«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Nashr qilingan: 2025-09-06
Maqolalar
XXI ASRDA ILMIY MANZARA: YANGI TEXNOLOGIYALAR VA GLOBAL QARASHLAR
Ushbu maqolada XXI asr ilmiy manzarasi, yangi texnologiyalar va global qarashlar yoritiladi. Axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, biotexnologiya, kosmik tadqiqotlar, qayta tiklanuvchi energiya manbalari kabi sohalardagi yutuqlar tahlil qilinadi. Shuningdek, ilm-fanning globallashuvi, xalqaro hamkorlik, ochiq ilmiy axborot almashinuvi va global muammolarni hal etishdagi ilmiy izlanishlarning ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. XXI asr ilm-fani interdisiplinarlik, nazariya va amaliyot uyg‘unligi, insoniyat taraqqiyotiga bevosita ta’siri bilan ajralib turishi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, zamonaviy ilm-fan nafaqat texnologik rivojlanishni, balki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotini ham belgilovchi asosiy omil hisoblanadi.
2025-09-08
ЎЗБЕКИСТОНДА ЖАНУБИДА ЕТИШТИРИЛГАН МАЙОРАН ЎСИМЛИГИНИНГ МОРФОБИОЛОГИК БЕЛГИЛАРИНИНГ НАМОЁН БЎЛИШИ ВА КЎК МАССА ҲОСИЛДОРЛИГИ
Мазкур мақолада Ўзбекистон жанубида интродукция қилинаётган майоран ўсимлигининг баҳорги ва кузги экиш муддатларида кўк маҳсулот олиш учун етиштириш бўйича олиб борилган тадқиқот натижалари келтирилган. Тадқиқотлар майоран ўсимлиги Ўзбекистон шароитида турли экиш муддатларида ривожланиш даврларини тўлиқ ўташи ва юқори сифатли кўкат маҳсулот ҳосил қилишини кўрсатган. Бу майоранни Ўзбекистон шароитига интродукция қилиш истиқболли эканлигидан далолат беради.
2025-09-08
КЎКАТ-САБЗАВОТ МАҲСУЛОТЛАРИНИНГ БИОКИМЁВИЙ ТАРКИБИ ВА УЛАРНИ ҚУРИТИШДАГИ ЎЗГАРИШЛАРИ
Сўнги йилларда қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини ҳам қуритувчи технологиялар орқали қуритиб сақлаш кенг йўлга қўйилмоқда. Кўкат-сабзавот маҳсулотлари ҳам бундан мустасно эмас. Кўкат-сабзавот маҳсулотларини қуритилганда улардан бой таркибга эга ажойиб зираворлар олинади. Кўкат- сабзавотларни қуритганда улардан намликнинг асосий қисми кетади. Хужайра шарбати кўп мартага кўпаяди. Шунинг учун патоген микроорганизмлар ривожланиши иложсиз ва биокимёвий жараёнлар тўхтайди.
2025-09-09
AI-POWERED DEFENSE AGAINST SQL INJECTION, XSS, AND BRUTE-FORCE ATTACKS
The rising complexity of web applications has made them increasingly vulnerable to sophisticated cyberattacks such as SQL Injection (SQLi), Cross-Site Scripting (XSS), and brute-force login attempts. While traditional security mechanisms remain essential, recent advances in artificial intelligence (AI), particularly large language models like ChatGPT, offer new possibilities for both prevention and detection. This paper explores the integration of ChatGPT into secure coding practices and penetration testing workflows. We demonstrate how ChatGPT can be prompted to detect insecure coding patterns, suggest secure alternatives, and simulate attack payloads for testing. The paper also presents comparative results from using ChatGPT to detect and patch sample SQLi, XSS, and brute-force vulnerabilities in Python-based web applications. Our findings suggest that combining AI with conventional security frameworks significantly reduces vulnerability exposure and increases system resilience.
