O’zbekistonda yetishtirilgan anissimon tojgul (Lophanthus anisatus Benth.) tarkibidagi suvda eruvchan polisaxaridlar (4%), pektin moddalari (6%) va gemitsellyulozalar (8,3%) mavjudligi ilk bor o’rganildi. Asosiy monosaxaridlar glyukoza, galaktoza, arabinoza va ksilozadir. Biopolimerlarning monosaxarid tarkibining xususiyatlari ularning nordon polisaxaridlar ekanligini ko'rsatdi. Spirtli ajratmalardagi xromatografik tahlil natijalariga ko'ra fruktoza aniqlandi. Ajratib olingan polisaxaridlar IQ spektroskopiyasi yordamida tahlil qilindi. Polisaxaridlarning IQ spektrlarini tahlil qilish murakkab efir guruhlari, metallar va glikozid bog'larining turi haqida ma’lumot beradi.
2025-05-28