Pedagoglik kasbi boshqa kasblardan xarakterli belgilari bilan farq qiladi. Pedagog mehnatining maqsadi insonni qayta o‘zgartirish, pedagogning mehnat qurollari – uning nutqi, tafakkuri, irodasi, xarakteridir. Pedagogning mehnat sharoitlari uning ma’naviy-siyosiy qiyofasiga qo‘yiladigan yuksak talablar bilan xarakterlanadi, uni doimo takomillashishga, to‘xtovsiz o‘z ustida ishlashga majbur etadi. Yaxshi pedagog doimo o‘z o‘quvchilari va ularning ota-onalari hurmatini qozongan bo‘ladi. Ushbu maqolada musiqa madaniyati o‘qituvchisining pedagogik mahorati va xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi.