Ushbu ilmiy-tahliliy maqola ikki buyuk adib — Alisher Navoiyning "Lison ut-Tayr" va J.R.R. Tolkienning "Silmarillion" asarlarida osmon va yer konsepsiyalarining qiyosiy-tipologik xususiyatlarini tahlil qilishga bagʻishlangan. Maqolada har ikki asarning oʻziga xos madaniy va falsafiy kontekstlaridan kelib chiqqan holda, ushbu fundamental tushunchalarning yaratilish, ramziy maʼno, qahramonlar taqdiri va maʼnaviy yuksalishdagi oʻrni yoritiladi.