Soya ekini tobora ko`payib va extiyoj ortib borayotgan ekin turi bo`lib boshqa ekinlardan ajralib turadi. Chunki, uning doni tarkibida yuqori sifatli aminokislotalar bilan ta’minlanganlik jixatidan go`sht, sut va tuxum kabi eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan tenglasha oladigan 28-52 foiz oqsil, 18-27 foiz ekologik toza o`simlik moyi, ko`plab mineral tuzlarni, darmondorilarni saqlashi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Soya doni va oqsilidan 400 dan ortiq mahsulotlar tayyorlash mumkin. Xozirgi kunga kelib soya ekilish maydonlari tobora ortib bormoqda.
2023-05-17