«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» is a national online conference with open access, where review abstracts related to various fields are published. The main goal is to offer an intellectual platform for national scientists, and it aims to promote interdisciplinary research. All manuscripts should be prepared in Uzbek, English or Russian.

Published: 2025-12-24

C++ DA ODDIY MASALALARNI YECHISH ORQALI DASTURLASHNI O'RGANISH

Ushbu maqola dasturlashni C++ tilida oddiy masalalarni yechish orqali o'rganishning pedagogik va amaliy afzalliklarini tahlil qiladi. Dasturlashni o'rganish jarayonida muammoli yechimga asoslangan yondashuvning muhimligini ta'kidlaydi, bu yondashuv nazariy bilimlarni amaliy ko'nikmalarga aylantirishda asosiy rol o'ynaydi. C++ tilining tizimli dasturlash, ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash (OOD) va umumiy dasturlash paradigmalari bo'yicha kuchli asos ekanligi, shuningdek, uning xotirani boshqarish va unumdorlikni optimallashtirish imkoniyatlari sababli dasturchilar uchun qimmatli tanlov ekanligi ko'rib chiqiladi. Maqolada oddiy C++ masalalarini yechish metodologiyasi, dasturlash muhitini o'rnatish bo'yicha dastlabki qadamlar va dasturchilarda duch kelishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklarni yengish strategiyalari o'rganiladi. Maqola C++ni egallash dasturlash dunyosidagi uzoq muddatli muvaffaqiyat uchun mustahkam poydevor yaratishini xulosa qiladi.

Mahliyo Ibrohimova , Dilorom Ubaydullayeva

4-8

2025-12-23

BOSHLANGʻICH SINFLARDA TABIIY FANLARNI OʻQITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Darslarda AKT, interaktiv platformalar, AR texnologiyalari va loyihaviy yondashuvlardan foydalanish samaradorligi misollar bilan tahlil etilgan. Shuningdek, dars samaradorligini oshirish uchun o‘qituvchining roli, pedagogik yondashuvlar va mavjud to‘siqlarni bartaraf etish yo‘llari ko‘rsatib o‘tilgan.Maqola tabiiy fanlar ta’limida zamonaviy yondashuvlarni o’z ichiga oladi.

Nodira Sattarova

9-11

2025-12-23

INNOVATSION TA’LIM MUHITIDA O’QUVCHILARNING INTELLEKTUAL QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI

Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida innovatsion  texnologiyalarning o‘rni, ularning ta’lim sifatiga ta’siri, shuningdek, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini shakllantirishdagi ro’li yoritiladi. Maqolada interfaol metodlar,elektron ta’lim vositalari, integratsiyalashgan yondashuvlar va zamonaviy texnologik yechimlar haqida fikr yuritilgan. Innovatsion texnologiyalarning afzalliklari, tatbiq qilish usullari hamda ularni qo‘llashdagi dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqilgan.

Nodira Sattarova

12-15

2025-12-23

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA ANTROPONIMLARNING LEKSIK-SEMANTIK TASNIFI VA ULARNING SHAKLLANISH MANBALARI

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi antroponimlarning leksik-semantik tuzilishi, ularning shakllanish manbalari, semantik motivatsiyasi, tarixiy taraqqiyoti hamda lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy va tizimli asosda keng tadqiq etiladi. Antroponimlar shaxsni identifikatsiya qiluvchi nominativ birlik bo‘lish bilan birga, jamiyatning ijtimoiy tuzilishi, milliy mentaliteti, diniy e’tiqodlari va madaniy qadriyatlarini aks ettiruvchi murakkab semantik hodisa sifatida talqin qilinadi. Tadqiqot jarayonida ingliz va o‘zbek antroponimlarining dastlabki leksik ma’nosi, ularning vaqt o‘tishi bilan semantik o‘zgarishi, konnotativ qatlamining kengayishi hamda pragmatik funksiyalari batafsil yoritiladi. Maqola natijalari antroponimlarning faqat til tizimida emas, balki madaniyat va tafakkur doirasida ham muhim o‘rin tutishini ilmiy asosda ko‘rsatib beradi.

Ulug‘bek Ergashev

16-18

2025-12-24

XX ASR BOSHLARIDA TURKIYANING TURKISTON MUSTAQILLIGIGA QO‘SHGAN HISSASI

Mazkur maqolada XX asr boshlarida Turkiya davlatining Turkiston mintaqasida mustaqillik g‘oyalarining shakllanishi va rivojlanishiga qo‘shgan siyosiy, mafkuraviy hamda ma’naviy hissasi tahlil qilinadi. Jadidchilik harakati, Usmoniylar imperiyasi bilan aloqalar, panislomizm va panturkizm g‘oyalarining Turkiston ziyolilari ongiga ta’siri ilmiy asosda yoritilgan. Shuningdek, Turkiya tajribasining Turkiston milliy ozodlik harakatiga ta’siri ochib beriladi.

Hulkar Muqumova

19-20

2025-12-24

KONSTITUTSIYAVIY HUQUQLARNI OʻRGATISH: BOSHLANGʻICH SINFLARDA SAMARALI METODLAR

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga konstitutsiyaviy huquqlarni o‘rgatishning samarali metodlari yoritilgan. Unda o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos yondashuvlar, huquqiy ongni shakllantirishning pedagogik asoslari hamda interfaol o‘qitish usullaridan foydalanishning afzalliklari tahlil qilinadi. Maqola ta’lim jarayonida konstitutsiyaviy bilimlarni singdirishning amaliy yo‘llarini ko‘rsatadi..

Marjona Boltayeva

21-24

2025-12-24

ZAMONAVIY JAMIYATDA INSON VA JAMIYAT O‘RTASIDAGI BEGONALASHUV MUAMMOSINING FALSAFIY TAHLILI

Mazkur maqolada  begonalashuv fenomeni inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar inqirozini ifodalovchi muhim ijtimoiy-falsafiy hodisa sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda begonalashuvning mohiyati, uning ijtimoiy manbalari hamda inson ongida namoyon bo‘lish shakllari falsafiy yondashuv asosida yoritiladi.

Nabillo Eshmurodov

25-27

2025-12-25

QUYI AMUDARYO IBTIDOIY JAMOA TUZUMI TARIXSHUNOSLIGI (MUSTAQILLIK YILLARIDA)

Mazkur maqolada mustaqillik yillarida Quyi Amudaryo hududida ibtidoiy jamoa tuzumi davriga oid tarixshunoslik masalalari yoritilgan. Tadqiqotda arxeologik ekspeditsiyalar faoliyati, ularning yangi ilmiy markazlar bilan hamkorligi, shuningdek, mahalliy va xorijiy arxeologlarning olib borgan qazishma ishlari asosida olingan ilmiy natijalar tahlil qilinadi. Xususan, Tuyamuyin, Sultan Sanjar, Qushbuloq va Qarrikizil manzilgohlarida olib borilgan arxeologik izlanishlar, ularning neolit, eneolit va bronza davrlariga oid topilmalari tahlil etiladi. Shuningdek, Kalta Minor madaniyatining genezisi, Quyi Amudaryo aholisining etnik shakllanish jarayoni, tabiat-geografik sharoitlarning antropogen omillar bilan bog‘liqligi haqida olimlar qarashlari solishtirib tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida Quyi Amudaryo havzasining qadimiy madaniyati va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti bo‘yicha yangi ilmiy xulosalar ilgari surilgan.

