
2025-11-11
TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA MARKETINGNING AHAMIYATI
Ushbu tezisda turizm sohasini rivojlantirishda marketingning ahamiyati tahlil qilindi. Marketing turizmning samarali faoliyat yuritishi, raqobatbardoshlikni ta'minlash va manzillar imidjini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Ishda raqamli marketing, brending, iqtisodiy o‘sish va barqaror turizmga oid masalalar ilmiy jihatdan ko‘rib chiqildi. Shuningdek, marketingning mahalliy iqtisodiyotga qo‘shgan hissasi va zamonaviy texnologiyalar yordamida turizmni targ‘ib etish yo‘llari yoritildi. Tadqiqot natijalari turizm sohasida marketing strategiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
2025-11-11
ALOHIDA EHTIYOJLI BOLALAR BILAN TA’LIM-TARBIYAVIY JARAYONNI TASHKIL ETISH
Zamonaviy jamiyatning muhim vazifalaridan biri alohida ehtiyojli bolalarga g‘amxo‘rlik qilish va ularga birinchi navbatda inklyuziv ta’limni joriy etish orqali sifatli ta’lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir. Ma’lumki, bolalar xulq-atvori bilan bir-biridan farq qiladi. Har kimning o‘z qobiliyati va qiziqishi bor. Shaxsni tarbiyalash va yaxshi bolalar jamoasini yaratishda eng yaxshi natijalarga erishish uchun pedagog bolalarning individual xususiyatlarini o‘rganishi va tushunishi kerakligi haqida ushbu maqolada metodik tavsiyalar berilgan.
2025-11-11
TIJORAT BANKLARIDA RISK BOSHQARUVI TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur ilmiy ishda O‘zbekiston tijorat banklarida risk boshqaruvi tizimini takomillashtirish masalalari nazariy va amaliy jihatdan o‘rganilgan. So‘nggi yillarda bank sektorida kapital yetarliligi, likvidlik, aktivlar sifati hamda raqamli xizmatlar ulushining oshishi bilan birga kredit, operatsion, bozor va kiberxavfsizlik risklari hajmi ham ortib borayotgani ta’kidlanadi. Shu sababli tijorat banklarida risk-menejment tizimini xalqaro standartlar — Basel III talablari, IFRS 9 ECL modeli va uch pog‘onali himoya konsepsiyasiga muvofiq ravishda modernizatsiya qilish zarurati asoslab beriladi.
2025-11-12
IKKINCHI TILNI O‘RGANISH ORQALI BOLALARDA MUSTAQIL VA IJODIY FIKRLASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
Ikkinchi tilni o‘rganish bolalarda nafaqat lingvistik ko‘nikmalarni rivojlantirishga, balki mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishga ham xizmat qiladi. Mustaqil fikrlash bolalarga o‘z o‘rganish jarayonini boshqarish, yangi bilimlarni tahlil qilish va ulardan samarali foydalanish imkonini beradi, ijodiy fikrlash esa muammolarga noodatiy yondashish, yangi g‘oyalar yaratish va o‘z ifodalarini erkin yetkazishga yordam beradi. Ushbu tezis ikkinchi tilni o‘rgatish jarayonida bolalarda mustaqil va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik strategiyalarni tahlil qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, interaktiv mashqlar, loyiha ishlari va reflektiv vazifalarni darsga integratsiya qilish nafaqat tilga bo‘lgan qobiliyatni oshiradi, balki bolalarning intellektual va kognitiv rivojlanishiga ham katta hissa qo‘shadi.
2025-11-12
PORTFEL INVESTITSIYALARNI RIVOJLANTIRISH ASOSIDA ASOSIY KAPITALGA INVESTITSIYALARNI MOLIYALASHTIRISH
Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy kapitalga investitsiyalarni moliyalashtirish mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atlarini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Asosiy kapital bu ishlab chiqarish jarayonining moddiy asosini tashkil etuvchi binolar, inshootlar, mashina va uskunalar, texnologik tizimlar majmuasidir. Ularning samarali ishlashi, yangilanishi va modernizatsiya qilinishi investitsion faoliyat bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu nuqtayi nazardan, portfel investitsiyalarini rivojlantirish asosiy kapitalni moliyalashtirishda muhim moliyaviy manba sifatida qaraladi.
2025-11-14
O‘ZGAN ETNOTOPONIMINING ETIMOLOGIK TADQIQI XUSUSIDA
Farg‘ona vodiysining Qoradaryo sohilida joylashgan eng qadimgi shahar nomlaridan biri O‘zgandir (hozirgi Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh viloyatiga tegishli). Arxeologlarning aniqlashicha, O‘zganning qadimiy qatlamlari miloddan avvalgi II-I asrlarga oid bo‘lib, astionim dastlab X asr yozma manbalarida – arab sayyohlari Istaxriy, Ibn Xavqal, Muqaddasiy, as-Sam’oniy asarlari va “Hudud ul-olam” da O‘zgand // Yuzkand tarzida [1; 2; 3; 4], fors tilida yaratilgan XV-XVI asr yodgorligi “Tarixi Rashidiy” da esa O‘zgand // O‘zjand shaklida uchraydi [5].
2025-11-14
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ДИАГНОСТИКЕ НРАВСТВЕННОГО РАЗВИТИЯ ЛИЧНОСТИ СТУДЕНТА
В статье раскрываются особенности внедрения цифровых технологий в процесс диагностики нравственного развития личности студентов педагогических вузов. Автор рассматривает современные формы онлайн-диагностики, включая анкетирование, психологическое тестирование и интерактивные кейсы, а также их влияние на повышение качества педагогического анализа нравственных качеств будущих учителей. Анализируются преимущества и ограничения цифровых инструментов, обосновывается необходимость сочетания традиционных и инновационных подходов. Делается вывод о том, что цифровая диагностика может стать не только способом оценки, но и фактором формирования нравственной саморефлексии у студентов.
2025-11-17
JAMIYATDA OBYEKTIV ADOLAT ME’YORI, MOHIYATI PRINSIPLARI
Mazkur maqolada ijtimoiy adolatning iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy sohalardagi obyektiv va subyektiv jihatlari tahlil qilinib, unda iqtisodiy adolatning ta’minlanishi insonning moddiy farovonligi va siyosiy faolligini oshirishi, siyosiy prinsiplarga amal qilinishi esa shaxsning siyosiy yetukligini shakllantirishi ko‘rsatib o‘tilgan.
2025-11-17
MOLIYA ORGANLARIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA HISOBOTINI TASHKIL ETISH TARTIBI TAKOMILLASHTIRISH
Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimi — moliya organlarining eng muhim boshqaruv va nazorat vositasidir. Moliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalarida buxgalteriya hisobini zamonaviylashtirish nafaqat ichki moliyaviy nazoratni kuchaytiradi, balki byudjet daromadlari va xarajatlari ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish imkonini ham yaratadi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston moliya tizimida raqamli boshqaruv, avtomatlashtirilgan hisob dasturlari va ochiq hisobot tizimlarini joriy etish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonlar jahon miqyosidagi tendensiyalarga uyg‘un bo‘lib, davlat moliya boshqaruvida shaffoflik, natijadorlik, xalqaro standartlarga moslik va inson kapitalini rivojlantirishni asosiy ustuvor yo‘nalish sifatida belgilamoqda.
2025-11-17
ALGEBRA VA SUN’IY INTELLEKT ORASIDAGI UZVIY BOG’LIQLIK
Ushbu maqolada algebra fanining asosiy tushunchalari — matritsalar, vektorlar, funksiyalar va tenglamalar — sun’iy intellekt algoritmlarining matematik asosi sifatida tahlil qilinadi. Neyron tarmoqlar, optimallashtirish jarayonlari va ma’lumotlarni qayta ishlash usullarida chiziqli algebra va boshqa algebraik modellarning o‘rni yoritiladi. Maqola algebra va sun’iy intellekt o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ilmiy asoslar orqali ko‘rsatib, ushbu fanlararo yo‘nalishning ahamiyatini ochib beradi.
2025-11-17
BOG‘CHA YOSHIDAGI BOLALARNING JISMONIY RIVOJLANISHINING PSIXOFIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada bog‘cha yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanish jarayoni, suyak va mushak tizimining o‘zgarishi, yurak-qon tomir hamda nafas olish organlarining shakllanish xususiyatlari tahlil etilgan. Tadqiqot davomida bolalarning jismoniy rivojlanishida tabiiy omillar bilan bir qatorda pedagogik va psixologik sharoitlarning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, bolalarda skelet tizimining to‘g‘ri shakllanishi, yurak faoliyati va o‘pkaning rivojlanishi uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan.