2025-09-09
МИНТАҚАДА ТУРИЗМНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ
Ушбу тезисда Ўзбекистон минтақаларида туризмни ривожлантиришнинг ўзига хос хусусиятлари, хусусан Хоразм вилояти мисолида туризм салоҳияти, маданий мерос объектлари, экотуризм ва рекреация имкониятлари ҳамда давлат-хусусий шерикчилик доирасида амалга оширилаётган инвестиция лойиҳалари ёритилган. Туризмнинг минтақавий иқтисодиётдаги роли, аҳоли бандлигига ва турмуш фаровонлигига таъсири таҳлил қилинган.
2025-09-10
ВЛИЯНИЕ ПРИВЕРЖЕННОСТИ К АНТИРЕТРОВИРУСНОЙ ТЕРАПИИ НА ИММУНОЛОГИЧЕСКИЕ ПОКАЗАТЕЛИ У ВИЧ ИНФИЦИРОВАННЫХ ДЕТЕЙ
в исследовании изучалось влияние уровня приверженности к антиретровирусной терапии (АРВТ) на абсолютные показатели CD4+ лимфоцитов у детей с ВИЧ-инфекцией. Был проведён анализ данных 695 пациентов. Медиана CD4+ составила 516,6±10,7 кл/мкл, что соответствовало норме. В группе с низкой приверженностью нормальные показатели CD4+ отмечались лишь у 31,2% детей, тогда как у 33,9% уровень был ниже 200 кл/мкл. В группе со средней приверженностью доля нормальных значений составила 49,1% (p<0,001), при высокой — 57,2%, а количество детей с CD4+ <200 кл/мкл снизилось до 8% (p<0,001). Полученные результаты свидетельствуют о том, что высокая приверженность к АРВТ существенно улучшает иммунологическое восстановление, однако для нормализации CD4+ требуется длительное наблюдение.
2025-09-10
ИДИОМЫ И ПОЛИСЕМИЯ: ЛИНГВИСТИЧЕСКИЕ УНИВЕРСАЛИИ И НАЦИОНАЛЬНАЯ СПЕЦИФИКА
В статье рассматриваются лингвокультурологические особенности реализации полисемии идиом в английском, русском и узбекском языках. Особое внимание уделяется универсальным и национально-специфическим чертам многозначности идиом, их культурно обусловленным значениям и когнитивным моделям. Проведён сопоставительный анализ, выявлены как общие закономерности семантического развития идиом, так и уникальные черты, отражающие национальную картину мира. Результаты исследования могут быть использованы в теории перевода, межкультурной коммуникации и практике преподавания иностранных языков.
2025-09-10
СПЕЦИАЛЬНАЯ ПОДГОТОВКА ВЫСОКОКВАЛИФИЦИРОВАННЫХ СПОРТСМЕНОК В СПОРТИВНОЙ ХОДЬБЕ
Данная работа посвящена специальной подготовке высококвалифицированных спортсменок в спортивной ходьбе, рассматривающей процесс, направленный на развитие ключевых качеств. Основное внимание уделяется выносливости как важнейшему двигательному качеству, позволяющему спортсменкам эффективно выполнять физическую активность и сопротивляться утомлению. В работе также рассматриваются факторы окружающей среды, влияющие на выносливость, и оптимальные условия для тренировок. Основные аспекты подготовки включают физическую, техническую, тактическую и психологическую подготовку, а также восстановление, что подчеркивает важность комплексного подхода к тренировочному процессу.
2025-09-10
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA IQTIDORLI VA BO‘SH O‘ZLASHTIRUVCHI O‘QUVCHILAR BILAN ISHLASH METODIKASI
Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf bosqichida ta’lim olayotgan o‘quvchilarning individual salohiyatini aniqlash, iqtidorli va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni farqlash hamda ular bilan samarali ishlash metodikasi haqida fikr yuritiladi. Dars jarayonida har ikki guruh o‘quvchilarning qiziqishlari, intellektual imkoniyatlari va psixologik xususiyatlariga qarab differensial yondashuvlar asosida ta’lim tashkil etishning afzalliklari ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tuzilgan amaliy tavsiyalar ham berilgan.
