«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Nashr qilingan: 2025-06-18
Maqolalar
BOBUR SHE’RLARIDA INSON RUHIYATI VA KECHINMALARI TASVIRI
Mazkur maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning she’riy merosida inson ruhiy holatlari va ichki kechinmalarining badiiy-estetik ifodasi tahlil qilinadi. Maqolada shoirning g’azallarida ask etgan asosiy g’oyaviy-estetik yo‘nalishlar- insoniy fazilatlar, axloqiy poklik, vatan sog’inchi, muhabbat va dunyoning o‘tkinchiligi kabi mavzular poetic struktura asosida tahlil etiladi. Mazkur tadqiqot ishida “Boburnoma”dagi lirik parchalar ham tahlil etilib, ularda shoirning ruhiy holati, ma’naviy izlanishlari hamda estetik qarashlari ifodasining o‘ziga xos jihatlari ilmiy asosda ko‘rsatib o‘tiladi.
2025-06-17
TALONCHILIK JINOYATINING TUSHUNCHASI VA TAVSIFI
Ushbu maqola talonchilik jinoyatining mohiyati, tushunchasi va tavsifini huquqiy nuqtai nazardan tahlilini, talonchilikning boshqa jinoyatlardan ajralib turuvchi xususiyatlarini, uning ochiqdan-ochiq amalga oshirilishini, jabrlanuvchining xayoti yoki sog’lig’I uchun bevosta xavfli bo’lmagan zo‘rlik ishlatish yoki shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitishga asoslangan usulini, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoiy javobgarlikni, mazkur jinoyatlarni fosh etishning kriminalistik va amaliy tahlillarini yoritib o’tgan. Talonchilik jinoyatining jamiyatda xavfsizlik va mulk daxlsizligiga salbiy ta’siri xususida xulosa qilingan.
2025-06-17
PROBLEMS OF DEFINING THE CONCEPT AND LEGAL NATURE OF CONTRACT IN THE DIGITAL ERA: FEATURES OF BLOCKCHAIN-BASED AGREEMENTS
This paper explores how the traditional concept and legal nature of contracts are being transformed in the digital era, particularly under the influence of blockchain technologies. Special attention is given to the distinctive features, enforceability, and legal challenges posed by blockchain-based contracts.
2025-06-18
O‘ZBEK MAROSIMLARI BILAN BOG‘LIQ LINGVOKULTUROLOGIK BIRLIKLAR TAHLILI
Mazkur maqolada antroposentrik tilshunoslik yo‘nalishlaridan sanaluvchi lingvomadaniyatshunoslikning asosiy tushunchalari haqida so‘z yuritiladi. Til birliklarini lingvomadaniy tahlil qilishning o‘ziga xos jihatlari yoritiladi.
2025-06-18
ZAMONAVIY IJTIMOIY-MADANIY TEXNOLOGIYALAR YOSHLAR ESTETIK TAFAKKURINI YUKSALTIRISH OMILI SIFATIDA
Mazkur tezis- maqolada zamonaviy ijtimoiy-madaniy texnologiyalarning yoshlar estetik tafakkurini shakllantirish va yuksaltirishdagi o‘rni falsafiy-estetik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Estetik tafakkur – inson tafakkurining go‘zallikka yo‘naltirilgan shakli bo‘lib, shaxsiy dunyoqarash, madaniy idrok va axloqiy pozitsiyani belgilovchi muhim omil sifatida qaraladi. Tadqiqotda raqamli madaniyat, kommunikatsion platformalar va san’at texnologiyalarining estetik ongga ta’siri baholanadi. Zamonaviy texnologiyalar estetik ongni shakllantiruvchi madaniy-ma’naviy transformatsiya vositasi sifatida talqin etiladi. Xulosa sifatida, estetik tafakkurni yuksaltirish ijtimoiy-madaniy texnologik muhit va ma’naviy qadriyatlar uyg‘unligiga bog‘liq ekani ta’kidlanadi.
2025-06-18
ALIMENT UNDIRISH TARTIBI VA QONUNCHILIK ASOSLARI
Aliment undurish masalasining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasidagi huquqiy asoslari va amaliy tartibi tahlil etildi. Asosiy e’tibor Oila kodeksining tegishli moddalari, Konstitutsiyaviy normalar hamda aliment undirishga oid sud qarorlari va ijro hujjatlari asosida ota-onalarning voyaga yetmagan farzandlarini moddiy ta’minlash majburiyatiga qaratildi. Aliment miqdorini belgilash, uni to‘lash tartibi hamda qonunchilikda belgilangan mas’uliyatlar aniq huquqiy asoslar orqali yoritib berildi. Ishda normativ-huquqiy hujjatlarga tayanilgan holda aliment instituti nazariy va amaliy jihatdan o‘rganildi.
