Eurasian Journal of Academic Research is an open access, peer-reviewed international journal that publishes original research and review articles related to diverse areas. The main objective is to offer an intellectual platform to the international scholars and it aims to promote interdisciplinary studies in applied sciences. All manuscripts must be prepared in Uzbek, English or Russian languages and subject to a rigorous peer-review process.
Nashr qilingan: 2025-05-06
Maqolalar
RAQAMLI MARKETING VA IJTIMOIY TARMOQLARNING TURIZMNI RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI
Ushbu maqola zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taraqqiyoti natijasida shakllanayotgan raqamli marketing va ijtimoiy tarmoqlarning turizm sohasi rivojiga ko‘rsatadigan ta’sirini chuqur tahlil qiladi. Turistik xizmatlar targ‘iboti, mijozlar bilan o‘zaro aloqalar va brend imijini shakllantirishda raqamli vositalar muhim omilga aylangan. Tadqiqot davomida SEO (Search Engine Optimization), kontekstli reklama, ijtimoiy tarmoq strategiyalari, influencer marketing va foydalanuvchi yaratuvchi kontent (UGC) kabi vositalarning turizm marketingidagi o‘rni hamda ulardan foydalanishning samaradorligi ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston tajribasi misolida raqamli texnologiyalarni joriy etishdagi amaliy yondashuvlar ham tahlil qilinadi. Maqola natijalari turizm sohasida raqamli yondashuvlardan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy-nazariy va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
2025-05-05
THE ROLE OF TASK-BASED LANGUAGE TEACHING IN ENHANCING ENGLISH PROFICIENCY AT THE PRIMARY LEVEL: A FOCUS ON INSTRUCTION AND ASSESSMENT IN EFL CLASSROOMS IN UZBEKISTAN
This study investigates the effectiveness of Task-Based Language Teaching (TBLT) in improving English language proficiency among primary-level learners in Uzbekistan. By examining classroom practices, instructional strategies, and assessment methods in EFL contexts, the research aims to identify how TBLT can enhance communicative competence, learner engagement, and autonomy. Through a mixed-methods approach combining classroom observations, teacher interviews, and student performance data, the study provides insights into the challenges and benefits of implementing TBLT in young learner classrooms. Findings suggest that TBLT significantly boosts language acquisition when supported by well-structured tasks and appropriate formative assessment strategies.
2025-05-06
DAVLAT XARIDLARINING INSTITUTSIONAL RENESSANCE DAVRI: O'ZBEKISTONDA RIVOJLANISH MUAMMOLARI VA TENDENTSIYALARI
Maqola global islohot tendentsiyalari sharoitida O'zbekiston Respublikasida davlat xaridlarining institutsional tiklanishini tahlil qilishga bag'ishlangan. Samarali davlat boshqaruvi va barqaror rivojlanish vositasi sifatida xaridlarning roliga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalqaro hisobotlar asosida milliy islohotlarning shaffoflik va raqamlashtirishning jahon standartlariga muvofiqligi isbotlangan. Xaridlar tizimi evolyutsiyasining asosiy bosqichlari yoritilgan, institutsionalizatsiya mexanizmlari tavsiflangan va keyingi o‘zgarishlarning strategik ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan. Olingan natijalar iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlarda xaridlar tizimining o‘zgarishini chuqurroq ilmiy tushunishga yordam beradi.
2025-05-07
TA’LIM MUASSASALARIDA SAMARALI LIDERLIK VA RAHBARLIK USLUBLARI
Mаzkur mаqоlаdа ta’lim muassasalarida samarali liderlik va rahbarlik uslublarini olib borishning ta’lim tizimining rivojidagi muhim o‘rni haqida ma’lumotlar keltirilgan.
2025-05-10
BOG‘CHA YOSHIDAGI BOLALARNING PSIXIK RIVOJLANISHI
Bog‘cha yoshidan boshlab bolaning bundan keyingi butun shaxsiy hayoti davomida tarkib topa boradigan individual xususiyatlari ham yuzaga kela boshlaydi. Ana shu sababli ham insonning har tomonlama kamol topa borishi va xususan, psixik jihatdan o‘sishi ko‘p jihatdan Bog‘cha yoshidagi davrida olgan ta’lim -tarbiyasiga bog‘liqdir, Mazkur maqolada bog‘cha yoshidagi bolalar psixik rivojlanishiga oida psixolog olimlarning ilmiy qarashlari taxlil qilingan bo‘lib, xulosa va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-05-12
12-14 JASLÍ BOKSSHÍLARǴA BASLANǴÍSH BOKS TEXNIKASÍN ÚYRETIW USÍLLARÍ
Boksshılardıń sport sheberliginiń ósiwi kópshilik jaǵdaylarda sport tayarlıǵınıń baslanǵısh basqıshın shólkemlestiriw nátiyjeliligi menen belgilenedi. Sonlıqtan boks boyınsha shınıǵıw procesiniń dáslepki basqıshınıń mazmunına hár qıylı qatnaslardı úyreniw, sportshılardıń sport sheberligin iyelewge bolǵan turaqlı talaptıń qáliplesiwin sezilerli dárejede tómenletetuǵın jeke gúresshilerdiń sport tayarlıǵınıń birinshi basqıshın shólkemlestiriw hám ótkeriwdi jaqsılaw jolların izlew úlken áhmiyetke iye bolmaqta. Usı maqalada 12-14 jaslı boksshılardıń baslanǵısh sport tayarlıǵı basqıshın jetilistiriwdiń tiykarǵı jolları kórip shıǵılǵan.
2025-05-13
DAVLATMAMAT OZODIYNING ADABIY-MA’NAVIY MEROSI VA UNING PYRAGY IJODIDAGI O‘RNI
Ushbu maqolada XVIII asr turkman adabiyotining atoqli vakillaridan biri Davlatmamat Ozodiyning hayoti, adabiy merosi va uning o‘g‘li Mahtumquli Pyragy ijodiga ko‘rsatgan ta’siri tahlil qilinadi. Davlatmamat asarlaridagi diniy-axloqiy g‘oyalar, tasavvufiy tafakkur, ilm-ma’rifatga da’vat va xalq ogohligini uyg‘otishga qaratilgan badiiy uslublar ochib beriladi.
2025-05-13
MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARDA SAHNALASHTIRILGAN ASARLARDA ROL O‘YNASH QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISH
Sahnalashtirish, bolalar uchun nafaqat ijodiy ifoda, balki o'zini o'zi anglash va ijtimoiy ko'nikmalarni rivojlantirishda muhim vosita hisoblanadi. Shu munosabat bilan ushbu maqolada maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarda sahnalashtirilgan asarlarda rol o'ynash qobiliyatini shakllantirishning ahamiyati va metodik yondoshuvlari ko'rib chiqiladi. Yana maqolada sahnalashtirishning ta'lim jarayonida o'ziga xos o'rni, bolalar psixologiyasiga mos yondashuvlar, shuningdek, bunday faoliyatni tashkil etishda pedagogik texnikalardan foydalanish masalalari tahlil qilinadi.
2025-05-13
MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARGA MUSIQIY ASARLARNI O‘RGATISHNING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK AHAMIYATI
Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga musiqiy asarlarni o'rgatishning pedagogik va psixologik ahamiyati tahlil qilinadi. Musiqa, bolalarning ruhiy holatini yaxshilash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, diqqatni jamlash, xotirani mustahkamlash va hissiy dunyosini boyitishda muhim rol o'ynaydi. Maqolada musiqaning maktabgacha ta'lim jarayonidagi o'rni, bolalarning musiqiy rivojlanishiga ta'siri va pedagogik yondoshuvlar haqida so'z boradi. Musiqa, nafaqat bolalarning hissiy va intellektual rivojlanishiga yordam beradi, balki ijtimoiy ko'nikmalarni shakllantirishga ham zamin yaratadi. O'qituvchilar va pedagoglar musiqaning bolalar ta'limidagi ahamiyatini to'liq anglab, uni o'z ta'lim amaliyotiga qo'shgan holda, bolalar uchun eng yaxshi natijalarga erishishlari mumkin.
2025-05-13
РОЛЬ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В РАЗВИТИИ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ
В данной статье рассматривается ключевая роль информационных технологий (ИТ) в современном экологическом образовании. Анализируется влияние ИТ на повышение доступности, интерактивности и эффективности обучения в области охраны окружающей среды. Особое внимание уделяется использованию онлайн-платформ, мультимедийных ресурсов и геоинформационных систем (ГИС) для формирования экологического сознания и развития практических навыков у обучающихся.
2025-05-13
INVESTITSION XAVFSIZLIKNI TA'MINLASH – INVESTITSION JOZIBADORLIKNI OSHIRISHNING MUSTAQIL OMILI SIFATIDA
Maqolada investitsion xavfsizlik va investitsion jozibadorlik tushunchalarining mazmuni, ularning davlat uchun ahamiyati ochib berilgan. Investitsion xavfsizlikning davlatning investitsion jozibadorligiga ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, investitsion xavfsizlikning tahdidlari va xavflari, investor uchun iqtisodiy va huquqiy kafolatlarning barqarorligini ta’minlash talablari va prinsiplari, kapital kiritish uchun iqlimni ta’minlashning asosiy prinsiplari, hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasida investitsion xavfsizlikni ta’minlash masalalari ko‘rib chiqilgan.
2025-05-15
CHIROQ ORTIDAGI HAYOTIY TARBIYA
Ushbu hikoya adabiyotimiz janrida insonga ma’naviy ozuq beruvchi ijod mahsulidir. Hikoya janri davr va qahramon masalasi, insonlarning ijtimoiy hayoti va harakterlari aks etgan asar bo’lib, shu boisdan hikoya janri jahon va o’zbek adabiyotida badiiy saviyasi baland, real voqealar yoritilgan, didaktik ma’no aks etgan asardir. Ushbu maqola “Fanorchi ota” hikoyasida insonlarni vatanparvarlik, bag’rikenglik, zararli oqimlarga qarshi kurasha olish, hayotga bo’lgan qat’iylik, ishonch, mehr-oqibat asosida aks etgan.
2025-05-16
ONLINE SAVDO BILAN SHUG‘ULLANUVCHI KORXONALARDA AUDITORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH
Ushbu maqolada online savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonalarda auditorlik faoliyatining ahamiyati va uni takomillashtirish yo‘llari yoritilgan. Asosan, Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari, ayniqsa BHXS – “Tovar-moddiy zahiralar” asosida zaxiralarni baholash, moliyaviy hisobotlar ishonchliligi va raqamli audit muhitida auditorlik jarayonlarini amalga oshirish imkoniyatlari tahlil qilinadi.
2025-05-19
QUR’ONSHUNOSLIK MANBALARIDA OYATLAR OʻRTASIDAGI MUNOSABAT ILMINING YORITILISHI
Mazkur maqolada munosabat ilmining lug’aviy va istilohiy ma’nolari qisqacha bayon qilingan. Shuningdek, ushbu fanning qur’onshunoslik manbalarida qay tarzda yoritilgani haqida atroflicha soʻz boradi. Maqola muallifi munosabat ilmining ahamiyatini ochib berish maqsadida Qur’on ilmlari va tafsir borasida yozilgan muhim manbalardan iqtiboslar va soha mutaxassislari fikrlarini keltiradi.
2025-05-19
MODERN CONCEPTS IN THE ETIOLOGY, CLASSIFICATION, AND SURGICAL MANAGEMENT OF VENTRAL HERNIAS
Ventral hernias are among the most common conditions in abdominal surgery, associated with high rates of postoperative complications and recurrences. This review summarizes contemporary insights into the pathogenesis, classifications of ventral hernias (EHS, VHWG, HPW, CeDAR), approaches to assessing loss of domain, and patient risk stratification. Modern principles of surgical decision-making are discussed, including the use of various mesh implant positions and materials, as well as the importance of preoperative optimization of modifiable risk factors. Particular emphasis is placed on the advances in minimally invasive and robotic techniques, which represent the most promising directions for improving outcomes in ventral hernia repair.
2025-05-19
CHO‘LPON SHE’RLARIDAGI OKKAZIONAL BIRLIKLARNING IFODALANISHI
Maqolada Cho‘lpon she’riyati qahramonlarining siymolarini, ularning davr ruhi bilan bog‘liq bo‘lgan tasvirini, ijtimoiy holatini aks ettirishda okkozional birliklarning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar aks ettirilgan. Cho‘lpon she’riyatining qarashlarida ozodlik, istiqlol, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi yuksak axloqiy-estetik g‘oyalar mazkur birliklar orqali ifodalangan.
2025-05-20
ДИФФЕРЕНЦИРОВАННЫЙ ПОДХОД В РАБОТЕ С ОДАРЁННЫМИ ДОШКОЛЬНИКАМИ
В данной статье рассматриваются возможности использования дифференцированного подхода в работе с одарёнными дошкольниками.
2025-05-20
AXLOQ TUZATISH ISHLARI JAZOSI IJROSINING NAZARIY VA AMALIY MASALALARI
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan axloq tuzatish ishlari jazosi institutining huquqiy asoslari, mazmuni va amaliyotda qo‘llash tartibi ochib berilgan. Shuningdek, jazoning jinoyatchini jamiyatdan ajratmagan holda foydali mehnatga jalb etish orqali tuzatishga yo‘naltirilgan tarbiyaviy ahamiyati tahlil qilingan.
2025-05-20
RUS TILINI CHET TILI SIFATIDA O‘QITISH SOHASIDA TALABALARNING MUSTAQIL ISHLARI JARAYONIDA MOTIVATSIYANING O‘RNI
Ushbu maqolada rus tilini chet tili sifatida o‘qitish sohasida talabalarning mustaqil ishlari jarayonida motivatsiyaning o‘rni ko‘rib chiqiladi.
2025-05-21
ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ И ПРАКТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ РЕЧЕВОЙ КОМПЕТЕНЦИИ БУДУЩЕГО УЧИТЕЛЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ
В данной статье освещается вопрос по формированию речевой компетенции будущего учителя начальных классов на примере уроков русского (родного) языка, как одного из ключевых направлений в системе непрерывного образования. В статье описываются наиболее эффективные методы и приёмы работы по развитию речевых компетенций будущих учителей начальных классов и школьников, акцентируется внимание на важности работы над устной и письменной речью и речевым этикетом детей. Одним из важных путей формирования языковой грамотности и коммуникативной компетенции автор считает использование инновационных технологий и активных методов и приёмов обучения в учебном процессе.
2025-05-22
ВЛИЯНИЕ ЗАПАДНОЙ КУЛЬТУРЫ НА ЭКОНОМИКУ СТРАН ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ
Статья посвящена исследованию влияния западной культуры на экономику стран Центральной Азии в условиях глобализации. Рассматриваются ключевые аспекты культурной трансформации, способствующей экономическим изменениям, включая распространение западных моделей потребления, развитие предпринимательства, цифровизацию и внедрение современных бизнес-практик. Анализируется влияние западных образовательных стандартов на подготовку кадров и модернизацию экономической структуры региона. Особое внимание уделяется процессам адаптации западных ценностей, таким как индивидуализм, конкуренция и инновации, и их влиянию на экономические стратегии местных компаний.
2025-05-26
SIRDARYO VILOYATI TOPONIMLARINING SHAKLLANISHINING TARIXIY-ILMIY VA AMALIY AHAMIYATI
Maqolada Sirdaryo viloyatiga qarashli bo‘lgan joy nomlari yasalish jihatidan tahlil qilingan. Sirdaryo viloyati toponimlarining shakllanishida qo‘shimchalarning ta’siri, xususan, so‘z yasovchi qo‘shimchalarning o‘rni va ahamiyati, ularning lug‘aviy ma’nolari haqida fikr yuritiladi. Sirdaryo viloyati toponimlarining izohli lug‘ati maqolaning asosiy manbaasi sifatida xizmat qilgan.
2025-05-26
JALOLIDDIN MANGUBERDI ASARIDA SINONIMLAR ORQALI XARAKTER IFODASI
Ushbu maqolada, Maqsud Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi” dramatik asarida sinonimlar orqali obraz va xarakter ifodasi tahlil etiladi. Muallif tilida qo‘llangan emotsional-ekspressiv sinonimlarning xarakter yaratishdagi funksiyasi lingvistik va stilistik jihatdan tahlil qilinadi.
2025-05-26
FUTBOLCHI QIZLARNING HARAKAT FAOLIYATINI TAHLIL QILISH
Maqolada futbolchi qizlarni maydonda bajaradigan harakatlarini va sohaga oid olib borilgan tadqiqotlarni tahlil qilish asosida ularning maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish masalalari o‘rganilgan. Tadqiqot olib borilgan guruhlarda o‘tkazilgan nazorat testlarining natijalari statistik tahlil qilinib, samaradorlik ko‘rsatkichlari aniqlangan. Olingan natijalarga asoslanib xulosalar berilgan.
2025-05-27
SOVET HUKUMATINING VOHA MAORIF TIZIMINING RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI VA UNING NATIJALARI
Ushbu maqolada XX asrning 20-30-yillarida sovet davrida ta’lim tizimida amalga oshirilgan o‘zgarishlar va ularning Surxon vohasi misolida jamiyatga ta’siri tahlil qilinadi. Sovet hokimiyatining maorif sohasidagi siyosati, jumladan, milliy va diniy qarshiliklarga qaramay, savodsizlikni kamaytirish, yangi sovet maktablarini tashkil etish va kommunistik mafkura asosida kadrlar tayyorlashga qaratilgan. Tarixiy manbalarga asoslangan holda, sovet ta’lim tizimining ijobiy va salbiy tomonlari, shuningdek, mahalliy aholi orasidagi ijtimoiy va madaniy qarama-qarshiliklar yoritilgan. Sovet hukumatining savodsizlikni tugatishga qaratilgan faoliyati ijtimoiy taraqqiyotga zamin yaratgan bo‘lsa-da, bu jarayon mahalliy an’analar va milliy g‘oyalarga zid bo‘lgan.
2025-05-27
ЗАХИРАДАГИ ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИК МАХСУЛОТЛАРИ ВА ҲАЙВОН ТЕРИЛАРИНИ АШАДИЙ ЗАРАРКУНАНДАЛАРГА ҚАРШИ ФИТОСАНИТАР ЗАРАРСИЗЛАНТИРИШ (ФУМИГАЦИЯ) ИШЛАРИ
Ушбу мақоллада қишлоқ хўжалик махсулотларни омборларда сақлаш, транспортларда ташиш ва импорт, экспорт қилганда учрайдиган карантин ва но карантин зараркунандаларга қарши фитосанитар зарарсизлантириш ишларини ахолига ва унда иштирок этадиган ходимларни хавфсизлиги ҳақида баёон этилган
2025-05-28
MODERN TRENDS IN INTELLIGENT DATA ANALYSIS
This article explores the current trends in modern data mining, emphasizing its growing automation, complexity, and user-friendliness. Key developments such as Automated Machine Learning (AutoML), Deep Learning, Explainable AI (XAI), Graph-Based Analysis, Stream Data Processing, Federated Learning, and Quantum Computing are reshaping how data is collected, processed, and interpreted. These technologies enable more efficient, transparent, and privacy-preserving data analysis across various domains, including healthcare, finance, and social networks.
2025-05-29
ТРАДИЦИИ ВОСПИТАНИЯ УЧАЩИХСЯ ПОДРОСТКОВОГО ВОЗРАСТА В СЕМЕЙНУЮ ЖИЗНЬ ЧЕРЕЗ СОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ТЕНДЕНЦИИ
В статье рассматриваются традиции воспитания подростков через призму социально-педагогических тенденций и влияния семейной жизни. Основное внимание уделяется изменяющимся подходам в воспитательном процессе, включая переход от авторитарных методов к более демократичным и партнерским подходам. Рассматриваются роли семьи и образовательных учреждений в формировании личности подростка, а также их взаимодействие в процессе воспитания. Также акцентируется внимание на современных вызовах, связанных с развитием технологий и их влиянием на воспитание подростков, таких как интернет-зависимость и вопросы цифровой безопасности. В статье подчеркивается важность культурно-образовательных мероприятий как средства развития творческих способностей подростков и формирования уважения к традициям и культуре. Заключение подтверждает, что эффективное взаимодействие семьи, школы и других социально-педагогических структур создает условия для успешной социализации подростков в современном обществе.
2025-05-31
QO‘L MEHNATI JARAYONIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI IJODIY FAOLLIGINI RIVOJLANTIRISH
Ushbu ilmiy maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy faolligini shakllantirish va rivojlantirishda qo‘l mehnatining o‘rni va ta’siri har tomonlama tahlil qilingan. Maktabgacha ta’lim davri – bu bolalarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish, mustaqil fikrlash, yangicha yondashuvlar va muammoli vaziyatlarga yechim topish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun eng muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Mazkur davrda qo‘l mehnati faoliyati bolaning psixofiziologik, emotsional, estetik va ijtimoiy rivojlanishiga kompleks ta’sir ko‘rsatadi.
2025-05-31
THE FORMATION OF INITIATIVE TRAITS IN SCHOOL STUDENTS AS A PEDAGOGICAL PROBLEM
Along with the training of educated and qualified personnel in modern society, the education of the initiative, creative and able-bodied persons is one of the important directions of the education system. The formation of initiative in schoolchildren is not only ensuring their future professionalism, but also develops the ability to an independent thinking, creating problems, analyzing problems. Initiate, the active and creative approach of the person is the ability to target new ideas to implement new ideas, involuntary approach issues. These qualitatively, students are necessary to make independent decision, defend their opinion, and develop leadership skills in team work. This article contains the theoretical and practical aspects of initiative in schoolchildren, pedagogical capabilities, effective positions and teachers in this process. The education environment also provides scientific analysis on the effectiveness of initiative, the effectiveness of interactive methods and the impact of extracurricular activities.
2025-05-31
FOREIGN EXPERIENCE IN THE DEVELOPMENT OF INCLUSIVE EDUCATION IN UZBEKISTAN
This article highlights the role and importance of the experiences of foreign countries in the development of inclusive education in Uzbekistan. In addition, the existing problems and shortcomings of this education are also highlighted. As foreign experiences, the intensive efforts of Finland, Italy and Japan in inclusive education are studied. During the study of these experiences, the main factors of inclusive education are identified - improving the skills of teachers, individual work with students, cooperation with parents, etc. As a result of the research, it is determined that Uzbekistan can use improved foreign experiences.
2025-05-31
JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD SOLIG’INING HISOBOTINI AVTOMATLASHTIRISH ORQALI SOLIQ TO’LOVCHILARGA YENGILLIK YARATISH
Maqolada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini hisobotini avtomatlashtirish orqali soliq to'lovchilarga qulaylik yaratish masalalari ko'rib chiqiladi. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini davlat budjetida tutgan o’rni va soliq hisobotini avtomatlashtirish tufayli soliq yig’ilishiga va tushumiga qilgan ta’siri o’rganiladi. O'zbekistonda soliq tizimida hisobotni elektron tarzda topshirishning joriy etilishi hamda soliq to’lovchilarga qulay xizmatlar, imtiyozlar va chegirmalardan foydalanish uchun video qo’llanmalar ishlab chiqish soliq to’lovchilar orasida targ’ib qilish va shu bilan birga amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinadi. Bundan tashqari soliq hisobotlarini avtomatlashtirish orqali soliq to’lovchilarda soliq to’lash madaniyatini yaxshilashdagi o’rni va davlat budjetiga soliq tushumini oshirishga qo’shgan roli haqida xulosalar beriladi va kelgusida amalga oshirish uchun takliflar ham berib o’tiladi
2025-05-31
