Ushbu ilmiy maqolada nevroz va depressiya holatlari zamonaviy psixologik, klinik va statistik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda bemorlarning diagnostik natijalari, simptomatik tafovutlari hamda psixometrik baholash ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Tadqiqot davomida GAD-7 va Beck shkalalari asosida nevroz va depressiya darajalari aniqlab chiqildi, ularning tarqalish foizlari va simptomatik farqlari chuqur tahlil qilindi. Maqolada nevroz va depressiyaning asosiy klinik belgilari, shuningdek, har bir holatga xos emotsional va somatik javob reaksiyalari taqqoslab berilgan. Olingan natijalar asosida differensial tashxis qo‘yishda kompleks yondashuvning afzalliklari, shuningdek, psixometrik testlarning amaliy samaradorligi asoslangan.