Mazkur maqolada zamonaviy texnologiyalar - internet , ijtimoiy tarmoqlar , kompyuter o’yinlari va raqamli vositalarning o’smir shaxsning psixologik shakllanish jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi . Raqamli muhitda o’sayotgan o’smirlarning tafakkuri , hissiyoti , o’zini anglash darajasi va ijtimoiy munosabatlari yangi shakllarga ega bo’layotgani ilmiy asosda yoritilgan . Tadqiqotda zamonaviy texnologiyalar o’smir shaxsning kognitiv ( bilish ), emotsional va ijtimoiy ruvojlanishga ijobiy hamda salbiy jihatdan ta’sir ko’rsatayotgani ko’rsatib beriladi. Shuningdek, oila va ta’lim muhitining raqamli texnologiyalar bilan uyg’unlashuvi o’smir shaxsning sog’lom psixologik rivojlanishini ta’minlovchi muhim omil sifatida ko’rsatiladi.