Yurak yetishmovchiligi (YY) sog‘liqni saqlash muammolaridan biri bo‘lib, uning kelib chiqishi oksidlovchi stress, metabolik disbalans va energiya yetishmovchiligi sabab bo’ladi. Gem biosintezi yurak mushak hujayralarida kislorod tashish, energetik metabolism, oksidlanish-fosforillanishni ta’minlashda asosiy ahamiyatga ega. Gem biosintezining buzilishi mitoxondriyal disfunksiya va ATP ishlab chiqarishning pasayishiga olib keladi va bu orqali YY rivojlanishini tezlashtiradi. Shuning uchun, gem biosintezini stimulyatsiya qiluvchi farmakologik vositalarni qo‘llash YY farmakoterapiyasida istiqbolli yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.