Ushbu maqolada o‘quvchilarga muammoli mavzulardan biri bo‘lgan “Reading, o‘qib tushunish mahoratini oshirish” da ilg’or pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan foydalanildi. Interfaol usullarni amaliy mashg’ulotlarda qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Maqolada berilgan “Board game”, “Matching”, “Map of the story”, “INSERT”, “CINQUAIN” metodlari dars jarayonida qo‘llash uchun juda foydali. Ushbu metodlar o‘quvchini erkin fikrlashga, mavzuni oson o‘zlashtirishga, o‘z fikrini dadil ifoda etishga, guruhlar bilan ishlashda, chaqqonlikka undaydi. Shuningdek, maqolada o‘qib tushunish, yozish va gapirish ko‘nikmalari hamda kichik guruhlarda ishlash uchun mashqlar berilgan