Homiladorlik davrida siydik yo‘llari infeksiyalari (SYI) ayollar orasida keng tarqalgan bo’lib homila va ona salomatligiga sezilarli xavf tug‘diruvchi patologik holatlardan biri hisoblanadi. Ularning rivojlanishi asosan gormonal o‘zgarishlar, siydik chiqarish tizimida anatomik-funksional o‘zgarishlar, immun tizim faoliyatining pasayishi bilan bog‘liqdir. Eng ko‘p uchraydigan klinik ko‘rinishlarga bakteriuriya, sistit va pielonefrit kiradi. Infeksiyaning erta aniqlanishi va samarali davolash choralarini qo‘llash ona va homila uchun og‘ir asoratlarning (erta tug‘ruq, past vaznli chaqaloq, sepsis) oldini olishda muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek, homilador ayollarda siydik yo‘llari infeksiyalarini davolashda dori vositalarining xavfsizligiga alohida e’tibor berish lozim. Tadqiqotda ushbu patologiyaning tarqalishini, asosiy sababchisi mikroorganizmlar, klinik xususiyatlari, diagnostika usullari va zamonaviy davolash tamoyillari tahlil qilinadi.