2025-11-18
AHOLI TURMUSH FAROVONLIGI
Aholi turmush farovonligi — shaxslarning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan xavfsiz, barkamol va qoniqarli hayot tarzini yuritishi imkoniyatidir. Bu tushuncha faqatgina daromad yoki mahsulot hajmi bilan emas, balki inson kapitali, salomatlik, ta’lim, bandlik va ijtimoiy adolat kabi omillarni ham o‘z ichiga oladi. Zamonamizda an’anaviy iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari bilan cheklanib qolmasdan, odamlar yashash sifatining mustahkamlanishiga yo‘naltirilgan siyosat markazida turmoqda. Shu ma’noda, O‘zbekistonda ham davlat strategiyalari — xususan, “Inson qadri uchun” tamoyili asosida — aholining turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan.
2025-11-18
DIAGRAMA VA GRAFIKLAR BU-RAQAMLI DUNYONING TILI
Ushbu maqolada raqamli axborot taqdimotining yetakchi ko‘rinishlari bo‘lgan diagramalar va grafiklarning zamonaviy kommunikatsiyadagi o‘rni tahlil qilinadi. Raqamlashuv jarayonida vizual axborotning ulushi ortgani sari ushbu vositalarni to‘g‘ri talqin qilish mediasavodxonlikning muhim tarkibiga aylanmoqda. Tadqiqotda diagramalar va grafiklarning asosiy turlari, ularning informatsion samaradorligi, statistik ma’lumotlar bilan ishlashdagi ahamiyati hamda manipulyatsiya xavflari yoritiladi. Shuningdek, vizual ma’lumotlarni anglashda matematik fikrlashning tutgan o‘rni, tanqidiy tahlil ko‘nikmalarining zarurligi ham ilmiy asosda ko‘rsatib beriladi. Maqola mediasavodxonlik va matematika integratsiyasining dolzarbligini ochib berib, axborot xurujlari kuchaygan davrda vizual xabarlarni ongli qabul qilishga yordam beradi.
2025-11-18
EXERCISE FOR THE MIND: HOW PHYSICAL ACTIVITY IMPROVES MENTAL HEALTH
Physical activity is widely known for its benefits to the body, such as improving cardiovascular health, strength, and endurance. However, recent research shows that exercise also has a profound impact on mental health. Regular physical activity can reduce stress, anxiety, and depression, improve mood, and enhance cognitive functions. For students, professionals, and anyone living a busy life, exercise is not just a physical tool—it is a powerful way to maintain mental well-being.
2025-11-19
YURİDİK FAOLİYATDA SUN’İY İNTELLEKT ASOSİDA HUQUQİY HUJJATLAR TAHLILI
Mazkur ilmiy maqola yuridik faoliyatda sun’iy intellekt ( keyingi o‘rinlarda - SI) texnologiyalarining huquqiy hujjatlar tahlilini avtomatlashtirishdagi o‘rni va samaradorligini keng qamrovda tahlil qiladi. So‘nggi yillarda dunyo miqyosida raqamli texnologiyalar, ayniqsa SI asosidagi tizimlar huquq sohasida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ular huquqiy tahlil jarayonlarini soddalashtirish, inson omiliga bog‘liq xatolarni kamaytirish hamda vaqt va resurslarni tejashda muhim vosita sifatida qo‘llanilmoqda. Tadqiqotda xorijiy tajriba, xususan, Germaniya, Rossiya, Koreya mamlakatlarida qo‘llanilayotgan LegalTech yechimlari bilan O‘zbekiston amaliyoti qiyosiy tahlil qilindi. Shuningdek, maqolada SIning yuridik faoliyatdagi etik, huquqiy va amaliy muammolari hamda kelajakdagi rivojlanish istiqbollari yoritildi. Maqolaning ilmiy yangiligi shundan iboratki, unda SI vositalarining nafaqat hujjatlar tahlilida, balki qaror qabul qilish jarayonida ham o‘rni chuqur tahlil etilgan. Natijada, O‘zbekiston huquq tizimida SI texnologiyalarini joriy etish uchun zarur bo‘lgan konseptual yondashuvlar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-11-19
THE ROLE OF MOTIVATION IN LEARNING FOREIGN LANGUAGES
Motivation plays a crucial role in the process of learning foreign languages. It determines how much effort a learner puts into mastering a new language and how long they stay committed to their goals. In today’s globalized world, where multilingual communication is essential, understanding what drives learners is more important than ever. This article explores the main types of motivation, including intrinsic and extrinsic factors, and discusses their influence on students’ performance. It also highlights the role of teachers, classroom environment, and technology in sustaining learners’ motivation and helping them achieve success in foreign language acquisition.
2025-11-19
BEVOSITA METOD (DIRECT METHOD)
Ushbu maqolada ingliz tilini dolzarbligi, bu tilni o‘rganish uchun qanday metodlardan foydalanish kerakligi va shu metodlar qatorida Bevosita metodi (Direct Method) haqida to‘liq ma’lumotlar beriladi. Bu metodning asosiy prinsiplari –dars jarayonida ona tilidan foydalanmaslik, tilni tabiiy muhitda o‘rgatish, og‘zaki nutqni ustuvor rivojlantirish, so‘z va iboralar bevosita predmet yoki harakat orqali tushintirish kabi jihatlar yoritib beriladi. Maqolada bevosita metodning afzalliklari bilan bir qatorda uning cheklovlari ham ko‘rib cbiqilib, zamonaviy ta’lim jarayonida qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi.
2025-11-19
O‘ZBEKISTONDA INSON RESURSLARINI SAMARALI BOSHQARISHDA SUN’IY INTELLEKTNING O‘RNI VA ISTIQBOLLARI
Ushbu maqolada O‘zbekistonda inson resurslarini samarali boshqarishda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining ahamiyati, ularni amaliyotga joriy etish jarayonlari hamda istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Shuningdek, mahalliy va xorijiy olimlarning fikr-mulohazalari asosida SIning HR sohasidagi afzalliklari, imkoniyatlari va cheklovlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, SI texnologiyalarini IRB tizimiga chuqur integratsiya qilish O‘zbekiston korxonalarida samaradorlikni oshirish, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va boshqaruv madaniyatini takomillashtirishga xizmat qiladi.
2025-11-19
ELEKTRON DAVLAT XIZMATLARI VA ULARNING TRANSFORMATSIYASI
Ushbu maqolamda O`zbekiston Respublikasida elektron davlat xizmatlari tizimining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va raqamli transformatsiya jarayoni tahlil qilinadi. Shuningdek, davlat boshqaruvining samaradorligini oshirish, fuqarolar uchun qulaylik yaratish va korrupsiyani kamaytirishdagi elektron xizmatlarning o`rni yortilgan.
2025-11-19
АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ СОҲАСИДАГИ ЖИНОЯТЛАРНИ ТЕРГОВ ҚИЛИШДА ЭЛЕКТРОН МАЪЛУМОТ ВА УЛАРНИ ТАШУВЧИ ВОСИТАЛАРНИНГ АҲАМИЯТИ
Ҳозирги замон жамиятида ахборот технологияларининг жадал ривожланиши жиноятчиликнинг янги шаклларини вужудга келтирди. Киберфирибгарлик, онлайн-экстремизм, хакерлик ҳужумлари ва рақамли шантаж каби жиноятлар сони йилдан-йилга ошиб бормоқда. Бу эса ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари олдида мураккаб вазифаларни қўймоқда – виртуал макондаги жиноятларни аниқлаш, далилларни тўплаш ва жиноятчиларни жавобгарликка тортиш.
2025-11-19
BIRINCHI JAHON URUSHI DAVRIDA TURKISTON YOQUT ROSSIYA INQILOBI
Mazkur maqolada Birinchi jahon urushi yillarida Oʻzbekiston (Turkiston oʻlkasi)ning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va uning Rossiya imperiyasi tarkibidagi siyosiy jarayonlar bilan bogʻliqligi yoritiladi. Urush natijasida yuzaga kelgan oziq-ovqat tanqisligi, soliq va majburiy mehnatning kuchayishi hamda 1916-yil qoʻzgʻoloni sabablari tahlil qilinadi. Shuningdek, 1917-yilgi Rossiya inqiloblari davrida Turkiston jamiyatida yuz bergan oʻzgarishlar, milliy ozodlik harakatlari va jadidlarning faoliyati haqida soʻz yuritiladi. Maqola o‘lkadagi inqilobiy kayfiyatning shakllanish jarayonini hamda keyingi davr tarixiy voqealariga ta’sirini ochib beradi.
