Biz o‘pka эxinokokkozi bilan kasallangan 132 nafar bemorning (shulardan 86 nafari asoratlanmagan va 46 nafar asoratlangan o‘pka exinokokkozi bilan kasallangan bemorlar) jarrohlik davolash natijalari tahlilini taqdim etamiz. Shularning 118 (90,28%) nafarida operatsiyalar minimal invaziv yo‘l amalga oshirildi. Asoratlanmagan o‘pka exinokokkoz bilan, operatsiya rejalashtirilgan 16 bemorni, faqat 14 (87,5%) nafarida troakar bilan qilingan teshiklar orqali sof torakoskopik usulda exinokokkektomiya bajarish imkoni bo‘ldi. 61 holatda esa mini-kirishlar yordamida videotorakoskopik exinokokkektomiya amalga oshirildi. Kistalarning ikki tomonlama lokalizatsiyasi aniqlangan 7 (63,64%) nafar bemorda bosqichma-bosqich operatsiya qilinib kistalar olib tashlandi, 3 ta (36,36%) holatda esa - bir vaqtning o‘zida o‘pkadan exinokokkektomiya operatsiyasi bajarildi. Asosan, bemorlarni 84 (97,67%) nafarida organlarni saqlovchi operatsiya bajarilib, o‘pkadagi qoldiq bo‘shliq tikib plastika qilishni turli xil modifikatsiyalari orqali bartaraf etildi. 2 ta (1,52%) holatda exinokokk kistasini o‘pka qirg‘oq qismida joylashuvi va pnevmotsirrozi bo‘lgan bemorlarda o‘pkani qirg‘oq qismini exinokokk kistasi bilan birga rezeksiya qilish opreratsiyasi bajarildi.