Gidronim atamalarda har bir xalqning tarixi, ijtimoiy turmushi, shu kungacha bosib oʻtgan yoʻli aks etadi. Maqolada Qoraqalpogʻistonning shimoliy tumanlaridan yigʻilgan gidronim atamalar tahlil qilingan. Tilimizda qoʻllaniladigan, faqat qoraqalpoq tiligagina xos boʻlgan indikatorlar berilgan. Gidronimlarni oʻrganishda indikator atamasining oʻrni alohida. Unda qoraqalpoq tilining izohli lugʻatidan va boshqa ilmiy manbalardan misollar keltirilgan.