Mazkur maqolada deviant xulqning shakllanish jarayoni psixoanalitik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda oilaviy munosabatlar, xususan, erta bolalik tajribasi, ota-ona bilan emotsional aloqalar va ongsiz psixik jarayonlarning shaxs xulq-atvoriga ta’siri ochib beriladi. Freyd, Bovlbi, Fromm va Erikson konsepsiyalari asosida deviant xulq genezisining psixodinamik mexanizmlari ilmiy jihatdan asoslanadi.