Ushbu maqolada aynan boshlang‘ich ta‘lim yo‘nalishida tahsil olayotgan yoki ishlayotgan xotin-qizlar uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ularning mohiyati hamda samaradorligi haqida fikr yuritiladi. Pedagogik texnologiyalar va ularning aynan boshlang‘ich ta’limdagi o‘rni beqiyosdir. Hozirgi kunda pedagogik adabiyot, ta’lim muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda “yangi pedagogik texnologiya”, “ilg‘or pedagogik texnologiya”, “zamonaviy pedagogik texnologiya", “tilshunoslik hodisalari” iboralari keng qo‘llanilmoqda. Bu iboralarning fanga kirib kelishi ham xotin-qizlarimiz uchun foydali hisoblanadi. Zero barcha sohada mukammallikni targ‘ib qilyotgan zamonaviy xotin-qizlarimiz, pedagogika hamda tilshunoslik sohalarida ham salmoqli ishlarni amalga oshirishmoqda.
2024-05-23