«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.
Published: 2025-11-26
Articles
INITIAL CHARACTERISTICS OF PATIENTS WITH POLYARTICULAR FORM OF JUVENILE RHEUMATOID ARTHRITIS
A chronic inflammatory joint disease, juvenile rheumatoid arthritis (JRA), is a major problem in modern pediatric rheumatology. The relevance of studying JRA is determined by its relatively high prevalence among other rheumatic diseases of childhood and the high incidence of early disability, which reduces the child's and parents' quality of life, leading to negative personal and social consequences [1]. Furthermore, in recent years, there has been an increase in the primary incidence of rheumatic diseases, including JRA [4]. In other words, JRA represents an important medical and social problem. It should be noted that among the variants of the disease classified under the heading of JRA, a special place is occupied by the polyarticular form, which is often characterized by a steadily progressive course and an unfavorable prognosis [2].
2025-11-25
NUTQ AKTLARINING PRAGMATIK MA’NOSI VA SEMIOTIK TALQINI
Ushbu maqolada nutq aktlarining pragmatik mazmuni va ularning semiotik talqini zamonaviy tilshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda so‘zlovchi lingvistik belgilar orqali o‘z niyatini qanday ifodalayotgani, tinglovchiga ta’sir ko‘rsatishi va kommunikativ ma’no yaratishi o‘rganiladi. Shuningdek, pragmatik kontekst, madaniy kodlar va semiotik tuzilmalar o‘zaro munosabati alohida yoritiladi. Nutq aktlarining ijtimoiy me’yorlar, kommunikativ maqsadlar va kognitiv jarayonlar ta’sirida shakllanishi ham ko‘rsatib o‘tiladi.
2025-11-25
QORA ANDIZ (INULA HELENIUM L.) O’SIMLIGINING KIMYOVIY TARKIBI VA TIBBIYOTDA QO’LLANILISHI
Dorivor o‘simliklar qadimdan insoniyat salomatligini tiklash va mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shulardan biri — qora andiz (Inula helenium L.) o‘zining ko‘p qirrali shifobaxsh xususiyatlari bilan ajralib turadi. Qadimiy yunon tabiblari va Sharq tabobati allomalari uni yo‘tal, nafas yo‘llari, ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarini davolashda qo‘llagan. Hozirgi kunda ham bu o‘simlik farmatsevtika sanoatida muhim xomashyo hisoblanadi. Mazkur tadqiqotning dolzarbligi shundaki, qora andiz asosida yangi preparatlar ishlab chiqish imkoniyatlari mavjud.
2025-11-25
SOG’LOMLASHTIRUVCHI TURIZMNING TURIZMDAGI AHAMIYATI
Mazkur ishda sog‘lomlashtiruvchi turizmning mohiyati, turlari va uning iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati yoritilgan. O‘zbekiston hududida sog‘lomlashtiruvchi turizmni rivojlantirish imkoniyаtlari, tabiiy resurslardan foydalanish hamda bu yo‘nalishning mamlakat salohiyatiga qo‘shadigan hissasi tahlil qilingan.
2025-11-25
SÓZ SHAQAPLARÍ HÁM GRAMMATIKALÍQ FORMA KÓRINISLERINIŃ SÓZLIKTEGI AŃLATLLÍWÍ
Maqalada eki tilli sózlik dúziwde leksikalıq birliklerdi grammatikalıq forma hám paradigmaları menen birge beriw zárúrligi atap ótiledi. Sózliktiń funkcional bahası sózdiń semantikalıq, morfologiyalıq hám sintaksislik táreplerin tolıq sáwlelendiriwge baylanıslılıǵı kórsetiledi. Inglis hám qaraqalpaq tillerinde sóz shaqapları, máhál, kóplik, iyelik hám dáreje formaların beriw metodikalıq qolaylıq jaratıwı tiykarlanadı.
2025-11-26
GAMIFIKATSIYA ORQALI INGLIZ TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING TIL KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH
Ingliz tilini o‘rganish jarayoni yuqori darajada motivatsiya va qiziqishni talab etadi. Gamifikatsiya, ya’ni o‘yin unsurlarini ta’lim jarayoniga kiritish orqali o‘quvchilarni rag‘batlantirish, darslarni yanada interaktiv va qiziqarli qilish imkonini beradi. Ushbu maqolada, gamifikatsiya orqali o‘quvchilarning til kompetensiyasini qanday samarali rivojlantirish mumkinligini muhokama qilamiz.
2025-11-30
“O‘ZBEKISTONDA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI EKSPORTNI MOLIYALASHTIRISHDA DAVLATNING ROLI”
Global iqtisodiy raqobat sharoitida milliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlarga samarali chiqishi mamlakat iqtisodiy barqarorligi va eksport salohiyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda eksportni targ‘ib qilish, tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy va institutsional ko‘makni kuchaytirish, tashqi iqtisodiy faoliyatda barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Eksport jarayonlari katta moliyaviy resurslar, xatarlar va logistika xarajatlarini talab qilgani bois davlatning faol ishtiroki tadbirkorlar uchun strategik ahamiyatga ega.
2025-11-30
TARJIMADA EKVIVALENTLIK TUSHUNCHASI
Ushbu maqolada tarjima nazariyasining muhim tushunchalaridan biri bo‘lgan ekvivalentlik masalasi keng yoritiladi. Tadqiqot davomida ekvivalentlik tushunchasining mohiyati, turlari hamda tarjima jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada ekvivalentlikning leksik, semantik, grammatik va pragmatik darajalari izohlanib, ularning nazariy asoslari ilmiy manbalar asosida ochib beriladi. Shuningdek, turli olimlarning ekvivalentlikka bergan ta’riflari qiyosiy tahlil qilinadi. Amaliy qismda esa asl matn va tarjima matn o‘rtasidagi moslikni ta’minlash usullari konkret misollar orqali ko‘rsatib beriladi. Maqola tarjima jarayonida ekvivalentlikni saqlash tarjima sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatishini asoslaydi hamda tarjimon uchun muhim bo‘lgan metodik tavsiyalarni taqdim etadi. Tadqiqot natijalari tarjima nazariyasi va amaliyotida ekvivalentlik tushunchasini yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
2025-11-30
ОХРАНА ПРАВА ЧАСТНОЙ ЖИЗНИ КАК СОСТАВНОГО ЭЛЕМЕНТА ЧЕСТИ И ДОСТОИНСТВА ЧЕЛОВЕКА В МИРОВЫХ КОНСТИТУЦИЯХ: ГЕНЕЗИС РАЗВИТИЯ
В тезисе автором с философской и правовой точки зрения исследуются понятие неприкосновенности частной жизни личности и вопросы ее охраны в Конституциях многих развитых государств мира. В частности, отмечается, что одним из важнейших составляющих чести и достоинства личности является право на частную жизь и ее неприкосновенность, проанализирован генезис развития в нормах Конституций положений об охране частной жизни, в том числе в информационном пространстве, при этом даны некоторые выводы и заключения.
2025-11-30
XALQARO HUQUQDA INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINING KAFOLATLARI
Ushbu maqolada xalqaro huquqda inson huquq va erkinliklarining kafolatlari, ularning huquqiy manbalari hamda himoya qilish mexanizmlari tahlil qilinadi. Insonning tabiiy va ajralmas huquqlarini ta’minlashda BMT tizimi, xalqaro sudlar va mintaqaviy tashkilotlarning vakolatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, zamonaviy global jarayonlar sharoitida inson huquqlarini himoya qilishning dolzarbligi va xalqaro hamjamiyat oldida davlatlarning majburiyatlari yuridik nuqtai nazardan asoslab beriladi.
2025-11-30
QONUNLAR IJROSI USTIDAN PROKUROR NAZORATI
Ushbu maqolada qonunlarni aniq va bir xilda amalga oshirilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokuror tushunchasi, qonunchilik ijrosi ustidan prokuror nazoratini amalga oshirish, shuningdek, tekshirish o‘tkazish va bu boradagi boshqa vakolatlari va ularning ahamiyati haqida yoritilgan.
2025-11-30
РАЗВИТИЕ ЖАНРА ТРАГЕДИИ ОТ АНТИЧНОСТИ ДО СОВРЕМЕННОСТИ
В данной статье рассматривается историческое развитие жанра трагедии от античности до современности. Анализируются особенности античной драматургии, эволюция трагического конфликта в эпоху Средневековья, Возрождения, классицизма, романтизма и реализма, а также трансформация трагедии в литературе XX–XXI веков. Особое внимание уделяется изменениям в характере героя, композиции и идеологических акцентах. Статья направлена на комплексное изучение трагедии как художественного феномена, отражающего мировоззрение человечества на разных этапах его развития.
2025-11-30
STEAM YONDASHUVI ASOSIDA NUTQNI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN MASHG‘ULOTLAR MODELI
Zamonaviy maktabgacha ta’limda nutqni rivojlantirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Nutq bolalarning fikrlash, muloqot, o‘qish va yozishga tayyorligi bilan bevosita bog‘liq. STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvi maktabgacha yoshdagi bolalarda integrativ tarzda bilim, kreativlik va nutqni rivojlantirish imkonini beradi. Ushbu tezisda STEAM yondashuvi asosida nutqni rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar modeli, uning metodik asoslari va samaradorligi batafsil tahlil qilinadi.
2025-11-30
SEZGI HUSUSIYATLARI VA QONUNIYATLARI
Ushbu maqolada sezgi jarayonining psixologik mohiyati, uning asosiy xususiyatlari hamda rivojlanishiga ta’sir etuvchi qonuniyatlar yoritiladi. Sezgi - insonning atrof-muhitdan kelayotgan ta’sirlarni qabul qilib, ularni ongli ravishda aks ettiruvchi psixik jarayon sifatida talqin qilinadi. Maqolada sezgilarning intensivligi, davomiyligi, sifat ko‘rsatkichlari, adaptatsiya, kontrast, sinesteziya kabi fenomenlar ilmiy asosda sharhlanadi. Shuningdek, sezgi mexanizmlarining fiziologik negizi, analizatorlar faoliyatidagi o‘ziga xosliklar, sezgi jarayonining individual farqlari va ularning amaliy ahamiyati keng tahlil etiladi.
2025-11-30
BILIM VA HAQIQAT: FALSAFIY YONDASHUVLAR
Ushbu maqolada falsafa tarixida markaziy o‘rin egallagan “bilim” va “haqiqat” tushunchalari falsafiy yondashuv asosida tahlil qilinadi. Bilimning mazmuni, shakllari va haqiqat bilan o‘zaro bog‘liqligi turli falsafiy oqimlar — Platon,Aristotel, Kant, pragmatizm, fenomenologiya va postmodernizm doirasida ko‘rib chiqiladi. Maqola bilim va haqiqat o‘rtasidagi farq va uyg‘unlikni aniqlashtirish, hamda haqiqatning mutlaq va nisbiy tabiati haqida bahs yuritish orqali inson tafakkuridagi bilimlar shakllanish jarayonining mohiyatini ochib berishga intiladi.
2025-11-30
HISSIYOT TUSHUNCHASI VA UNING NAZARIYASI
Ushbu maqolada hissiyot tushunchasi, uning psixologik mazmuni va inson xulq-atvorini shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Hissiyotning fiziologik va psixologik asoslari, emotsional jarayonlarning tarkibiy qismlari, hissiy kechinmalarning kuchi, davomiyligi va sifati haqida ilmiy qarashlar bayon etiladi. Shuningdek, hissiyotning klassik va zamonaviy nazariyalari — Jeyms-Lange, Kennon-Bard, Shaxter-Singer, Kognitiv baholash nazariyalari hamda evolyutsion yondashuvlar orqali emotsiyalarning kelib chiqishi va ularning funksiyalari keng yoritiladi. Maqolada hissiyotning inson ruhiy hayotidagi roli, motivatsiya, idrok, xotira va xatti-harakatlarga ko‘rsatadigan ta’siri ilmiy asoslar bilan tushuntiriladi.
2025-11-30
QOBILIYATNING PSIXOLOGIK ASOSLARI VA UNI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK YO`LLARI
Ushbu tezisda qobiliyat tushunchasining psixologik mazmuni, uning tabiiy va ijtimoiy omillar asosida shakllanishi, rivojlanish jarayoni hamda shaxs taraqqiyotidagi o‘rni keng tahlil qilingan. Qobiliyatning umumiy va maxsus turlari, zehn, isteʼdod, daholik kabi darajalari va ularning pedagogik hamda psixologik asoslari ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Maqolada qobiliyatni rivojlantirishning samarali tamoyillari, pedagogik texnologiyalar, psixologik yondashuvlar, shuningdek, maxsus pedagogika yo‘nalishidagi talabalarga amaliy tavsiyalar keltirilgan. Ushbu ish metodik qo‘llanma sifatida xizmat qiladi.
2025-11-30
PSIXOLOGIYA FANINING TARIXIY TARAQQIYOT BOSQICHLARI
Ushbu maqolada psixologiya fanining tarixiy rivojlanish bosqichlari va uning shakllanish jarayoni tahlil qilinadi. Psixologiya qadimdan inson ongini, xulq-atvorini va his-tuyg‘ularini o‘rganishga qiziqish bilan bog‘liq bo‘lib, u falsafa, biologiya va ijtimoiy fanlar bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlandi. Maqolada psixologiya fanining qadimgi davr, o‘rta asr, zamonaviy va XXI asr bosqichlari, shuningdek, har bir davrda yuzaga kelgan asosiy nazariyalar, yondashuvlar va metodologik asoslar yoritiladi. Tadqiqot natijalari psixologiya fanining o‘sishi va rivojlanishi, uning ilmiy metodlari va amaliy ahamiyatini tushunishga yordam beradi.
2025-11-30
SEZGI JARAYONINING NERV-FIZIOLOGIK ASOSLARI
Bu maqolada sezgi jarayonining nerv-fiziologik asoslari yoritilib, organizmning tashqi va ichki muhitdan kelayotgan ta’sirlarni qanday qabul qilishi va ularga qay tarzda javob shakllantirishi haqida ilmiy izoh beriladi. Sezgi jarayoni retseptorlar, nerv tolalari hamda miya po‘stlog‘i faoliyatining bir-biriga bog‘liq ishlashi orqali amalga oshadi. Retseptorlar ta’sirni birlamchi qabul qilib, uni nerv impulsi ko‘rinishida markaziy nerv tizimiga uzatadi, markaziy bo‘limlar esa kelgan signallarni qayta ishlab, anglash jarayoniga asos bo‘ladi.
2025-11-30
MUSTAQIL O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL TOPISHI VA UNING AHAMIYAT
Mustaqillik tufayli davlat boshqaruvi, iqtisodiy islohotlar, xalqaro munosabatlar va milliy o‘zlikni tiklash yo‘nalishlarida amalga oshirilgan o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Shuningdek, istiqlolning bugungi O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr yuritiladi.
2025-11-30
EKSTRARETSEPTIV, INTERORETSEPTIV, PROPRIORETSEPTIV SEZGILAR
Ushbu tezisda sezgining turlari, ekstraretseptiv, interoretseptiv, proprioretseptiv sezgilar keng yoritilgan. Sezgining inson bilish jarayonidagi o`rni , xromatik va axromatik ko`rish, organik sezgilar haqidabayon etilgan.
