Innovative Academy
  • Регистрация
  • Вход
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Журналы
    • Евразийский журнал академических исследований
    • Евразийский журнал медицинских и естественных наук
    • Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры
    • Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук
    • Евразийский журнал математической теории и компьютерных наук
  • Новые журналы
    • Центральноазиатский журнал образования и инноваций
    • Евразийский журнал технологий и инноваций
    • Бюллетень педагогов нового Узбекистана
    • Бюллетень студентов нового Узбекистана
  • Конференции
    • Наука и технология в современном мире
    • Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения
    • Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Инновационные исследования в современном мире: теория и практика
    • Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования
    • Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования
  • Объявления
    • Как написать научную статью?
    • Вопросы о докторантуре и ответы на них
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • Xirsh indeksi nima va uni qanday oshirish mumkin?
    • «Faol hamkor» aksiyasi
    • «In Ambassador» jamoasi
    • atm

Найти

Расширенные фильтры

Результаты поиска

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNALOGIYALARI FANINI O‘QITISHDA AXBOROT SAVODXONLIGINING O‘RNI

"Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda axborot savodxonligining o‘rni" mavzusidagi maqola axborot texnologiyalari sohasida talabalar va keng jamoatchilikning axborot savodxonligini oshirishning ahamiyatini tahlil qiladi. Maqolada axborot savodxonligi tushunchasi, uning ta’lim jarayonidagi roli va informatikani o‘rgatishda ahamiyati haqida batafsil ma’lumot beriladi. O‘quvchilarga zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, internet resurslarini to‘g‘ri tahlil qilish va xavfsiz ishlatish ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, axborotlarni saqlash va uzatishda etika va huquqiy masalalar haqida ma’lumotlar taqdim etiladi. Maqola, informatika fanining samarali o‘qitilishi uchun axborot savodxonligini targ‘ib qilishning zarurligini ko‘rsatadi va shu orqali ta’limda yangi avlodning raqamli texnologiyalarni ongli va to‘g‘ri ishlatish malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqola, axborot texnologiyalarining o‘quv jarayoniga integratsiyasining nafaqat texnik bilimlar, balki axborot xavfsizligi va axborotlarni to‘g‘ri ishlatishning ahamiyatini anglatishini ko‘rsatadi. Bu savodxonlikni oshirish orqali nafaqat talabalarning raqamli dunyoda muvaffaqiyatli bo‘lishiga yordam berish, balki jamiyatning axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmalarini umumiy ravishda rivojlantirishga xizmat qiladi.

Normurodova Sadoqat Xoliqulovna, Raxmatova Maxfuza Abdusattorovna, Asadova Shaxina Halim qizi

80-86

2025-02-28

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QUVCHILARNING AXBOROT KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH ORALI ZAMONAVIY KASBLARGA YO‘NALTIRSHDAGI ILMIY AHAMIYATI

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar asosida o‘quvchilarning axborot kompetentligini rivojlantirish orali zamonaviy kasblarga yo‘naltirshdagi ilmiy ahamiyati sifatida “Kasblarga yo‘naltirishdagi axborotlar bilan kompetensiyasi”, “Kelajak kasblarni tanlashda axborot kompetentligini rivojlantirish”, “Kasbiy sohalarga integrasiyalash maqsadlaridagi axborot kompetentligini rivojlantirishning pedagogik muommolari” kabi tushunchalarni ilmiy tahlil qilish bilan mavzud adabiyotlarni o‘rganildi va muammolarni aniqlashni maqsad qilindi.

Erkinxon Nizomxonov, Sanjarxon Nizomxonov

34-37

2025-01-04

AXBOROT MADANIYATI VA MEDIASAVODXONLIK

Ushbu maqolada axborotlashgan jamiyat sharoitida axborot madaniyati va mediasavodxonlik tushunchalarining mazmuni, ahamiyati hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni keng yoritilgan. Axborot oqimining ortib borishi natijasida yuzaga kelayotgan feyk yangiliklar, axborot manipulyatsiyasi va axborot xavfsizligi muammolari tahlil qilinadi. Maqolada axborot madaniyatining asosiy tarkibiy qismlari, mediasavodxonlikning vazifalari, yoshlar ongida tanqidiy fikrlashni shakllantirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, axborot tahdidlaridan himoyalanish yo‘llari va axborotdan ongli foydalanish zarurati asoslab berilgan.

