Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

PROFESSIONAL VA HAVASKOR PSIXOLOG

Ushbu annotatsiyada professional va havaskor psixolog tushunchalari ilmiy-nazariy yondashuv asosida yoritiladi hamda ularning jamiyatdagi o‘rni va ta’sir doirasi tahlil qilinadi. Zamonaviy ijtimoiy muhitda psixologik yordamga bo‘lgan talab ortib borar ekan, psixologik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning kasbiy tayyorgarligi va mas’uliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Annotatsiyada professional psixologning ilmiy asoslangan ta’lim, nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, shuningdek, etik me’yorlarga amal qilishi uning asosiy belgisi sifatida ko‘rsatib beriladi. Shu bilan birga, havaskor psixologlar faoliyati ko‘pincha shaxsiy tajriba, ommabop manbalar va ilmiy asoslanmagan usullarga tayangan holda olib borilishi ta’kidlanadi. Bunday yondashuv ayrim hollarda ijobiy ruhiy qo‘llab-quvvatlash berishi mumkin bo‘lsa-da, murakkab psixologik muammolarni hal etishda xavf tug‘dirishi mumkin. Annotatsiyada professional va havaskor psixolog o‘rtasidagi farqlar metodik yondashuv, javobgarlik darajasi va natijalarning ishonchliligi nuqtai nazaridan asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari jamiyatda professional psixologik xizmatning ahamiyatini oshirish va psixologik madaniyatni rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi.

Charos Siddiqova , Xumora Siddiqova

131-134

2025-12-23

O‘QUVCHILARDA MOTIVATSIYANI SHAKLLANTIRISHDA O‘QITUVCHI VA PSIXOLOG HAMKORLIGI

Maktab ta’limi tizimida o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini shakllantirish va uni doimiy tarzda qo‘llab-quvvatlash ta’lim sifatini oshirishning muhim shartlaridan biridir. Motivatsiya — bu o‘quvchini bilim olishga, o‘z ustida ishlashga, o‘zini rivojlantirishga undovchi ichki kuchdir. Mazkur maqolada o‘quvchilarda motivatsiyani shakllantirish jarayonida o‘qituvchi va psixolog hamkorligining ahamiyati, ularning vazifalari, o‘zaro aloqasi va faoliyatning samarali yo‘llari tahlil qilinadi. Ayniqsa, o‘quvchilar bilan individual ishlash, sinf muhitini psixologik jihatdan sog‘lom saqlash, o‘zini anglash va baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishda psixolog va pedagoglarning uzviy hamkorligi dolzarb hisoblanadi. O‘quvchilarning motivatsiya darajasiga ta’sir qiluvchi omillar, xususan, oilaviy muhit, tengdoshlar guruhi, maktab muhiti, o‘qituvchi-psixolog munosabati asosida motivatsion yondashuvlar tavsiflanadi. Shuningdek, maqolada ushbu hamkorlikni tashkil etishning innovatsion usullari, amaliy tavsiyalari va real maktab amaliyotidan misollar asosida ilmiy xulosa va takliflar berilgan.

Aynura Soliyeva

135-137

2025-05-31

SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMIDA PSIXOLOGIK XIZMATNI SHAKLLANTIRISH

Ushbu maqolada sog‘liqni saqlash tizimida psixologik xizmatni shakllantirish bo‘yicha bir necha tavsiyalar keltirilgan. Sog‘liqni saqlash tizimida psixologik yordamni o‘rni, ahamiyati, amaliy psixologlarning tibbiyot muassasasiga qo‘shilishining bosqichma-bosqich algoritmi bayon etilgan. Hozirgi globallashuv davrida psixologik yordamga muhtoj bemorlarga amaliy psixolog va tibbiy psixologning o‘zaro kelishgan holda birgalikdagi tizimli ishlashining afzalliklari hamda tibbiyot xodimiga nechog‘lik zarurati haqida mulohaza yuritilgan. Bundan tashqari, shifokorning emotsional charchash holatini oldini olish va ushbu holat yuzaga kelganda amaliy psixologning ahamiyati ko‘rsatilgan. Onkologik, narkomaniya, surunkali kasalliklar bilan kasallangan bemorlar va shu toifaga kiruvchi og‘ir kasalliklarda dastlab, tibbiy psixolog tomonidan psixonevrologik yordam ko‘rsatish hamda keyinchalik tiklanish bosqichida amaliy psixologik yordam ko‘rsatish tuzalish jarayonini tezlashtirish imkoniyatini oshiradi.

Barno Atadjanova

1189-1193

2025-01-03

INNOVATIVE METHODS OF PSYCHOLOGIST COMPETENCE IN MODERN EDUCATION

In this article, the competence of a psychologist is the ability to understand the individual characteristics of specialist students, their attitudes towards reading and the level of self - awareness. This article will consider innovative techniques used in modern education to improve the competence of a psychologist. The importance of developing the competence of a psychologist in modern education is that students not only receive knowledge, but also need psychological support for them. The competence of a psychologist gives the teacher modern opportunities.

Bobir Avlaqulov

1107-1108

2025-01-07

BO’LAJAK PEDAGOG PSIXOLOG LARNI ZAMON TALABIGA MUNOSIB TAYYORLASH

Bo’lajak pedagog va psixologlarni zamon talabiga munosib qilib o’qitish va ularga pedagogik bilim va psixologik ko’nikmalar berish davr talabi hisoblanadi.

Barno To’raxonova

73-75

2023-07-31

O‘SMIRLAR HAYOTIDA PSIXOLOGNING O‘RNI VA AHAMIYATI

ushbu maqola o‘smirlar hayotida psixologning o‘rni va ahamiyatini yoritib beradi. O‘smirlik davri o‘ziga xos psixologik qiyinchiliklar, o‘zgarishlar va rivojlanish bosqichlari bilan ajralib turadi. Bu davrda o‘smirlar o‘zlarini anglash, shaxs sifatida shakllanish, tengdoshlari bilan munosabatlarni o‘rnatish, kelajakdagi kasbni tanlash kabi muhim vazifalarni hal qilishlari kerak. Psixolog o‘smirlarga bu qiyinchiliklarni yengishda, hissiy va ijtimoiy rivojlanishda, o‘ziga bo‘lgan ishonchni shakllantirishda va ruhiy salomatlikni saqlashda yordam beradi. Maqolada psixologning o‘smirlar bilan ishlashning turli shakllari, jumladan, individual va guruhli konsultatsiyalar, treninglar va seminarlar haqida so‘z boradi. Shuningdek, o‘smirlarning psixologik muammolarini oldini olish va ularga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishning ahamiyati ta'kidlanadi.

Yorqinoy Mavlonova

77-79

2025-02-12

ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALARDA KASBIY QIZIQISHLARNI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGNING ROLI

Ushbu maqolada alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalarni kasbga yo‘naltirish jarayonida psixologning vazifalari va ularning amaliy ahamiyati yoritilgan. Psixolog kasbiy yo‘naltirishda bolaning qiziqishlari, qobiliyatlari hamda individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish orqali shaxsiy rivojlanish va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashadi. Maqolada shuningdek, psixologik diagnostika, maslahat berish, o‘quvchilar bilan individual va guruhiy ishlash, ota-onalar hamda pedagoglar bilan hamkorlik qilish kabi vazifalarning mazmuni tahlil qilinadi.

A’zam Eshmonov

114-118

2025-08-31

MAKTAB OʻQUVCHILARIDA OʻQISHGA BOʻLGAN MOTIVATSIYANI OSHIRISH USULLARI

Ushbu maqolada maktab o'quvchilarining o'qishga bo'lgan motivatsiyasini oshirish usullari tadqiq etiladi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida adabiyotlar tahlili va o'qituvchilar bilan intervyu o'tkazish qo'llanilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, o'qituvchilarning o'quvchilarga individual yondashishi, dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llashi va ota-onalar bilan hamkorlik qilishi o'quvchilarning motivatsiyasini oshirishda muhim rol o'ynaydi. Shuningdek, maqolada keltirilgan tavsiyalar o'qituvchilar, maktab ma'muriyati va ota-onalarga o'quvchilarning o'qishga qiziqishini oshirishda yordam beradi.

Gulchehra Karimova

28-31

2024-05-13

PEDAGOG VA PSIXOLOGNING INTELLEKTUAL RIVOJLANISHI ORQADA QOLGAN BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK QO‘LLAB-QUVVATLASH JARAYONIDAGI HAMKORLIGI MASALALARI

Maqolada intellektual rivojlanishi orqada qolgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash jarayonida pedagog va psixologning o‘zaro hamkorligi masalalari yoritilgan. Tadqiqotda bolalar intellektual rivojlanishidagi o‘ziga xosliklar, ularni o‘qitish va tarbiyalashda ko‘p tarmoqli yondashuv zaruriyati asoslab beriladi. Pedagog va psixolog hamkorligining samaradorligi o‘qituvchi faoliyatining pedagogik jihatdan, psixolog esa diagnostik, maslahat va korreksion jihatdan uyg‘unligiga bog‘liq ekanligi ta’kidlanadi.

Mirjalol Turg‘unov

34-36

2025-11-11

ÕSMIRLAR HAYOTIDA PSIXOLOGNING O’RNI VA AHAMIYATI

ushbu maqola psixologning zamonaviylikning o'rni va ahamiyatiga bag'ishlangan. Psixolog bolalarning psixologik salomatligini qo'llab-quvvatlaydi va ularning shaxsiyatini rivojlantirish va moslashish jarayonlarida yordam beradi. Maqola psixologlarning osmirlar bilan ishlash usullari, ular beradigan imtiyozlar va ularning muhim jihatlariga e'tibor qaratadi.

Nazokat Gulamova

4-7

2024-06-27

PSIXOKONSULTATSIYADAGI MIJOZ SHAXSINING ASOSIY KO‘RINISHLARI

Tezkor o‘zgarayotgan dunyo, jamiyatdagi murakkab munosabatlar va shaxsiy hayotdagi qiyinchiliklar ko‘pchilik uchun katta stress manbai hisoblanadi. Psixologik konsultatsiya shu kabi qiyinchiliklarni hal qilishda yordam beruvchi muhim professional xizmat sifatida shakllanmoqda. Psixologik konsultatsiya shaxsning hissiy va ruhiy holatini yaxshilashga qaratilgan murakkab jarayon bo‘lib, unda maxsus muammolarni hal qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Konsultatsiya davomida nafaqat mijozning muammolariga mos yechim topish, balki bu muammolarning kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilish ham zarur. Bu esa o‘z navbatida psixologdan katta tajribani talab qiladi. Psixolog o‘z faoliyati davomida turli toifadagi mijozlar bilan konsultatsiya olib borishiga to‘g‘ri keladi. Konsultatsiyaning muvaffaqiyatli kechishida psixolog mijozning psixologik holatini hisobga olishi hamda shunga muvofiq munosabatda bo‘lishi bilan ifodalanadi.  

Naimjon Azimov

107-108

2025-10-27

PSIXOLOGLAR KASBIY KAMOLOTNI TA’MINLASHIGA XIZMAT QILUVCHI OMILLARI

Maqolada Psixologiya sohasi mutaxassislarini kasbiy tayyorgarligini oshirish, ularning faoliyatini aks ettiruvchi psixologik tizim, psixologik portretini shakllantirish  asosida kasbiy kamolotiga erishtirish dolzarb muammo ekanligi yoritilgan. Shuningdek, shaxsning ijtimoiy psixologiyasi muammosiga bir qator nazariy yondashuvlarni  psixolog olimlar tomonidan ishlab chiqilganligi haqida fikrlar mavjud. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, psixolog mutaxassisiga xos xususiyatlarni rivojlantirish,bilan yaxlit omilli bog‘liqlik hosil qilinganligi yoritilgan.

Nargiza Mirashirova

594-597

2025-01-13

O'QUVCHILARDA STRESSNI BOSHQARISHDA MAKTAB PSIXOLOGINING ROLI VA AHAMIYATI

Mazkur maqolada o'quvchilarda stressni boshqarishda maktab psixologining o'rni va ahamiyati o'rganiladi. Maktab psixologi, o'quvchilarning ruhiy salomatligini ta'minlash, stressni boshqarish va uning salbiy oqibatlarini oldini olish borasida muhim rol o'ynaydi. Ta'lim jarayonida o'quvchilarning psixologik holatini aniqlash, stressni kamaytirish bo'yicha metodik yondoshuvlarni qo'llash va individual yondoshuvni amalga oshirish orqali psixolog o'quvchilarni nafaqat akademik, balki emotsional jihatdan ham qo'llab-quvvatlaydi. Ushbu maqolada maktab psixologining stressni boshqarishdagi metodlari va pedagogik roli tahlil qilinadi.

Dilnoza Umarova

95-97

2025-12-11

BOLALARNI OILADA TARBIYALASH USULLARI

Farzandlarimiz ongida elu yurtga, Vatanga muhabbat tuyg‘ulari oilada, biz yashab turgan mahalladan shakllanadi. Yurtimizning ertangi kuni, tinch va osoyishta bo‘lishi eng avvalo mana shu kichik jamiyatda o‘sib-unayotgan farzandlarimizga bog‘liq. Qaysi oilada, qaysi mahallada tarbiya yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, o‘sha oila, o‘sha mahalla gullab-yashnaydi, ertangi kuni tinch va osoyishta bo‘ladi. O‘zbek oilasi a’zolarning barchasini savodxon, hozirgi imkoniyatlar ta’sirida o‘g‘il va qizlar bilimli, fikr mulohazali, topqir, ishbilarmon, aql-zakovati bo‘lib voyaga etmoqdalar.

Mavluda Odilova

157-159

2025-02-14

TANQIDIY FIKRLASHNING AHAMIYATI VA RIVOJLANTIRISH MODELLARI

Ushbu maqolada raqamli asrda tanqidiy fikrlashning ahamiyati yoritiladi hamda o‘rta maktab o‘quvchilari orasida uni rivojlantirish bo‘yicha samarali modellari taqdim etiladi. Tanqidiy fikrlash — bu ma’lumotni chuqur tahlil qilish, uning to‘g‘riligini baholash va mustaqil, mantiqiy qarorlar qabul qilish qobiliyati sifatida ta’riflanadi. Maqolada Vinsent Rayan Ruggieroning modeli — savol berish, talqin qilish va baholash bosqichlari — ko‘rsatilib, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini egallash yaxshiroq qarorlar qabul qilish va muammoni hal qilishga yo‘naltirilgan yondashuvlarni rivojlantirishga olib kelishi ta’kidlanadi.Bundan tashqari, amerikalik psixolog D.F. Halpern tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan asosiy fazilatlarni aniqlaydi: tartibli fikrlash, moslashuvchanlik, qat’iyatlilik, xatolarni tan olish, xabardorlik va murosaga tayyorlik.Shuningdek, maqolada Zair-bek tomonidan ishlab chiqilgan “O‘qish va yozish orqali tanqidiy fikrlashga o‘rgatish”  dasturi ham taqdim etiladi. Ushbu uch bosqichli model — jalb qilish, ma’no yaratish va tafakkur — 7-sinf ingliz tili darslari uchun moslashtirilgan. Kengaytirilgan modelga oldindan faollashtirish, qo‘llash va baholash/metakognitsiya bosqichlari kiradi. Unda motivatsion videolar, munozaralar, kundalik yozish va real hayotga oid loyihalar kabi innovatsion usullar qo‘llaniladi.

Shohista Xasanova

104-108

2025-09-17

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR XAYOLINING O’ZIGA XOSLIGI

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar psixik jarayonlaridan biri bo’lgan xayol haqida yozilgan bo’lib, unda bolalar psixik rivojlanishida xayolning o’ziga xosligi, ahmiyati, rivojlanishi to’g’risidagi psixolog olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlari hamda ilmiy qarashlari taxlil qilingan.

Go‘zal Yunusova

38-40

2024-06-18

OTA-ONASI XORIJIY DAVLATLARGA KETGAN BOLALARNING PSIXOLOGIK HOLATI

ushbu maqolada ota-onasi xorijiy davlatlarga ishlash uchun ketgan bolalarning psixologik holati tahlil qilinadi. Bolaning shaxsiy rivojlanishida ota-onaning o‘rni, ularning uzoqda bo‘lishi natijasida yuzaga keladigan ruhiy muammolar, bu muammolarning sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maktab va jamiyat tomonidan ko‘rsatiladigan psixologik yordamning ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Maqola yosh avlodning sog‘lom psixikaga ega bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur bo‘lgan yondashuv va choralarni o‘z ichiga oladi.

Zumradxon Sodiqova

155-157

2025-04-24

XULQI OG‘ISHGAN BOLALARNING OTA-ONALARI BILAN AMALIYOTCHI PSIXOLOGNING FAOLIYATI

Mazkur maqolada xulqi og‘ishgan bolalarning ota-onalari bilan amaliyotchi psixologning faoliyati haqida bir qator ma`lumotlar keltirib o`tilgan. Hozirgi davrda maktab ta`limini oladigon bo`lsak juda ko`plab muammoli holatlar yuzaga kelmoqda, bunga yaqqol misol qilib maktablarda maktab amaliyotchi psixologlarining doimiy ravishda ish tashkil qilmasligi deyish mumkin.

Shohida Otamirzayeva

65-67

2024-03-12

TA’LIM JARAYONIDA PSIXOLOGIK YONDASHUVNING PEDAGOGIK SAMARADORLIKKA TA’SIRI

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida psixologik bilimlarning o‘qituvchi faoliyatidagi o‘rni, ularning o‘quvchi shaxsini rivojlantirishdagi ahamiyati hamda pedagogik samaradorlikni oshirishdagi roli yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida psixologik-pedagogik yondashuvlarni rivojlantirishga oid davlat qarorlariga tayanilgan holda, zamonaviy ta’limda pedagog va psixolog hamkorligining dolzarbligi ko‘rsatib berilgan.

Bobur Sattorov

45-48

2025-10-22

O`SMIR YOSHDAGI O`QUVCHILARDA MANTIQIY TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Maqolada o`smirlik davrining psixologik jihatlari yoritib berilgan. Ushbu yoshdagi o`quvchilarda mantiqiy tafakkurni o`rganish borasidagi psixolog olimlarning ilmiy izlanishlari keltirib o`tilgan. O`smir yoshdagi o`quvchilarning mantiqiy tafakkuri ijtimoiy-psixologik jihatdan tahlil qilingan. O`smir yoshdagi o`quvchilarning mantiqiy taffakuri rivojlanishiga ta`sir etuvchi omillar   o`rganilgan.

Aziza Odiljonova, Mohiraxon Abduqahhorova

93-95

2024-10-31

OILADAGI TARBIYADA BOLA SHAXSINING ХULQ-АTVОR XUSUSIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING O’ZIGA XOSLIGI

Maqoladaoiladagi bola tarbiyasidagi хulq – аtvоr xususiyatlarini shakllantirishning o’ziga xos psiхоlоgik jihatlari, bola shaxsidagi хulq –аtvоr tаrbiyasi bo’yicha psixolog olimlar fikrlari, оtа –оnа hamda fаrzаnd хulq –аtvоr tаrbiyasini аmаlgа оshirishdаgi jihаtlаr mazmuni mohiyati ifodalangan.

Nazokatxon Otabek qizi

185-189

2023-05-22

VOYAGA YETMAGANLAR JINOYATCHILIGINI TERGOV QILISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Maqolada voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini tergov qilishning o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Tergov jarayonida voyaga yetmaganlarning yoshiga, psixologik va ijtimoiy holatiga alohida e'tibor berish zarurligi ta'kidlanadi. Shuningdek, bu turdagi jinoyatlar bilan bog'liq ijtimoiy omillar, jinoyatni sodir etgan bolaning ruhiy holati va tergovchilarning maxsus tayyorgarligi haqida so'z boradi. Maqola voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilish va ularni ijtimoiy jihatdan qayta tarbiyalashning muhimligini ko'rsatib beradi.

Axrorjon Ashirboyev , Otabek Jabborov

153-159

2025-06-23

ZAMONAVIY DUNYODA PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA: NAZARIY VA AMALIY IZLANISHLAR.

Hozirgi kunda yurtimizda jadal rivojlanayotgan hamda kundan-kunga bu yo’nalishga qiziqish
va talab oshayotgan sohalardan biri bu –psixologiya hisoblanadi. Psixologlar va ularning
faoliyatiga nisbatan bo’lgan qarashlar hozirgi kunda ancha adekvatlashgan. Ya’ni psixologga
borish,psixolog xizmatidan foydalanishga normal holat sifatida qaralmoqda

Dilfuza Isakdjanova, Hurzoda Baxromova

67-68

2023-04-21

MOTIVATSIYA TUSHUNCHASI VA UNING RIVOJLANISHI

Inson faoliyatini harakatga keltiruvchi ichki omillar psixologiyada motivatsiya tushunchasi bilan izohlanadi. Motivatsiya — bu shaxsning faoliyatga bo‘lgan ichki ehtiyoji, maqsad sari harakat qilishiga undovchi psixik jarayonlar majmuasidir. Ushbu maqolada motivatsiyaning ilmiy ta’rifi, inson hayoti davomida (ontogenez) shakllanish bosqichlari hamda mashhur psixolog olimlar - Z.Freyd, A.Maslow, R.Ryan va E.Deci nazariyalari tahlil qilinadi. Maqola mavzuni chuqurroq tushunishga yordam beruvchi ilmiy manbalar, shuningdek, real hayotiy misollar bilan boyitiladi.

Ozoda Saidova , Sarvinoz Baxtiyorova

118-120

2025-11-25

MAKTAB O‘QUVCHILARI O‘RTASIDA IJTIMOIY MUHITNI SHAKLLANISHIDA PSIXOLOGLARNING FAOLIYATI VA IJTIMOIY PSIXOLOGIK OMILLAR.

Bolalar va o‘smirlarda o‘rtasida xulq og‘ishi va qonunbuzarliklarning oldini olish,  maktab o‘quvchilari o‘rtasida ijtimoiy muhitni shakllantirishda psixologlarning o‘rni hamda  faoliyati.Ular bilan o‘zaro munosabatlarining shakllanishi, ya’ni o‘quvchi va ustoz o‘rtasidagi munosabatlar, o‘quvchining sinfdoshlari bilan munosabatlaridagi o‘zgarishlar,ziddiyatlar shu bilan birgalikda psixolog va o‘quvchilarning munosabatlari, bolalar va o‘smirlarda xulq og‘ishining oldini olishga qaratilgan tavsiyalar haqida yoritilgan.  

Abdulaziz Toshpo‘latov , Komil Sodiqov

21-23

2023-04-26

1 - 25 of 88 items 1 2 3 4 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy