O’tkazilgan tajribaning maqsadi flurbiprofen, enoksolon va xlorgeksidin kombinatsiyasi asosida tayyorlangan - «Anzibel®Flu» deb nomlangan vositaning yallig`lanishga qarshi faolligini o`rganish bo’ldi. Eksperimental tadqiqotlar boshlang'ich vazni 160-180 g bo'lgan balog’atga etgan oq erkak kalamushlarda o'tkazildi. Dori vositasining antiekssudativ ta'siri hayvonlarning panjalarida chaqiriladigan o'tkir yallig'lanishli shish modelida o'rganildi, yallig’lanish orqa o’ng oyoq panjasiga 6% dekstran eritmasi (har bir hayvon uchun 0,1 ml) subplantar in'ektsiya orqali chaqirildi. O’rganilayotgan preparat yuborilgan guruhda yuzaga kelgan shish nazorat guruhidagi ko`rsatkichkar bilan solishtirilganda 1-soatda – 24,6% ga, 2 soatdan so`ng – 44,1%, 3 soatdan so`ng - 45,3% kamayganligini aniqlandi. Ushbu guruhda YQF ko’rsatkichi mos ravishda 19,9-46,1% tashkil etdi.