Shavkatova Xafizaxon Ilxomjon qizi, Nurmatov Sardor Sidikovich

94-96

2025-12-29

RAQAMLI KOMMUNIKATSIYA VOSITALARIDA AXBOROT SIFATINI BAHOLASH

Ushbu maqolada raqamli kommunikatsiya vositalarida tarqatilayotgan axborotning sifatini baholash masalasi yoritiladi. Zamonaviy axborot makonida internet nashrlari, ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va boshqa raqamli platformalar orqali katta hajmdagi ma’lumotlar tezkor tarqalmoqda. Shu sababli axborotning ishonchliligi, aniqligi, dolzarbligi va xolisligini baholash muhim ilmiy va amaliy muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tadqiqotda axborot sifatini aniqlash mezonlari — manbaning ishonchliligi, mazmunning aniqligi, faktlarning tekshirilganligi, til va uslubning ravshanligi hamda axborotning auditoriyaga mosligi kabi jihatlar tahlil qilinadi. Shuningdek, raqamli kommunikatsiyada noto‘g‘ri, manipulyativ va yolg‘on axborot (feyk xabarlar)ning tarqalish omillari hamda ularning ijtimoiy ongga ta’siri ko‘rib chiqiladi.

G’anijonova Mubina, Nurmatov Sardor

155-157

2025-12-26

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O‘QITISHDA AXBOROT SAVODXONLIGINING O‘RNI

Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fanining ta’lim tizimidagi o‘rni, uning talabalarga axborot savodxonligini oshirishdagi ahamiyati va ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash masalalari yoritiladi. Mualliflar A. Abdullayev, T. Kamilov, Warschauer va Selwynning ilmiy asarlariga asoslanib, axborot texnologiyalarining jamiyat va ta’lim tizimidagi rolini, shuningdek, axborot savodxonligining talabalar uchun zaruriy ko‘nikma sifatida rivojlanishini ko‘rsatadi. Maqolada axborot texnologiyalarining ta’lim jarayoniga integratsiyasi va bu jarayonda o‘quvchilarning innovatsion fikrlash va texnologik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik tavsiyalar taqdim etilgan. Shuningdek, axborot savodxonligi darajasi past bo‘lgan o‘quvchilar uchun yuzaga keladigan muammolar va bu sohada qo‘shimcha e’tibor berish zarurligi ham ta’kidlab o‘tilgan. Maqola axborot texnologiyalarini ta’limda samarali qo‘llash va axborot savodxonligini rivojlantirishning ahamiyatini o‘rganadi.

Ro‘ziqulova Marjona Jonuzoq qizi, Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

87-90

2025-05-13

YOSHLARNI AXBOROT XURUJLARIDAN HIMOYA QILISHNING MA’NAVIY-MA’RIFIY VA AXLOQIY OMILLARI

Mazkur maqolada yoshlarni axborot xurujlaridan himoya qilish masalasi ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy omillar nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Global axborot maydonida yosh avlodning mafkuraviy va ruhiy holatiga ta’sir ko‘rsatadigan salbiy axborot oqimlari tobora ortib bormoqda. Shuning uchun yoshlarning axborot xurujlariga qarshi immunitetini shakllantirish, ularni ma’naviy qadriyatlar asosida tarbiyalash hamda media savodxonligini oshirish dolzarb masala hisoblanadi. Tadqiqotda oilaviy tarbiya, ta’lim tizimi, ommaviy axborot vositalari va diniy-ma’rifiy omillarning yoshlarning axborot xurujlaridan himoya qilinishidagi roli va ahamiyati o‘rganiladi. Shuningdek, zararli axborot ta’sirining oldini olish bo‘yicha samarali pedagogik va psixologik yondashuvlar tahlil qilinadi.