2025-11-21
SUT MAHSULOTLARIDA SAQLASH MUDDATI VA SIFAT KO‘RSATKICHLARI
Ushbu maqolada sut mahsulotlarining saqlash muddati va sifat ko‘rsatkichlariga ta’sir qiluvchi asosiy omillar, saqlash texnologiyalari hamda mikrobiologik xavfsizlik talablari ilmiy asosda o‘rganildi. Tadqiqot davomida pasterizatsiya qilingan sut va yogurtning fizik-kimyoviy, organoleptik va mikrobiologik ko‘rsatkichlari saqlash davrida kuzatildi. Natijalar sut mahsulotlarining sifatini ta’minlashda harorat, qadoqlash materiali va mikroflora nazorati muhimligini ko‘rsatdi.
2025-11-21
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA EMOTSIONAL INTELEKTNI RIVOJLANTIRISH DASTURLARI VA ULARNING SAMARADORLIGI
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda emotsional intellektni shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik dasturlarning mazmuni, metodlari hamda samaradorligini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot davomida emotsional idrok, o‘z his-tuyg‘ularini boshqarish, empatiya, ijtimoiy muloqot ko‘nikmalari kabi emotsional intellekt tarkibiy qismlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar kompleksining ta’siri o‘rganildi. Eksperimental kuzatuvlar natijasida dastur asosida tashkil etilgan o‘yinlar, dramatizatsiya mashqlari, vizual va musiqiy stimullar, rolli o‘yinlar bolalarning emotsional sezgirligi va kommunikativ faolligini sezilarli darajada oshirishi aniqlandi. Shuningdek, tarbiyachi va ota-onalar hamkorligining emotsional intellektni rivojlantirishdagi muhim omillardan biri ekani isbotlandi. Tahlil natijalari ishlab chiqilgan metodik yondashuvlarning amaliy ahamiyati yuqori ekanini ko‘rsatadi hamda maktabgacha ta’lim jarayoniga integratsiya qilish uchun tavsiyalar ishlab chiqildi.
2025-11-24
DRIVING FINANCIAL SUSTAINABILITY: THE ROLE OF INNOVATION IN SECURING LONG-TERM ECONOMIC VIABILITY AND COMPETITIVE EDGE
Financial sustainability refers to the ability of an organization to operate in a manner which respects its current financial obligations while ensuring that future generations are not compromised in their ability to achieve it. This concept includes the capacity of a company to generate sufficient income to cover its operational costs, reinvest in its growth and provide yields to stakeholders, while maintaining an ethical standard and social responsibility. In this context, financial sustainability is increasingly recognized as a critical determinant of long -term organizational success and organizational resilience. It requires the integration of economic, environmental and social dimensions, which is well improved by the innovation mechanism.
2025-11-24
O’ZBEK VA INGLIZ TILIDA ZOOFRAZEOLOGIZMLAR TARJIMA TAHLILI
Mazkur tadqiqot ingliz va o‘zbek tillaridagi zooterminlar asosidao‘xshatishlarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Zootermin komponentli o‘xshatishlar hayvonlar bilan bog‘liq obrazlarni ifodalashda muhim vosita bo‘lib, madaniy xususiyatlarni aks ettiradi. Tadqiqotda har ikki til uchun zootermin o‘xshatishlarining leksik-semantik tahlili o‘tkazilib, ularning umumiylik va o‘ziga xoslik jihatlari aniqlangan. Ingliz tilidagi "as sly as a fox" yoki o‘zbek tilidagi "bo‘ri kabi och" kabi iboralar tahlil qilinib, ularning madaniy va semantik asoslari ochib beriladi. Natijalar zootermin komponentli o‘xshatishlarning tillararo tarjimada, madaniyatlararo kommunikatsiyada va lingvistik tadqiqotlarda ahamiyatini yoritadi .Ushbu maqola tilshunoslikda frazeologik birliklar va ingliz va o’zbek tillarida zoonim komponentli frazeologik birliklarning o‘rganilishi haqida so‘z boradi. Zoonim komponentli frazeologizmlar va maqollar yuzasidan tilshunos olimlarning fikrlari bildiriladi va misollar bilan asoslanadi.
2025-11-26
OKTABRMI YO OKTYABR?
Biz, o‘zbeklar, bir narsani ikki xil nomlashdan cho‘chimaymiz. “Ruchka”ni “qalam” bilan adashtiramiz, “svet o‘chdi” deb elektrga nisbatan aytamiz. Shunga o‘xshash ko‘nikmalar bizning hayotimizga shu qadar singib ketganki, endi ular haqida o‘ylamaymiz ham. Ammo so‘nggi yillarda bir narsa – bizni ancha ikkilantirib qo‘ydi: “oktabr”mi yoki “oktyabr”? Xalqimiz go‘yo ikki o‘t orasida qolgan, bir tarafda darsliklar, ikkinchi tarafda imlo lug‘ati, biri “oktabr” deydi, ikkinchisi “oktyabr”. “O‘qituvchilar-chi, ular qaysini tanlaydi?” deysizmi? Ular har safar sinfga kirar ekanlar, yurakdan chuqur nafas olib: “Bolalar, bugun 1 - oktabr mavzu… yo‘q, oktyabr…”, degan so‘zlardan o‘zlari ham hayron qolishadilar.
2025-11-26
SHAXSNING INDIVIDUAL TIPOLOGIK XUSUSIYATLARI: TEMPERAMENT, XARAKTER
Shaxsning individual tipologik xususiyatlari — temperament va xarakter — psixologik tadqiqotlarda markaziy o‘rin tutadi. Ushbu maqolada temperament va xarakter tushunchalarining nazariy asoslari, ularning biologik va ijtimoiy omillari, shuningdek ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar tahlil qilinadi. Maqolada Cloninger’ning psixobiologik modeli, temperament turlari va xarakter o‘sish mexanizmlari hamda ularning shaxs rivojiga ta’siri o‘rganiladi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, temperament tug‘ma va barqaror psixofiziologik xususiyatlar majmui bo‘lsa, xarakter ko‘proq o‘zgaruvchan va tajriba asosida shakllanadigan komponentdir. Shu ma’lumotlar shaxs psixologiyasida diagnostic va rivojlanish tadqiqotlari uchun muhim ahamiyatga ega.
2025-11-26
KONSTITUTSIYA – ERKIN VA FAROVON HAYOT GAROVI
Ushbu tadqiqot Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri tahliliga bagʻishlangan boʻlib, uning insonparvarlik, ijtimoiy adolat va farovonlikni taʼminlashdagi fundamental ahamiyatini oʻrganadi. Maqolada Konstitutsiyaning "Inson — oliy qadriyat" tamoyili huquqiy normalarga qanday singdirilgani, ijtimoiy davlat konsepsiyasining nazariy va amaliy jihatlari chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda Konstitutsiyaning fuqarolarning mehnat qilish, taʼlim olish, mulkiy huquqlari va sud-huquq tizimidagi daxlsizlik kafolatlarini kengaytirgani isbotlab beriladi. Xususan, asosiy qonunning nafaqat erkinliklarning kafolati, balki barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning poydevori ekanligi qiyosiy-huquqiy metodlar orqali asoslanadi. Tadqiqot natijalari yangi Konstitutsiyaning huquqiy madaniyatni yuksaltirish va fuqarolarning farovonlik darajasini oshirish borasidagi potentsialini baholashga xizmat qiladi.
2025-11-26
TADBIRKORLIK VA INNOVATSIYALARNI RIVOJLANTIRISHDA TA’LIM TIZIMINING O‘RNI
Ushbu maqola ta’lim tizimining tadbirkorlik va innovatsiyalarni rivojlantirishdagi strategik rolini tahlil qiladi. Maqolada ta’limning inson kapitalini shakllantirish, kreativ fikrlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, universitetlar va texnoparklar orqali startaplar va ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, raqamli ta’lim, innovatsion menejment, biznes inkubatorlar va amaliy mashg‘ulotlarning yoshlar tadbirkorligini oshirishdagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Ta’lim tizimi orqali malakali kadrlar tayyorlash, iqtisodiy rivojlanish va milliy innovatsion muhitni yaratishning o‘zaro bog‘liqligi ta’kidlangan.
2025-11-26
JAMIYATIMIZDA O’QITUVCHI SHAXSIYATI
Ushbu maqola asosan O’zbekiston Respublikasida o’qituvchi shaxsiyati va ushbu kasb egalarining jamiyatda va qonunchilikda tutgan o’rni haqida.