Samandar Sultanov

28-31

2025-12-25

XORAZM ARXEOLOGIYA-ETNOGRAFIYA EKSPEDITSIYASI MATERIALLARI ASOSIDA QUYI AMUDARYO IBTIDOIY JAMOA TUZUMI TARIXSHUNOSLIGI

Maqolada mustaqillik yillarida Quyi Amudaryo mintaqasida ibtidoiy jamoa tuzumi tarixining o‘rganilishi, arxeologik manbalar asosida olib borilgan tadqiqotlar va ularning tarixshunoslikdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, Kalta Minor, Tozabo‘g‘yob va Amirobod madaniyatlarining shakllanishi, ularning bronza davri xo‘jalik faoliyati, etnik jarayonlar va tabiiy-geografik omillar bilan bog‘liqligi masalalari ilmiy jihatdan baholangan. Maqolada Xorazm arxeologiya- etnografiya ekspeditsiyasi natijalari, ibtidoiy jamiyatdan bronza davri jamiyatigacha bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, shuningdek, Xorazm Ma’mun akademiyasi tadqiqotchilarining izlanishlari tahliliy tarzda yoritilgan.

Samandar Sultanov

32-35

2025-12-25

TA’LIM JARAYONIDA TALABALARNING MUSTAQILLIK DARAJALARI

Oliy maktabdagi ta’lim jarayoni nafaqat bo‘lajak mutaxassislarning turli ijtimoiy amaliyotlar va xo‘jalik sohalari uchun kasbiy ahamiyatga ega kompetensiyalarini shakllantirishga, balki ularning shaxsiy fazilatlari va xususiyatlarini rivojlantirishga qaratilgan. Ulardan biri o‘zini o‘zi rivojlantirish va o‘zini o‘zi takomillashtirishga, kelajakdagi hayot va kasbiy faoliyatning kundalik vazifalarini hal qilishda mustaqillik va mustaqillikka bo‘lgan qobiliyat va tayyorlik hisoblanadi. Shu munosabat bilan ta’lim jarayonida ta’lim oluvchilarning mustaqilligi masalalari dolzarbligicha qolmoqda.

D.A. Saliyeva

36-39

2025-12-29

MAQSUD SHAYXZODANING "TOSHKENTNOMA" DOSTONI HAQIDA

Ushbu maqolada shoir Maqsud Shayxzodaning "Toshkentnoma" dostoni tahlil qilingan. Doston avtobiagrafik xususiyat kasb etganligi, mubolag'a va go'zal tashbehlar asar badiiyatini oshirganligi misollar orqali ko'rsatilgan.

Kamola Nizomova

40-42

2025-12-29

NASRIY ASARLARDA XARAKTER TALQINI (SHODMON SULAYMON HIKOYALARI ASOSIDA)

Maqolada adabiyotshunoslikda keng o‘rganilgan mavzulardan biri adabiy xarakter masalasiga oid ba’zi mulohazalar bildirilgan. Uning turlari va yaratish mashaqqatlari, yozuvchi badiiy mahorati, uslubining bu boradagi roli, epik tur janrlarida xarakterning ahamiyati kabi masalalarga asosli fikrlar bildirishga harakat qilindi. Zamonaviy o'zbek nasrining zabardast vakili Shodmon Sulaymon hikoyalari asosida mavzu yoritilgan. Uning xarakter yaratishdagi ijodiy yondashuviga oid tahlillar keltirilgan. Fikrlarni asoslashda atoqli adabiyotshunos olimlarning nazariy qarashlariga murojaat etilgan.

Nigora Sharipova

43-44

2025-12-29

OʻQUV-TARBIYA JARAYONIDA UMUMTA’LIM MAKTABLARI VA OILA HAMKORLIGINING AHAMIYAT

Ushbu maqolada taʼlim jarayonida maktab va oila hamkorligining o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. O‘quvchilarning intellektual, maʼnaviy-axloqiy hamda ijtimoiy rivojida ota-onalar va pedagoglar hamkorligining samaradorligi yoritib beriladi. Shuningdek, maktab va oila o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash yo‘llari hamda amaliy tavsiyalar keltiriladi va tahlil qilinadi.

Azizaxon Xakimоva

45-48

2025-12-29

UMUMTA’LIM MAKTABLARI BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA ESTETIK TARBIYANI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI

Mazkur maqolada umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida estetik tarbiyani shakllantirishning pedagogik ahamiyati yoritilgan. Estetik tarbiyaning mazmuni, vazifalari va boshlang‘ich ta’lim jarayonidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, estetik tarbiyani shakllantirishda ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik usul va vositalar haqida fikr yuritiladi. Tadqiqot natijalari estetik tarbiyaning o‘quvchilarning shaxs sifatida har tomonlama rivojlanishida muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.

Muyassar Musayeva

49-52

2025-12-29

XATIRCHI TUMANI: ILDIZLARI VA MADANIY AN’ANALAR DAVOMIYLIGI

Ushbu maqolada Navoiy viloyati Xatirchi tumani tarixining shakllanish bosqichlari, uning madaniy hayotidagi o‘ziga xos xususiyatlari va an’analar davomiyligi yoritilgan. Tadqiqotlar davomida mahalla hayotidagi qadriyatlar va urf-odatlarning zamonaviy jamiyatdagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqola Xatirchi tumani misolida tarixiy meros va madaniy qadriyatlarning uzviy bog‘liqligini ko‘rsatishga qaratilgan.

I.M. Xaydarov, Dilnoza Hayitmurodova

53-54

2025-12-29

ПРАВОВОЕ РЕГУЛИРОВАНИЕ ДОГОВОРОВ ДОЛЬЩИКА С ЗАСТРОЙЩИКОМ ПО ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВУ УЗБЕКИСТАНА

Долевое строительство является одним из ключевых механизмов привлечения инвестиций в жилищный сектор, позволяющим гражданам приобретать жилье на ранних стадиях строительства по более доступным ценам. В Узбекистане, как и во многих других странах, правовое регулирование отношений между дольщиками и застройщиками имеет первостепенное значение для защиты прав и законных интересов всех участников процесса. Настоящий тезис посвящен анализу действующего законодательства Республики Узбекистан, регулирующего договоры долевого участия в строительстве, а также рассмотрению основных аспектов судебной практики в данной сфере. Целью исследования является выявление особенностей правового регулирования, оценка эффективности существующих механизмов защиты прав дольщиков и предложение возможных направлений для дальнейшего совершенствования законодательной базы.

Бехзодбек Хакимжонов

55-58

2025-12-29

MOLIYA INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISHDA MIKROMOLIYA XIZMATLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Har qanday mamlakatning barqaror iqtisodiy rivojlanishi, avvalo, moliya infratuzilmasining samarali faoliyatiga bog‘liq. Moliya infratuzilmasi iqtisodiy tizimning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, u iqtisodiyot sub’ektlari o‘rtasida moliyaviy resurslarni taqsimlash, ulardan samarali foydalanish va iqtisodiy faollikni oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Malika Yadgarova

59-61

2025-12-29

RASMIY MULOQOTDA “MIGHT” MODAL FE’LINING VAQTGA OID EHTIMOLLIKNI IFODALOVCHI SEMANTIK - PRAGMATIK JIHATLARI

Ushbu tezisda “might” modal fe’lining rasmiy muloqotda hozirgi zamon ehtimoli, kelasi zamon ehtimoli va o‘tgan zamon ehtimolini ifodalashdagi semantik-pragmatik funksiyalari tahlil qilinadi. Tahlilda ushbu modal fe’lning har bir zamondagi ishlatilish holatlari rasmiy muloqotdan olingan misollar orqali ochib berilgan. “Might” fe’lining noaniq ehtimollikni ifodalovchi, muloyim va ehtiyotkor yondashuvni ta’minlovchi vosita sifatida rasmiy nutqdagi kommunikativ roliga alohida e’tibor qaratiladi. Tahlil natijasida “might” modal fe’li semantik jihatdan ehtimollik darajasini, pragmatik jihatdan esa xabar beruvchining pozitsiyasi, mas’uliyati va kommunikativ maqsadini ifodalashdagi muhim til vositasi ekanligi ko‘rsatib beriladi.

Nafisa Radjapova

62-64

2025-12-29

MAZHABSIZLIK YOMON YOʻL

Ushbu Bugungi kunda musulmon olamida islom niqobi ostidagi aqidaparastlik guruhlaridan tashqari yana bir tahdidning yangi qatlami namoyon boʻldiki, u ham boʻlsa mazhabsizlikka chaqiruvchilar toifadir. Afsuski, Qur’on, sunnat va salaflarga ergashish da’vosi ila chiqib, mujtahid imomlarga ergashib birdamikda yashab kelayotgan musulmon jamiyatini oʻrtasiga nizo soladigan va mazhablarni inkor qiladigan mazhabsizlikni da’vo qilayotgan kimsalar paydo boʻldi.

Inomjon Ahadov

65-67

2025-12-29

IJTIMOIY-IQTISODIY JARAYONLARNI O‘RGANISHDA STATISTIK USULLARNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o‘rganishda statistik usullarning tutgan o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Statistik ko‘rsatkichlar yordamida aholi daromadlari, bandlik darajasi, inflyatsiya, ishlab chiqarish hajmi kabi muhim iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, statistik tahlil orqali ishonchli ma’lumotlar asosida to‘g‘ri qarorlar qabul qilish, prognozlar tuzish va iqtisodiy rivojlanishni baholash masalalariga e’tibor qaratilgan. Maqolada statistik usullarning amaliy ahamiyati va ularni ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlarda qo‘llash zarurati asoslab berilgan.

Mukaddas Umarova , Suhrobbek Sa’dullayev

68-70

2025-12-29

STYLISTIC DEVICES IN ADVERTISING LANGUAGE IN THE EXAMPLE OF "COCA-COLA ADVERTISING CAMPAIGNS"

This article illustrates the use of stylistic devices in advertising language through the example of Coca-Cola advertising campaigns. The study focuses on stylistic devices such as metaphor, repetition, personification, emotional vocabulary, slogans, and rhetorical questions are employed to influence consumer perception. Coca-Cola advertisements are analyzed as a representative case due to their global reach and long-standing marketing tradition. The research highlights the persuasive and pragmatic functions of stylistic devices in shaping emotional appeal, memorability, and cultural relevance in advertising discourse. The findings demonstrate that the effective use of stylistic devices plays a crucial role in transforming a simple product into a symbolic and emotionally charged brand. This study contributes to the linguistic and stylistic analysis of advertising discourse and provides insights into the relationship between language, marketing, and consumer behavior.

Khaydarova Shoira Toxir qizi, Akramova Sarvinoz Shukurullo qizi

71-75

2025-12-29

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA ZAMONLAR KATEGORIYASI TAHLILI

Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida fe’l zamonlari kategoriyasi zamonaviy qiyosiy-typologik va funksional-semantik yondashuvlar asosida tadqiq etiladi. Tadqiqotning maqsadi har ikki til tizimida zamon kategoriyasining grammatik ifodalanish vositalari, zamon va aspekt o‘rtasidagi munosabat hamda ularning nutqdagi funksional imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida tavsifiy, qiyosiy va tahliliy metodlardan foydalanildi. Olingan natijalar ingliz va o‘zbek tillarida zamon kategoriyasi universal semantik asosga ega bo‘lsa-da, tipologik xususiyatlar sababli uning grammatik realizatsiyasi sezilarli darajada farqlanishini ko‘rsatdi.

Shoira Xaydarova , Feruzabonu Raximova

76-80

2025-12-29

INGLIZ DARSLARINI TUSHUNTIRISHDA NOVERBAL USULLAR (HARAKATLAR, IMO-ISHORALAR, RASMLAR, DRAMATIZATSIYA) SAMARADORLIGI

Ushbu maqola o‘rta maktabdagi EFL (Ingliz tilini chet til sifatida o‘rganayotgan) o‘quvchilariga ingliz darslarini tushuntirishda noverbal usullarning samaradorligini o‘rganadi. Harakatlar, imo-ishoralar, rasmlar va dramatizatsiya orqali darslarni tushuntirish o‘quvchilarning e’tiborini oshiradi, tushunishni osonlashtiradi va lug‘at hamda jumlalarni eslab qolishga yordam beradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, noverbal usullar bilan o‘qitish an’anaviy usullarga qaraganda o‘quvchilarda ko‘proq qiziqish uyg‘otadi va ingliz tilini o‘rganish jarayonini samaraliroq qiladi.

Shoira Xaydarova , Dildora Boltaboyeva

81-84

2025-12-29

O‘QUVCHILARNING SO‘Z BOYLIGINI OSHIRISHDA FLESHKARTALAR, LUG‘AT DAFTARLARI VA LEKSIK O‘YINLARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI

Mazkur maqolada xorijiy tilni o‘rganayotgan o‘quvchilarning so‘z boyligini rivojlantirish jarayonida fleshkartalar, lug‘at daftarlari va leksik o‘yinlardan foydalanish masalasi atroflicha yoritilgan. So‘z boyligi til o‘rganish jarayonining asosiy komponentlaridan biri bo‘lib, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Maqolada ushbu metodlarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati, ularning pedagogik va psixologik samaradorligi, shuningdek, amaliy mashg‘ulotlarda qo‘llash imkoniyatlari ilmiy adabiyotlar va pedagogik tajriba asosida tahlil qilingan. Bundan tashqari, metodlarning o‘zaro uyg‘unligi va kompleks qo‘llanishi orqali so‘z boyligini oshirishning samarali yo‘llari ko‘rsatib berilgan.

Shoira Xaydarova, Ibroximjon Akramov

85-87

2025-12-29

“GRAMMATIKANI VA LUG‘AT BOYLIGINI MUSTAHKAMLASHDA TEXNOLOGIYA, HAMKORLIK VA KOMMUNIKATIV AMALIYOTNING O‘RNI”

Ushbu maqolada ingliz tilini o‘qitish jarayonida grammatik bilimlar va lug‘at boyligini rivojlantirishda texnologiya vositalari, o‘quvchilar o‘rtasidagi hamkorlik hamda kommunikativ mashqlarining ahamiyati tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalar, guruh va juftlikda ishlash, shuningdek, real muloqotga asoslangan mashqlar o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini mustahkamlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Maqolada ushbu yondashuvlarning nazariy asoslari, amaliy imkoniyatlari va ularni ingliz tili darslarida samarali qo‘llash yo‘llari yoritib beriladi. Shuningdek, texnologiya va hamkorlik asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning faolligini oshirishi, grammatikani ongli o‘zlashtirishga hamda lug‘at boyligini faol nutqda qo‘llashga yordam berishi asoslab beriladi.

Shoira Xaydarova, Charosxon Davletova

88-90

2025-12-29

TIL O‘RGANISHDA INDIVIDUAL VA GURUH LOYIHALARINING MOTIVATSIYAGA TA’SIRI

Mazkur tadqiqot ta’lim jarayonida individual va guruh loyihalaridan foydalanishning o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasiga ta’sirini o‘rganishga bag‘ishlangan. Zamonaviy ta’limda o‘quvchini faollashtirish, mustaqil fikrlashga o‘rgatish va bilimlarni amaliyotda qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan, loyihaviy ta’lim individual va jamoaviy faoliyatni uyg‘unlashtirgan samarali usul sifatida e’tirof etiladi. Tadqiqot davomida individual loyihalar o‘quvchilarda shaxsiy mas’uliyat va mustaqillikni oshirishi, guruh loyihalari esa hamkorlik, muloqot va ijtimoiy faollikni rivojlantirishi aniqlangan. Olingan natijalar loyihaviy ta’limning o‘quv motivatsiyasini kuchaytirishdagi ahamiyatini tasdiqlaydi.

Shoira Xaydarova, Niginabonu Yakubova

91-97

2025-12-29

SYNTACTIC STYLISTIC DEVICES

This article explores syntactic stylistic devices, which are special ways of arranging words and sentences to create particular effects in writing and speech. It focuses on how syntax—the structure of sentences—can be used creatively to enhance meaning, emotion, and stylistic appeal. Through clear examples and analysis, the article demonstrates the role of devices such as inversion, parallelism, ellipsis, and rhetorical questions in literature and everyday communication. It highlights how these tools not only make language more expressive and engaging but also help writers and speakers convey tone, emphasis, and rhythm. The study provides a practical guide for understanding and identifying syntactic stylistic devices, making it useful for students, writers, and anyone interested in the art of language

Khaydarova Shoira Tokhir qizi, Abdurazzoqova Lobar Ikromjon qizi

98-101

2025-12-29

O‘RTA MAKTABLARDA INGLIZ TILINI O‘QITISHDA INTERFAOL USULLAR

Ushbu maqola o‘rta maktablarda ingliz tilini o‘qitishda interfaol metodlarning ahamiyati va samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada interfaol metodlar orqali o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini rivojlantirish, darslarda faollik va motivatsiyani oshirish, hamda kommunikativ kompetensiyani mustahkamlash masalalari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, guruh ishlari, juftlik ishlari, o‘yinlar, rolli mashqlar, loyiha asosida o‘qitish va texnologiyalarni qo‘llashning samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari interfaol metodlarning o‘quv jarayonini qiziqarli, mazmunli va samarali qilishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Shoira Xaydarova , Nargiza O`rolova

102-106

2025-12-29

GAMIFICATION AND GAME-BASED LEARNING: ENHANCING MOTIVATION AMONG HIGH SCHOOL STUDENTS IN ENGLISH LANGUAGE ACQUISITION

Motivation is a central factor in successful English language learning, especially in high school contexts where learners often experience anxiety, disengagement, and declining interest. To address these challenges, educational strategies such as gamification and game-based learning have gained attention for their potential to enhance learner engagement and motivation. This conceptual literature review examines how these approaches can support motivation in English language education. Drawing on Self-Determination Theory and research on language learning motivation, the article explores the use of game elements and educational games in high school classrooms. It also distinguishes between gamification and game-based learning and discusses practical implications for English teachers and mentors. The review concludes that these approaches, when applied thoughtfully, can foster learner autonomy, increase participation, and promote sustained motivation in learning English.

Khaydarova Shoira Tokhir qizi, Omonboyeva Shakhzoda Sherzod qizi

107-111

2025-12-29

O‘QUVCHILARNING FAOLLIGINI OSHIRISH MAQSADIDA MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANGAN HOLDA O‘YIN ASOSIDAGI DARSLARNI TASHKIL ETISH (KAHOOT, BAMBOOZLE, WORDWALL VA BOSHQA PLATFORMALAR)

Ushbu maqola o‘quvchilarning faolligini oshirish maqsadida multimedia vositalari orqali o‘yin asosidagi darslarni tashkil etishni tahlil qiladi. Kahoot, Wordwall, Bamboozle kabi platformalar darsni interaktiv va qiziqarli qiladi, o‘quvchilarni passiv tomoshabindan faol ishtirokchiga aylantiradi. Multimedia vositalari motivatsiyani oshiradi, tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi va darsni turli shakllarda o‘rganish imkonini beradi. Shu bilan birga, ularning samarali ishlatilishi texnologik resurslar va o‘qituvchining malakasiga bog‘liq. Natijada, o‘yin asosidagi ta’lim jarayoni an’anaviy metodlarga nisbatan o‘quvchilarni faol ishtirok etishga va mavzuni yaxshiroq anglashga rag‘batlantiradi.

Ismatulla Abdullayev , Shoira Xaydarova

112-114

2025-12-29

MATN TILSHUNOSLIGI: NAZARIY ASOSLAR VA LINGVISTIK XUSUSIYATLAR

Mazkur maqolada zamonaviy tilshunoslikning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan matn tilshunosligi tushunchasi nazariy va amaliy jihatdan atroflicha yoritilgan. Tadqiqot davomida matn tilshunosligining shakllanish tarixi, asosiy tushunchalari hamda tilni kommunikativ birlik sifatida o‘rganishdagi o‘rni tahlil qilindi. Shuningdek, matnning yaxlitligi, mantiqiy bog‘liqligi va mazmuniy izchilligini ta’minlovchi omillar — kohesiya va koherensiya masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Tadqiqot nazariy va amaliy metodlar asosida olib borildi. Nazariy qismda yetakchi tilshunos olimlarning ilmiy qarashlari tahlil qilinib, matnni lingvistik birlik sifatida talqin qilish masalalari o‘rganildi. Amaliy qismda esa oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan talabalarning va maktab o’quvchilarining yozma ishlari asosida matn tilshunosligi elementlarining ta’lim jarayonida qo‘llanishi kuzatildi va tahlil qilindi. Olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, matn tilshunosligi asosida tashkil etilgan mashg‘ulotlar talabalar yozma nutqining mantiqiyligi, ravonligi va tuzilishining yaxshilanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari matn tilshunosligini akademik yozuv, nutq madaniyati va til o‘qitish jarayoniga integratsiya qilish zarurligini asoslab beradi. Mazkur maqola matn tilshunosligini o‘rganayotgan talabalar, yosh tadqiqotchilar hamda til o‘qituvchilari uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, kelgusida ushbu yo‘nalishda olib boriladigan tadqiqotlar uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Shoira Xaydarova , Nesbali Xolmo’minova

115-118

2025-12-30

ZAMONAVIY KRIMINOLOGIYADA LATENT JINOYATCHILIK TUSHUNCHASINING SHAKLLANISHI VA NAZARIY ASOSLARI

Mazkur maqolada zamonaviy kriminologiyada latent jinoyatchilik tushunchasining shakllanish jarayoni va uning nazariy asoslari tizimli tahlil qilinadi. Tadqiqotda latent jinoyatchilik jinoyatlarning rasmiy statistikada aks etmagan, biroq jamiyatda real mavjud bo‘lgan yashirin qatlamini ifodalovchi murakkab ijtimoiy-huquqiy hodisa sifatida talqin etiladi. Maqolada ushbu tushunchaning ilmiy shakllanishida G. Kete, K. Boehme, K. Moldenhauer, V.N. Kudryavtsev, A.I. Dolgova, V.E. Eminov va boshqa kriminolog olimlarning nazariy qarashlari tahlil qilinadi.

Nodira Narbaeva

119-121

2025-12-30

O‘ZBEKISTONDA ISLOM SIVILIZATSIYASI MARKAZINI TASHKIL ETISH VA BU BORADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR

Ushbu maqolada yurtimizda muqaddas dinimizni,ulamolarimizning boy merosini o‘rganish,tarixiy obidalarni asrab avaylashga alohida e’tibor qaratilayotganini ko‘rishimiz mumkin.

Parvina Meliyeva

122-124

2025-12-30

ГИЁҲВАНД МОДДАЛАРГА ТОБЕ ШАХСЛАРНИ ДАВОЛАШ ҲОЛАТИ

Гиёҳванд моддаларга тобелик (ГМТ) — сурункали, рецидивга мойил, биопсихосоциал хусусиятга эга касаллик ҳисобланади, шу боисдан беморларга малакали тиббий-ижтимоий ёрдам тақдим этилиши ва реабилитация жараёни самарали тарзда амалга оширилиши учун ГМТ беморларининг даволаниш натижаларини таҳлил этиш ва баҳолаш муҳим илмий-амалий аҳамият касб этади.

Н.Қ. Кенжаева, С.Э. Умиров

125-126

2025-12-31

«DINNING SIYOSIY KUN TARTIBIGA QAYTISHI» VA DINIY DIPLOMATIYANING YANGI SHAKLLARI

XX asr oxiri — XXI asr boshlarida din yana siyosiy kun tartibida muhim o‘rin egallay boshladi. To‘liq sekulyarizatsiya kutilganiga qaramay, diniy g‘oyalar, institutlar va diniy yetakchilar ichki va tashqi siyosatga, ijtimoiy ziddiyatlarga hamda identiklik jarayonlariga ta’sir ko‘rsatishda davom etmoqda[1,4]. Bu «dinning qaytishi» dunyoviy tamoyillardan voz kechish emas, balki din, davlat va xalqaro munosabatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning yanada murakkablashuvi orqali namoyon bo‘lmoqda[2].

Nargiza Aminova

127-128

2025-12-31