Maqolada kreativ yondashuv va yutuqlar dunyo boʻylab fan va texnologiyadan tortib,falsafa, sanʼat va ijtimoiy fanlar kabi turli sohalarda insoniyat tamaddunini ilgari surilgan. Kreativ fikrlash shunchaki tasodifiy gʻoyalar berishdan kattaroq narsadir. U insonga baʼzan murakkab sharoitlarda, yanada yaxshiroq natijaga erishishga imkon beruvchi bilim va tajribaga asoslangan real koʻnikmadir. Butun dunyoda jamiyatlar va tashkilotlar muammolarni hal etishda innovatsion bilim va yaratuvchanlikka tobora ehtiyoj sezmoqda, bu esa, oʻz navbatida, innovatsiya va kreativ fikrlash ahamiyatini yanada kuchayishini ko`ramiz.