2025-09-10
MEVA-SABZAVOTCHILIK EKSPORT HAJMINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH YO‘LLARI
Ushbu maqolamizda, qishloq xoʻjaligini rivojlantirishda yuqori texnologiyalardan foydalanish, resurs tejamkor texnologiyalar yordamida meva-sabzavotchilik mahsulotlarining tannarhiga ta’sir qiluvchi xarajatlarini kamaytirish orqali eksport imkoniyatlarini oshirish masalalariga to‘xtalib o‘tilgan., meva-sabzavotchilik sohasini zamonaviy ko‘rinishga olib chiqish, eksport samaradorligi bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan.
2025-09-10
SUN’IY INTELLEKT INSON TAFAKKURIGA TAHDIDMI YOKI IMKONIYAT?
Ushbu maqolada sun’iy intellektning inson tafakkuriga ta’siri, uning imkoniyatlari va ehtimoliy tahdidlari tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt texnologiyalari rivojlanishi natijasida inson aqliy faoliyatining turli jabhalariga ta’sir etayotgani, xususan, ijodkorlik, tanqidiy tafakkur va kasbiy sohalardagi oʻzgarishlar muhokama qilinadi. Shuningdek, sun’iy intellektning inson tafakkurini rivojlantirish yoki aksincha, uni zaiflashtirish ehtimoli borasida turli nazariy yondashuvlar ko‘rib chiqiladi.
2025-09-11
OROL DENGIZINING QURISHI VA UNING MINTAQAVIY EKOLOGIK MUHITGA TA’SIRI
Mazkur maqolada Orol dengizining qurib borishiga olib kelgan asosiy omillar, jumladan, sun’iy suv taqsimoti, paxtachilik siyosati va transchegaraviy suv resurslarining noto‘g‘ri boshqaruvi tahlil qilinadi. Shuningdek, dengizning qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolar – iqlim o‘zgarishi, tuproq va havo ifloslanishi, bioxilma-xillikning kamayishi keng yoritilgan. Ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar sifatida ishsizlik, migratsiya, sog‘liqni saqlash tizimidagi inqirozlar hamda aholining turmush darajasiga salbiy ta’sirlar ko‘rib chiqilgan. Maqola Orolbo‘yi fojiasi orqali mintaqaviy ekologik muvozanat va inson salomatligi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ochib beradi hamda ekologik siyosatning dolzarbligini ta’kidlaydi.
2025-09-11
IJTIMOIY-SIYOSIY TERMINLARNING TARJIMADA EKVIVALENTLIGI MASALALARI
Ijtimoiy-siyosiy terminologiya zamonaviy tarjimashunoslikda eng muhim qatlamlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Chunki siyosiy matnlar faqatgina lingvistik birliklar majmuasi bo‘lib qolmay, balki ideologik yuklama, milliy-madaniy konnotatsiya va kommunikativ-pragmatik maqsadlarni ham o‘zida mujassamlashtiradi. Shu bois ularning tarjimasi faqat lug‘aviy moslikni emas, balki madaniy va siyosiy kontekstni to‘g‘ri yetkazishni ham talab qiladi.
2025-09-15
PSIXOLOGIK MOSLASHUVCHANLIKDA MOTIVATSIYA VA QADRIYATLARNING O‘RNI
Ushbu maqolada psixologik moslashuvchanlikning mohiyati, uning shakllanishida motivatsiya va qadriyatlar tizimining o‘rni tahlil qilingan. Motivatsion omillar shaxsning yangi sharoitlarga moslashish jarayonida qanday mexanizmlar orqali ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, qadriyatlarning barqarorlik va yo‘nalish beruvchi funksiyasi yoritilgan. Zamonaviy psixologik yondashuvlar va empirik tadqiqotlar asosida motivatsiya va qadriyatlarning integratsiyalashgan ta’siri shaxsning ruhiy salomatligi va ijtimoiy moslashuviga ijobiy hissa qo‘shishi isbotlangan.
