Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar folklorining axloqiy tarbiyadagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Bolalar folklori, jumladan ertaklar, qo‘shiqlar va o‘yinlar, bolalarning axloqiy fazilatlarini rivojlantirishda muhim vosita sifatida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, folklor orqali bolalarga ma’naviy qadriyatlar singdirish, muloqot madaniyatini shakllantirish va ijtimoiy xulq-atvorni o‘rgatish samarali amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limda folklordan foydalanish, bolalarning barkamol shaxs sifatida rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.