O‘zbekiston sharoitida ishlaydigan motor moylari issiq va changli iqlimda ishlagani uchun moylarning tarkibidagi uglevodorodlar tez oksidlanadi ekspluatatsion xususiyatlari o'zgarishi ham tezlashadi. Oksidlanish eng zararli jarayon hisoblanadi. Oksidlanish maxsullarida qismlarni zanglatadigan kislotalar va betaraf moddalar-smolalar, asfaltenlar, karbonlar, karbiodlar bo‘lishi mumkin. Bu esa silindrlar devori, porshen halqalari yemirilishiga va tez ishdan chiqishiga asosiy sabab bo‘ladi. Bu jarayonni oldini olish uchun qo’shiladugan qo‘shilmalar moyning oksidlanish jarayoni boshlanishini kechiktirib, ishlash davrini uzaytiradi.
2023-04-07