Oʻzbekiston – qadimiy sivilizatsiya va boy tarixiy merosga ega yurtlardan biridir. Bu zamin oʻz bagʻrida ming yillar davomida turli davrlarga oid meʼmoriy yodgorliklarni saqlab kelmoqda. Ana shunday nodir obidalardan biri bu — Minorayi Kalon, ya'ni "Buyuk minora" boʻlib, u Buxoro shahrining markazida, tarixiy Poi Kalon majmuasining ajralmas qismi sifatida qad rostlagan. Minoraning oʻziga xos meʼmoriy tuzilishi, nafis bezaklari va balandligi uni Markaziy Osiyodagi eng yirik diniy meʼmoriy inshootlardan biriga aylantirgan