Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

MANBALARDA AMIR TEMUR AJDODLARI TARIXINING AKS ETISHI

Ushbu maqolamizda buyuk sohibqron bobomiz Amir Temur shaxsi haqida yevropalik elchi Klavixoning, shaxsan Amir Temurning buyrug‘i bilan “Zafarnoma” asarini yozgan Nizomiddin Shomiy, Amir Temurga dushmanlik kayfiyatida bo‘lgan Ibn Arabshoxlarning fikrlari va ta’surotlari haqida bayon qilingan. Sohibqironga G‘arb mamlakatlari nega “Temurlang” deb nom berganligi asoslanib beriladi. Amir Temur Sohibqiron deb atalish sababi haqida ham ma’lumotga ega bo‘lamiz. Amir Temur har tomonlama yetuk shaxsligi haqida ham ma’lumotlar keltiriladi. Amir Temurning mashaqatli va zafarli hayot yo‘li hamda vafoti haqida ma’lumotlar keltiriladi.

Tohir Avazxonov

1267-1269

2024-07-31

AMIR TEMUR TASHQI SIYOSATIINI TADQIQ ETISHDA XALQARO MUNOSABATLAR NAZARIYALARI QO‘LLANILISHI

Ushbu maqolada Amir Temur davlatining tashqi siyosati va xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘rni turli nazariy yondashuvlar – realizm, liberal-institutsionalizm, konstruktivizm va sivilizatsion paradigma asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot Temur davlati diplomatiyasining ko‘p qirrali tabiati – harbiy-geosiyosiy raqobat, savdo-iqtisodiy aloqalar, madaniy almashinuv va ideologik ta’sirlarning o‘zaro uyg‘unlashuvini ochib beradi. Maqolada XIV–XV asrlardagi Yevrosiyo makonining xalqaro tizimi qayta ko‘rib chiqilib, unda Amir Temur siyosatining kuchlar muvozanati, mintaqaviy barqarorlik va sivilizatsiyalararo muloqotni shakllantirishdagi roli ilmiy asoslangan holda baholanadi. Tadqiqot Temur diplomatiyasining zamonaviy xalqaro munosabatlar nazariyalari bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatib, uning tarixiy tajribasining nazariy va amaliy ahamiyatini yoritadi.

Ulug‘bek Abdullayev

22-25

2025-11-24

MANBALARDA AMIR TEMUR AJDODLARI TARIXINING AKS ETISHI

Amir Temur vatanimiz tarixida yuksak jasorat ko’rsatgan sarkardalardan biri hisoblanadi. Amir Temur ajdodlari ham o’z davrining taniqli urug’laridan edi. Amir Temur ajdodlari o’sha kezlarda yuqori lavozimni egallagan barlos urug’i edi. Barlos urug’i Movaraunnahr, xususan Kesh bekligi tarixida muhim ro’l o’ynagan. Ushbu maqolada Amir Temur ajdodlari hisoblanmish barlos urug’i kelib chiqishi va ilk vatani to’g’risida, undan tashqari  ularning Movrarounnahr tarixidagi o’rni va mo’g’ullar imperiyasi davrida olib borgan  faoliyati haqida ma’lumotlar manbalar asosida keltiriladi va tahlil qilinadi. Shuningdek, barloslarning Chngizxon va uning avlodlari hukmronligi davrida ega bo’lgan yuksak obro’si va harbiy sarkarda lavozimida olib borganfaoliyati haqida ham manbalar asosida keng yoritiladi

Muslima Abdullayeva

1270-1272

2024-07-31

AMIR TEMUR – BUYUK DAVLAT ARBOBI

Amir Temur  O'rta Osiyo va butun dunyo tarixida buyuk harbiy rahbar, davlat arbobi va madaniyat homiysi sifatida tanilgan. Ushbu maqola Amir Temurning davlat arbobi sifatidagi roli va uning tarixdagi o‘rni haqida so‘z yuritadi. Maqolada Temurning harbiy yurishlari, siyosiy islohotlari, iqtisodiy siyosati va madaniy merosi tahlil qilinadi. Amir Temur o‘zining harbiy muvaffaqiyatlari bilan katta hududlarni zabt etib, Temuriylar imperiyasini yaratdi. Shuningdek, u markazlashgan boshqaruv tizimini o‘rnatdi, davlatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamladi. Uning Samarqandni ilm-fan va madaniyat markaziga aylantirishi, ilmiy va madaniy rivojlanishga qo‘shgan hissasi uning buyukligini yanada oshiradi. Temurning siyosiy va madaniy merosi, uning davlat boshqaruvi, qonunlar va madaniy yutuqlari bugungi kunda ham o‘rganilmoqda va dunyo tarixida o‘z izini qoldirgan. Bu maqola Amir Temurning buyuk davlat arbobi sifatidagi ahamiyatini keng yoritib beradi va uning tarixdagi o‘rni hamda merosini chuqur tahlil qiladi.

Adhamjon Azimov, Ibratillo Riskiyyev

18-23

2025-05-07

MAIN FACTORS OF THE SPIRITUAL RENAISSANCE OF THE TIMURID PERIOD

This article analyzes the political, legal, economic, and ideological factors of the spiritual revival during the Timurid period. The article reveals the role of the centralized state system and the principles of justice established in the "Institutes of Temur" in ensuring spiritual stability. The significance of the Naqshbandiya teaching as a socio-ethical driving force and the role of Alisher Navoi's heritage in national self-identification are scientifically substantiated.

Muhabbat Ibragimova

54-58

2026-01-31

AMIR TEMUR DAVLATCHILIGI TARIXI VA GEOGRAFIK HUDUDLARI

Yevroosiyoning bepoyon hududlarini o‘z ichiga ulkan va qudratli Temuriylar davlati nainki O‘zbekiston, O‘rta Osiyo, balki butun jahon xalqlari tarixida muhim sifat o‘zgarishlarini boshlab bergan. Avvalo Amir Temurning davlatchilik siyosati Yevroosiyo mintaqasida turli ilmiy va madaniy maktablarning qo‘shilishiga va kashfiyot va uslublarning yuzaga kelishiga zamin yaratdi. O‘rta Osiyoda sharq ilmiy tafakkuri umumlashib, uyg‘unlashib, bir-birining eng ilg‘or taraflarini olib yangi taraqqiyot cho‘qqisiga ko‘tarildi, o‘ziga xos Amir Temur va temuriylar davri ilmiy va falsafiy tafakkuri paydo bo‘ldi, ilm-fan integrasiyasi kuchaydi, bir so‘z bilan aytganda millatlararo ko‘prik o‘rnatildi. Ushbu maqolada, Amir Temur davlatchiligi tarixi va geografik hududlari haqida umumiy fikr va mulohazalar yuritiladi.

Nasriddinova Mahbuba Jololiddinovna, Toshtemirova Ixtiyora Azamatovna

327-329

2022-02-10

MOVAROUNNAXRDA SIYOSIY PAROKANDALIK VA SARBODORLAR HARAKATI.

Ushbu maqolada Movarounnaxrdagi siyosiy tarqoqlik va viloyatlarning xukmronlikka intilishlari, o’rta asr muarrixlarining asarlarida kelgan ma’lumotlar, chig’atoy ulusi parchalanishi, mo’g’iliston davlati tashkil topishi,Tug’luq Temur va uning avlodlari tomonidan movarounnaxrga bostirib kirishi, va Ilyosxo’jaga qarshi sarbadorlar harakatining keng avj olishi, sarbadorlar tomonidan katta yer egalarining mol mulklari talon – taroj qilinishi Amir Temur va Amir Xusayn tomonidan Sarbadorlar xarakatining bostirilishi haqida tanishishingiz mumkin.

Samariddin Normo’minov , Diyorbek Raxmatullayev, Faxriyor Boboyev

86-88

2022-12-09

ABDULLA ORIPOV “SOHIBQIRON” DRAMASIDA AMIR TEMUR OBRAZINING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada Abdulla Oripovning “Sohibqiron” dramasi badiiy ifodasi, soʻz qoʻllash borasida erishilgan yutuqlar hamda Amir Temur obrazining badiiy talqini yuzasidan fikr yuritilgan. Maqolada  Amir Temur obrazi, uning bunyodkorlik ishlari, jang sohasida qoʻllaniluvchi uslublar haqida soʻz yuritilgan.

Diyora Salomova

104-106

2023-04-14

“THE DEVELOPMENT OF MILITARY ART DURING THE TIME OF AMIR TEMUR AND THE TIMURIDS AND ITS SIGNIFICANCE TODAY”

The great statesman Sohibkiron Amir Temur, who left his name in the annals of history of our homeland, took a worthy place in world history with his sharp intellect, unique leadership skills and military skill. The life path of the commander and the success he achieved during his state administration and activities are reflected in a number of historical works.

O‘dayev R.K

12

2025-10-07

ÁMIR TEMUR - ULLI SARKARDA HÁM MÁMLEKETLIK ǴAYRATKER

Tariyx - bul xalıqtıń yadı, mádeniyatı hám milliy ózliginiń tiykarı bolıp xizmet etedi. Hár bir oqıwshınıń sanasında tariyxıy sananı qáliplestiriw, onı óz xalqınıń ótmishine, ullı ata-babalarına húrmet ruwxında tárbiyalawda mektep bilimlendiriwi áhmiyetli orın iyeleydi. Ásirese, Ámir Temur sıyaqlı dúnya tariyxında tereń iz qaldırǵan shaxslardıń ómirin úyreniw, oqıwshılarda watansúyiwshilik, maqtanısh, milliy maqtanısh sezimlerin kúsheytiwde sheksiz tárbiyalıq áhmiyetke iye. Ámir Temur - ullı sárkarda, talantlı mámleketlik ǵayratker, strategiyalı hám ádil húkimdar sıpatında tek ǵana óz dáwirinde emes, al búgingi kúnde de tariyxıy shaxs sıpatında joqarı tán alınadı. Ol tiykar salǵan kúshli hám oraylasqan Temuriyler mámleketi, onıń áskeriy atlanısları, mámleketlik basqarıw, ilim hám mádeniyatqa bergen itibarı búgingi tariyxıy bilimler sistemasında ayrıqsha orın iyeleydi. Usı maqalada 7-klass tariyx sabaģında "Ámir Temur - ullı sárkarda hám mámleketlik ǵayratker" temasın úyreniw boyınsha ótkerilgen sabaq tájiriybesi analizlenedi. Onda sabaq procesi, metodikalıq qatnaslar, oqıwshılardıń belsendiligi hám temanıń oqıwshılarda qanday tásir qaldırǵanı sáwlelendiriledi.

Xalima Jalalova , Nizamatdin Nuratdinov

70-72

2025-05-26

SOHIBQIRON AMIR TEMUR VA SHOHRUH MIRZONING ILM-FAN TARAQQIYOTIGA QO‘SHGAN HISSASI

Temuriylar davrida turli ilmlarining rivoji oʻzining yuksak choʻqqisiga chiqdi. Amir Temur olimlarini Samarqandga chaqirib, ular uchun madrasalar qurdirgan. Undan tashqari Amir Temur vafotidan so‘ng Xuroson yerlarida, ayniqsa, davlat poytaxtini Samarqanddan Hirotga ko‘chirgan  Shohruh o‘z hukmronligi davrida olim va hunarmandlarga xuddi otasi kabi hurmat bilan munosabatda bo‘lgan va turli nuqtalardan olimlarni Hirotga olib kelgan.

Jahongir Turdimirzayev

8-13

2024-10-08

RISE OF SCIENCE AND ENLIGHTENMENT AND CULTURE DURING THE TIME OF AMIR TIMUR

This article talks about the rise of science, enlightenment and culture during the time of Amir Temur. Relying on cultural information, the author studied and analyzed specific aspects of the rise of science, enlightenment and culture during the period of Amir Temur based on existing scientific literature.

Nekboyeva Mahliyo Turakulovna

31-36

2023-01-07

AMIR TEMUR DAVRIDA ME'MORCHILIK

Amir Temur (Tamerlan) 1370-1405 yillarda markaziy Osiyoda hukmronlik qilar ekan, arxitektura va san'at sohasida yangi yutuqlarga erishdi. Ushbu maqolada Amir Temur davridagi memorchilik tarixi, Temuriylar me'moriy uslublari, qadimiy obidalar va ularning san'at va madaniyatdagi o'rni tahlil qilinadi. Maqola shuningdek, Amir Temurning memorchilikka ta'siri, muhim obidalar va bu obidalar orqali aholi va davlat o'rtasidagi ijtimoiy aloqalarning o'zgarishi haqida ham batafsil ma'lumot beradi.

Anvar G'aniyev

137-138

2025-04-21

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIGA XOS NOMODDIY MADANIY MEROS HAMDA ILM - FAN TARAQQIYOTI

Ushbu maqolada Sohibqiron Amir Temur davri madaniyati, nomoddiy madaniy merosi va davlatchilik taraqqiyotiga qo‘shgan ulushi haqida so‘z boradi.  Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi va tarqoq feodal davlatlarni birlashtirishi ilk Uyg‘onish davri madaniy taraqqiyoti natijasida vujudga kelgan, lekin mo‘g‘ullar tomonidan bir-biridan ajratib tashlangan yagona madaniy jarayonni yanada rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Eng avvalo, iqtisodiy hayot, shuningdek, fan, san’at va adabiyotdagi azaliy an’analar qaytadan tiklandi. Inson va uning aql-idroki, ma’rifatga intilishi, Sharq renessansiga xos xususiyat hisoblangan ma’naviy komil insonni shakllantirishga bo‘lgan e’tibor va ma’rifatga intilish kuchayadi. Fan va adabiyotda jahonshumul ahamiyatga ega bo‘lgan asarlar yaratildi.  

Nodirabegim Qosimjonova

97-100

2023-07-18

AMIR TEMUR – BUYUK DAVLAT ARBOBI

Amir Temur, yoki Tamerlan, O'rta Osiyo va dunyo tarixidagi eng buyuk sarkardalardan biri hisoblanadi. Uning hayoti va faoliyati nafaqat o'z davrida, balki keyingi asrlarda ham keng muhokama qilinib, yuksak baho olgan. Temurning buyuk davlat arbobi sifatidagi roli, harbiy strategiyasi, siyosiy ko'rik va madaniyatga qo'shgan hissasi tarixi davomida katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada Amir Temurning davlat arbobi sifatidagi faoliyati, uning siyosiy islohotlari, harbiy yurishlari va madaniyatga qo'shgan hissalari tahlil qilinadi. Shuningdek, Temurning tashkil etgan imperiyasining tarixi va uning bugungi kunda davom etayotgan merosi haqida so'z yuritiladi.

Adhamjon Azimov , Inoyatulloh Rasulov

135-138

2025-04-29

AMIR TEMUR BUYUK DAVLAT ARBOBI

Mazkur maqola Amir Temurning buyuk davlat arbobi sifatidagi faoliyatiga bag‘ishlangan. Temurning 14-asrdagi davlat qurishdagi ta’siri va uning siyosiy, iqtisodiy  va madaniy rivojlanishga qo‘shgan hissasi chuqur tahlil qilingan. Maќolada,  Amir  Temurning harbiy,  siyosiy va  davlatchilik falsafasi, uning boshqaruvi  va  qonunlari, xalqlar o‘rtasida tinchlikni  ta’minlashdagi  rolі,  shuningdek,  Samarqandni  madaniy  markazga  aylantirishga bo‘lgan sa’y-harakatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu maqolada Amir Temurning davlat boshqaruvi va siyosatini o‘zbekiston Respublikasining zamonaviy islohotlari bilan o‘xshatish va    Prezident   Shavkat   Mirziyoyevning   davlat   boshqaruvi    sohasidagi   amalga    oshirgan islohotlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi. Maqola Temurning tarixiy shaxsiyati va uning o‘z vaqtidagi davlatchiligiga oid yangicha qarashlar bilan bog‘liq muhim natijalarni keltirishga intiladi.

Dilnavoz Abdumutalova

155-159

2025-12-18

AMIR TEMUR BUYUK DAVLAT ARBOBI

Mazkur maqola Amir Temurning buyuk davlat arbobi sifatidagi faoliyatiga bag‘ishlangan. Temurning 14-asrdagi davlat qurishdagi ta’siri va uning siyosiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishga qo‘shgan hissasi chuqur tahlil qilingan. Maќolada, Amir Temurning harbiy, siyosiy va davlatchilik falsafasi, uning boshqaruvi va qonunlari, xalqlar o‘rtasida tinchlikni ta’minlashdagi rolі, shuningdek, Samarqandni madaniy markazga aylantirishga bo‘lgan sa’y-harakatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu maqolada Amir Temurning davlat boshqaruvi va siyosatini o‘zbekiston Respublikasining zamonaviy islohotlari bilan o‘xshatish va Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat boshqaruvi sohasidagi amalga oshirgan islohotlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi. Maqola Temurning tarixiy shaxsiyati va uning o‘z vaqtidagi davlatchiligiga oid yangicha qarashlar bilan bog‘liq muhim natijalarni keltirishga intiladi.

Adhamjon Azimov, Otabek Toshpo’latov

56-60

2025-04-30

IBN ARABSHOHNING “AMIR TEMUR TARIXI” ASARIDA AMIR TEMURNING SHAXSIY FAZILATLARI.

Ushbu maqolada Temuriylar saroyida ijod etgan taniqli olimlardan biri Ibn Arabshohning “Amir Temur tarixi” asari orqali Amir Temurning shaxsiy fazilatlari, Sohibqironning fel-atvori va boshqa hislari to’g’risida ayrim ma’lumotlarga ega bo’lasiz.

Lochinbek Boboxonov , Sardor Jo’rayev, Diyorbek Norbekov , E’zoza Erkinova

213-215

2022-11-29

AMIR TEMUR DAVLATINING YEVROPA MAMLAKATLARI BILAN DIPLOMATIK MUNOSABATLARI

Quyidagi maqolada Amir Temur davlatining Yevropa mamlakatlari, xususan Fransiya, Angliya va Ispaniya mamlakatlari bilan bo’lgan aloqalari va elchilik munosabatlari, yozishmalar, hamda turli xil diplomatik bitimlar joy olgan. Bundan tashqari Ispaniya elchisi Rui Gonsales de Klavixo “Kundaliklari” asosida Amir Temur davlatining tuzilishi va diplomatik munosabatlari haqida ham ma’lumotlarga ega bo’lasiz.

Mirzo Muxtorov , Otabek Xaytqulov, Lochinbek Boboxonov

216-219

2022-11-29

AMIR TEMUR QO’SHINI

Ushbu maqolada Amir Temur va Chingisxon qo’shini  tarkibi haqida o’xshashlik va farqli jihatlari haqida mulohaza yuritildi. Amir Temur qo’shini qay tartibda yig’ishi va qanday saf tortishi, janglarda qo’shin harakatlanishi haqida malumotlar keltirildi.

Davronbek Abdurashidov, G'ayrat Qambarov

72-74

2025-04-28

AMIR TEMUR DAVRI TARIXINI YORITUVCHI MANBALAR TAHLILI

Maqolada Amir Temur davri tarixidan hikoya qiluvchi yozma manbalar tahlil qilingan.

Laylo Begimqulova

211-215

2023-04-28

OQSAROY MAJMUASI: AMIR TEMUR DAVRINING ARXITEKTURA INSHOOTI

Oqsaroy majmuasi Amir Temur tomonidan 14-asrda Shahrisabzda qurilgan muhim arxitektura ob'ektidir. Ushbu maqolada Oqsaroyning tarixiy ahamiyati, me'moriy xususiyatlari, san'at va madaniyatga ta'siri, zamonaviy ahamiyati, shuningdek, arxitektura uslublarining rivojlanishi tahlil qilinadi. Oqsaroy, Amir Temur davrining qudratini va madaniyatini ifodalovchi ramz sifatida, bugungi kunda ham sayyohlar va tadqiqotchilar uchun qiziqarli manzil bo'lib qolmoqda.

Gavhar Fayziyeva

15-17

2025-04-23

AMIR TEMUR-GREAT STATESMAN AND COMMANDER

This article covers the military art of Amir Temur, the military campaigns under Amir Temur, and to what extent the patriotic feeling of the time was, with great emphasis on the choice of Battlefield.

Ashirova Noila Xasan qizi

96-100

2023-05-27

CONTRIBUTION OF FOUNDERS AMIR TEMUR AND SHAHRUKH MIRZA TO THE DEVELOPMENT OF SCIENCE

Temuriylar davrida ikki shahar Samarqand va Hirot im-fan va madaniyatda yuksak cho‘qqiga ko‘tarildi. Albatta bunda hukmdorlarning ilmni rivojlantirish uchun qilgan say-harakatlarining o‘rni beqiyos. Amir Temur qaysi shaharga yurish qilsa, u yurtning olimlarini izzat-ikrom etadi va ularni poytaxt Samarqand shahriga taklif etadi. Ularga bu shaharda faoliyat yuritishlari uchun masjid va madrasalar bino qilib beradi. Sohibqironning o‘zi ham juda zakovatli, bilimdon edi. Buni olimlar bilan olib  borgan bahs-munozaralari yaqqol ko‘rsatib beradi.  Doimo Sohibqiron bir tomondan, yurish qilgan joylardan o‘z poytaxtiga olimlar olib kelgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘zi borgan joylarda  olimlar  bilan albatta ilmiy munozaralar olib borgan.

Jahongir Turdimirzayev

4-6

2025-04-07

SOHIBQIRON TAN OLMAGAN KELIN - SHODMULK BEGIM TAQDIRI

Tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiyning yozishicha Shodmulk Xotun Samarqand shahrining quyi tabaqasidan mansub hunarmand oilasida taxminan 1380 yoki 1390-yilda dunyoga kelgan. Amir Temurning suyukli nabirasi Xalil sulton Mirzo unga oshiq bo'lib, 1404-yil unga uylanadi. Ammo bunday "tengsiz" nikohga Amir Temur qarshilik qiladi. Lekin keyinchalik Xalil Sulton Mirzo Amir Temur tomonidan kechiriladi, Temurning Xitoyga qarshi so'nggi yurishida qo'shinning o'ng qanotiga qo'mondonlik qilish unga ishonib topshirilgan edi. Saroy Mulk xonimning shafoati tufayli u Amir Temurga Shod Mulkning homiladorligini aytib tirik qoladi.

Sabriya Shodmonqulova

72-73

2025-05-19

1 - 25 of 101 items 1 2 3 4 5 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy