Jahon tilshunosligi tilda har bir millatning milliy-madaniy o‘ziga xosligi, dunyoqarashi, turmush tarzi hamda diniy tasavvurlarini o‘zida aks etishi masalasiga doimo qiziqib kelgan. Shuning uchun tilshunoslikning har bir sohasida bu masalaga doir bir qator tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Etnomadaniy qadriyatlarning asosiy tushunchalaridan biri bo‘lgan til birliklarini lingvokulturologik jihatdan o‘rganish zamonaviy tilshunoslikning asosiy muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Jahon tilshunosligida lingvokulturologiyaga bo‘lgan qiziqish yildan yilga ortib bormoqda. Zamonaviy antroposentrik lingvistikada maqollar millatning milliy-madaniy o‘ziga xosligini ochib berishda katta o‘rin tutishi va ularning muayyan lingvomadaniy jamoaga xos xususiyatlarini o‘zida yorqin ifodalashi alohida qayd etiladi. Xalqlarning milliy o‘zligini anglashi, til va madaniyatning o‘zaro munosabati masalalari jahon tilshunosligida inson omilini lingvomadaniy jihatdan o‘rganishda katta ilmiy qiymatga ega. Til va madaniyat munosabatini “inson+til+madaniyat” ning o‘zaro aloqasi va ta’siri doirasida tushunish hamda tahlil qilish mumkin. O‘zbek tilshunosligida tilning milliy madaniyat va ma’naviyatini, diniy tasavvur va turmush tajribalarini til birliklarida saqlash hamda namoyon qilish muammolari markaziy o‘rinlarni egallamoqda
2024-07-31