Inson salomatligi-eng katta boylikdir. Hozirgi hayot tarzida notoʻgri ovqatlanish, stress va zararli odatlar turli kasalliklarning paydo boʻlishiga olib kelmoqda. Shulardan biri gastrit kasalligidir. Gastrit me'da shilliq qavatining yalligʻlanishi boʻlib, u oʻtkir va surunkali shakllarda uchraydi. Kasallikning asosiy etiologik omillari sifatida nosogʻlom ovqatlanish rejimi, sifatsiz va ogʻir hazm boʻladigan mahsulotlarni iste'mol qilish, psixo-emotsional zoʻriqishlar, alkogol va tamaki mahsulotlaridan foydalanish, shuningdek, Helicobacter pylori mikroorganizmi bilan zararlanish kabilar koʻrsatiladi, Gastritning klinik belgilariga epigastral sohada ogʻriq, koʻngil aynishi, ishtahaning pasayishi, meteorizm va diseptik holatlar kiradi. Mazkur maqolada gastrit kasalligiga olib keluvchi asosiy sabablar tahlil qilinib, uning oldini olish choralariga alohida e'tibor qaratilgan.