Innovative Academy
  • Ro'yxatdan o'tish
  • Kirish
  • En
  • O'z
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Doktorantura yuzasidan savollar va ularga javoblar
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Qidirish

##search.advancedFilters##

##search.searchResults##

INFLYATSIYA VA UNING IQTISODIY TA’SIRI

Ushbu maqola inflyatsiya va uning iqtisodiy ta'sirini tahlil qilishga qaratilgan. Maqolada inflyatsiyaning asosiy sabablari, uning shakllari (talab inflyatsiyasi, taklif inflyatsiyasi, pul inflyatsiyasi va import inflyatsiyasi) va iqtisodiyotga bo‘lgan ta’siri batafsil ko‘rib chiqilgan. Inflyatsiya narxlar darajasining o‘sishi sifatida ifodalanadi va iqtisodiy barqarorlikka, ishlab chiqarish va iste’molga, shuningdek investitsiyalar va foiz stavkalariga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi. Inflyatsiya darajasi oshgan sari pulning qadrsizlanishi, iste’mol va investitsiyalar kamayishi mumkin. Shu bilan birga, yuqori inflyatsiya jamiyatdagi tengsizlikni kuchaytirib, iqtisodiy o‘sishning sekinlashishiga olib kelishi mumkin.

Zuhra Omondavlatova, Fotima Omondavlatova

112-114

2026-02-12

INFLYATSIYA: O’ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA INFLYATSIYA DARAJASI

Maqolada  inflyatsiya tushunchasi va O’zbekiston iqtisodiyotida so’ngi yillardagi inflyatsiya darajasi haqida yoritib berilgan.

Nigora Turopova, Isoq Qudratov

91-97

2024-04-03

INFLATSIYANING BANK XIZMATLARI VA MAXSULOTLARIGA TA`SIRI

Ushbu maqolada inflyatsiya darajasining O‘zbekiston bank tizimidagi xizmatlar va mahsulotlar narxiga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilingan. Inflyatsiya bank xizmatlari narxining oshishiga, mijozlarning moliyaviy imkoniyatlari va xatti-harakatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek tijorat banklarida xizmatlar narxining inflyatsiya fonida o‘zgarishi, bu o‘zgarishlarning aholining turli qatlamlariga ta’siri va xalqaro tajribalar asosida inflyatsion bosimni yumshatish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tilgan.

Nematjon Avilov , Davlatjon Esonaliyev

4-8

2025-05-26

INFLATSIYA DARAJASINING BANK XIZMATLARI VA MAXSULOTLARIGA TA`SIRI

Ushbu maqolada inflyatsiya darajasining O‘zbekiston bank tizimidagi xizmatlar va mahsulotlar narxiga ko‘rsatayotgan ta’siri tahlil qilingan. Inflyatsiya bank xizmatlari narxining oshishiga, mijozlarning moliyaviy imkoniyatlari va xatti-harakatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek tijorat banklarida xizmatlar narxining inflyatsiya fonida o‘zgarishi, bu o‘zgarishlarning aholining turli qatlamlariga ta’siri va xalqaro tajribalar asosida inflyatsion bosimni yumshatish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tilgan.

Nematjon Avilov , Davlatjon Esonaliyev

92-96

2025-05-26

VALYUTA KURSI VA INFLYATSIYA: MUAMMO VA YECHIMLARI

Maqolada valyuta kursi, unga ta`sir etuvchi omillar, O`zbekistonda inflyatsiya darajasiga valyuta kursi o`zgarishining ta`siri atroflicha tahlil qilingan. Import tovarlar narxining chet el mamlakat valyutasi almashuv kursiga bog`liqligi hamda valyuta kursini o`zgarishi natijasida inflyatsiya darajasiga ta`sirini kamaytirish yo`llari ko`rib chiqilgan.

Atabek Isayev

118-122

2023-01-23

MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLARNI KORXONALARNING MOLIYAVIY HISOBOTLARIGA TA’SIRI

Mazkur ilmiy maqolada makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar — inflyatsiya darajasi, foiz stavkalari hamda yalpi ichki mahsulot (YAIM) o‘sish sur’atlarining korxonalar moliyaviy hisobotlariga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida makroiqtisodiy omillarning daromad, xarajat, foyda va aktivlar qiymatiga ko‘rsatadigan bevosita hamda bilvosita ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, inflyatsiya sharoitida moliyaviy hisobotlarning haqqoniyligini ta’minlash masalalari yoritilgan. Tadqiqot natijalari moliyaviy hisobni yuritishda makroiqtisodiy omillarni inobatga olish zarurligini ko‘rsatadi.

