Ushbu maqolada badiiy asarlarda obraz va qahramonlar ruhiyatida uchrovchi tush motivi haqida so‘z yuritiladi. Tush motivi badiiy asarlar syujetida qahramonlarning ruhiy holatini ochib berishda hamda syujet voqealarini, syujetning asosiy bo‘g`inlarini o‘zaro bog`lashda muhim o‘rin tutadi. U ijodkorga o‘z fikrini aniq hamda ta’sirchan qilib ifodalashga yordam beradi. Xususan, bu motiv ruhiy tahlilning muhim poetik vositasi sifatida asar qahramonlarining nimalarni his etayotganligini, ma’naviy va axloqiy qarashlarini, e’tiqodini, turish-turmushini, o‘y-kechinmalarini, orzu-umidlari-yu armonini anglashga xizmat qilar ekan quyida buni misollar orqali ifodalashga harakat qilindi.