Ma’lumki, uslub va til tasviriy vositalarini o‘rganish tilshunoslikning dolzarb va muhim masalalaridan biri bo‘lib qoldi. Chunki har bir lingvistik vosita nutq jarayonida nominativ vazifani bajarish bilan birgalikda, uslubiy vosita ham bo‘lishi mumkin. Odatda bunday vositalar badiiy tilning ham, har tomonlama uslubiy jihatdan ta’sirchan bo‘lishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Yozuvchi ijodida ana shunday uslubiy vositalardan keng ishlatiladigani perifrazadir.