Jild 5 Nomeri 5 (2026): Инновационные исследования в современном мире: теория и практика

«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Nashr qilingan: 2026-02-14

INVESTITSION SALOHIYAT VA IJTIMOIY INFRATUZILMA RIVOJI O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIKNI EKONOMETRIK MODELLASHTIRISH

Mazkur tadqiqot investitsion salohiyat va ijtimoiy infratuzilma rivoji o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ekonometrik modellashtirish asosida ilmiy-nazariy va empirik jihatdan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqot doirasida investitsion salohiyat tushunchasining mazmun-mohiyati, uning hududiy rivojlanishdagi o‘rni hamda ijtimoiy infratuzilmaning asosiy tarkibiy yo‘nalishlari tizimli ravishda o‘rganiladi. Ta’lim, sog‘liqni saqlash, transport va kommunal infratuzilma ko‘rsatkichlarining mintaqalarning investitsion faolligiga ta’siri panel ma’lumotlar asosida baholanadi. Ekonometrik modellar yordamida ijtimoiy infratuzilma rivoji investitsion salohiyatni oshirishda muhim omil ekanligi ilmiy jihatdan asoslanadi. Olingan natijalar mintaqaviy investitsiya siyosatini takomillashtirish, infratuzilmaga investitsiyalarni ustuvor yo‘naltirish va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan ilmiy xulosalar hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.

Anvar Qobilov

4-9

2026-02-13

BOLALARNING FIKRLASH JARAYONIDA RASM CHIZISHNING PSIXOLOGIK RO’LI

Ushbu maqolada bolalarning fikrlash jarayonida rasm chizishning psixologik ahamiyati yoritilgan. Rasm chizish nafaqat estetik tarbiyaning bir qismi, balki bolaning kognitiv, emotsional va ijtimoiy rivojlanishida muhim omil ekani ilmiy-nazariy manbalar asosida tahlil qilingan. Tasviriy faoliyat jarayonida tasavvur, kuzatuvchanlik, mantiqiy fikrlash, ijodkorlik, nutq, mayda motorika, shaxsiy ifoda va emotsional barqarorlikning qay tarzda shakllanishi yoritiladi.

ASILBEK HAMIDOV

10-14

2026-02-16

ZAMONAVIY TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING O’RNI

Mazkur maqolada zamonaviy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda raqamli texnologiyalarning ta’lim sifati va samaradorligini oshirishdagi roli, pedagogik jarayonga integratsiya qilish mexanizmlari, shuningdek, jahon va Osiyo mamlakatlari tajribasi asosida qiyosiy tahlil amalga oshirilgan. O‘zbekistonda ta’lim tizimini raqamlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, xususan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yoritilgan. Maqolada raqamli pedagogika, masofaviy ta’lim, sun’iy intellekt va raqamli savodxonlik masalalari tahlil qilinib, ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish bo‘yicha ilmiy xulosalar berilgan.

Baxtiyor Ochilov, Shahrizoda Ilxomova

15-18

2026-02-16

Barcha masalalarni ko'rish