Ushbu maqolada zamonaviy O‘zbekiston muzeylari, xususan, Buxoro davlat muzey-qo‘riqxonasi faoliyatining so‘nggi yillardagi taraqqiyoti, xalqaro hamkorlik aloqalari va ilmiy-amaliy faoliyati yoritilgan. Tadqiqotda muzey ishini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish, xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish, madaniy merosni asrash va targ‘ib etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilinadi. Shuningdek, 2023–2025-yillarda muzey ilmiy xodimlarining xalqaro anjumanlardagi faol ishtiroki, Buxoro muzeyining xalqaro nufuzini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar, qo‘shma ko‘rgazmalar va ilmiy loyihalar misolida yurtimiz muzeyshunoslik sohasi rivojining dolzarb jihatlari ko‘rsatib berilgan.