Big data (katta ma'lumotlar) – juda katta hajmdagi bir jinsli bo‘lmagan va tez tushadigan raqamli ma'lumotlar bo‘lib, ularni odatiy usullar bilan qayta ishlab bo‘lmaydi. Ba'zi hollarda, katta ma'lumotlar tushunchasi bilan birga shu ma'lumotlarni qayta ishlash ham tushuniladi. Asosan, analiz obyekti katta ma'lumotlar deb ataladi. Big data atamasi 2008-yilda dunyoga kelgan. Nature jurnali muharriri Klifford Linch dunyo ma'lumotlar hajmining juda tez sur'atda o‘sishiga bag‘ishlangan maxsus sonida big data atamasini qo‘llagan. Biroq, katta ma'lumotlar avval ham bo‘lgan. Mutaxassislarning fikricha, kuniga 100 gb dan ko‘p ma'lumot tushadigan oqimlarga big data deb aytilar ekan. Ushbu maqolada kompyuterda Katta ma’lumotlar bilan ishlash haqida ma’lumotlar, Katta ma’lumotlar bilan ishlash tahlili hamda usullari haqida so‘z yuritiladi.
2023-04-14