Umarbek Raxmatullayev , Leyla Askarbayeva

98-100

2025-12-16

GLOBAL MOLIYA TIZIMI VA YUQORI INFLYATSIYA

В данной статье рассматриваются теоретические и практические аспекты информации о мировой финансовой системе, проверенной в условиях высокой инфляции и процентных ставок

Nasiba Abdurazakova

672-674

2024-11-29

KREDIT EKSPANSIYASI VA INFLYATSIYA O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK

Mazkur ilmiy tezisda O‘zbekiston sharoitida kredit ekspansiyasi va inflyatsiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik monetar siyosat instrumentlari orqali tahlil qilinadi. Xususan, Markaziy bankning asosiy stavkasi dinamikasi, bank tizimidagi kreditlash sur’atlari va iste’mol narxlari indeksi o‘zgarishlari o‘rtasidagi korrelyatsion hamda funksional aloqalar rasmiy statistik ma’lumotlar asosida o‘rganiladi. Tadqiqotda 2017–2023 yillar oralig‘idagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlil qilinib, kredit ekspansiyasining inflyatsion bosimga ta’siri monetar transmissiya mexanizmi doirasida baholanadi.

Shahnoza Yusupi

121-124

2026-02-10

INFLYATSIYA TA’SIRINI BANK OPERATSIYALARI ORQALI KAMAYTIRISH YO‘LLARI

Mazkur tezisda inflyatsiya jarayonining iqtisodiyotga, xususan tijorat banklari faoliyatiga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilingan. Inflyatsiyaning ijtimoiy va makroiqtisodiy nomutanosibliklarga sabab bo‘lishi, banklarning kreditlash, likvidlik va foiz siyosatiga salbiy ta’siri asosida ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek tezis tijorat banklarining inflyatsiyani jilovlashdagi strategik roli, ya’ni pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirish, selektiv kredit siyosati, raqamlashtirish, valyuta operatsiyalari va moliyaviy savodxonlikni oshirish kabi choralarni yoritadi.

Nematjon Avilov , Davlatjon Esonaliyev

72-75

2025-05-26

MILLIY IQTISODIYOT VA UNING MAKROIQTISODIY KO`RSATKICHLARI

Ushbu ishda milliy iqtisodiyot tushunchasi, uning mazmun-mohiyati hamda mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini tavsiflovchi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar keng yoritib berilgan. Milliy iqtisodiyot davlat hududida faoliyat yuritayotgan barcha xo‘jalik subyektlari – uy xo‘jaliklari, korxonalar, davlat va tashqi sektor o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar majmui sifatida talqin qilinadi. Annotatsiyada milliy iqtisodiyotning shakllanishi, amal qilish mexanizmi va uning iqtisodiy tizimdagi o‘rni batafsil tahlil qilinadi. Mazkur mavzuda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning ahamiyati alohida e’tiborga olingan bo‘lib, ular orqali mamlakat iqtisodiyotining umumiy holati, barqarorligi va rivojlanish sur’atlarini baholash imkoniyati ochib beriladi. Jumladan, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy daromad, inflyatsiya darajasi, ishsizlik darajasi, davlat byudjeti holati, tashqi savdo balansi va milliy valyuta kursi kabi asosiy ko‘rsatkichlarning mazmuni, hisoblash usullari hamda iqtisodiy jarayonlarga ta’siri izohlangan. Ushbu ko‘rsatkichlar milliy iqtisodiyotda yuz berayotgan ijobiy va salbiy jarayonlarni aniqlashda muhim vosita ekanligi asoslab berilgan.

M.A. Samiyev, Javoxir Asrorov

36-40

2026-01-19

PUL-KREDIT SIYASATINING IQTISODIYOTI UCHUN IQTISODIY SAMARASI VA UNING IQTISODIYOTDAGI O‘RNI.

Ushbu maqolada pul-kredit iqtisodiyotidagi iqtisodiy siyosatning ahamiyati muhokama qilinadi. Bu barqarorlikni ta'minlash va iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish uchun samarali pul monitoringi va fiskal qo'llab-quvvatlash zarurligini ta'kidlaydi. Maqolada iqtisodiy siyosatning inflyatsiya, valyuta qadrsizlanishi, byudjet taqchilligi va moliya bozorlariga kirishga ta'siri alohida ta'kidlangan. Shuningdek, xalqaro sanksiyalar va neft narxining pasayishi iqtisodiy muammolarni shakllantirishdagi rolini o‘rganadi. Maqolada siyosatchilar ushbu muammolarni hal qilish uchun barqarorlikni tiklash, nizolarni hal qilish va uzoq muddatli tiklanish harakatlariga e'tibor qaratishlari kerakligini taklif qiladi.  