Abdalova Mexriniso Baxramovna, Sapayev Odilbek Toxirovich, Annayeva Nazokat Rajabbayeva

79-84

2025-01-31

AXBOROT BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Axborot bo‘limini o‘qitish metodikasi, axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalarini taqdim etishga asoslanadi. Axborot bo‘limi o‘quvchilarga axborotni yig‘ish, tasniflash, saqlash va uzatish jarayonlarini chuqur o‘rgatish bilan birga, axborot xavfsizligi, axborot tizimlari va dasturiy ta’minotlar haqida keng tushuncha beradi. O‘qitish metodikasi axborotdan samarali foydalanish va uni amaliyotda qo‘llashga qaratilgan. Bu metodikada quyidagi asosiy yondashuvlar qo‘llaniladi: interaktiv darslar, amaliy mashg‘ulotlar, guruhli ishlar, elektron resurslardan foydalanish, va o‘quvchilarga muhim axborot tizimlaridan foydalanish bo‘yicha mashqlar berish. O‘qituvchi axborotni turli shakllarda, jumladan, matn, audio, video va grafiklar orqali taqdim etadi. Axborot bo‘limi o‘qitish metodikasi o‘quvchilarga axborot texnologiyalarining turli xil dasturlarini va usullarini o‘rganishga imkon yaratadi, bu esa ularning informatika bo‘yicha bilimlarini kengaytiradi.

Normurodova Sadoqat Xoliqulovna, Ismatullayeva Gulshoda Xusniddin qizi, Asadova Shaxina Halim qizi

76-79

2025-02-28

RAQAMLI IQTISODIYOTDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING ZAMONAVIY USULLARI VA VOSITALARI

Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyotda axborot xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy usullari va vositalari tahlil qilinadi. Raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi bilan birga, axborot xavfsizligi muammolari ham kuchaymoqda. Bu maqolada, axborot xavfsizligi sohasidagi asosiy muammolar va ularni hal etishning zamonaviy usullari, shu jumladan shifrlash, autentifikatsiya, xavfsizlik protokollari, sun’iy intellekt va blokcheyn texnologiyalari yordamida axborot himoyasini ta’minlash mexanizmlari koʻrib chiqiladi. Xavfsizlikni ta’minlashda ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash orqali raqamli infratuzilmaning barqarorligi va foydalanuvchilar ma’lumotlarini himoya qilishda yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Ushbu maqola, shuningdek, axborot xavfsizligi bilan bogʻliq eng yangi trendlar va kelajakda qoʻllanilishi mumkin boʻlgan innovatsion yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot beradi. Raqamli iqtisodiyotda muvaffaqiyatli xavfsizlik strategiyalarini ishlab chiqish uchun axborot xavfsizligi sohasidagi bilimlar va texnologiyalarni yangilab borish zarurligi ta’kidlanadi.

T.A. Xoʻjakulov , F.F. Shukrullayev

459-464

2024-12-28

MA’LUMOTLAR BA’ZASIDA AXBOROT ALMASHISH SXEMASI

Ushbu maqolada ma’lumotlar bazasida axborot almashish jarayonining nazariy asoslari, uning tarkibiy tuzilmalari hamda amaliy tizimlarda qo‘llanilish mexanizmlari keng yoritilgan. Axborot almashish sxemasining tashkil etilishi, uning funksional imkoniyatlari, ma’lumotlar uzatishdagi izchillik va ishonchlilik kabi omillar chuqur tahlil qilingan. Shuningdek, zamonaviy MBBS arxitekturasi doirasida tranzaksiyalar boshqaruvi, blokirovka mexanizmlari va replikatsiya jarayonlarining axborot almashinuvi samaradorligiga ta’siri ilmiy yondashuv asosida asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari ma’lumotlar bazalarida axborot oqimini optimallashtirish va tizim barqarorligini ta’minlashning dolzarb masalalarini yoritishga xizmat qiladi.

Tojimamatov Isroil Nurmamatovich, To‘xtayeva Komilaxon Ismoiljon qizi

94-101

2025-12-08

AXBOROT BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Методика преподавания информационного отдела в данной работе рассматривается использование информационных технологий и информационных систем в образовательном процессе, а также методические подходы и способы их применения для повышения эффективности обучения. В работе анализируются традиционные и инновационные методы преподавания, интерактивные подходы, использование онлайн-платформ и практических занятий в обучении. Также рассматриваются эффективные способы использования информационных технологий в обучении, методы оценки знаний студентов, а также возникающие проблемы и пути их решения в процессе преподавания информационного отдела

Madadjon O‘ktamov , Ozoda Boymurodova

11-14

2025-03-10

AXBOROT MAYDONIDA PSIXOLOGIK TAHDIDLAR VA ULARNING JAMIYAT BARQARORLIGIGA TA’SIRI

Mazkur maqolada zamonaviy globallashuv va raqamli texnologiyalar rivoji sharoitida axborot makonida yuzaga kelayotgan psixologik tahdidlar ijtimoiy-psixologik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda axborot oqimining tezligi va nazoratsizligi shaxs ruhiy holati hamda jamiyat barqarorligiga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirlari yoritilgan. Shuningdek, xalqaro tashkilotlar statistik ma’lumotlari asosida axborot bosimining global ko‘lami ochib berilib, O‘zbekistonda axborot manipulyatsiyalarining oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil etiladi. Maqolada axborot madaniyatini yuksaltirish va psixologik barqarorlikni mustahkamlash jamiyat taraqqiyotining muhim omili ekanligi ilmiy jihatdan asoslanadi.

Yusupova Bahoroy Axrorovna

37-39

2026-02-10

AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Mazkur maqola “Axborot texnologiyalarini bo‘limini o‘qitish metodikasi” mavzusida axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonidagi o‘rni va ularni o‘qitish metodlarini tahlil qiladi. Tadqiqotda xorijiy va o‘zbek olimlarining axborot texnologiyalarini o‘rgatish bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari asosida metodik yondashuvlar, pedagogik va texnologik bilimlarni birlashtirishning ahamiyati ko‘rsatilgan. Mishra va Koehlerning “TPACK” modeli va Jonassenning konstruktivistik yondashuvi, axborot texnologiyalarining samarali ta’lim jarayoniga integratsiyalashganligini tasdiqlovchi muhim tadqiqotlar sifatida keltirilgan. O‘zbek olimlaridan Qodirov va Raxmonovning ilmiy ishlarida axborot texnologiyalari va zamonaviy metodlar yordamida o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga faol jalb qilish, ularning kreativ fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirish haqida batafsil ma’lumot berilgan. Maqolada axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga qo‘llashning metodik asoslari, interfaol metodlarning ahamiyati, o‘qituvchilarni malakasini oshirish va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha takliflar keltirilgan. Bu tadqiqot axborot texnologiyalarini o‘rgatish metodikasining samaradorligini oshirish va ta’lim sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hasanova Sarvinoz Turg‘un qizi, Nurullayeva Malika Baxtiyor qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

4-9

2025-05-13

UNIVERSITET AXBOROT INFRATUZILMASINI RAQAMLASHTIRISH MODELI

Mazkur maqolada universitet axborot infratuzilmasini raqamlashtirishning ilmiy-nazariy asoslari hamda uni amaliyotga joriy etish modeli ishlab chiqiladi. Tadqiqotda ta’lim, ilmiy-tadqiqot va boshqaruv jarayonlarini yagona raqamli muhitda integratsiyalash imkonini beruvchi axborot tizimlari arxitekturasi, ma’lumotlar bazalari, bulutli xizmatlar va axborot xavfsizligi mexanizmlari tahlil qilinadi. Shuningdek, universitet faoliyatini avtomatlashtirish, ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni optimallashtirishga qaratilgan raqamlashtirish modelining tarkibiy qismlari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim muassasalarida axborot infratuzilmasini modernizatsiya qilish va raqamli universitet konsepsiyasini shakllantirishda metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Allanazarova Anora Muxobir qizi

111-113

2026-02-17

KIBERXAVFSIZLIK SAVODXONLIGI VA MEDIYA ISTE’MOLI MADANIYATINING O’ZARO BOG’LIQLIGI

Bugungi globallashuv va raqamlashtirish davrida axborot inson hayotining eng muhim resurslaridan biriga aylandi. Internet, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn axborot platformalari va raqamli ommaviy axborot vositalari orqali insonlar soniyasiga ulkan hajmdagi ma’lumotlarni qabul qilmoqda va tarqatmoqda. Bu jarayon jamiyatning axborot bilan ishlash tezligi va ko‘lamini keskin oshirdi, shuningdek, axborotga bo‘lgan ehtiyojni yanada kuchaytirdi. Biroq axborot oqimining haddan tashqari ko‘pligi uning sifati va ishonchliligini baholash masalasini dolzarb muammoga aylantirdi.Raqamli muhitda foydalanuvchilar nafaqat foydali va ishonchli axborot, balki yolg‘on xabarlar, manipulyativ materiallar, ekstremistik g‘oyalar, kiberfiribgarlik va shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashga qaratilgan tahdidlarga ham duch kelmoqda.

Yo’ldashev Axrorjon, Ibrohimova Nodirabegim

25-27

2025-12-29

AXBOROT JAMIYATIDAGI O'RNI VA AHAMIYATI

Axborot jamiyatidagi o'rni va ahamiyati mavzusi zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ajralmas qismi sifatida muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada axborot jamiyatining asosiy tamoyillari, uning tashkil etilishi va rivojlanishi jarayonida axborotning roli tahlil etiladi. Axborot texnologiyalarining tezkor rivojlanishi va globalizatsiya jarayonlari axborot jamiyatining shakllanishiga ta'sir ko'rsatmoqda. Maqolada axborotning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi ta'siri, shuningdek, axborot xavfsizligi masalalari ham ko'rib chiqiladi. Axborot jamiyatining barqaror rivojlanishi uchun ta'lim, innovatsiyalar va raqamli iqtisodiyotning ahamiyati alohida ta'kidlanadi. Shuningdek, axborot almashinuvi va kommunikatsiya vositalarining roli, shaxsiy va jamoaviy taraqqiyotga qo'shgan hissasi ham o'rganiladi. Maqola yakunida axborot jamiyatining kelajagi va uning istiqbollari haqida fikrlar bildiriladi.

Borotov Jo'raqo'zi Shukurjon o'g'li, Burhonova Muslima

72-74

2025-12-29

O‘SMIRLAR AXBOROT OLISH KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK HUJJATLARI

Axborot texnologiyalari tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan hozirgi zamonda o‘smir yoshdagilar uchun axborot olish va undan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish muhim o‘rin tutadi. Mazkur tezisda o‘smirlarning axborot olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga ta’sir etuvchi pedagogik va psixologik hujjatlar, ularning asosiy yo‘nalishlari va amaliy tadbiqlari yoritib berilgan. Axborot olish ko‘nikmasi o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, ma’lumotni tanlash va tahlil qilish, kreativ muammolar yechimi topish qobiliyatlari bilan chambarchas bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid qonunlari, davlat dasturlari va pedagogik hujjatlarida o‘smirlarni zamonaviy axborot texnologiyalaridan ongli foydalanishga o‘rgatish asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilangan. Shuningdek, psixologik tadqiqotlar o‘smirlarning axborot qabul qilish va qayta ishlash qobiliyatini rivojlantirish uchun individual yondashuv, motivatsiya va tanqidiy fikrlashni rag‘batlantirish zarurligini ko‘rsatmoqda. Tezisda mavjud normativ hujjatlar tahlil qilinib, ularning amaliyotda qo‘llanish mexanizmlari hamda pedagogik va psixologik nuqtayi nazardan tavsiyalar berilgan. O‘smirlarning axborot olish ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni mustaqil ta’lim faoliyatiga tayyorlash va raqamli madaniyatni shakllantirish uchun samarali usullar ishlab chiqilgan.

Abdulxamidov Izzatullo Shuhratillo o`g`li

64-66

2025-04-28

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI O'QUVCHILARDA AXBOROT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqolada raqamli texnologiyalar yordamida o‘quvchilarda axborot madaniyatini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari yoritiladi. Hozirgi raqamli jamiyatda axborot oqimining keskin ortishi, internet manbalarining ko‘pligi va turli xil raqamli platformalarning keng qo‘llanilishi o‘quvchilardan axborotni izlash, tahlil qilish, baholash va undan samarali foydalanish ko‘nikmalarini talab etadi. Maqolada o‘quvchilarning media savodxonlik, axborot xavfsizligi, tanqidiy fikrlash va raqamli madaniyatga oid kompetensiyalarini rivojlantirishda interfaol ta’lim resurslari, elektron darsliklar, multimedia vositalari hamda onlayn ta’lim platformalarining o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘qituvchilarning raqamli pedagogik tayyorgarligi va ta’lim muassasalaridagi raqamli infratuzilmaning axborot madaniyatiga ta’siri ham ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, raqamli vositalar yordamida tashkil etilgan ta’lim jarayoni o‘quvchilarning mustaqil izlanish, analitik fikrlash va mas’uliyatli raqamli xulq-atvorni shakllantirishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Maqola yakunida o‘quvchilarda axborot madaniyatini yanada rivojlantirish uchun taklif va tavsiyalar berilgan bo‘lib, ular ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni joriy etish orqali ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

No’monova Feruza, Qodirov Farrux Ergash o‘g‘li

55-58

2026-01-13

ZAMONAVIY RAQAMLI JAMIYATDA AXBOROT XAVFSIZLIGI

raqamli transformatsiya va global tarmoqlarning keng yoyilishi bilan axborot resurslari tez kengaymoqda, ammo birga — axborot xavfsizligiga doir tahdidlar ham ortmoqda. Ushbu maqola zamonaviy axborot xavfsizligi tushunchasi, uning dolzarb tahdidlari, himoya usullari va kelajak tendensiyalarini tahlil qiladi. Asosiy e’tibor — kriptografiya, autentifikatsiya, tarmoq va tizim xavfsizligi, shuningdek, yangi texnologiyalar (bulut, IoT, sun’iy intellekt) kontekstida axborot himoyasini tashkil etishga qaratilgan. Maqola amaliy va nazariy jihatlarni qamrab olgan bo‘lib, sohaga yangi kirayotganlar va mavjud mutaxassislarga — umumiy yo‘l-yo‘riq beradi.

Ro‘zaliyev Sherzodjon Avazjonovich , Toshboltayev Faxriddin O‘rinboyevich, Xaydarova Oydinxon Tolibjon qizi, Mo‘mijonova Sevaraxon Ilhomjon qizi

14-17

2026-01-13

PEDAGOGIK PROFILAKTIKA ASOSIDA AXBOROT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Ushbu maqolada pedagogik profilaktika asosida axborot madaniyatini shakllantirishning nazariy va metodik asoslari yoritilgan. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida yoshlarning axborot bilan ishlash madaniyatini rivojlantirish, ularni zararli axborot oqimlaridan himoya qilish hamda axborotdan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish zamonaviy ta’lim tizimining muhim vazifasiga aylandi. Maqolada axborot madaniyati tushunchasining pedagogik mazmuni, uning jamiyatdagi o‘rni va ta’lim jarayonida pedagogik profilaktika tamoyillarini qo‘llash samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, yoshlarning media savodxonligini rivojlantirish va axborot xavfsizligini ta’minlashda o‘qituvchilarning roli hamda innovatsion yondashuvlarning ahamiyati yoritilgan.

Toxirova Madina Raximovna

7-9

2026-02-04

AXBOROT MADANIYATI VA MEDIA SAVODXONLIK: GLOBALLASHUV DAVRIDA SHAXS, JAMIYAT VA DAVLAT RIVOJIGA TA’SIRI

Mazkur ilmiy maqolada axborot madaniyati va media savodxonlik tushunchalarining ilmiy-nazariy asoslari, ularning o‘zaro bog‘liqligi hamda globallashuv va raqamli texnologiyalar sharoitida jamiyat hayotidagi ahamiyati tahlil qilinadi. Axborot makonida feyk xabarlar, manipulyativ axborot va mafkuraviy tahdidlarning kuchayib borayotgani sharoitida media savodxonlikning yoshlar ongini himoyalashdagi o‘rni ochib beriladi. Maqolada axborot madaniyatini shakllantirishning ta’limiy va ijtimoiy mexanizmlari ilmiy asosda yoritilgan.

Meliboyev Azizjon Ikromjon o‘g‘li, Mirzaaliyeva Gulchiroy Alimardon qizi

69-71

2026-01-05

ZAMONAVIY DUNYODA AXBOROTNI XAVFSIZ YETKAZIB BERISHNI AHAMIYATI

Maqolada zamonaviy dunyoda axborot xavfsizligi ko‘rib chiqiladi va axborot xavfsizligidan foydalanishga misollar keltiradi. Axborot xavfsizligining muhimligi, qo‘llanilishi va axborot texnologiyalarini joriy etish tahlil qilingan. Buning usullaridan biri axborot texnologiyalarini intensivlashtirish va optimallashtirish ekanligi aniqlanadi.

Sharipova Zulfiya Shokirjonovna

1124-1125

2024-07-31

INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI OʻQITISHDA MEDIASAVODXONLIGINING OʻRNI

Bugungi kunda axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi va internetning keng tarqalishi bilan, mediasavodxonlik oʻquvchilarda axborotlarni toʻgʻri tahlil qilish va ularni baholash koʻnikmalarini rivojlantirishda muhim rol oʻynamoqda. Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda mediasavodxonlikning o‘rni yoritiladi. Mediasavodxonlik zamonaviy jamiyatda tanqidiy fikrlashni shakllantirish, feyk axborotni aniqlash va axborot xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quv dasturlarini takomillashtirish, interaktiv o‘qitish usullaridan foydalanish, o‘qituvchilar va talabalar uchun treninglar tashkil etish kabi chora-tadbirlar mediasavodxonlikni oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan mediasavodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari va innovatsion texnologik yondashuvlar tahlil qilinadi.

Allanazarova Anora Muxobir qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

23-27

2025-05-12

O‘QUVCHILARDA AXBOROT SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Ushbu maqolada o‘quvchilarda axborot savodxonligini rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda interaktiv, loyiha va tadqiqotga asoslangan metodlar, gibrid va masofaviy ta’lim, shuningdek sun’iy intellekt va adaptiv o‘quv tizimlarining pedagogik samaradorlikka ta’siri ko‘rib chiqilgan. Maqolada pedagogik strategiyalar, axborot xavfsizligi va etik jihatlar o‘quvchilarning axborot bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi roli bilan birga yoritilgan. Natijalar ta’lim muassasalarida axborot savodxonligini samarali shakllantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni beradi.

Normurodova Sadoqat Xoliqulovna, G’ulomova Gulnoza Muzrobxon qizi

98-101

2025-12-25

AXBOROT BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI

Mazkur maqolada axborot bo‘limini o‘qitish metodikasi masalalari keng qamrovda ko‘rib chiqilgan. O‘qitish jarayonida axborot texnologiyalarining roli va ularning ta’limga ta’siri, shuningdek, zamonaviy metodlar va yondashuvlar taqdim etilgan. Maqolada leksik-metodologik metodni qo‘llashning afzalliklari, axborotning asosiy tushunchalari va ularning ta’lim jarayoniga integratsiyasi haqida fikr yuritiladi. O‘quvchilarning axborot madaniyatini shakllantirish, axborotlarni to‘g‘ri ishlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar hamda zamonaviy texnologiyalarni dars jarayonida samarali qo‘llash usullari yoritilgan.

Tojiyeva Nilufar Panji qizi, Yaxiyaxonova Muxiba Maxmudjonovna

10-16

2025-05-12

AXBOROTLASHTIRISH QOIDALARINI BUZISH

Maqolada axborotlarning turlari, axborotlashtirish qoidalarini buzish, axborotga ishlov berish hamda uni uzatish tizimi, axborot tizimlaridan foydalanish, axborotni (ma’lumotlarni) himoya qilish, axborot tizimlaridan ruxsat bilan foydalanish, axborot tushunchasi, axborot xavfziligiga tahdid va ularning turlari, axborot xavfsizligning ahamiyati kabi tushunchalarning mazmuni mohiyati va javobgarlik masalasi bayon etilgan.

Xudoyorov Umidjon Dagarovich

463-471

2022-12-16

1 - 25 из 500 результатов 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Индексация

Zenodo
WorldCat
Universal Impact Factor
SJIFactor
SIS
ROAD
Researchbib
OpenAIRE
Open Access
ISSN
Internet Archive
Index Copernicus
Google Scholar
DataCite
DOI
DRJI
CiteFactor
Advanced Science Index

butom

Требования Редакционный совет Политика Отправить материал

Язык

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Разработано

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, Amir Temur Avenue 120/30, 100017


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2024 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy