Maqolada bolalarda ichaklar ta`sirlanish sindromining tarqalishi, diagnostik mezonlari to`g`risida yangi ma`lumotlar kiritilgan. Tadqiqotimizning asosiy maqsadi bolalar orasida keng tarqalgan ichaklar ta`sirlanish sindromini (ITS) tahlil qilish va (ITS) ning rivojlanishi uchun ularning xavf omillarini baholashdan iborat edi. 2023-2024 yillar davomida viloyat ko`p tarmoqli bolalar tibbiyot markazining gastroenterologiya bo`limida yotib davolanib chiqqan bolalarda ITS ning turlari va uni tasdiqlovchi simptomlar Rim IV mezonlariga asoslanib tahlil qilindi. Shunga ko`ra VKTTM ning qabul bo`limiga qorin og`rig`i bilan tashrif buyurgan 4 yoshdan 16 yoshgacha bo`lgan 228 ta bolalarni gastroenterolog ko`rigi va maxsus tekshiruvlar olib borganimizdan so`ng, ularning 102 tasida ichaklar ta`sirlanish sindromi aniqlandi. Rim IV mezonlariga ko`ra so`raglan bolalarning ko`pchiligida ITS-Q (qabziyat) ustunligi turi keng tarqalganligi aniqlandi, uning eng yuqori ko`rsatkichi kuz-qish mavsumiga to`g`ri keldi.
2024-11-19