2025-09-15
ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН МАКТАБЛАРИДА ТАБИИЙ ФАНЛАРНИ ЎҚИТИШДА СУНЪИЙ ИНТЕЛЛЕКТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ ЖОРИЙ ЭТИШНИНГ САМАРАДОРЛИГИ
Қорақалпоғистонда табиий фанларнинг таълими халқ билим даражаси ва минтақавий ривожланиш учун ҳал қилувчи аҳамиятга эга. Ҳозирги кунда сунъий интеллект (СИ) технологиялари таълимда инновацион методларни жорий қилиш имкониятини беради, махсус методика ва адаптив ўқитиш воситалари ўқув жараёни самарадорлигини оширади [1]. Ушбу тезисда Қорақалпоғистон мактабларида табиий фанларни ўқитишда СИ технологияларининг самарадорлиги, уларнинг афзаллик ва камчиликлари ҳамда жорий этиш бўйича амалий тавсиялар кўриб чиқилади
2025-09-15
BADIIY SAN’ATLARGA DOIR MATERIALLARNING LEKSIKOGRAFIK MANBALARDAGI TALQINI
Ushbu tesizda badiiy san’atlarga doir materiallarning leksikografik manbalarda qanday talqin etilishi tahlil qilingan. Lug‘atlar, ensiklopediyalar va adabiy atamalar qo‘llanmalarida san’atlarning izohi, ularning tarixiy shakllanishi va adabiyotdagi qo‘llanilishi yoritib berilgan. Shuningdek, leksikografik talqinlarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati, o‘quvchilarda terminlarni to‘g‘ri tushunish, ilmiy-nazariy bilimlarni boyitish va adabiy-estetik tafakkurni rivojlantirishdagi o‘rni ko‘rsatib o‘tilgan. Raqamli texnologiyalar asosida yaratilayotgan zamonaviy elektron lug‘atlar va onlayn manbalarning samaradorligi ham alohida ta’kidlangan.
2025-09-15
THE COMMUNICATIVE SIGNIFICANCE OF LETTERS IN EPISTOLARY DISCOURSE
Epistolary discourse, traditionally associated with written correspondence in the form of letters, remains a significant mode of human communication. Despite technological advances that have transformed interpersonal interaction, the letter continues to embody distinctive communicative values such as intimacy, authenticity, and dialogical structure. This article examines the communicative significance of letters within epistolary discourse, focusing on their role as a medium for personal expression, social interaction, cultural documentation, and the construction of interpersonal relationships. Furthermore, it compares traditional letter writing with modern digital communication to highlight both continuity and transformation in communicative practices.
2025-09-17
NEFT VA GAZNI SAQLASH VA TASHISHDA ZAMONAVIY USULLAR
Ushbu maqolada neft va gazni saqlash va tashishda qo‘llanilayotgan zamonaviy usullar tahlil qilingan. Yer osti rezervuarlari, kriogen texnologiyalar, innovatsion rezervuarlar va raqamli monitoring tizimlarining afzalliklari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, quvurlar, LNG tashuvchi tankerlar, intermodal transport va raqamlashtirilgan logistika tizimlarining samaradorligi o‘rganilgan. Maqolada zamonaviy usullarning afzalliklari bilan bir qatorda, mavjud muammolar ham tahlil qilinib, istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari yoritib berilgan.
2025-09-17
YOSHLAR ORASIDA STRESS HOLATLARI VA UNI YENGISH STRATEGIYALARI
Mazkur maqolada zamonaviy jamiyatda yoshlar orasida keng tarqalgan stress holatlari, ularning psixologik va ijtimoiy sabablari, hamda ushbu holatlardan chiqishning samarali strategiyalari tahlil qilinadi. Stressning salbiy oqibatlari, xususan, ta’limdagi muvaffaqiyatsizlik, ruhiy tushkunlik, ijtimoiy muammolar va o‘ziga ishonch yo‘qolishi kabi jihatlar yoritilgan. Shuningdek, maqolada stressni yengish uchun qo‘llaniladigan psixologik maslahatlar, autogen mashqlar, sport, ijobiy fikrlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimlarining ahamiyati muhokama qilinadi. Tadqiqotda yoshlarning stressga nisbatan individual yondashuvlari va ularning hayot sifatiga ta’siri o‘rganilgan.
2025-09-17
SOYA O‘SIMLIGI CHIQINDISIDAN FOSFOLIPIDNI EKSTRAKSIYALASH USULLARI
Ushbu maqolada fosfolipidlar, lipidlar,fosfolipid guruxlari, fosfolipidni soya o’simlikdan olish usullari yoritilgan. SHuningdek Soya loviyasi kukuni orqali olinadigan fosfolipidning Superkritik suyuqlik ekstraksiya qiluvchi erituvchi sifatida superkritik suyuqlikdan foydalanadigan ajratish usuli keltirilgan.
2025-09-17
EPILEPSIYANING ETIOLOGIYASI VA PATOGENEZINING ZAMONAVIY TALQINI
Ushbu maqolada epilepsiyaning kelib chiqish sabablari va rivojlanish mexanizmlariga oid zamonaviy qarashlar tahlil qilingan. Epilepsiyaning etiologiyasi genetik o‘zgarishlar, miya tuzilmasidagi patologiyalar, metabolik omillar hamda sababi to‘liq aniqlanmagan holatlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Patogenezida esa neyron membranalarining elektr barqarorligi buzilishi, ion kanallaridagi funksional o‘zgarishlar, qo‘zg‘atuvchi va tormozlovchi mediatorlar o‘rtasidagi nomutanosiblik, epileptogen o‘choqlarning shakllanishi va neyroinflamatsiya jarayonlari yetakchi o‘rin tutadi. So‘nggi yillardagi ilmiy izlanishlar genetik mutatsiyalar va neyron tarmoqlarining qayta tuzilishini epilepsiya rivojlanishining asosiy mexanizmlaridan biri sifatida ko‘rsatmoqda. Ushbu yondashuv kelajakda shaxsga yo‘naltirilgan davolash usullarini ishlab chiqishga asos yaratadi.
2025-09-18
ATROF-MUHITDA MIKROBLARNING TARQALISHI: SUV, HAVO VA TUPROQ MIKROFLORASI
Ushbu maqolada atrof-muhitdagi mikroorganizmlarning tarqalish omillari va ularning suv, havo hamda tuproqdagi biologik xilma-xilligi tahlil qilinadi. Suv havzalari, atmosferadagi aerozol zarrachalar va tuproq qatlamlarida uchraydigan mikroorganizmlar turi, ularning yashash sharoitlari, omon qolish mexanizmlari hamda inson salomatligi va ekologik muvozanatga ta’siri yoritiladi. Shuningdek, ushbu mikroorganizmlarning iqlim o‘zgarishi, antropogen omillar va sanitariya gigiyena holatiga bog‘liq holda qanday darajada o‘zgarishga uchrashi ham ko‘rib chiqiladi. Maqolada ekologik monitoring va profilaktika choralari haqida ham ilmiy asoslangan fikrlar bayon etiladi.
2025-09-18
O‘ZBEK XOREOGRAFIYA SAN’ATI, UNING RIVOJLANISHI TARIXI
Ushbu maqolada o’zbek milliy raqs san’atining tarixi, evolyutsasi, raqsning hayotdagi ma’naviy-tarbiyaviy o’rni, hamda bugungi kunda milliy raqs san’atining istiqbollari haqida so’z boradi.
2025-09-18
ИРРИГАЦИОННЫЕ РЕФОРМЫ И ТРАНСГРАНИЧНЫЕ ВЫЗОВЫ ВОДОПОЛЬЗОВАНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ
Узбекистан, как крупнейшее аграрное государство Центральной Азии, на протяжении десятилетий зависел от стабильного водоснабжения из трансграничных рек, прежде всего Амударьи. Однако в условиях нарастающего климатического давления, изменения природной гидрологии и реализации новых инфраструктурных проектов в верховьях водосборного бассейна, страна сталкивается с беспрецедентными вызовами. Сокращение объёмов поступающей воды угрожает устойчивости ирригационной системы, снижает продуктивность сельского хозяйства, провоцирует экологическую деградацию и усугубляет социально-экономическую напряжённость в сельских регионах.
2025-09-19
IMPROVING STUDENTS’ SPEAKING SKILLS USING DEBATE
The article explores the effectiveness of debate as a methodological tool for developing students’ speaking skills. It emphasizes how structured argumentation fosters critical thinking, fluency, vocabulary enrichment, and confidence in public speaking. The study highlights debate as both a communicative activity and a pedagogical approach that enhances oral proficiency and prepares students for academic and real-life communication contexts.
2025-09-19
O'SMIR YOSHDAGI QIZLARNING KATTA TENNIS SPORTI BILAN SHUG'ULLANGANDA QON-TOMIR TIZIMIDAGI O'ZGARISHLAR
mazkur tezisda o‘smir yoshdagi qizlarning katta tennis sporti bilan shug‘ullanishi jarayonida qon-tomir tizimida yuzaga keladigan fiziologik o‘zgarishlar tahlil qilingan. Tennis bilan muntazam shug‘ullanish yurak urish tezligi, arterial bosim, qon aylanish hajmi va tomirlarning elastikligini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Shuningdek, mashg‘ulotlar davomida o‘smirlarning organizmida jismoniy chidamlilik ortishi, qon-tomir tizimi funksional imkoniyatlari kengayishi va umumiy sog‘lomlashtiruvchi samaralar kuzatilishi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari katta tennisni o‘smir yoshdagi qizlar sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda samarali vosita sifatida qo‘llash mumkinligini ko‘rsatadi.
2025-09-19
ARAB VA O‘ZBEK TILLARIDA SANOQ SONNING QO‘LLANILISHI
ushbu maqola o‘zbek va arab tillarida sanoq sonlar tahliliga bag‘ishlangan bo‘lib, ular o‘zaro qiyoslanadi, o‘xshash va farqli jihatlari izohlanib, bir necha misollar yordamida tahlil qilinadi.
2025-09-22
"JADID TEATRINING SHAKLLANISHI VA IJTIMOIY G‘OYALAR TARG‘IBOTI (1910–1917 YILLAR)"
XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakati millatni ma’rifat va zamonaviy taraqqiyot sari boshlagan muhim ijtimoiy-siyosiy va madaniy oqim sifatida maydonga chiqdi. Jadid ziyolilari xalq ongini uyg‘otishda matbuot, maktab va teatrni eng samarali vositalardan biri deb bildilar. Ayniqsa, teatr ijtimoiy g‘oyalarni xalq ongiga tez yetkazish, jamiyatdagi muammolarni ko‘rsatish va ularni hal etishga chaqirishda katta ahamiyat kasb etdi.
2025-09-22
PRAGMATIC COMPETENCE: DEFINITION, THEORETICAL FOUNDATIONS, AND TEACHABILITY
Pragmatic competence is broadly defined as the ability to use language appropriately within social contexts, encompassing knowledge of what to say, how to say it, when, and to whom (Thomas, 1983). This competence entails a speaker’s sensitivity to social norms, interpersonal roles, power relations, and cultural expectations. As conceptualized by Thomas (1983), pragmatic competence comprises two interrelated dimensions: pragmalinguistics, referring to the linguistic means available for performing communicative acts (e.g., grammatical structures, modal verbs, politeness markers), and sociopragmatics, which involves the understanding of how these linguistic forms are deployed appropriately according to social contexts, such as varying degrees of directness contingent on the interlocutor’s status.
2025-09-22
CHIZMACHILIK FANINING TALABALAR IJODIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISHDAGI O’RNI VA UNING ZAMONAVIY TA’LIMDAGI AHAMIYATI
Ushbu maqolada chizmachilik fanining zamonaviy ta’lim jarayonidagi o‘rni, talabalar ijodiy va grafik tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Chizmachilikning kognitiv rivojlanishga ta’siri, zamonaviy texnologiyalar bilan integratsiyasi, STEAM yondashuvi doirasida fanlararo bog‘liqligi hamda talabalarda ijodkorlik va muhandislik tafakkurini shakllantirishdagi roli yoritilgan. Shuningdek, o‘yinlashtirish va sun’iy intellekt vositalari asosida ta’lim jarayonini yanada samarali qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.
2025-09-22
SPIROXETALARNING MORFOLOGIK STRUKTURASI
Spiroxetalar spiral shakli va o‘ziga xos morfologik tuzilishi bilan boshqa bakteriyalardan ajralib turadigan noyob mikroorganizmlar guruhini tashkil etadi. Ularning hujayra tuzilishi o‘q filament tizimiga ega bo‘lib, bu ularga harakatchanlik va xo‘jayin to‘qimalariga kirib borish imkonini beradi. Maqolada spiroxetalarning hujayra devori, sitoplazmatik membranasi va flagellyar apparati tuzilishi batafsil yoritiladi. Shuningdek, ularning odam va hayvonlarda turli yuqumli kasalliklarni keltirib chiqarishga imkon beruvchi moslashuvchan mexanizmlariga ham alohida e’tibor qaratiladi.
2025-09-23
TALABALARNI AXBOROT TA’LIM MUHITIDA TEXNIK IJODKORLIK FAOLIYATIGA TAYYORLASH – PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
Mazkur maqolada talabalarni axborot ta’lim muhitida texnik ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayoniga keng kirib kelishi texnik ijodkorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni yuzaga keltirmoqda. Shu bilan birga, texnik ijodkorlik faoliyati o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, yangilik yaratish, muammolarni hal etish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Biroq talabalarni texnik ijodkorlikka tayyorlashda pedagogik yondashuvlarning yetarlicha takomillashmaganligi, metodik ta’minot va motivatsiyaning sustligi kabi muammolar mavjud. Maqolada ushbu jarayonni samarali tashkil etish yo‘llari, o‘qituvchining roli va ta’limning innovatsion texnologiyalari ahamiyati yoritib berilgan.
2025-09-23
TURIZMGA OID TERMINLARNI ZAMONAVIY TA’LIM METODLARI YORDAMIDA O‘QITISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
Ushbu maqolada turizm sohasiga oid terminlarni o‘qitish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlardan foydalanishning nazariy asoslari hamda amaliy ahamiyati tahlil etiladi. Xususan, turizm ta’limida innovatsion yondashuvlar, kommunikativ metodlar, interaktiv usullar, AKT vositalari va kompetensiyaga yo‘naltirilgan ta’lim uslublari samaradorligi yoritilgan.
2025-09-24
IKKILAMCHI POLIETILENTEREFTALAT ASOSIDAGI QIMMATBAHO KOMPONENT SINTEZ QILISHNI TADQIQ QILISH USULLARI
Yadroviy magnit rezonans spektroskopiyasi (YaMR) — bu kimyoviy obyektlarni tahlil qilish uchun yadroviy magnit rezonans hodisasidan foydalanadigan spektroskopik usuldir. YaMR hodisasi 1946 yilda amerikalik olimlar F. Bloch va E. Persel tomonidan kashf etilgan. Kimyo va amaliy qo‘llanmalarda eng ko‘p ishlatiladigan turlari — protonli magnit rezonans spektroskopiyasi (PMR), shuningdek, karbon-13 (^13C), ftor-19 (^19F) va fosfor-31 (^31P) YaMR spektroskopiyalari mavjud.
2025-09-24
KUKUN MAHSULOTLARINI TAYYORLASHDA QO'LLANILADIGAN ASOSIY TEXNOLOGIK JARAYONLAR
Ushbu maqolada poroshok (kukun) dorivor shaklini tayyorlash texnologiyasi tushuntiriladi. Dorivor modda va yordamchi moddalar tanlovi, maydalash, aralashtirish, poroshok sifatini nazorat qilish mezonlari haqida ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida poroshok tayyorlashdagi muammolar va ularni yechish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Maqola studentlar va farmatsevt texnologlari uchun foydali bo‘lishi mo‘ljallangan.
2025-09-26
CHIZIQLI VA VEKTOR FAZO: KOSMOSDAN BOSHLAB IQTISODGACHA
Chiziqli fazo va vektor fazo matematikadagi asosiy tushunchalardan bo‘lib, ular vektorlar va ularning o‘zaro amallarini o‘rganadi. Kosmosda ular galaktikalar va maydonlarning harakatini tavsiflashda, iqtisodiyotda esa resurs taqsimoti va iqtisodiy modellarni tahlil qilishda qo‘llaniladi. Ushbu ilmiy ishda chiziqli fazo va vektor fazoning nazariy asoslari hamda ularning kosmosdan tortib iqtisodiyotgacha bo‘lgan sohalardagi amaliy qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi.
2025-09-26
ZOOM FATIGUE (ZOOMDAN CHARCHASH) HODISASINING KOGNITIV YUKLAMAGA TA’SIRI: DARSLARNI REJALASHTIRISH BO‘YICHA TAVSIYALAR
Ushbu maqola masofaviy ta’limdagi “Zoom fatigue” (Zoomdan charchash) hodisasini psixologik nuqtai nazardan tahlil qiladi. Tadqiqotda 100 nafar talaba ishtirokida so‘rovnoma va kuzatuv usullari qo‘llanib, videodarslarning diqqat, xotira va qaror qabul qilish jarayonlariga salbiy ta’siri aniqlangan. Natijalar asosida darslarning optimal davomiyligi, mikro-tanaffuslar va interfaol mashqlar zarurligi bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-09-29
PRAGMATIKALIQ ANALIZDIŃ TIL BILIMINDEGI ÁHMIYETI
Ilimiy sana rawajlanıwı hárqanday pán tarawındaǵı teoriyalıq kózqaraslar ózgeriwine, izertlewdiń jańa metodları jaratılıwına hám usı metodlar tiykarında jańa teoriyalıq ideyalarǵa súyeniw tiykarında ulıwma ózgeshe ámeliy nátiyjelerge erisiliwine sebep boladı. Ilimiy processtegi bunday ózgerislerge kóbinese evolyuciyalıq jol menen, empirikalıq materialdıń basqıshpa-basqısh analizi, teoriyalıq juwmaqlardıń úzliksiz izertlew processinde qáliplesiwi hám sistemalı engiziliwi nátiyjesinde júzege keledi.
2025-09-29
OITS BILAN KASALLANGAN AYOLLARDA HOMLADORLIKNING KLINIK XUSUSIYATLARI
Mazkur tezisda OITS bilan kasallangan ayollarda homiladorlikning klinik xususiyatlari yoritilgan. Unda immun tizimining susayishi, homiladorlik davrida opportunistik infeksiyalarning kuchayishi, tug‘ruq va homilaga yuqish xavfi tahlil qilingan. Shuningdek, antiretrovirus terapiya qo‘llash va tug‘ruqni to‘g‘ri tashkil etishning ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan.
2025-09-29
TRANSPORT LOGISTIKA TIZIMINING IQTISODIY RIVOJLANISHGA TA’SIRI
Maqolada zamonaviy korxonalarda logistika tizimining roli, transport logistikasining samaradorligini oshirish usullari va ishlab chiqarish hamda transport kompaniyalari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari tahlil qilinadi. Logistika menejmenti korxonalarning ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishda muhim omil ekanligi, transport jarayonlarini rejalashtirish va mijozlarga qo‘shimcha xizmatlar taqdim etish orqali daromadni oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, logistika funksiyalarini transport firmalariga o‘tkazish jarayonida yuzaga keladigan nazorat xavfi va axborot texnologiyalari orqali bu muammolarni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi.
2025-09-29
TA’LIM VA INSON KAPITALI IQTISODIYOTDA BARQAROR O‘SISH OMILI SIFATIDA
Mazkur maqolada ta’lim va inson kapitalining iqtisodiy o‘sishdagi roli, ularning o‘zaro bog‘liqligi, zamonaviy iqtisodiyotda tutgan o‘rni hamda O‘zbekiston tajribasi tahlil qilinadi. Inson kapitaliga investitsiya kiritishning makroiqtisodiy natijalari, ta’lim tizimining sifat darajasi va innovatsion rivojlanish bilan aloqasi ilmiy asosda yoritiladi. Maqola barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda inson kapitalining strategik ahamiyatini ko‘rsatadi.
2025-09-29