2025-11-26
KURSANTLARNING JISMONIY TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHDA HARBIY-AMALIY GIMNASTIKA VOSITALARINING O‘RNI
Ushbu maqolada harbiy-amaliy gimnastika vositalari asosida oliy harbiy ta’lim muassaslari kursantlarning kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun jismoniy tayyorgarligining ahamiyati, u bilan bog‘liq asosiy tushunchalar tahlil qilingan, shuningdek, o‘quv-mahg‘ulotlar jarayonida kursantlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.
2025-11-26
KODSIZ WEB-SAYT YARATISH TEXNOLOGIYALARINING O‘ZBEKISTON RAQAMLI IQTISODIYOTIDAGI ROLI VA IMKONIYATLARI
Maqolada kodsiz web-sayt yaratish texnologiyalarining O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotidagi o‘rni, afzalliklari va amaliy imkoniyatlari tahlil qilinadi. No-code platformalar yordamida web-saytlar, onlayn xizmatlar, elektron savdo maydonchalari va ta’lim resurslarini dasturlash bilimiga ega bo‘lmagan foydalanuvchilar tomonidan ham samarali yaratish imkoniyati yoritilgan. Ushbu texnologiyalarning kichik va o‘rta biznesni raqamlashtirishdagi roli, startaplar uchun tezkor prototiplashdagi qulayliklari, davlat xizmatlarini modernizatsiya qilishdagi ahamiyati hamda mehnat bozorida yangi kasblar paydo bo‘lishiga qo‘shayotgan hissasi asosli dalillar bilan izohlangan. Shuningdek, kodsiz platformalarning sun’iy intellekt, avtomatlashtirish tizimlari va API-integratsiyalar bilan uyg‘unligi O‘zbekistonning “Raqamli iqtisodiyot” strategiyasi bilan bevosita mos kelishi ta’kidlanadi.
2025-11-26
GRUPPALARNING FIZIKA FANIGA TATBIQLARI
Mazkur maqolada gruppalar nazariyasi va uning fizika faniga tatbiqlari yoritilgan. Tadqiqot davomida gruppalarning strukturalari, ularning fizik tizimlarni modellashtirishda qo‘llanilishi, simmetriya va kvant mexanikasidagi rol tahlil qilindi. Maqolada gruppalarning fizik hodisalarni tushuntirishdagi ahamiyati, matematik asoslari va amaliy qo‘llanilish imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslab beriladi.
2025-11-26
KODSIZ WEB-SAYT YARATISH TEXNOLOGIYALARINING O‘ZBEKISTON RAQAMLI IQTISODIYOTIDAGI ROLI VA IMKONIYATLARI
Maqolada kodsiz web-sayt yaratish texnologiyalarining O‘zbekiston raqamli iqtisodiyotidagi o‘rni, afzalliklari va amaliy imkoniyatlari tahlil qilinadi. No-code platformalar yordamida web-saytlar, onlayn xizmatlar, elektron savdo maydonchalari va ta’lim resurslarini dasturlash bilimiga ega bo‘lmagan foydalanuvchilar tomonidan ham samarali yaratish imkoniyati yoritilgan. Ushbu texnologiyalarning kichik va o‘rta biznesni raqamlashtirishdagi roli, startaplar uchun tezkor prototiplashdagi qulayliklari, davlat xizmatlarini modernizatsiya qilishdagi ahamiyati hamda mehnat bozorida yangi kasblar paydo bo‘lishiga qo‘shayotgan hissasi asosli dalillar bilan izohlangan. Shuningdek, kodsiz platformalarning sun’iy intellekt, avtomatlashtirish tizimlari va API-integratsiyalar bilan uyg‘unligi O‘zbekistonning “Raqamli iqtisodiyot” strategiyasi bilan bevosita mos kelishi ta’kidlanadi.
2025-11-26
TIJORAT BANKLARINI AUDIT QILISHDA AUDITNING XALQARO STANDARTLARINING O’RNI
Ushbu maqolada tijorat banklarining ichki auditida auditning xalqaro standartlaridan foydalanishning ahamiyati va afzalliklari muhokama qilinib, mamlakatimizda auditning xalqaro standartlariga o’tishning huquqiy asoslari, shuningdek, uning xorijiy investorlar uchun ochiqlikni ta’minlashdagi muhim ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan.
2025-11-26
