Aksial spondiloartrit (AksSpA) umurtqa pog‘onasi va sakroiliak bo‘g‘imlarning surunkali yallig‘lanishi bilan kechib, asosan mehnatga layoqatli yosh aholi orasida uchraydi va erta nogironlikka olib kelishi bilan ahamiyatlidir. Kasallikning dastlabki, norrentgenologik bosqichlarida strukturaviy o‘zgarishlarning aniq ko‘rinmasligi erta tashxis qo‘yishni qiyinlashtiradi. Shu bois kasallikni erta aniqlash va kechishini prognozlash imkonini beruvchi biomarkerlarni izlash dolzarb muammo hisoblanadi. Annexin A1 (ANXA1) yallig‘lanishga qarshi va immunoregulyator xususiyatlarga ega bo‘lib, uning AksSpAdagi klinik ahamiyati yetarlicha o‘rganilmagan.
2025-12-22