Qizilmiya o’simligi dorivor o’simliklardan biri bo’lib, antidiabet, antimikrob, virusga qarshi va boshqa bir qancha dorivor xususiyatga ega. Bundan tashqari, qizilmiya o’simligi yuqori sho’rlanishga, hamda qurg’oqchilikka chidamli. Hozirgi ekologik keskinlashuvda bu o’simlikdan va uning mikroolamidan foydalanish muhim. Shuning uchun bu dorivor o’simlikni endofitlari ajratilib, xususiyatlarini o’rganmoqdamiz. Qizilmiya o’simligini urug’laridan yetishtirishda muammolar ko’pligi sababli, ajratilgan endofit bakteriyalarning urug’larga ta’siri o’rganildi.