Bugungi kunda masaofaviy ta’limda turli ta’lim texnologiyalari va metodlaridan keng foydalanib kelinmoqda. Asosiy maqsad ta’lim samaradorligiga erishish va ta’lim oluvchilarning yuqori bilim va kompetentsiyalarini rivojlantirishdan iborat. Loyihaga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarining asosiy maqsadi ta’lim oluvchilarning amaliy faoliyat ko‘rsatishlari va bilimlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri tadbiq qilishlaridan iborat. Turli aralash topshiriqlar ularning bilimlarini sinash va ta’lim olishga bo’lgan qiziqishlarini oshirishga yordam beradi.
2023-06-12