Biz atrofimizdagi asosiy ma`lumotlarni eshitish va ko`rish organlari orqali qabul qilamiz. Ikkala holda ham biz ob`ektlar haqida ma`lumotlarni ular bilan jismoniy kontaktsiz olamiz. Tovush va yorug`lik turli fizik hodisalar bo`lishiga qaramay, ularning har ikkisi ham to`lqindir. To`lqinlar tomonidan tashiladigan energiya bizning sensor mexanizmlarimizni qo`zg`atadi. Tovushning eng asosiy mohiyati shundaki, u ham yorug`lik kabi axborot manbai hisoblanadi. Tabiat tovushlari, atrofimizdagi odamlarning gaplari, ishlab turgan mashinalarning shovqini bizga ko`p ma`lumotlarni beradi. Tabiiyki, tovush odam ichki organlarining holati to`g`risida ma`lumot beruvchi manba ham bo`lishi mumkin.
2023-11-28