2025-06-18
ZAMONAVIY DAVLAT BOSHQARUVIDA SIYOSIY YETAKCHILARNI BAHOLASHNINNG KONSEPTUAL ASOSLARI
Mazkur maqolada zamonaviy davlat boshqaruvida siyosiy yetakchilarning faoliyatini baholashning nazariy asoslari keltirib o‘tiladi. Bu borada bir qator olimlar va tatqiqotchilarning ishlariga tahliliy baho beriladi. Mazkur maqolada siyosiy yetakchilarning faoliyatini baholash zarurati va dolzarblik xususiyatlari ham tahlil qilinadi. Zamonaviy davlat boshqaruvida siyosiy yetakchilarning faoliyat dinamikasiga nisbatan yondashuvlar va ular asosidagi nazariy tatqiqot ishlari konteksi haqida ma’lumotlar berib o‘tiladi. Shuningdek, hozirgi vaqtda dolzarb bo‘lgan muammo siyosiy yetakchilarning asosiy konseptual strukturasini tuzish orqali amaliy faoliyat vektorlarida samaradorlik ko‘rsatkichlari haqida ham ma’lumotlar berib boriladi.
2025-06-18
QIYOSIY VA CHOG’ISHTIRMA TILSHUNOSLIK MASALALARI
Mazkur maqolada qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslikning nazariy asoslari, ularning farqli va umumiy jihatlari, shuningdek, lingvistik tadqiqotlar uchun ahamiyati tahlil qilinadi. Qiyosiy tilshunoslik turli tillarning genealogik va tipologik o‘xshashliklarini aniqlashga xizmat qilsa, chog‘ishtirma tilshunoslik ularning strukturaviy va funksional jihatlarini o‘zaro taqqoslash orqali tadqiq qiladi. Maqolada ushbu yondashuvlarning ilmiy-epistemologik asoslari va ularning zamonaviy tilshunoslikdagi o‘rni yoritib beriladi.
2025-06-18
Muhammad Alixon shaxsiyati yoritilgan manbalar tavsifi
Qo‘qon xoni Muhammad Alixonning shaxsiyati masalasi asrlar davomida bahsli masalalardan biri bo‘lib keladi. Mazkur tezisda XIX asrda Movarounnahrning siyosiy, madaniy va ijtimoiy hayotida muhim rol o‘ynagan Muhammad Alixon shaxsiyati va faoliyati tarixiy manbalar asosida keng yoritiladi. Tadqiqotda asosan “Tarixi Shohruhiy”, “Ansob as-salotin va tavorix al-xavoqin”, “Muntaxab ut-tavorix” kabi zamonasining muhim yozma manbalariga tayangan holda Muhammad Alixonning siyosiy qarashlari, ma’naviy-ma’rifiy faoliyati, shaxsiy fazilatlari, hamda u boshchilik qilgan davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat tahlil qilinadi. Muhammad Alixon Qo‘qon xonligi tarixida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan shaxs bo‘lib, uning hukmronligi davrida xonlikda ichki islohotlar, harbiy tuzumdagi o‘zgarishlar va tashqi siyosiy munosabatlar muhim bosqichga kirgan. Shu bilan birga, uning shaxsiyatiga oid tasvirlar nafaqat rasmiy tarixiy manbalarda, balki adabiy-tazkiraviy asarlarda ham o‘z aksini topgan. U haqidagi rivoyatlar va tasvirlar orqali o‘sha davr odob-axloq me’yorlari, shaxsiy tarbiya, boshqaruv kabi jihatlar ham o‘rganiladi. Tadqiqot jarayonida manbalarning tarixiy va shaxsiy jihatlari qiyosiy-tahliliy usulda o‘rganilib, Muhammad Alixon shaxsining tarixiy obrazini yaratishga xizmat qiluvchi asosiy manbalar aniqlanadi. Ushbu tadqiqot Muhammad Alixon shxasiyatini shaxsiyatini chuqur anglash, uning faoliyatiga turlicha yondashuvni shakllantirish va tarixiy manbalarning tanqidiy tahlil asosida qayta baholash imkonini beradi. Shuningdek, bu ish XIX asr o‘rtalarida Qo‘qon xonligida yuz bergan siyosiy jarayonlarni shaxs omili bilan bog‘liq holda tushunishga xizmat qiladi.
2025-06-18
German tilida so‘zlashuvchi hududlarda islomshunoslik fanining shakllanishi va uning siyosiy manfaatlar bilan aloqasi
Arabiston yarim orolida Islom dini paydo bo‘lishi arablar uchun o‘ziga xos va muhim ahamiyatga ega hodisa sifatida baholanadi. Qabilaviy hayoti va joylashuvi arablarni siyosiy jihatdan zaiflashtirgan, ularni sivilizatsiyalashgan hududlar ustidan hukmronlik qilish imkoniyatidan mahrum etgandi. Ammo islom dini paydo bo‘lishi arablarni yagona e’tiqod asosida birlashib, mustahkam jamiyatga aylana boshlashiga sabab bo‘ldi. Islom dini arablar hayotida tub burilish yasab, ularni siyosiy va ijtimoiy jihatdan yangi darajaga olib chiqdi. Qur’on nozil qilinganidan keyin arab dunyosi birlashib, yangi imperiya shakllantira oldi. Islom madaniyati paydo bo‘lishi bilan birinchi bor yozma arab madaniyati shakllandi. Islomiy tamaddun arab tilida o‘z aksini topdi va bu til ilm-fan va madaniyat tili sifatida keng tarqaldi. Biroq, Islom dini tarqalgan hududlardagi madaniy taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatishi bilan birga, ba’zi hududlarda iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarni ham keltirib chiqardi. Islom dini nafaqat diniy hayotga, balki siyosiy va iqtisodiy tizimlarga ham sezilarli darajada ta’sir o‘tkazdi. Arablar islom dini vositasida keng hududlarga tarqalib, o‘z madaniyatlarini boshqa xalqlarga singdira oldilar.
2025-06-18
“MAHBUB UL-QULUB” ASARIDA LEKSIK VA KONTEKSTUAL ANTONIMLARNING IFODALANISHI
Ushbu maqolada “Mahbub ul-qulub” asaridagi leksik va kontekstual antonimiya haqida so‘z yuritilgan bo‘lib, adibning antonimlar qo‘llash mahorati haqida fikr-mulohazalar bayon qilingan.
2025-06-18
ROVIY – SARGUZASHT ADABIYOTINING FALSAFIY KALITI
Ushbu maqolada sarguzasht adabiyotida roviy obrazining badiiy-falsafiy funksiyasi tahlil qilinadi. Ahmad A‘zamning “Ro‘yo yoxud G‘ulistonga safar” asari asosida roviyning voqealar zanjirini birlashtiruvchi, ramziy qatlamlarni ochib beruvchi va o‘quvchini real hamda xayoliy olam o‘rtasidagi chegara nuqtasiga olib boruvchi markaziy obraz sifatidagi roli yoritiladi. Roviyning subyektiv hikoyasi orqali voqealarning faqat tashqi syujeti emas, balki ularning ichki mantiqiy va falsafiy asoslari ham ochib beriladi. Maqolada roviy obrazining sarguzasht janriga xos jihatlari, uning ichki kechinmalari, ramzlar bilan ishlashi va o‘quvchida mustaqil talqin qilish zaruriyatini yuzaga keltiruvchi omil sifatidagi ahamiyati ko‘rsatib beriladi.
2025-06-18
EFFECTIVE TIPS FOR THE READING TASK IN IELTS
This article provides effective, research-based strategies to excel in the IELTS Reading task, which requires answering 40 questions from three passages in 60 minutes. Key recommendations include developing skimming and scanning skills to improve reading speed, understanding different question types for accuracy, expanding academic vocabulary and paraphrasing awareness for better comprehension, managing time efficiently during the test, and practicing with authentic IELTS materials to build familiarity and confidence. The article emphasizes that success in IELTS Reading depends not only on language proficiency but also on strategic preparation and regular practice.
2025-06-18
HOW TO MAKE YOUR STUDENTS STAY FOCUSED AND INTERESTED IN ESL CLASSES
This article explores effective strategies for maintaining focus and interest in English as a Second Language (ESL) classrooms. It emphasizes the importance of student-centered learning, interactive and varied classroom activities, and the integration of technology to enhance motivation. The article also discusses the role of clear objectives, ongoing feedback, cultural relevance, and a supportive classroom atmosphere in promoting language acquisition. Grounded in research from experts like Krashen, Dörnyei, and Nunan, the piece provides practical guidance for educators seeking to create engaging and emotionally supportive ESL learning environments.
2025-06-18
SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF THE REGULATION OF FAMILY ISSUES IN MODERN ISLAMIC SOCIETY
This study explores the scientific and theoretical underpinnings of family regulation in modern Islamic societies, highlighting the complex interplay between religious doctrine, sociocultural norms, and contemporary global influences. Grounded in Islamic jurisprudence (fiqh), the regulation of family matters—marriage, divorce, inheritance, child custody—is deeply intertwined with both classical legal traditions and emerging interpretations in light of evolving societal demands.
2025-06-19
ARAB TILINING SHAKLLANISH BOSQICHLARI
Arab tili — qadimiy va boy tarixga ega bo‘lgan til bo‘lib, uning shakllanishi va rivojlanishi uzoq davom etgan jarayon hisoblanadi. Arab tilining shakllanish bosqichlarini bilish tilning tabiati, rivojlanish tarixi va madaniy ahamiyatini chuqurroq tushunishga yordam beradi. Quyida arab tilining asosiy shakllanish bosqichlari yoritiladi.
2025-06-19
AVTOBIOGRAFIK DISKURSDA MAQOLLARNING LINGVOMADANIY AHAMIYATI
Maqolada avtobiografik diskursda maqollarning qo‘llanishi, ularning shaxsiy xotirani umumiy madaniy tajriba bilan bog‘lovchi vosita sifatida tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Maqollar avtobiografik matnlarda madaniy kod, axloqiy qadriyatlar va milliy ongni ifodalovchi vosita sifatida baholanadi.
2025-06-19
QO‘NG‘IROTLAR URUG‘INING O‘RGANILISH TARIXI
Ushbu maqola Qoʻngʻirotlar urugʻining ilmiy o‘rganilish tarixiga bag‘ishlangan. Qoʻngʻirotlar tarixi va kelib chiqishi haqida dastlabki ma’lumotlar XII-XVIII asrlarda Sharq manbalarida uchragan. XIX asrda yevropalik va rus olimlari, masalan, Vasily Bartold va Nikolay Aristov, Qoʻngʻirotlarning kelib chiqishi va siyosiy roli haqida ilmiy ishlar olib borgan. XX asrda, Sovet davrida, Qoʻngʻirotlar tarixi yanada chuqurroq tahlil qilindi, va mustaqillik davrida Markaziy Osiyo olimlari tomonidan ularning etnik va siyosiy o‘rni bo‘yicha yangi izlanishlar olib borildi. Maqolada Qoʻngʻirotlarning ilmiy o‘rganilish jarayonining asosiy bosqichlari tahlil qilinadi, ularning tarixiy roli va ilmiy tadqiqotlarda qanday yoritilganligi ko‘rsatiladi.
2025-06-19
O‘ZBEKISTON IJTIMOIY SIYOSATIDA INKLYUZIV AMALIYOT VA TASHABBUSLAR
Ushbu tezisda, O‘zbekistonda ijtimoiy siyosat doirasida amalga oshirilayotgan inklyuziv amaliyot va tashabbuslar tahlil qilingan. Unda nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar, bolalar, ayollar va yoshlarni ijtimoiy hayotga jalb etish maqsadida qabul qilingan qonunlar, ijtimoiy xizmatlar tizimi, ta’lim va sog‘liqni saqlashda inklyuzivlikni ta’minlashga qaratilgan strategik choralar yoritilgan. Shuningdek, “Mehribonlik uylari”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” kabi tizimlar orqali aholining ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan yordam va yaratilayotgan qulayliklar tahlil etiladi. Inklyuziv siyosatning ijtimoiy barqarorlik va taraqqiyotdagi o‘rni alohida ko‘rsatib berilgan.
2025-06-20
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR TAMONIDAN QO’LLAB QUVVATLANADIGAN PEDAGOGIK MODELLAR VA USULLAR
Raqamli texnologiyalar ta’lim tizimining barcha bosqichlariga jadal kirib kelmoqda. O‘quv jarayonini raqamlashtirish o‘qitish samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish va individual yondashuv asosida bilim berish imkonini bermoqda. Bugungi kunda nafaqat texnik bilimlarni, balki kreativ fikrlash, muammolarni hal qilish va muloqot ko‘nikmalarini ham shakllantirish zaruriyati yuzaga kelgan. Bunday maqsadlarga erishishda zamonaviy raqamli pedagogik modellar muhim vosita hisoblanadi.
2025-06-20
BADIIY MATNLARIDA DISKURS HOLATI
Ushbu maqola badiiy matnlarida diskurs holatiga bag`ishlanadi. Tadqiqotda ingliz tilidan o`zbek tilidagi ta`lim jarayoniga o`zlashgan so`zlarning paydo bo`lish sabablari, fonetik-morfologik moslashuvi va lug`atlardagi aks etishi o`rganiladi. Globallashuv va raqamli ta`limning pedagogik diskursga ta`siri tahlil qilinib, anglisizmlarning ta`lim muhitida qo`llanilishi va ularning o`quvchilarning til ongi shakllanishidagi roli ko`rib chiqiladi.
2025-06-20
MAKTAB O‘QUVCHILARINING PSIXOLOGIK FAROVONLIGINI TA’MINLASH: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA SAMARALI METODLAR
Mazkur maqolada maktab o‘quvchilarining psixologik farovonligini ta’minlash bo‘yicha psixologning roli, zamonaviy yondashuvlar, shuningdek, o‘quvchilarda uchraydigan keng tarqalgan psixologik muammolar va ularni hal etish usullari ko‘rib chiqiladi. Psixologik yordam jarayonida individual yondashuv, ijtimoiy-emotsional o‘rganish, guruh terapiyasi kabi samarali metodlarning ahamiyati yoritilgan. Maqola maktab psixologlari, pedagoglar va ota-onalar uchun foydali amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
2025-06-22
EXPLORING TYPES OF ANTONYMS IN UZBEK: A COGNITIVE APPROACH TO OPPOSITES IN MEANING
This paper explores how antonyms function in the Uzbek language from a cognitive linguistic perspective. Rather than viewing opposites as simple binary contrasts, the study investigates how different types of antonymy (gradable, complementary, directional, and relational) reflect deeper conceptual structures. Examples from Uzbek everyday language, idioms, and literary texts are analyzed to reveal how oppositional meaning is not only a linguistic phenomenon but also a reflection of human cognition. The article also discusses how some antonymic pairs are asymmetrical and how cultural and experiential knowledge shape which term is considered the default or dominant one. The goal is to better understand how Uzbek speakers conceptualize contrast through language.
2025-06-23
EKSPERTIZA TERGOV HARAKATINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqolada ekspertiza tergov harakatidagi ahamiyati, mavjud muammolar va uni takomillashtirish yo‘llari tahlil qilingan. Texnologiyalarni joriy etish, ekspertlarning malakasini oshirish, huquqiy asoslarni mustahkamlash hamda resurslarni yaxshilash ekspertizani yanada samarali qilishga xizmat qiladi. Bu esa jinoyatlarni aniqlash va tergov sifatini oshirishga imkon yaratadi.
2025-06-23
EKSPERTIZA TERGOV HARAKATINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqolada ekspertiza tergov harakatidagi ahamiyati, mavjud muammolar va uni takomillashtirish yo‘llari tahlil qilingan. Texnologiyalarni joriy etish, ekspertlarning malakasini oshirish, huquqiy asoslarni mustahkamlash hamda resurslarni yaxshilash ekspertizani yanada samarali qilishga xizmat qiladi. Bu esa jinoyatlarni aniqlash va tergov sifatini oshirishga imkon yaratadi.
2025-06-23
БОСҚИНЧИЛИК ВА ТАЛОНЧИЛИК ЖИНОЯТЛАРИНИНГ САБАБЛАРИ ҲАМДА СОДИР ЭТИЛИШИГА ИМКОН БЕРГАН ШАРТ-ШАРОИТЛАР
Ушбу мақолада босқинчилик ва талончилик жиноятларининг сабаблари ҳамда уларнинг содир этилишига имкон берган шарт-шароитлар таҳлил қилинади. Мақолада ушбу турдаги жиноятларнинг ижтимоий-иқтисодий ва маънавий омиллари, шунингдек, уларнинг содир этилишини осонлаштирувчи шарт-шароитлар ўрганилади. Босқинчилик ва талончиликнинг тарқалиш сабаблари ва уларни камайтириш учун амалга оширилиши керак бўлган чора-тадбирлар ҳақида фикр юритилади. Тадқиқот натижалари жиноятчиликни камайтириш ва жамоат хавфсизлигини таъминлаш йўлида амалиётда қўллаш учун муҳим аҳамиятга эга. Мақола ҳуқуқшунослар, ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари ва ижтимоий-иқтисодий муаммолар билан шуғулланувчи мутахассислар учун манфаатли бўлади.
2025-06-23
TOVLAMACHILIK JINOYATINI TERGOV QILISHDA TERGOV HARAKATLARINI O‘TKAZISHNING AYRIM JIHATLARI
Mazkur maqolada tovlamachilik jinoyatlarini tergov qilishda ko‘zdan kechirish, so‘roq qilish tergov harakati hamda yuzlashtirish tergov harakatlarining asosiy qoidalari va tartibi, uning jinoyat ishini tergov qilishdagi ahamiyati, shuningdek ushbu tergov harakatini o‘tkazishning tovlamachilik jinoyatini tergov qilishdagi o‘ziga xos xususiyati va ushbu jinoyatlarni tez va aniq ravishda ochish borasidagi fikrlar muhokama qilinadi. Muallif tovlamachilik jinoyatlarini tergov qilishda shaxsning psixologik holatini, yurish-turishi va ijtimoiy holatini e’tiborga olish kabi muhim jihatlarga e’tibor qaratgan.
2025-06-23
JINOYAT PROSESSIDA FUQAROVIY DAVO VA BOSHQA MULKIY UNDIRISHLAR
Ushbu maqolada jinoyat protsessida fuqaroviy da’vo institutining huquqiy asoslari, amaliy ahamiyati hamda boshqa mulkiy undirish shakllarining o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqotda jinoyat ishlari yuritilayotgan davrda jabrlanuvchining moddiy zarari qanday tartibda undirilishi, fuqaroviy da’vo qanday shakllarda ilgari surilishi va sud tomonidan qanday hal etilishi masalalari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, qonunchilikdagi mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar ilgari surilgan. Fuqaroviy da’vo instituti orqali jabrlanuvchining buzilgan huquqlarini tiklashda davlatning adolatparvarlik tamoyillariga asoslangan faoliyati muhim o‘rin egallashi asoslab berilgan.
2025-06-23
ЖИНОЯТ ПРОЦЕССИДА ГУВОХНИНГ ХАФВСИЗЛИГИНИ ТАЪМИНЛАШ МУАММОЛАРИ
Мазкур мақолада, одил судловни амалга оширишда жиноят процессининг муҳим иштирокчиси ҳисобланган гувоҳнинг процессуал мақоми, иш бўйича ҳақиқатни аниқлашда қонуний, адолатли ва асосли қарор қабул қилишнинг муҳим кафолати ҳисобланган гувоҳларнинг кўрсатувлари ишончлилигини таъминлаш мақсадида уларнинг хавфсизлигини таъминлаш борасидаги қонун нормаларини қўллашдаги айрим муаммолар таҳлили юритилган.
2025-06-23
ТАҚИҚЛАНГАН ЭКИНЛАРНИ ЕТИШТИРИШ ЖИНОЯТИНИ ТЕРГОВ ҚИЛИШНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
Тақиқланган экинларни етиштириш жинояти – бу қонуний қоидаларга хилоф равишда, муҳитига зарар етказиш ва ижтимоий салбий оқибатларга олиб келиши мумкин бўлган фаолият ҳисобланади. Ушбу мақолада, мазкур жиноятнинг терговини такомиллаштириш, унинг олдини олиш ва унга қарши курашишнинг самарали усуллари муҳокама қилинади. Ҳозирги кунда қонунчилик ва ҳуқуқни муҳофаза қилиш органларининг хизматлари соҳага оид қонунларнинг мукаммал амалга оширилишига қаратилган ҳолда жиноятларни аниқлаш, профилактика қилиш ва жавобгарликка тортиш механизмларини ривожлантириш учун керакли қадамлар олиб борилмоқда. Маълумотларни аниқлаш, далилларни тўплаш ва фаҳмлаш учун замонавий техникалар ва усулларни жорий қилиш ушбу жараённи такомиллаштиришнинг муҳим қисми бўлиб хизмат қилади.
2025-06-23
GIYOHVANDLIK VOSITALARI YOKI PSIXOTROP MODDALAR, ULARNING ANALOGLARI VA PREKURSORLARI BILAN NOQONUNIY MUOMALA QILISH JINOYATI
Mazkur maqolada giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlari bilan noqonuniy muomala qilishga nisbatan belgilangan jinoiy javobgarlik, ushbu jinoyatning tushunchasi va jinoiy-huquqiy tavsifi batafsil bayon etiladi. Shuningdek, ichki ishlar organlari va tergov organlari xodimlarining ushbu turdagi jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyati, ularni aniqlash va tergov qilish taktikalarini takomillashtirish jarayonida duch kelinayotgan muammolar hamda jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha samarali tavsiyalar keltiriladi.
2025-06-23
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA SO‘Z BOYLIGINI OSHIRUVCHI PRAGMATIK O‘QUV TOPSHIRIQLARI ISHLAB CHIQISH MODELI
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining so‘z boyligini kengaytirishga xizmat qiluvchi pragmatik o‘quv topshiriqlari ishlab chiqish modeli taklif qilinadi. So‘z boyligini oshirishga yo‘naltirilgan topshiriqlar o‘quvchining nutqiy faolligini oshiradi, kommunikativ kompetensiyasini shakllantiradi va ijodiy fikrlashga zamin yaratadi.
2025-06-23
TOLA UZUNLIGI VA INGICHKALIGINI LAZERLI SKANERLASH USULI BILAN ANIQLASH
Mazkur maqolada tola uzunligi va ingichkaligini aniqlashda qo‘llaniladigan zamonaviy lazerli skanerlash texnologiyasi yoritilgan. Lazer skaneri yordamida tolalarning o‘lcham parametrlari aniq, tez va kontaktsiz tarzda baholanishi, bu usulning an’anaviy metodlardan ustunligi, shuningdek, ishlab chiqarishdagi qo‘llanilishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.
2025-06-23
TURK TILLARDA O‘SIMLIK NOMLARINING QO‘LLANILISHI
o‘simliklar olami inson hayoti uchun juda muhimdir. Qadim zamonlardan beri insonlar o‘simliklardan nafaqat oziq-ovqat va dori-darmon sifatida foydalanib kelgan, balki ularning turli ehtiyojlar uchun ishlatilishi ham bu bog‘liqlikni yana-da chuqurlashtirgan. O‘simlik nomlarini yaratish nafaqat lingvistik jarayon, balki turli jamoalarning madaniy, ekologik va ijtimoiy qadriyatlarining ifodasidir. Ushbu maqolada, turkiy tillarda o‘simlik nomlarining semantik va funksional ro‘li, o‘simliklarning foydalanish, ko‘rinish va yashash muhitiga asoslanib tasniflanishi va nomlanishini yoritishga harakat qildik. Turkiy tillardagi o‘simlik nomlarini boshqa til an’analariga nisbatan solishtirish orqali, turkiy madaniyatlarning tabiatga bo‘lgan qarashlarini qanday qilib til orqali shakllantirganligini ko‘rsatadi. Tadqiqot o‘simliklarning turkiy xalqlar madaniyati va tilidagi ahamiyatini, folklor, san’at va kundalik hayotdagi ramziy ma’nolarini yoritib beradi. Turli turkiy hududlarda o‘simlik nomlari bo‘yicha o‘tkazilgan batafsil tahlil orqali, bu maqola til, madaniyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni yanada chuqurroq tushunishga hissa qo‘shadi.
2025-06-23
ADVOKATURA VA ADVOKATLIK FAOLIYATI PRINSIPLARINI TAKOMILLASHTIRISHDA SUN’IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI
Advokatlik faoliyatini rivojlantirish va uning fundamental prinsiplarini takomillashtirishda raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalari muhim imkoniyatlar taqdim etmoqda. Ushbu maqola advokatura sohasida raqamli vositalar va sun’iy intellektdan foydalanishning amaliy va nazariy jihatlarini atroflicha o‘rganadi. Xususan, huquqiy hujjatlarni avtomatlashtirish, mijozlar bilan muloqotni optimallashtirish, huquqiy tahlil va tadqiqot jarayonlarini tezkorlashtirish hamda qaror qabul qilishda sun’iy intellektning yordami tahlil qilinadi. Shu bilan birga, raqamli transformatsiyaning advokatlik faoliyatining axloqiy me’yorlari, maxfiylik va ma’lumotlar xavfsizligiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Maqola advokatura sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etish orqali huquqiy xizmatlarning sifati, samaradorligi va foydalanuvchilar uchun ochiqligini oshirishga qaratilgan istiqbolli yechimlarni muhokama qiladi, shu bilan birga ushbu jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy va axloqiy muammolarni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatadi.
2025-06-23
ISMLARNI SOTSIALINGVISTIK ASPEKTDA O’RGANISH
Ushbu tezisda o‘zbek ismlarining sotsiolingvistik xususiyatlari har tomonlama tahlil qilinadi. Unda ism tanlash jarayoniga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar — diniy e’tiqodlar, tarixiy an’analar, ijtimoiy muhit, jinsga oid lingvistik mezonlar va mintaqaviy tafovutlar o‘rganiladi. Shuningdek, zamonaviy davrda ismlarning shakllanishiga ommaviy axborot vositalari, global madaniyat va moda tendensiyalarining ta’siri alohida e’tiborga olinadi. Maqola antroponimika va sotsiolingvistika fanlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ochib berishga qaratilgan bo‘lib, ismlar orqali jamiyatdagi madaniy, ijtimoiy va psixologik jarayonlarni yoritishga harakat qiladi.
2025-06-23
RAUF PARFI SHE’RIYATI LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARINI TADQIQ ETISHDA AVTOMATIK TAHLIL USULLARIDAN FOYDALANISH
Ushbu maqolada she’riy matnlarni leksik-semantik jihatdan tahlil qilish usullari haqida to‘xtalib o‘tilgan. She’rlarning lingvopoetik tizimini avtomatik tarzda aniqlash va tasnif etish o‘rni haqida fikr yuritilgan.
2025-06-23
YOSH VOLEYBOLCHILARNI TARBIYALASHDA TAKTIK TAYYORGARLIKNING MOHIYATI, MAZMUNI VA XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada yosh voleybolchilarni sportga tayyorlash jarayonida taktik tayyorgarlikning ahamiyati, mazmuni va o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Sportchilarning o‘yindagi vaziyatni tez va to‘g‘ri tahlil qilish, to‘g‘ri qarorlar qabul qilish, jamoaviy harakatlarni muvofiqlashtirish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishda taktik mashg‘ulotlarning roli muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, maqolada yosh sportchilarning jismoniy va psixologik rivojlanish bosqichlari hisobga olingan holda, samarali taktika asoslarini o‘rgatish metodikalari tahlil qilinadi. Bu orqali o‘quv-mashg‘ulot jarayonining sifatini oshirishga, sportchilarning o‘yinga bo‘lgan yondashuvi va musobaqalardagi natijalarini yaxshilashga erishish mumkinligi asoslab beriladi.
2025-06-23
YOSH GIMNASTIKACHILARNING HAFTALIK MIKROTSIKLI BO‘YICHA DASTLABKI TAYYORGARLIK GURUHIGA MO‘LJALLANGAN DASTUR TUZISH METODIKASI
Ushbu maqolada yosh gimnastikachilarning dastlabki tayyorgarlik bosqichida haftalik mikrotsikl asosida mashg‘ulot dasturini tuzish metodikasi yoritilgan. Mikrotsikl doirasida yuklamalarni optimal taqsimlash, tiklanish va rivojlantirishni muvofiqlashtirish, hamda har bir kun uchun mashg‘ulot mazmunini aniqlash bo‘yicha ilmiy asoslangan yondashuvlar keltirilgan. Dasturda jismoniy, texnik va psixologik tayyorgarlik elementlari uyg‘unlashtirilgan holda, yosh gimnastikachilarning yoshi va tayyorgarlik darajasiga mos metodlar asosida tavsiyalar berilgan.
2025-06-23
АDVОKАT SО’RОVIGА ОID JАVОBGАRLIKNING АMАLDАGI HОLАTI VА UNING TАKОMILLАSHTIRISH YО’LLАRI
Mаzkur tezisdа аdvоkаt sо’rоvi bо‘yichа jаvоbgаrlikning hоzirgi аmаldаgi hоlаti tаhlil qilinаdi. Аdvоkаt sо’rоvlаrigа nisbаtаn qоnuniy jаvоbgаrlik mexаnizmlаri, mаvjud nоrmаtiv-huquqiy bаzаsi vа аmаliyоtdаgi muаmmоlаr о‘rgаnilаdi. Shuningdek, аdvоkаt sо’rоvining sаmаrаli vа tez оlib bоrilishimi tа’minlаsh uchun jаvоbgаrlik institutini tаkоmillаshtirish yо‘llаri, jumlаdаn, qоnunchilikni mоdernizаtsiyа qilish, nаzоrаt mexаnizmlаrini kuchаytirish vа аdvоkаt fаоliyаtining himоyаsini оshirish bо‘yichа tаkliflаr keltirilаdi. Tezisdа huquqiy jаrаyоnlаrdа аdоlаt vа оshkоrаlikni tа’minlаsh, аdvоkаt fаоliyаtining mustаqilligini mustаhkаmlаsh mаqsаdidа mаvjud kаmchiliklаrni bаrtаrаf etish muhimligi tа’kidlаnаdi. Shu bilаn birgа yurtimizdаgi hоlаt dunyоning rivоjlаngаn dаvlаtlаridаgi vаziyаtlаr bilаn tаhlil qilinib, bir qаnchа tаkliflаr ilgаri surilаdi.
2025-06-24
