Koreya jahonning eng qadimgi tamaddunlaridan biridir , uning hududida Quyi Paleolit davridayoq odamlar yashaganligi maʼlum. Shimoldan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan chegaradosh. Poytaxti – Seul shahri aglomeratsiyasi aholisi boʻyicha jahonda ikkinchi oʻrinda turadi. Janubiy Koreya shuningdek taʼlimi ilgʻor mamlakatlardan biri boʻlib, aholisi ilmiy savod darajasi boʻyicha jahonda birinchi, matematik savod boʻyicha esa ikkinchi oʻrinda turadi. Janubiy Koreya iqtisodiyoti yuqori texnologiyalar va qulay infratizimga asoslangan. Koreya Rerpublika 1991-yil 30-dekabrda Osiyo – Tinch okean mintaqasi davlatlari orasida birinchi boʻlib Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligini tan oldi. Oʻzbekiston bilan KR oʻrtasida 1992-yil yanvarda diplomatiya munosabatlari oʻrnatilgandan keyin siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda keng hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyildi.