Ma’lumki, apellyativ va onomastik leksikaning ko'chish jarayonlari til va nutq birliklarining o’zaro ta’siri sifatida tavsiflanadi. Maqolada onomastik ko’chish nutq hodisasi sifatida qaralib, obyektni individuallashtirish (onimlashtirish) ning lingvistik mexanizmlari, shuningdek, onimlarni apellyativlashish usullari ko'rsatilgan. Geografik nomlarning semantik derivatsiyasi natijasida sun'iy va tabiiy nominatsiyalarning shakllanishi toponimlar misolida ko'rsatilgan.