O‘zbekiston hududida o‘sadigan 4500 dan ortiq o‘simliklar ichida 500 ta o‘simlik turlari qadimdan xalq tabobatida turli kasalliklarni davolash va ularni oldini olish maqsadida qo‘llanilib kelinmoqda. Hozirgi vaqtda ularning 100 tasigina zamonaviy tibbiyotda ham keng foydalanilmoqda. O‘simliklar turli xil inson organizmidagi kasalliklarga qarshi, kamyob mahsulotlarni sintez qilib, ko‘plab biologik faol moddalarni yuzaga keltiradi. “Stress-kontrol” balzamining stressga qarshi ta’siri mavjudligini hamda tinchlantiruvchi ta’sirini taxminiy mexanizmi qanday ekanligini bilish va to‘liq amaliy natijalarga erishish uchun immobilizatsiya stressi paytida biokimyoviy qon parametrlarining o‘zgarishi bo`yicha va preparatning kalamushlarning umumiy motor faolligiga va muvozanatiga ta’sirini baholash orqali farmakologik taqiqotlar o‘tkazildi.
2024-06-24