2025-11-30
TEMPERAMENT TUSHUNCHASI VA RIVOJLANISH TARIXI
Zamonaviy tadqiqotlar temperamentning asab tizimi faoliyati, gormonlar, shuningdek, shaxsning tarbiyaviy va madaniy muhit bilan o‘zaro ta’siri natijasida shakllanishini ko‘rsatadi.Xulosa qilib aytganda, temperament tushunchasi qadimiy ildizlarga ega bo‘lsa-da, uning ilmiy asoslangan rivojlanishi fiziologik va psixologik tadqiqotlar natijasida shakllangan. Hozirgi kunda temperament inson shaxsining individual-psixologik xususiyatlarini anglashda asosiy tushunchalardan biri sifatida e’tirof etiladi.
2025-11-30
PSIXOLOGIYA FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI. ZAMONAVIY JAMIYATDAGI AHAMIYATI
Ushbu mustaqil ishda psixologiya fanining asosiy maqsadi va vazifalari, uning nazariy va amaliy yo‘nalishlari hamda zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati yoritilgan. Maqolada psixik jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlari, shaxsning individual xususiyatlarini o‘rganish, diagnostika, korreksiya va prognozlash kabi psixologiyaning muhim funksiyalari tahlil qilinadi. Shuningdek, ta’lim, tibbiyot, ishlab chiqarish, sport va oilaviy munosabatlar sohalarida psixologiya fanining o‘rni ko‘rsatib beriladi. Ish talabalarga psixologiya fanining mazmuni va amaliy ahamiyatini tushunishda yordam berish maqsadida tayyorlangan.
2025-11-30
ONG HAQIDA TUSHUNCHA VA UNING XOSSALARI
Ushbu maqolada ong va uning xossalari tushunchasi batafsil yoritilgan. Ong: atrof - muhit va o‘z - o‘zini anglash qobilyati, shaxsiy tajribalar, fikrlar, sezgilar, xotira va irodadan tashkil topgan murakkab psixologik jarayon. U inson miyasining oliy funksiyasi bo‘lib, insonni o‘zini va dunyoni idrok etish, tahlil qilish, maqsadli harakat qilish imkonini beradi.
2025-11-30
HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYANING TADQIQOT METODLARI
Ushbu maqolada hozirgi zamon psixologiyasida qo‘llaniladigan asosiy tadqiqot metodlari yoritilgan. Zamonaviy psixologik izlanishlarda kuzatish, suhbat, so‘rovnoma, test, eksperiment kabi klassik metodlar bilan bir qatorda neyropsixologik o‘lchovlar, raqamli tahlil, kontent-tahlil, texnologiyalari asosidagi eksperimentlar va metaanaliz usullarining qo‘llanishi ko‘rsatib beriladi. Maqolada har bir metodning afzalliklari, qo‘llanish sohasi va ilmiy tadqiqotlarda tutgan o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi psixologiya fanining texnologik taraqqiyot sharoitida yangi metodologik yondashuvlarga ehtiyoj sezayotgani bilan asoslanadi. Natijada, zamonaviy psixologiyada an’anaviy va innovatsion tadqiqot metodlarining uyg‘unlashuvi ilmiy izlanishlarning samaradorligini oshirishi ta’kidlanadi.
2025-11-30
FAOLIAYATNI O‘ZLASHTIRILISHI VA MALAKALARNI EGALLASH
Ushbu maqolada faoliyatni o‘zlashtirish va malakalarni egallash jarayoni pedagogik hamda psixologik nuqtai nazardan keng yoritilgan. Faoliyatning mazmuni, tarkibiy qismlari, uni bosqichma-bosqich o‘zlashtirish mexanizmlari hamda ko‘nikma va malakalarning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan. Shuningdek, o‘quv jarayonida malaka va ko‘nikmalarning ahamiyati, ularning rivojlanish jarayonida motivatsiya, takrorlash, mustaqil mashqlar va nazoratning o‘rni atroflicha ko‘rib chiqilgan. Maqola ta’lim jarayonida shaxsning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan nazariy hamda amaliy yondashuvlarni o‘z ichiga oladi.
2025-11-30
XORIJ PSIXOLOGIYASIDA MOTIV VA MOTIVATSIYA MUAMMOSI
Ushbu maqolada xorijiy psixologiyada motiv va motivatsiya muammosining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va asosiy ilmiy yo‘nalishlari tahlil etilgan. Motiv va motivatsiya tushunchalari psixologik kategoriya sifatida inson faoliyatining ichki mexanizmlarini tushuntirishda hal qiluvchi o‘rin tutadi. Tadqiqotda G. Myurre, K. Levin, A. Maslou, D. MakKlelland, F. Xayder, A. Bandura kabi olimlarning yondashuvlari tahlil qilinib, ularning nazariy asoslari o‘zaro solishtirilgan. Shuningdek, motivatsiyaning shaxs faolligi, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘quv faoliyatining samaradorligi hamda ijtimoiy moslashuv jarayonlariga ta’siri keng yoritilgan.
2025-11-30
MULOQOT HAQIDA TUSHUNCHA. UNING PSIXOLOGIK VA IJTIMOIY MOHIYATI
Ushbu maqolada muloqot tushunchasining mazmuni, uning psixologik va ijtimoiy mohiyati, turlari hamda asosiy funksiyalari yoritilgan. Muloqotning shaxslararo aloqalarni shakllantirishdagi o‘rni, inson faoliyati vapedagogik jarayon uchun ahamiyati ilmiy-nazariy asosda tahlil qilingan. Shuningdek, muloqotning kommunikativ, interaktiv va perseptiv jihatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ochib beriladi. Maqola muloqot jarayonining samaradorligini ta’minlovchi omillarni ko‘rsatib, ta’lim jarayonida to‘g‘ri muloqotning o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sirini asoslab beradi. Tadqiqot natijalari muloqot madaniyatini rivojlantirish, kommunikativkompetensiyani oshirish hamda ijtimoiy muhitda samarali o‘zaro ta’sirnishakllantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar beradi.
2025-11-30
ISHDA INDIVID, SHAXS VA INDIVIDUALLIK TUSHUNCHALARINING PSIXOLOGIK-FALSAFIY MAZMUNI
Mazkur ilmiy ishda individ, shaxs va individuallik tushunchalarining psixologik-falsafiy mazmuni, ularning o‘zaro bocliq jihatlari hamda zamonaviy ilmiy qarashlar doirasida talqini tahlil qilinadi. Insonning biologik mavjudot sifatidagi boshlang‘ich bosqichi, uning ijtimoiy tajriba asosida shakllanadigan shaxsi va betakror ruhiy tuzilmasini ifodalovchi individualligi o‘rtasidagi tizimli munosabatlar ilmiy manbalarga tayangan holda yoritiladi.
2025-11-30
SHAXSNING MALAKA VA ODATLARI
Ushbu maqolada shaxsning malaka va odatlari, ularning shakllanish bosqichlari, psixologik mexanizmlari hamda inson faoliyatidagi ahamiyati tahlil etiladi. Malaka va odatlarning o‘zaro farqi, mustahkamlovchi omillari, yosh davrlarida shakllanishi va ta‘lim jarayonidagi roli bo‘yicha ilmiy qarashlar keltiriladi. Tadqiqot psixologiya fani doirasidagi nazariy manbalarga asoslangan bo‘lib, amaliy misollar bilan boyitilgan
2025-11-30
ILK BOLALIK DAVRIDA PISIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish jarayonining asosiy xususiyatlari yoritiladi. Bolaning nutqi, idroki, tafakkuri, emotsional holati va ijtimoiy munosabatlari qanday shakllanishi haqida izoh beriladi. Shuningdek, o‘yin faoliyatining rivojlantiruvchi ahamiyati, tarbiya va atrof - muhitning bola psixologik o‘sishiga ta’siri tahlil qilinadi. Maqola ilk bolalikning inson shaxs sifatida shakllanishidagi muhim bosqich ekanligini ko‘rsatadi.
2025-11-30
DIQQAT DIQQATNING NAZARIY ASOSLARI VA AMALIY AHAMIYATINI TAHLIL QILISH
Ushbu maqola diqqatning nazariy asoslari va amaliy ahamiyatini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Unda diqqatning uchta asosiy turi – ixtiyoriy, ixtiyorsiz va ixtiyoriydan keyingi diqqat – ularning yuzaga kelish mexanizmlari, fiziologik asoslari va insonning kognitiv jarayonlaridagi o‘rni atroflicha ko‘rib chiqiladi. Maqolada diqqatni rivojlantirishning zamonaviy metodlari va uning buzilishlariga qisqacha to‘xtalib o‘tiladi.
2025-11-30
IDROK HAQIDA TUSHUNCHA VA UNING XUSUSIYATLARI. IDROKNING PSIXOLOGIK MOHIYATI
Ushbu maqolada idrokning psixologik mohiyati, uning shakllanish jarayoni va inson bilish faoliyatidagi o‘rni yoritilgan. Idrokning asosiy xususiyatlari - yaxlitlik, mazmunlilik, barqarorlik, selektivlik, strukturalik, konstantlilik va harakatlilik kabi jihatlar ilmiy asosda tushuntirilgan. Shuningdek, idrokning turlari va unga ta’sir qiluvchi omillar ko‘rib chiqilgan. Maqola inson psixikasining muhim jihatlarini anglash, ta’lim va tarbiya jarayonlarida idrokning ahamiyatini aniqlashga xizmat qiladi.
2025-11-30
XOTIRA HAQIDA TUSHUNCHA VA UNING NERV FIZIALOGIK ASOSI
Ushbu maqolada xotira tushunchasi, uning psixalogik jarayoni sifatidagi mazmuni, bosqichlari va turlari yoritilgan. Shuningdek, xotiraning nerv-fizialogik asoslari - shartli reflekslar, sinaptik o‘zgarishlar, miyyaning tuzilmalari (gippokamp, po‘stloq qismlari, amigdala) faoliyat ilmiy asosda bayon etilgan. Xotirani mustahkamlovchi omillar ham ko‘rsatib berilgan.
2025-11-30
XAYOL JARAYONLARI VA TURLARI. UNING KOGNITIV FUNKSIYALAR BILAN ALOQADORLIGI
Mazkur maqolada xayol jarayonining psixologik mohiyati, uning kognitiv funksiyalar bilan aloqadorligi, tarixiy - nazariy talqinlari va asosiy turlari keng qamrovli tarzda yoritilgan. Xayolning faol va passiv shakllari, ijodiy va qayta yaratish xayoli, fantaziya, tush jarayonidagi xayol hamda bolalar xayolining o‘ziga xos rivojlanish xususiyatlari ilmiy manbalarga tayangan holda tahlil qilindi. Shuningdek, xayolning shaxs rivojlanishida, o‘qitish jarayonida, ijodkorlik va innovatsion fikrlashda tutgan o‘rni alohida ko‘rsatildi.
2025-11-30
KOGNITIV FAOLIYATINING FUNDAMENTAL TARKIBIY QISMI. TAFAKKUR OPERATSIYALARI
Ushbu ilmiy maqola inson kognitiv faoliyatining fundamental tarkibiy qismi boʻlgan tafakkur operatsiyalarini atroflicha tahlil qiladi. Maqolada analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, abstraksiya va konkretlashtirish kabi asosiy tafakkur operatsiyalarining mohiyati, ularning oʻzaro bogʻliqligi va aqliy jarayonlardagi funksiyalari yoritilgan. Shuningdek, mazkur operatsiyalarning taʼlim-tarbiya jarayonida, muammolarni hal qilishda, tanqidiy va kreativ fikrlashni rivojlantirishdagi beqiyos ahamiyati yoritib beriladi. Maqola tafakkur operatsiyalarini chuqurroq oʻrganish va ularni amaliyotga samarali joriy etish uchun nazariy asos boʻlib xizmat qiladi.
2025-11-30
DIQQATNING NERV-FIZIOLOGIK ASOSLARI UNING INSON MIYA FAOLIYATI BILAN BOG‘LIQLIGI
Ushbu maqolada diqqatning nerv-fiziologik asoslari, uning inson miya faoliyati bilan bog‘liqligi, qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining o‘zaro aloqasi, retikulyar formatsiya va peshona po‘stlog‘ining roli haqida batafsil ma’lumot berilgan. Diqqatning fiziologik mexanizmlarini tushunish orqali insonning bilish jarayonlarini yanada samarali boshqarish yo‘llari yoritilgan.
2025-11-30
EKSTRORETSIPTIV, INTRORETSIPTIV VA PROPIORETSEPTIV SEZGILAR
Ushbu maqolada sezgi jarayonining asosiy turlari - eksteroretseptiv, interoretseptiv va proprioretseptiv sezgilarning psixofiziologik asoslari, funksional mexanizmlari va psixologik ahamiyati yoritilgan. Mazkur sezgilarning organizmning tashqi muhitni idrok etishi, ichki fiziologik holatni nazorat qilishi hamda tana holati va harakatlarini boshqarishdagi o‘rni ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Tadqiqot sezgi turlarining neyrofiziologik bazasi, kortikal qayta ishlanish jarayonlari va ular o‘rtasidagi integrativ bog‘liqlikni ko‘rsatadi.
2025-11-30
GO‘DAKLIK DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISHDA KATTALAR BILAN EMOTSIONAL MULOQOTNING AHAMIYATI
Ushbu maqola go‘daklik davrida psixik rivojlanish jarayonida kattalar bilan emotsional muloqotning tutgan o‘rni ilmiy-nazariya jihatdan tahlil qilinadi.Go‘dak va kattalar o‘rtasidagi emotsional aloqadorlikning bola rivoji,idrok,nutq,ijtimoiylashuvi,xavfsizlik hissi va shaxs shakillanishiga ta’siri yoritiladi.Turli psixologik maktablar - L.S. Vygotskiy, D.B. Elkonin, D. Bowlby nazariyalariga tayangan holda muloqotning biologic ijtimoiy va affektiv funksiyalari asoslab beriladi.
2025-11-30
MAKTABGACHA YOSH DAVRIDA PSIXOFIZIOLOGIK TARAQQIYOTNING UMUMIY TAVSIFI
Ushbu maqolada maktabgacha yosh davri bolalarining psixofiziologik rivojlanish jarayonlari, ularning jismoniy, ruhiy, bilish va emotsional - ijtimoy ko‘nikmalarining shakllanishi haqida umumiy ilmiy tavsif beriladi. Tadqiqotda ushbu yoshda bolalarning sezgi va idrok, tafakkur, xotira, nutq, harakat hamda shaxslararo munosabatlar rivojlanishining asosiy xususiyatlari yoritiladi.
2025-11-30
O‘YIN - MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLANING YETAKCHI FAOLIYATI SIFATIDA, YOSH INQIROZI, UNING SABABLARI VA ALOMATLARI
Ushbu maqolada o‘yin faoliyatining maktabgacha yoshdagi bolalar hayotidagi o‘rni, uning shaxs shakllanishiga ta’siri hamda yosh inqirozlarining sabablari va belgilari yoritilgan. Shuningdek, bolaning psixik rivojlanishida o‘yinning ahamiyati va tarbiyaviy imkoniyatlari haqida so‘z yuritiladi.
2025-11-30