Sherali Musabekov

37-42

2023-07-10

INFLYATSIYAGA QARSHI SIYOSAT

Inflyatsiya - bu narxlarning doimiy umumiy o'sishi bo'lib, unda naqd pul shaklida yoki hisobvaraqlarda saqlanadigan barcha shaxsiy jamg'armalarning haqiqiy qiymati pasayadi. Narxlarning oshishi, albatta, ushbu jamg'armalar egalari sotib olishlari mumkin bo'lgan mahsulotlar massasini kamaytiradi. Birinchi navbatda, inflyatsiyaning boshlanishi bilan doimiy va nominal daromad oluvchilar, shu jumladan, byudjet sektori xodimlari va pensionerlarning real daromadlari kamaymoqda.

Kamola Usmonova

15-18

2022-10-04

INFLATSIYA DARAJASINING TIJORAT BANKLARI FAOLIYAT SOHASIGA KO`RSATADIGAN TA`SIRI

Ushbu maqolada inflyatsiya darajasining tijorat banklari faoliyatiga ko‘rsatayotgan salbiy ta’sirlari tahlil qilingan. Inflyatsiyaning real foiz stavkalari, kreditlash siyosati, mijozlarning to‘lov qobiliyati, depozitlar bazasi, bank likvidligi va operatsion xarajatlarga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, inflyatsion xavflarni kamaytirish bo‘yicha tijorat banklari amalga oshirishi zarur bo‘lgan strategiyalar tavsiya etilgan.

Nematjon Avilov , Davlatjon Esonaliyev

13-16

2025-05-26

VALYUTA SIYOSATINING IQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHDAGI ROLI

Mazkur tezisda valyuta siyosatining iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida valyuta siyosatining asosiy yo‘nalishlari, valyuta kursini tartibga solish mexanizmlari hamda ularning makroiqtisodiy barqarorlikka ta’siri o‘rganilgan. Xususan, valyuta siyosatining inflyatsiya darajasini nazorat qilish, tashqi savdo muvozanatini saqlash, investitsion muhitni yaxshilash va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashdagi roli yoritib berilgan.Tadqiqot natijalari asosida iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda valyuta siyosatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Dilfuza Murodova

6-10

2026-01-05

INFLATSIYA DARAJASINING AHOLI TURMUSH DARAJASIGA TA’SIRI

Mazkur maqolada inflyatsiya tushunchasi, uning iqtisodiy mohiyati va turlari, shuningdek, inflyatsiyaning aholi turmush darajasiga bevosita ta’siri har tomonlama tahlil qilingan. Xususan, inflyatsiyaning real daromadlarga ta’siri, ijtimoiy oqibatlari, jamiyatda vujudga keltiradigan iqtisodiy tengsizlik va moliyaviy beqarorlik kabi jihatlar keng yoritilgan. Shuningdek, maqolada davlat tomonidan inflyatsiyani jilovlashga qaratilgan monetar va fiskal siyosat choralari, ularning samaradorligi, hamda ijtimoiy himoya mexanizmlarining ahamiyati alohida ko‘rib chiqilgan. Analitik yondashuv asosida inflyatsiyaning ko‘p qirrali ta’siri o‘rganilgan va aholining farovonligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy choralar asoslab berilgan.

Madyarova Ayjamal Toktarbayevna

16-19

2025-07-07

INFLYATSION TARGETLASH DAVR TALABI

Ushbu maqolada  o'z navbatida, inflyatsion targetlash rejimning qo'llanilishi narxlar barqarorligini ta'minlash orqali o'rta muddatli istiqbolda mustahkam va barqaror iqtisodiy o'sish uchun qo'shimcha sharoitlar yaratishi mumkin.  Markaziy bank inflyatsiya darajasining eng mos maqsad (target)ini aniqlab olib, unga pul-kredit siyosati instrumentlarini qo'llash, iqtisodiy rivojlanishni muntazam tahlil qilish va pul-kredit siyosati rejalarini keng yoritish orqali erishish mumkinligi tahlil qilinadi.

.I.A Mingboyev

7-9

2022-02-05

MILLIY VALYUTANING QADRSIZLANISHI: SABABLARI, OQIBATLARI VA BARQARORLASHTIRISH YO'LLARI

ushbu maqolada milliy valyuta kursining pasayishiga sabab bo‘layotgan asosiy iqtisodiy omillar tizimli yondashuv asosida tahlil etiladi. Tadqiqot doirasida inflyatsiya darajasining oshishi, tashqi savdo ko‘rsatkichlaridagi nomuvozanat, xalqaro moliyaviy muhitdagi beqarorlik, investitsion faollikning susayishi hamda pul-kredit siyosatining valyuta kursiga ta’siri chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, milliy valyutaning qadrsizlanishi aholi real daromadlari, importga bog‘liqlik va tadbirkorlik muhitiga qanday ta’sir ko‘rsatishi amaliy misollar orqali yoritib berildi. Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, milliy valyuta barqarorligini ta’minlash pul-kredit va fiskal siyosat uyg‘unligi, iqtisodiyot tarmoqlarini diversifikatsiya qilish, eksport salohiyatini oshirish hamda investitsion muhitni yaxshilash bilan chambarchas bog‘liq ekani asoslab berildi. Olib borilgan tahlil natijalari milliy valyuta kursi barqarorligini ta’minlashda faqat monetar choralar yetarli emasligini, balki real sektor va tashqi savdo siyosatini chuqur isloh qilish zarurligini ko‘rsatadi.

Sardorbek Sulhiddinov

146-151

2025-12-22

INFLYATSIYANING IQTISODIYOTDAGI O`RNI VA UNI PASAYTIRISH SIYOSATLARI.

 Maqolada “inflyatsiya” so`zining mohiyati , uning iqtisodiyotdagi o`rni, kelib chiqish sabablari va turlari, eng yuqori va eng past inflyatsiya ko`rsatkichi, O`zbekistondagi inflyatsiya ko`rsatkichi va iqtisodiyotda uni pasaytirish usullari ko`rib chiqilgan.

Zaynabxon Munavvarova

54-61

2024-12-17

RAQAMLI IQTISODIYOTDA PUL-KREDIT SIYOSATINING DINAMIKASI

Raqamli iqtisodiyot sharoitida pul-kredit siyosatining o‘zgaruvchanligi, uning asosiy instrumentlari va iqtisodiy jarayonlarga ta’siri tahlil qilinadi. Shuningdek, markaziy banklarning raqamli texnologiyalar asosida olib borayotgan siyosati, inflyatsiya nazorati va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdagi roli yoritiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, raqamli transformatsiya pul-kredit siyosatini yanada moslashuvchan va tezkor qilishga xizmat qilmoqda.

Sohiba Suyarova, Aziza Eshmamatova, Nihola Ashuraliyeva

35-39

2026-03-23

LIVANDA KUCHLI JAMIYAT UCHUN O’TMISHDAN SABOQ

Ushbu maqola Livanning uzoq davom etgan urushining iqtisodiyot uchun oqibatlari va uning yaqin kelajakdagi istiqbollarini ko'rib chiqadi. Hozirgi vaqtda Livan keskin tezlashgan inflyatsiya darajasi bilan birga og'ir iqtisodiy tushkunlik va qashshoqlik holatiga kirmoqda. Iqtisodiyotning asosiy holati va uning tashvishli pul va moliyaviy sharoitlarining eng ko'zga ko'ringan belgisi Livan funt sterlingining barcha asosiy valyutalarga nisbatan qadrsizlanishi hisoblanadi. Hujjatning ta'kidlashicha, urushning iqtisodiyotning ishlab chiqarish qobiliyatiga ta'sirini hisobga olsak, bu davlat moliyasining portlovchi holati mamlakatni giperinflyatsiyaga va Livan funtining tez qadrsizlanishiga olib keladi.

Diyora Sharofova

15-17

2023-10-14

BUGUNGI KUNDA YURTIMIZDA INFLYATSIYANI OPTIMAL HOLATGA KELTIRISH QAY DARAJADA DOLZARB?

Ushbu maqolada inflyatsiyani keltirib chiqaradigan asosiy sabablar, ushbu atamaga turli xil maktab vakillari qanaqa munosabatda bo`lishganligi haqida, inflyatsiya faqatgina narx qiymatini ko`rsatishdan tashqari iqtisodiyotda yana qanaqa vazifani bajarishi, inflyatsiyaga nima uchun shu darajada e`tibor qaratish lozimligi va hukumat ushbu muammoga qanday yondoshmoqda, qanday chora-tadbirlar ko`rmoqda va ko`rishi kerakligi haqidagi savollarga javobni ushbu maqola orqali javob topishingiz mumkin. 

Nodir Diyorov

93-96

2024-03-31

KRIPTOVALYUTALAR VA ULARNING IQTISODIYOTGA TA’SIRI

Ushbu maqolada kriptovalyutalarning global moliya tizimidagi o‘rni va ularning milliy iqtisodiyotga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot davomida raqamli aktivlarning iqtisodiy o‘sish, inflyatsiya, soliqqa tortish va moliyaviy barqarorlikka bo‘lgan ta’sir mexanizmlari o‘rganildi. Shuningdek, O‘zbekiston misolida kriptovalyuta bozorini tartibga solish masalalari va amaldagi huquqiy bazaning ahamiyati yoritildi.

Jasur Xushvaqtov

55-56

2025-10-10

GLOBAL IQTISODIY INQIROZLARNING MILLIY IQTISODIYOT DINAMIKASIGA TA’SIRI (2025–2026 YILLAR)

Global iqtisodiy inqirozlarning milliy iqtisodiyot rivojlanish dinamikasiga ta’siri 2025–2026 yillar kontekstida tizimli tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida jahon iqtisodiyotidagi inflyatsiya bosimi, energiya resurslari narxlarining  tebranishi hamda xalqaro savdo zanjirlaridagi uzilishlar milliy iqtisodiy ko‘rsatkichlarga qanday ta’sir qilishi aniqlandi. Shuningdek, YAIM o‘sish sur’atlari, investitsiya faolligi va bandlik darajasi kabi makroiqtisodiy omillarning vaqt davomida dinamik o‘zgarishlari hamda davlatning fiskal va monetar siyosat orqali barqarorlikni ta’minlash mexanizmlari tahlil qilindi. Tadqiqot  natijalari milliy iqtisodiy siyosatni shakllantirish va kelajakdagi iqtisodiy risklarni prognozlashda strategik ahamiyatga ega.

Shuxrat Abdisamatov, Dilnavoz Raxmonova

108-110

2026-03-16

INFLYATSIYA VA UNGA QARSHI KURASH USULLARI

Inflyatsiyaning har tomonlama avj olib ketishi mamlakatda sotsial va iqtisodiy jihatdan qarama-qarshiliklar yuzaga kelishiga olib keladi. Shuning uchun davla tinflyatsiyaning oldini olish, pul muomalasini barqarorlashtirish chora – tadbirlari ishlab chiqadi. Inflyatsiyaga qarshi kurashning asosiy shakllari: inflyatsiyaga qarshi siyosat va pul islohoti hisoblanadi.Oldingi markazlashgan, rejali boshqaruvga asoslangan iqtisodiy tizimda pul muomalasi rejalashtirish asosida boshqarib kelingan

I.A Mingboyev

37-39

2022-03-16

MOLIYAVIY RISKLARNI BOSHQARISH: YO‘L QURILISH TASHKILOTLARI MISOLIDA

Hozirgi iqtisodiy sharoitda yo‘l qurilish tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashda risklarni boshqarish muhim strategik vazifalardan biri sanaladi. Infratuzilma loyihalari ko‘pincha yirik sarmoyalar, uzoq muddatli majburiyatlar va tashqi omillarga yuqori darajada bog‘liq bo‘lib, bu holat moliyaviy risklarni samarali boshqarishni talab qiladi. Tadqiqotda yo‘l qurilish sohasida keng tarqalgan moliyaviy risklar – likvidlik, kredit, foiz stavkalari, valyuta kurslari, inflyatsiya va loyiha kechikishlariga oid xavflar tahlil qilinib, ularni boshqarishning zamonaviy usullari: diversifikatsiya, sug‘urtalash, xedjing, moliyaviy monitoring va raqamli texnologiyalar asosida baholandi. O‘zbekiston tajribasi xalqaro amaliyot bilan solishtirilib, integratsiyalashgan risk boshqaruvi strategiyasining mavjudligi investitsion loyihalarning samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotgani aniqlangan. Tadqiqot natijalari sohaga aloqador mutaxassislar, moliyaviy menejerlar va infratuzilma rejalashtiruvchilari uchun amaliy tavsiyalar beradi.

Dilshodjon Raximov

93-96

2025-05-28

##navigation.items## 1 2 3 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Til tanlash

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

##plugins.block.developedBy.blockTitle##

Ochiq jurnal tizimlari

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy