Maqolada pulning siyosiy jarayonlardagi o‘rni, uning demokratiya tamoyillariga ko‘rsatadigan ta’siri, siyosiy tengsizlik, moliyaviy resurslar taqsimoti, saylov kampaniyalarida pulning roli va siyosiy qarorlarga moliyaviy kuchning ta’siri tahlil qilingan. Pul siyosiy partiyalar, nomzodlar va siyosiy institutlar faoliyatida zarur resurs sifatida ishlatilishi, lekin nazoratsiz moliyalashtirish demokratiya asoslariga adolat, tenglik va oshkoralikka salbiy ta’s Ushbu ir qilishi mumkinligi ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Maqolada korrupsiya xavfi, siyosiy manfaatlar to‘qnashuvi, moliyaviy lobbichilik, shaffoflikning yetishmasligi kabi muammolar ham yoritiladi. Shuningdek, demokratik jamiyatlarda siyosiy moliyalashtirishning tartibga solinishi, nazorat mexanizmlari, jamoatchilik ishonchini mustahkamlash yo‘llari va moliyaviy adolatni ta’minlashning ahamiyati haqida fikrlar bayon qilingan. Tadqiqot yakunida pulning siyosatdagi ta’sirini cheklash va demokratik jarayonlarda oshkoralikni kuchaytirish bo‘yicha muhim takliflar umumlashtirilgan.